Научная статья на тему 'AGROBIZNESDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH ORQALI SOHAGA INVESTITSIYA JALB QILISH MASALALARI'

AGROBIZNESDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH ORQALI SOHAGA INVESTITSIYA JALB QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

193
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / innovatsiya / investitsion jozibadorlik / modernizatsiya / diversifikatsiya / qishloq xo‗jaligi / kredit / moddiy-texnik baza / investitsiya samaradorligi. / Investment / innovation / investment attractiveness / modernization / diversification / agriculture / credit / material and technical base / investment efficiency.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Jamshidjon Sa’dullayevich Urazov, Mahliyo Mamirjon Qizi Namozova

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga katta hissa qo‗shayotgan qishloq xo‗jaligi va agrobiznesni yanada rivojlantirishda sohaga milliy va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati, unga ta‘sir etuvchi omillar va agrobiznesga investitsion jozibadorlikni oshirish uslubiyoti yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the importance of attracting national and international investments in the field of agriculture and agribusiness, which contributes greatly to the development of our country's economy today, the factors affecting it, and the method of increasing the investment attractiveness of agribusiness.

Текст научной работы на тему «AGROBIZNESDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH ORQALI SOHAGA INVESTITSIYA JALB QILISH MASALALARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AGROBIZNESDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH ORQALI SOHAGA INVESTITSIYA JALB QILISH MASALALARI

Jamshidjon Sa'dullayevich Urazov

TDAU Samarqand filiali "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli

texnologiyalar" kafedrasi assistenti,

Mahliyo Mamirjon qizi Namozova

TDAU Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga katta hissa qo'shayotgan qishloq xo'jaligi va agrobiznesni yanada rivojlantirishda sohaga milliy va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati, unga ta'sir etuvchi omillar va agrobiznesga investitsion jozibadorlikni oshirish uslubiyoti yoritilgan.

Kalit so'zlar: Investitsiya, innovatsiya, investitsion jozibadorlik, modernizatsiya, diversifikatsiya, qishloq xo'jaligi, kredit, moddiy-texnik baza, investitsiya samaradorligi.

ISSUES OF ATTRACTING INVESTMENT TO THE SECTOR BY INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN AGRIBUSINESS

ABSTRACT

This article describes the importance of attracting national and international investments in the field of agriculture and agribusiness, which contributes greatly to the development of our country's economy today, the factors affecting it, and the method of increasing the investment attractiveness of agribusiness.

Keywords: Investment, innovation, investment attractiveness, modernization, diversification, agriculture, credit, material and technical base, investment efficiency.

Kirish

Odatda, investitsiyalar mehnat samaradorligi va qishloq xo'jaligida daromadlarning keskin ortishiga olib keladi. Bu esa o'z o'rnida boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmatlarga bo'lgan talabni oshiradi. Aholini kam ta'minlangan qismini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiyalar ish bilan ta'minlash darajasi va

May 12-13

299

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

daromadlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun qishloq xo'jaligining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va agrobiznesga investitsiyalarni jalb etish to'g'ri va oqilona yo'ldir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag'batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo'shilgan qiymatli qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tarmog'ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko'paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish bugungi kundagi agrar soha islohotlari uchun muhim ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan materiallar va usullar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida boshqa sohalar qatori qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilgan[1]. Chunki, mamlakat boyligining salmoqli qismini qishloq xo'jaligidan tushadigan daromadlar tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "...iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi"[2] deb ta'kidlab o'tgan edi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan qishloq xo'jaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub o'zgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay bo'lgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yo'nalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari to'g'risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.

Kuchli biznes va investitsiya muhitini qo'llab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni yaratishning zaruriy omillari quyidagilar:

- xavfsizlik;

- xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati;

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

- qonunchilikning barqarorligi;

- shaffoflik;

- korruptsiyadan holi bo'lishlik;

- hukumatning yaxshi boshqaruvi. [4].

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun iqtisodiyotning agrar sektori moddiy-texnik bazasini innovatsion rivojlantirish talab etiladi. Qishloq xo'jaligi korxonalariga qo'shimcha moliyaviy va moddiy resurslar jalb etilishi ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi[6].

Ko'pgina mustaqi davlatlar hamdo'stligi doirasidagi mamlakatlarda qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda 5-10 baravar pastdir [7]. Chorvachilik tarmog'ida mahsuldorlikning va o'simlikchilik tarmog'ida hosildorlikning pastligi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish imkonini bermayapti. Bu borada intensiv iqtisodiy o'sishga erishish uchun sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish davr talabi b o'lib qolmoqda.

Innovatsion, ekologik va samarali intensiv qishloq xo'jaligi texnologiyalarini joriy qilish uchun sarmoya kiritish, iqtisodiyotning agrosanoat majmui korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati o'sishini ta'minlashga qodir.

Qishloq xo'jaligi, umuman agrosanoat majmui ishlab chiqarishining investitsion jozibadorligini oshirishda davlatning faol ishtiroki hozirgi iqtisodiy sharoitda agrosanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya qilishni jadallashtirishning eng muhim yo'nalishi hisoblanadi [8]. Tadqiqotchilarning fikricha, agrosanoat ishlab chiqarishiga nisbatan "investitsion jozibadorlik" iqtisodiy kategoriyasi investorning iqtisodiy xatarlarini kamaytiradigan va rag'batlantiruvchi zarur samarali biznes sharoitlarini (tashkiliy, tartibga solish, moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) yaratishdan iborat. Moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslarni hududlarga, sanoatga, xo'jalik yurituvchi subyektlarga foyda olish yoki har qanday ijtimoiy samaraga yo'naltirish zarur. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda, agrar sektor va agrosanoat majmui ishlab chiqarishining investitsion jozibadorligini oshirish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligiga sarmoya kiritish ko'p jihatdan kiritilgan investitsiyalar qanchalik tez o'zini oqlashiga bog'liq. Xususiy biznes va sarmoyadorlar birinchi navbatda, mahsulot arzon va sifatli bo'lgan taqdirda qishloq xo'jaligi biznesiga sarmoya kiritadi. Investitsiyalarni qaytarish muddati qancha uzoq bo'lsa, uni amalda qo'llash ehtimoli shunchalik kamayadi.

Investitsiyalar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kengaytirishning muhim manbai hisoblanadi. Ular qishloq

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

xo'jaligi korxonasini texnik qayta jihozlash, samarali ekologik va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash qishloq joylarda transport infratuzilmasini rivojlantirish, qishloqlarda turmush sifatini yaxshilash va qishloq aholisining mehnat salohiyatini oshirishdan iborat bo'lishi mumkin. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadlaridan biri bu sohaga xususiy investorlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Qishloq xo'jaligidagi investitsion faoliyatni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan yer resurslarining unumdorligini oshirishga yo'naltirish mumkin.

Bu borada oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar soha rivoji uchun huquiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son Qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturida agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq mablag'larni yo'naltirish tadbirlarida 2023-yil davomida quyidagi mexanizmlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

1. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda jalb qilinadigan loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish. Bunda, agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida 386,2 mln. AQSh dollar miqdorida imtiyozli kredit mablag'larini jalb qilish.

2. Davlat va hududiy investitsiya dasturlari doirasida shakllantirilgan 711,0 mln. AQSh dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

3. Loyihalarni ishga tushirish va ularning bajarilishi ustidan monitoring yuritish.

Ushbu investitsiyalar Xalqaro moliya institutlari mablag'lari, tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma'lumotlariga ko'ra 2023-yilning 1-choragida O'zbekiston iqtisodiyoti ichki va tashqi zarbalar sharoitida rivojlandi. Biroq iqtisodiyot tashqi qiyinchiliklarga chidamliligini ko'rsatdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o'sish sur'ati 3,1 foizgacha sekinlashdi (2022-yil yanvar—mart oylariga nisbatan 26,3 foiz). O'sish budjet mablag'lari hisobidan investitsiya hajmining 2,1 barobarga sezilarli o'sishi, shuningdek, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida olingan kreditlar hajmining 22 foizga o'sishi bilan bog'liq.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Markazlashtirilmagan investitsiyalar orasida to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarning 37 foizga o'sishi kuzatilmoqda. Umuman olganda, 1-chorak yakunlariga ko'ra, markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foizini, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushi esa 90 foizini tashkil etdi.

2023-yil 1-choragida O'zbekistonda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish hajmining o'sishi 3,2 foizga (o'tgan yilda 2,8 foiz) oshganligini kuzatishimiz mumkin.

Bu raqamlardan ko'rishimiz mumkinki, sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi oshishi bilan bir qatorda, ularning agrobiznesning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, ekologik va boshqa jihatlardan ham ta'sirini doimiy tahlil qilib borish muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda agrar sohaga kiritilayotgan investitsiyalarga davlat kafolatining kamayib borayotganligi agrobiznes subyektlarining nufuzi oshib, xorijiy investorlarning hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan siyosatga ishonchi oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish, qulay agrobiznes muhitini shakllantirishda sohaga jab qilinadigan investitsiyalarning o'rni kattadir. Ular qishloq xo'jaligida tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishga resurs tejamkor, yuqori unumli innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash imkonini beradi. Davlat tomonidan qishloq transport infratuzilmasini rivojlantirish va qishloqlarda yashovchi aholining mehnat salohiyatini va unumdorligiga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi agrobiznesga mahalliy va xorijiy invetitsiyalarni jalb etishda katta ta'sir ko'rsatishi mumkin..

REFERENCES

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y. fevral

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi.

Xulosalar

www.prezident.uz

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi "2023-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-113-son Qarori

4. O'roqov U. Y., Moyliyev M. B., Muzaffarov M. M. O. G. L. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 1280-1291.

5. Sultonov Sh., Chinqulov Q., G'ofurova U., Safarova N. Biznes moliyasi. O'quv qo'llanma. - T.: «Iqtisod-moliya», 2019.

6. Nianko V. et al. The problem of state support and increasing the investment attractiveness of agriculture //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2021. - Т. 839. - №. 2. - С. 022007.

7. Бобоев Н. Д., Уразов Д. С., Абдувахобов Б. Б. Сутни кайта ишлаш корхоналари фаолиятида маркетинг комплекси элементларидан фойдаланиш хусусиятлари //Журнал Инновации в Экономике. - 2021. - Т. 4. - №. 6.

8. Yusupjonovich D. T. Effective use of investment in agriculture of the republic of Uzbekistan //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2019. - Т. 8. -№. 7. - С. 6-10.

9. Semin A. N., Kibirov A. Y. Increase of investment attractiveness of domestic agroproduction: four basic approaches //Agrofood policy of Russia. - 2013. - Т. 11. -№. 23. - С. 35-39.

10. U. U. Nurullayev, J. S. Urazov AGRAR TA'LIMDA TALABALARNING O'ZLASHTIRISHIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH // Academic research in educational sciences. 2022. № Conference

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.