Научная статья на тему 'TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH'

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / ta‟lim / axborot / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibroxim Mamasodiq O‘G‘Li Mamasidiqov

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunda qanchalik muhim ekanligi, ta'lim jarayoniga berishi mumkin bo'lgan ijobiy tomonlari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

Te£hnologies^n^heEducationaipirM

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH

Ibroxim Mamasodiq o'g'li Mamasidiqov

Chirchiq davlat pedagogika universitet 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunda qanchalik muhim ekanligi, ta'lim jarayoniga berishi mumkin bo'lgan ijobiy tomonlari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, ta'lim, axborot, innovatsiya.

Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun aholi ta'limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg'or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, "Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo'liga qadam qo'yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o'tishni ta'minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallagan insonlargina o'z oldimizga qo'ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o'zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz"[1]

Har bir pedagog shuni anglab yetishi kerakki, o'quv jarayonini samarali bo'lishi uchun ishda o'zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, ta'limiy qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o'zaro aloqada foydalanish demakdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytganlaridek: "Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini ro'yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, o'rta va oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o'quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak."[2]Ya'ni ta'lim bilan bog'liq barcha sahamizni raqamli texnologiyalar, samarali interfaol usullar qo'llash davr talabi hisoblanadi.Bu ishlar bosqichma-bosqich amlaga oshirilmoqda.

Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo'layotgan o'zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta'lim tizimiga ham bog'liq ekanligini xisobga

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o'sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta'lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o'z ta'sirini o'tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o'sishiga ham sezilarli darajada ta'sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'limdagi strategik yo'nalishlardan biri ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.[3]O'quvchi talabalar uchun zamonaviy uslublar bilan axborot texnologiyalari orqali bilim berish muhim omil hisoblanadi.Raqamli texnologiyalar har bir bilim oluvchi inson uchun har qanday ma'lumotni olishda yengillik berishi amalda o'z isbotini topmoqda.

2020-yilda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunga muvofiq oliy ta'limning ko'p bosqichli tizimi yo'lga qo'yildi.[4] Ushbu qonunning 16-moddasida ham zamonaviy ta'lim ya'ni, masofaviy ta'lim o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan deya takidlanadi.Ko'rinib turibdiki davlatimiz ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan kengroq foydalanish yanada rivojlanmoqda.

Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni tahlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish bo'yicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.Shunday qilib, tizim - bu o'zaro bog'liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o'zaro munosabatda bo'ladigan unsurlar to'plami. Bu unsurlar to'plami oddiy unsurlar yig'indisidangina iborat bo'lmay, har bir unsur ham o'z navbatida tizim bo'lishi mumkin.[5]Axborot texnologiyalari bevosita ta'lim oluvchi uchun qulay sharoit taqdim etishi uchun ham ta'lim jarayonida hozirgi vaqtda keng joriy etilmoqda.

Ta'lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta'lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo'shilishini taqozo etmoqda, o'zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko'rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o'zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o'ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta'lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko'chma ma'noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo'lib ham xizmat qiladi. Hayot ta'lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo'lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya'ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo'ymoqda. Barcha yangiliklarga o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o'tmish

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

924

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Technologies^n^heEducationMproces^

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

boyliklarga, tajribalarga e'tiqod ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni, shuningdek hech qanday o'zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish mumkin. Bunday holatda "innovatsion jarayonlar orqasidan quvish" bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur.[6] Shu sababli zamon bilan hamsanfas bo'lish bizlarni doimo taraqqiyot sari yetaklaydi.Innovatsion ya'ni raqamli texnologiyalar joriy etilishi ta'lim uchun ajralmas qismga aylanmoqda va o'z o'rnida yoshlar bu orqali zamon ruhiga mos ravishda ta'lim olishi kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishiga zamin yaratadi.Innovatsion ta'lim texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi: 1. Zamonaviy, yaxshi tuzilgan tarkib, uning asosi tadbirkorlik faoliyatining hozirgi voqeliklariga javob beradigan kasbiy faoliyatdagi kompetensiyalardir. Mazmuni zamonaviy aloqa vositalari orqali uzatiladigan turli multimedia materiallarini o'z ichiga oladi. 2. Zamonaviy, innovatsion o'qitish usullarini qo'llash. Bunday usullar bo'lajak mutaxassisning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, o'quvchilarni faol bilim va amaliy faoliyatga jalb etishga, bilish jarayonida tashabbuskorlikni namoyon etishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. 3. Ta'lim jarayonida zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi. U o'qitishning yangi shakl va usullarini, xususan, masofaviy ta'limni qo'llashga yordam beradigan axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlariga asoslanishi kerak. Ta'limda innovatsion texnologiyalar o'qitishda muayyan yondashuvlarni qo'llash, ya'ni yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun asos bo'lgan talablar va maqsadlarni o'z ichiga olgan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. [7] Bu komponentlar ahamiyatlidir chunki yangicha texnologiyalarni o'quv jarayoniga qo'llash natijasida bo'lajak mutaxassisni tez va samarali bilim olishiga zamin yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ta'limni takomillashtirish, umuman raqamli texnologiyalarni o'qitish tizimiga joriy etish bugungi kunda yetuk kadrlar tayyorlash xususan yosh avlodni har tomonlama barkamol bo'lib yetishishida alohida ahamiyatga ega ekanligini bilish mumkin.

REFERENCES

[1] Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O'zbekiston, 2017-yil. 48-bet.

[2] Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (28.12.2018-

yil)

[3] Shokirova. H - Ta'limda innovatsion texnologiyalarning o'rni., T.: "Yangi asr avlodi", 2013. 57-bet.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

925

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

[4] O'zbekiston Respublikasining "Ta'limni rivojlantrish" to'g'risida qonuni, 23.09.2020-yildagi O„RQ-637-son

[5] .Hoshimov O, Tulyaganov M. Kompyuterli va raqamli-texnologiyalar. T.: "Yangi asr avlodi" 2009-yil. 30-bet

[6] Yosh tadqiqotchi jurnali. Axrorjon Yo'ldashev - Yangi innovatsion texnologiyalarva ularni ta'lim olish muhitida qo'llanishi., 3 - son., 2022. 25-26-betlar.

[7] Olimov Sh, Samiyeva Sh, Aslanova N, Ro'ziyev F. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodlari. Buxoro "Durdona" nashriyoti 2022-yil.14-bet.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.