Научная статья на тему 'TARIX FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI'

TARIX FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1773
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarix fanlarini o„qitish / hamkorlik mexanizmlari / ta‟lim klasteri / mobil-metodik guruhlari / kasbiy faoliyat / iqtidor / kreativlik / teaching history / cooperation mechanisms / educational cluster / mobile-methodical groups / professional activity / talent / creativity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ilmurodova Feruza Shokirovna

Maqolada oliy va umumiy o„rta ta‟lim muassasalari hamkorligi asosida Tarix fanlarini o„qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mobil-metodik guruhlar faoliyatining nazariy va amaliy ahamiyati bo„yicha ilmiy fikr-mulohazalar keltirilgan, ta‟lim klasteri sharoitida hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish va shu asosida umumta‟lim samaradorligini oshirish bo„yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar keltirib o„tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides scientific feedback on the theoretical and practical significance of the activities of mobile methodological groups aimed at improving the effectiveness of teaching history through cooperation between higher and general secondary education institutions, strengthening cooperation mechanisms in the education cluster and on this basis. scientific and methodological recommendations for improving the effectiveness of general education

Текст научной работы на тему «TARIX FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI»

TARIX FANLARINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY

AHAMIYATI

Ilmurodova Feruza Shokirovna

Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani 275-sonli maktabi tarixi fani o'qituvchisi

Maqolada oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalari hamkorligi asosida Tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mobil-metodik guruhlar faoliyatining nazariy va amaliy ahamiyati bo'yicha ilmiy fikr-mulohazalar keltirilgan, ta'lim klasteri sharoitida hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish va shu asosida umumta'lim samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tarix fanlarini o'qitish, hamkorlik mexanizmlari, ta'lim klasteri, mobil-metodik guruhlari, kasbiy faoliyat, iqtidor, kreativlik

The article provides scientific feedback on the theoretical and practical significance of the activities of mobile methodological groups aimed at improving the effectiveness of teaching history through cooperation between higher and general secondary education institutions, strengthening cooperation mechanisms in the education cluster and on this basis. scientific and methodological recommendations for improving the effectiveness of general education.

Keywords: teaching history, cooperation mechanisms, educational cluster, mobile-methodical groups, professional activity, talent, creativity

Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ijtimoiy fanlarni ham qay tarzda taqsimlash, o'qitish va amaliyot integratsiyasini tashkil etishga qaratilgan maxsus konsepsiya ishlab chiqish zarur ehtiyojga aylanib bormoqda. Yangi O'zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri sifatida "Uzluksiz ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni o'qitish tartibi va tamoyillari to'g'risida" qonun ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji ham mavjudligi ta'kidlab o'tildi[1]. Bu yo'nalishda Sh.Mirziyoev tomonidan "2022-2030 yillarda

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim va tarbiya sohasini

April, 2022

gumanitarlashtirish strategiyasi" yaratilishi va amalga oshirilishi[2] tavsiya etildi. Yangi O'zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasining "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish" yo'nalishida "O'zbekiston tarixini o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirish" vazifasi belgilangan. Bu tarix ta'limida ham integratsion sifatni ta'minlash, bo'lajak pedagog-kadrlar kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatadi. Ta'lim tizimidagi innovatsion va tajriba faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri ilmiy-uslubiy va ijtimoiy-pedagogik umumiylikni yaratish orqali umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilarini rivojlantirish uchun yangi yo'nalish va yangi mexanizmlarni ishlab chiqish deb hisoblash mumkin. Ushbu vazifalar umumta'lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida o'tkaziladigan hamkorlikdagi amaliy faoliyat mexanizmlarini tanlashda ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida turli xil ta'lim xizmatlari turlarini farqlash va ko'paytirish istagi maktablarning raqobatbardoshligini oshirish, o'quvchilarning kasbiy qiziqishlari va uzluksiz ta'limdagi maqsadlariga muvofiqligini to'liq xisobga olish zarurati bilan bog'liq. O'rta ta'lim muassasalari rivojlanishining yangi bosqichida ular oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlikni kuchaytirishi yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilarini maktab umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga jalb qilish kelajakda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarida mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirilgan fanlarni chuqur o'rganish bo'yicha yangi, innovatsion va integratsion o'quv rejalari va dasturlarini yaratish imkonini beradi. Oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va maktab o'qituvchilari sa'yi harakatlari bilan ta'limning yuqori bosqichida alohida fanlar bo'yicha chuqurlashtirilgan o'quv mashg'ulotlarida birlashadi. Bu o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'quv-ilmiy, o'quv-tadqiqot, kasbga yo'naltirish ishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishini, ko'rsatilgan ishtirokchilarning oliy o'quv yurti axborot resurslaridan foydalanishini, professor-o'qituvchilar tomonidan individual fanlar, tanlov, seminar, konferensiyalar bo'yicha treninglar o'tkazishni, olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rishni ta'minlaydi. Hamkorlikning bu tizimi o'quvchilarni o'qitish yo'nalishini, umumiy va kasbiy ta'lim o'rtasidagi uzviylikni ta'minlaydi, bitiruvchilarni oliy kasbiy ta'limga samarali tayyorlaydi. Hamkorlik muassasalarining o'quv muhitini texnologik darajada birlashtirish o'rta va oliy ta'lim o'rtasidagi uzviylik tamoyilining amalga oshirilishi

o'quvchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi. Aynan shu

April, 2022

jarayonlarni muvofiqlashtirish va hamkorlik mexanizmini kuchaytirish maqsadida mazkur mobil-metodik guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Mintaqalardagi umumta'lim muassasalarida "maktab-laboratoriya"lar tashkil qilinib, loyiha amaliyotga joriy etishga yo'naltirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLGIYASI

Tarix o'qitish metodikasi fanining nazariy adabiyotlar tahliliga qarasak, dastlab o'tmish mutafakkirlarining tahlilini keltirib o'tish lozim, jumladan, Sitseron "tarix-hayot murabbiysidir" deb atagan bo'lsa, Leonardo do Vinchi tarixni "o'tgan davr va jahon mamlakatlari o'tmishini bilmoq - inson ko'rki va uning aqliy mahsulidir", deya ta'riflaydi. Rus tarixining otasi N.M.Karamzinning tarix fanlarini rivojlantirishdagi xizmatlari benihoya katta bo'lib, u "Tarix xalqlarning muqaddas kitobi bo'lib, ularning hayoti va faoliyatlarining ko'zgusi, ota-bobolarining avlodlarga qoldirgan kashfiyotlari va odob-axloqlaridan lavhalar bo'lib, hozirgi davrni sharhlash va kelajakka namuna bo'lib xizmat qiladigan, to'ldiradigan zaruratdir" deb ta'kidlab o'tgan. V.G.Belinskiy esa, "bugungi kunni tushunmoq va kelajagimiz to'g'risida ishoraga ega bo'lmoq uchun o'tmishimizni so'roqlab surishtirmog'imiz lozim"ligini qayd etadi. V.O.Klyuchevskiy "avlodlarimizni o'rganib, o'zlikni - o'zimizni anglaymiz. Tarixni bilmasdan turib, biz o'zimizni bu dunyoga nega va nima uchun kelganligimiz, qanday qilib va nimaga intilmog'imizni aniq anglamog'imiz kerak"[3], deya yuqoridagi fikrlarni qo'llab quvvatlaydi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish bo'yicha, xususan, bo'lajak tarix o'qituvchilarining o'quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishga tayyorlash va metodik tayyorgarlik ishlari O.Davlatov[4], A.Ismoilov[5], Q.Shonazarov[6], R.Yarmatov [7] va boshqa olimlar ishlarida keltirib o'tilgan. Respublikamiz maktablarida tarix o'qitish metodikasiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar va uslubiy qo'llanmalar T.Toshpo'latov, N.Remeev, Ya.G'afforov ishlarida keltirilib o'tilgan[8]. Shu bilan birga bir qator yetakchi olimlarimiz, A.Asqarov, R.Muqminova, H.Bobobekov, A.Muhammadjonov va boshqalar tomonidan umumiy o'rta ta'limda tarix fanlarini o'qitish va bu jarayonlarni takomillashtirish bilan bog'liq bir qator ishlar alohida ahamiyatga ega[9].

MUHOKAMA

Ta'lim tizimida ham joriy etilgan pedagogik ta'lim klasteri

asosida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishda ta'lim

April, 2022

turlari va bosqichlari o'rtasidagi integratsiyasini ta'minlagan holda variativ o'quv reja va fan dasturlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu dasturlar tarix fanlarini fanlararo, kurs va bo'limlararo integratsiyasiga zarur bo'ladigan quyidagi tamoyillarga asoslanishi uning amaliy ahamiyatini belgilab beradi:

o'quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; ta'lim mazmunining insonparvarligi;

ta'lim turlari va bosqichlarining uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi; ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;

o'quvchilarda tarix fanlarini o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligi;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish va hokazo.

Oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalari hamkorligi asosida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishda ta'lim mazmunining o'quvchi shaxsini shakllantirishga hissa qo'shadigan ta'lim potensiali va ta'lim mazmunining ijtimoiy-gumanitar yo'nalishini kuchaytirish, amaliy muammolarni hal qilish, o'quvchilarning ijtimoiylashuvini muvaffaqiyatli darajada ta'minlashga xizmat qiladigan tarix fanlarining o'qitilishini fanlararo, kurs va bo'limlararo integratsiyasini kuchaytirish bo'yicha o'quv-metodik ta'minotini ishlab chiqish va boshqa xususiyatlarning ham inobatga olinishi maqsadga muvofiq.

Tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishning murakkab vazifasini muvaffaqiyatli hal etish, uni takomillashtirish faqat pedagogik faoliyatini ob'ektiv har tomonlama tahlil qilish asosida o'qitish va ta'lim jarayonini samarali qurishga asoslangan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu ta'lim turlari va bosqichlari o'rtasidagi quyidagi muammolar mavjudligi va ularni tezkorlikda hal qilish lozimligini belgilab beradi:

umumiy o'rta ta'lim tizimi o'qituvchilari orasida o'zini-o'zi rivojlantirish motivatsiyasining yo'qligi;

o'qituvchilarning o'quvchilar bilimini oshirish uchun zamonaviy vositalar, usul va mexanizmlardan yetarli darajada foydalanmasligi;

dars mashg'ulotlarini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuv amalga oshirilmaganligi, ya'ni tez o'zlashtirish imkoniyati mavjud o'quvchi bilan o'zlashtirishda muammosi mavjud o'quvchilar

uchun bir xil dastur va topshiriqlar bilan cheklanganligi;

April, 2022

tarix fanlarini o'qitishda umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim o'rtasidagi uzviylikning hisobga olinmasligi va b.

Shu muammolarni bartaraf etish uchun ta'lim tizimi faoliyatida tegishli darajadagi zarur pedagogik sharoitlar ta'minlansa, muassasalarda o'quvchilarni o'qitish sifati yaxshilanishi va yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etilishi hamda yuqori natijalar kafolatlanishi mumkin. Buning uchun:

sifatli ta'lim olish maqsadiga erishishga yo'naltirilgan pedagogik tizimni ( o'quv klasterlarini) yaratish;

doimiy ravishda o'quvchilarning ta'lim sifatini oshirib borish uchun ularda ijobiy motivatsiyani rivojlantirish;

o'quvchilarni o'qitishning ta'lim va yuqori natija bilan o'zaro bog'liqligi (o'quvchiga yaratilayotgan imkoniyatlar darajasi va undan talab qilinayotgan talablarning muvofiqligi);

ta'lim muassasasi maydonida o'rganish uchun qulay psixologik muhitni yaratish.

Umumta'lim muassasalarida tahlillar natijasidagi muammolarga muvofiq quyidagi vazifalarni ishlab chiqish tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi:

o'qituvchilar uchun sifatli ta'limni tashkil qilish bo'yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

o'qituvchining kasbiy faoliyatini takomillashtirishning qulay usullari orqali rivojlantirishga yo'naltirilgan ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmalar faoliyatini rivojlantirish;

iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashni yanada samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, o'qituvchilarni o'quvchilarning ilmiy, loyihaviy faoliyati uchun sharoit yaratishga undash;

o'quvchilarda tarixiy bilimlar bo'yicha ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan uslublar joriy etish;

o'quv jarayoniga o'quvchilarning iqtidoriga, o'zlashtirish darajasiga muvofiq variativ o'quv reja va shu asosidagi fan dasturlari kiritish;

maktab bitiruvchilarini kelajakda kasbni tanlash bo'yicha kasbiy yo'naltirish imkon beradigan ta'lim xizmatlarini tashkil qilish va hokazo.

Ta'lim turlarining o'zaro maqsadli va manfaatli xamkorligi asosida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishga

qaratilgan dasturlar maqsadlariga erishish ta'lim klasteri tizimli

April, 2022

faoliyati, kafedralar professor-o'qituvchilari ilmiy salohiyati, umumta'lim muassasasi o'qituvchilari tomonidan to'plangan tajriba, mavjud yutuqlar va aniqlangan muammolar yo'nalishlari, ularni hal etish usullari, shakllari va texnik vositalari orqali ta'minlanadi. Bu kabi mexanizmlar tashkil qilingan "maktab-laboratoriya" maydonchalarida va pedagogik sinflarda amaliyotga joriy qilinadi, albatta, ularning maqsadi turli yo'nalishlardan iborat bo'lib, bu yo'nalishlarning barchasi klaster modeli asosi hamkorlikdagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.

Mobil-metodik guruhlar orqali samarali faoliyatni amalga oshirish uchun tashkil qilinadigan "maktab-laboratoriya"larda har bir o'quvchining tarixiy bilimlardagi mavjud yashirin va ma'lum imkoniyatlarini namoyon qilishiga, uning ta'lim jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga, o'quvchining ijodiy, kognitiv va kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan muhit shakllanishi kerak. Bu kabi mexanizmlarning maqsadidan kelib chiqib bir qator ustuvor vazifalar belgilanishi lozim:

"maktab-laboratoriya"larda amalga oshirilishi uchun vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv reja ishlab chiqishga erishish hamda shu rejaga muvofiq hamkorlikda tarix fanlari dasturini ishlab chiqish;

- variativ o'quv reja asosida ixtisoslashgan tajriba sinflarini tashkil qilish (bu oliy ta'lim professor-o'qituvchilari, maktab ruxshunosi va sinf murabbiylari bilan hamkorlikda tarix fanlariga qiziqadigan, bo'lajak pedagog bo'lish ishtiyoqida bo'lgan o'quvchilar saralab olinadi);

- ixtisoslashgan sinflarda mashg'ulot olib boradigan yuqori pedagogik kasbiy mahoratga ega o'qituvchilarni belgilab olish va ular bilan loyiha maqsadi, vazifalari, mexanizmi bilan tanishtirish, ularda doimiy uslubiy-metodik yordam berib borish;

- tajriba ishlarida ishtirok etadigan barcha professor-o'qituvchilar, maktab o'qituvchilari, amaliyotchilar va boshqalar vazifalarini aniq belgilash va shu asosda ishtirokchilarning individual ish rejalarini shakllantirish;

- hamkorlikda tarix fanlari o'quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va o'quv natijalarini monitoring qilib borish, ixtisoslashgan sinflarda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv jarayonlarini tashkil qilish va individual holda o'quvchi ko'rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish metodikalarini tatbiq etish;

- o'quv jarayonlarini zamonaviy darajada ta'minlash, guruhli va individual mashg'ulotlar olib borish, oliy ta'lim ilmiy salohiyati tavsiya va ko'rsatmalariga ko'ra o'quv jarayonlarini hamkorlikda

rejalashtirish va loyixalashtirish;

April, 2022

- faoliyatini har oyda monitoring qilib borish, natijalarga ko'ra o'zlashtirishi orqada qolayotgan o'quvchilar bilan individual mashg'ulotlar tashkil qilish;

- tarix fanlari pedagog-xodimlari bilan ishlash, ta'lim muassasini maydonida ilmiy-uslubiy raqobat muxitini yaratish, (o'qituvchilarni ilmiy-tadqiqotchilikka yo'naltirish;

- o'quvchilar uchun tarix fanlari bo'yicha yuqori sifatli ta'lim tizimini yaratishga yordam berish maqsadida oliy ta'limning axborot resurslaridan foydalangan holda ixtisoslashgan fanlarni chuqur o'rganishiga imkoniyat yaratish, tarix fanlari bo'yicha qo'shimcha uslubiy va didaktik ta'minot taqdim qilish;

- umumiy o'rta ta'lim muassasasi va OTM o'rtasidagi innovatsion-integratsion hamkorlik tamoyillarini yanada rivojlantirish maqsadida oliy ta'limda tarix fanlari bo'yicha olimpiadalar tashkil qilish;

yo'nalishlari bo'yicha o'qishga tayyorlash tizimini tashkil qilish;

- ko'ngilli iqtidorli talabalardan iborat guruh tashkil qilish va ularni maktab o'quvchilari tarixiy bilimlarini yanada rivojlantirishga jalb qilish;

- "maktab-laboratoriya"larning ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmalarida kafedra professor-o'qituvchilari ishtirokida ilmiy-tadqiqotlarga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchilarni tayyorlangan ishlarini belgilangan tartibda muhokama qilib borish, ularning kompetentlik darajalarini rivojlantirish maktabda oliy ta'lim ishtirokida turli yo'nalish va darajalarda tanlov va musobaqalar tashkil etish;

- ixtisoslashgan sinflar o'quvchilarining indivudual portfoliolarini tashkil qilish, ularning tafakkuri va kompetentligini yanada takomillashtirish, o'quvchilar qiziqishiga ko'ra loyixa ishlari taqdim qilish, ishlash usullarini o'rgatish, loyixalarni himoya qilishlariga imkoniyatlar yaratish;

- tarix o'qitish metodikasi yo'nalishidagi kunduzgi yuqori bosqichida va sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni kasbga uzluksiz tayyorlash tizimini ishlab chiqish maqsadida ularni umumta'lim maktablaridagi amaliyot va faoliyat natijalarini monitoring qilib borish hamda tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishda ular bilan keng ko'lamli rejalar olib borish kabilar.

NATIJALAR

Oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalari hamkorligi asosida tashkil qilingan mobil-metodik guruhlar faoliyatida Tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlarning amaliy

o'quvchilarni institut tarix fani mavjud mutaxassisliklari va ta'lim

ahamiyatini quyidagilar tashkil etadi:

April, 2022

umumta'lim muassasalarida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish buyicha uslubiy va didaktik ta'minotni yaratiladi;

mazkur fanlar bo'yicha iqtidorli o'quvchilarni aniqlash va rivojlantirish metodikalari takomillashtiriladi;

mexanizmlarni muvafaqqiyatli amalga oshirish natijalari asosida kelgusida tarix fanlarini o'qitishning yangicha shakl, usul va metodlari yaratiladi;

klaster tizimida boshqa hamkorlik sub'ektlararo samarali o'qitish samaradorligiga olib kelgan loyiha va dasturlarni ommalashtiriladi;

muassasa, sinf darajasidagi sog'lom raqobat muhiti shakllanadi va ta'lim sifati oshiriladi va b.

Tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishning integratsion mexanizmini tatbiq etish natijasida quyidagi istiqbollarga erishish mumkin:

o'quv jarayonidagi ta'lim sifatini boshqarish tuzilmasi modernizatsiyalashgan ko'rinishda bo'ladi;

mintaqaviy ta'lim muassasalari, pedagog kadrlar o'rtasida sog'lom raqobat muhiti takomillashadi;

maktab bitiruvchilarning ta'limning keyingi bosqichiga ta'minlash samarasi rivojlanadi, bitiruvchilarningraqobatbardoshligi ortadi; ilmiy tadqiqot natijalarining samaradorligi ortadi;

o'quvchilarning rivojlanishini psixologik-pedagogik tahlil qilish asosida ta'lim sifatini nazorat qilish hamda ularning tarixiy bilimlar bo'yicha ijodiy va intellektual qobiliyatlarini shakllantirish uchun didaktik-uslubiy tizim yaratiladi;

o'quvchi shaxsi, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun qo'shimcha dasturlar, hujjatlar to'plami shakllanadi;

o'quv dasturlari natijalariga ko'ra o'quvchilar bilimlarining sifati oshiriladi.

"Maktab-laboratoriya" tajriba maydonchalari pedagogik ta'lim klasterini amaliyotga tatbiq etish shakli sifatida ta'lim turlari o'rtasidagi integratsiya munosabatlarini ta'minlash, umumta'lim maktablari faoliyatini innovatsion jarayonlarga tortish, ta'lim va tarbiya uyg'unligi borasida samaradorlikka erishish, ta'lim sifatini boshqarish va yaxshilash, iqtidorli o'quvchilarni yuzaga chiqarish, o'qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va ularni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq sifat ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi. Ta'lim jarayonini birgalikda takomillashtirishga, uzluksiz ta'lim tizimini yaratishga

XULOSA

qaratilgan "Maktab-laboratoriya" integrallashgan innovatsion

April, 2022

maydonchalarini tashkil qilish ta'lim turlari o'rtasidagi uzviylik muammosini bartaraf qilishga, o'quvchilarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalarini to'liq ta'minlanishga, ta'lim beruvchi mutaxassislarning kompetensiyalarining takomillashuviga katta imkon yaratadi. Bu "maydon"da ta'lim jarayoni ishtirokchilari o'rtasida ta'limning insonparvarlik, demokratik tamoyillariga asoslangan muhit shakllanib, u shaxsga yo'naltirilgan, o'z-o'zini bilish va rivojlantirishga asoslangan ta'limni tashkil etishga yordam beradi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli prezident farmoni. Toshkent. 8 oktyabr 2019 yil.

2. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent. "O'zbekiston", 2021. -B. 233.

3. G'afforov Ya.X. Tarix o'qitish metodikasi/ . Darslik. Toshkent:-B.285.

4. Davlatov O.G'. Talabalarda axborot xavfsizligini ta'minlash kompetentligini tarixiy-madaniy meros vositasida rivojlantirish: Avtoref. ped.fan.bo'yicha fal.dok. -Toshkent, 2018. - 57 b.

5. Ismailov A.F. Akademik litseylarda tarix fanini o'qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish: Avtoref. ped.fan.bo'yicha fal.dok. - Toshkent, 2018. - 50 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Shonazarov Q.R. Bo'lajak tarix o'qituvchilarini maktab o'quvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirishga tayyorlash. liss.ped.f.n. -Toshkent, 2002. -134 b

7. Yarmatov R.B. Bo'lajak tarix o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish. pedagogika fanlari doktori (DSc) diss.. aftoref.. T.: 2021. - 70 b.

8. G'afforov Ya.X. Tarix o'qitish metodikasi. -T.: "Ishonchli hamkor", 2020.

9. Toshtemirova, S. (2022). Uzluksiz ta'lim tizimida tarix fanlarni o'qitishning pedagogik strategiyalari / UzMU xabarlari. 2022, 1/1/2. 120-123 b.

10. Toshtemirova, S., & To'raeva, A. (2021). Tarix fanlarini kurslararo uzviylik asosida amalga oshirishga qo'yiladigan talablar. Academic Research in Educational Sciences, 2(5), 894-906.

11. Тоштемирова, С. А. (2022). ТАРИХ У^ИТИШ МЕТОДИКАСИ ПЕДАГОГИК ФАН СИФАТИДА. Academic Research in Educational Sciences, 3(2), 398-406.

12. ТАРИХ ФАНЛАРИНИ У^ИТИШ САМАРАДОРЛИГИГА ^АРАТИЛГАН ТАЪЛИМ КЛАСТЕРЛАРИНИ ТАШКИЛ ^ИЛИШ АСОСЛАРИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(5), 1073-1081.

13. Еаффоров, Я. Х., & Тоштемирова, С. А. (2021). ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯДА ИНСОНПАРВАРЛИК ТАМОЙИЛИНИНГ ЗАРУРАТИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(2), 292-299.

April, 2022

1244

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.