Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN IJODIY ZIYOLILARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN IJODIY ZIYOLILARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
133
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson va uning manfaatlari / innovatsiya / ilm-fan yutuqlari / milliy istiqlol / taraqqiyot / farovonlikka / ma’rifat / ta’lim / oliy ta’lim / yetuk mutaxassis / darsliklar. / man and his interests / innovation / scientific achievements / national independence / development / prosperity / enlightenment / education / higher education / mature specialist / textbooks.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Boqiyev, Bahrom O‘ktamovich

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida ijodkor ziyolilar faoliyati, jumladan ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ziyoli xotin-qizlarlarning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi mehnat, tarixiy tadqiqotlari, murakkab globallashuv davrida sohada vujudga kelayotgan dolzarb muammolarga munosabatlari va yechimlari, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarida ishtoriki hamda erishib kelgan yutuqlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CREATIVE INTELLIGENCE IN PUBLIC LIFE IN THE FIELD OF EDUCATION IN NEW UZBEKISTAN

This article describes the activities of creative intellectuals during the years of independence, including labor, historical research in the higher education system of Uzbekistan, their attitudes and solutions to current problems in the field of complex globalization, as well as participation and achievements in international cooperation.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN IJODIY ZIYOLILARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN IJODIY ZIYOLILARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI

Boqiyev Bahrom O'ktamovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida ijodkor ziyolilar faoliyati, jumladan ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan ziyoli xotin-qizlarlarning O'zbekiston oliy ta 'lim tizimidagi mehnat, tarixiy tadqiqotlari, murakkab globallashuv davrida sohada vujudga kelayotgan dolzarb muammolarga munosabatlari va yechimlari, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarida ishtoriki hamda erishib kelgan yutuqlari yoritilgan.

Tayanch so'zlari: inson va uning manfaatlari, innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, milliy istiqlol, taraqqiyot, farovonlikka, ma'rifat, ta'lim, oliy ta'lim, yetukmutaxassis, darsliklar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается деятельность творческой интеллигенции в годы независимости, в том числе трудовая, историческая исследовательская деятельность в системе высшего образования Узбекистана, их отношение и решение актуальных проблем в сфере сложной глобализации, а также участие и достижения в международное сотрудничество.

Ключевые слова: человек и его интересы, инновации, научные достижения, национальная независимость, развитие, процветание, просвещение, образование, высшее образование, зрелый специалист, учебники.

ABSTRACT

This article describes the activities of creative intellectuals during the years of independence, including labor, historical research in the higher education system of Uzbekistan, their attitudes and solutions to current problems in the field of complex globalization, as well as participation and achievements in international cooperation.

Keywords: man and his interests, innovation, scientific achievements, national independence, development, prosperity, enlightenment, education, higher education, mature specialist, textbooks.

KIRISH

Mustaqillik yillarida Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson va uning manfaatlari turadi. Barcha o'zgarishlarning pirovard maqsadi aholi farovonligini oshirishga qaratildi. 2017 yildan e'tiboran barcha

659

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sohalarda davlat o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Barcha sohalarda keng ko'lamli qayta qurish va islohotlarning yangi davri boshlandi. E'tiborning asosiysi, ko'p yillardan buyon yetilib qolgan masalalar va xalq manfaatlari muammolarini hal qilish edi. Yangilanayotgan O'zbekiston tarixidagi muhim yangiliklardan biri, bu ijtimoiy sohani rivojlantirish bo'ldi1.

Bugungi kunda dunyoda innovatsion g'oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz biror-bir soha rivojini tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbekistonning eng katta boyligi - bu xalqning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir. Davlat rahbarining tashabbusi bilan respublikada ta'lim va ilm-fan tizimini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy ustuvor vazifalaridan biriga aylandi2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekistonda ijodiy ziyolilarga bo'lgan munosabatni adabiyot va san'at sohasi vakillari bilan Prezidentning 2017 yil 3 avgust kuni bo'lib o'tgan uchrashuvida ham kuzatiladi. Davlat rahbarining mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalar hamda ularning hal etish yo'llari bo'yicha ko'rsatmalar berildi3.

Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlashicha "... ko'pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o'ylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg'onish g'oyasiga bag'ishlab, o'lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g'aflat botqog'idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo'lda ular o'zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar. Ular "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas" degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat

1 Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha 328 chora - tadbirlar to'g'risida" gi PQ-2753 son qarori edi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 73-modda.

2 Muxammadiyev O'.A., Yuzbayeva M.Z. Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatini rag'batlantirishda mehnatga haq to'lashning o'rni//Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash-mamlakat taraqqiyotining muhim omili" mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. V qism. - Samarqand. (2018 yil, 2-3 iyun). 97-bet.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda "Milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalari" mavzusidagi so'zlagan nutqi. Xalq so'zi, 4 avgust 2017., 153 (6847).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin" 4.

NATIJA

Bugungi kunda oliy ta'limida ijodkor ziyolilarning o'rni, ularning faoliyati yaratilayotgan yangi avlod o'quv darsliklari, qo'llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshirilsa, tabiiyki, ta'limda sifat va samaradorligi ortishiga erishiladi. Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasini ijodkor ziyolilarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi va ko'zlangan istiqbolga erishishda qiyinchilik tug'ilishi tabiiy, albatta.

MUHOKAMA

Mustaqillikning qo'lga kiritilishi tufayli O'zbekiston xotin-qizlari haqiqiy ma'nodagi teng huquqlilikka ega bo'ldi. Ilm-fan sohasiga munosib hissa qo'shganlari ham dastlab sanoqli bo'lsa, keyingi yillarda davlat tomonidan berilgan e'tibor ularni safini kengaytirdi. Shulardan tarix faniga munosib hissasini qo'shgan olima ayollardan professor D. Alimovaning ilmiy faoliyati, uning metodologik g'oyalarida ham O'zbekistonda tarixiy tadqiqotlar yo'nalishini belgilash va amalga oshirish kabi muhim masalalar o'rin olgan. U o'zining izlanishlari, qarashlari, tadqiqotchilik yondashuvi bilan zamonaviy tarix fanida uning diagnosti, tarixchilar hamjamiyati qonun qoidalari va tartibotlarini namoyon qiluvchi olima sifatida o'rin tutdi. Qisqa qilib aytganda, o'z davri intellektual manzarasini shakllantirishda munosib ishtirok etayotgan olimadir. Tarixshunoslikning yana bir muhim ijtimoiy vazifasi - tarixchilar faoliyatini, ularning fan rivojidagi ishtirokini yoritishdan iborat. Shunday ekan, tarixshunos D.Alimova ijodida yetuk tarixchilar, ustozlari faoliyatini o'rganish, ularning fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasini munosib baholash va tadqiqotchilik tajribasini ommalashtirish kabi masalalar alohida o'rin tutadi. D.Alimova o'zining bir qator tadqiqotlarini O'zbekiston va Markaziy Osiyo tarix fani rivojiga katta hissa qo'shgan olimlar B.V.Lunin, R.H.Aminova, F.H.Qosimov, Manash Kozibayev hayoti va faoliyatiga bag'ishlaydi5.

Yurtimiz taraqqiyotida ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini oshirish, ulardagi ijtimoiy-siyosiy faollikni, tashabbuskorlik, yetakchilik, professional mahoratini qaror toptirish bugungi kunning eng muhim masalasidir. Jumladan, O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini

4 Yangi O'zbekiston, 30 sentabr 2021 yil. №195 (451).

5 Asadova Sh.I. Tarix fani muammolari tarixchi olima nazdida // Markaziy osiyo davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 35-bet.

661

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

takomillashtirish, ilm-fanni rivojlantirish borasida o'z sa'y-harakatlari bilan munosib hissalarini qo'shib kelayotgan olima ayollarimiz ko'pchilikni tashkil etadi6.

Ana shunday olimalardan biri pedagogika fanlari nomzodi, professor Tal'at G'afforovadir. Olima faoliyati mobaynida pedagogika fanining dolzarb muammolarini o'rganishga qaratilgan 180 ga yaqin, ilmiy, metodik va ommabop ishlar e'lon qilib keldi. Bular 5 ta darslik, 10 ta metodik qo'llanma, 13 risola, ko'plab metodik tavsiyalar hamda qator ilmiy va ommabop maqolalardir.

Tal'at G'afforova bir necha yillar davomida Respublika Ta'lim markazi ilmiy-metodik kengashining a'zosi, "Boshlang'ich ta'lim" jurnali tahririyati a'zosi sifatida Respublika boshlang'ich ta'limning rivojiga katta hissa qo'shdi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlangan ilmiy ijod natijasida 1-sinflar uchun o'quv-metodik majmua yaratdi. Bu majmua "Alifbe", "Ona tili va o'qish" darsliklari, 1- va 2-yozuv daftarlari, o'qituvchilar uchun "1-sinf savod darslari" metodik qo'llanmalarini o'z ichiga oladi7.

Tal'at G'afforova xalqaro loyihalar ishida ham faol ishtirok etdi. 1997 yil Respublika "Olima" ayollar assotsiatsiyasining tavsiyasi bilan Yevropa Ittifoqi TACIS dasturining "Ayol va demokratiya" loyihasida ishtirok etdi. Olima rahbarligida tayyorlangan "O'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida axborot texnologiyalardan foydalanish" mavzusidagi loyiha 1999 yilda TEMPUS dasturiga kiritildi va unga asosan Qarshi davlat universiteti Angliyaning "Shimoliy London", Finlyandiyaning "Oulu" universitetlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilib, tajribalar almashildi. TEMPUS dasturi asosida qo'llanma yaratilib, mazkur qo'llanma xorijiy davlatlar ta'lim sohasida to'plangan tajribalar asosida Yevropa Ittifoqining "TEMPUS" dasturiga kirgan va Qarshi davlat universitetida faoliyat ko'rsatayotgan "O'qituvchilar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini isloh qilishda axborot texnologiyasidan foydalanish" - "RETUIT" loyihasi doirasida tayyorlandi8.

Jahonning rivojlangan davlatlarida, xususan AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreyaning rivojlanish garovi bo'lib inson omilini kuchaytirishga qaratilgan investitsiyalash, ya'ni inson salohiyati taraqqiyoti, xususan aholi ta'lim darajasining oshishi va yosh kadrlarning professional tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, bugungi kunda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan

6 Abdullayev O'.SH. O'zbekiston ilm-faniga va kadrlar tayyorlash ishiga hissa qo'shib kelayotgan Qashqadaryo vohasi ayollari orasidagi birinchi fan doktori // Markaziy osiyo davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 8-bet.

7 Ergasheva Y.A., Imomova G.M. Qashqadaryo ilm yulduzlari. // Biobibliografik to'plam, Qarshi, Intellekt nashriyoti, 2021. 36-bet.

8 G'afforova T., Qurbonov A., Godfri YE. Ta'limning ilg'or texnologiyalari. Advanced pedagogical technologies. Qo'llanma. Qarshi, 2003 yil. 4-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

davlatlarida ta'lim paradigmasi o'zgarib bormoqda. Mamlakatimizda ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash mazmunini zamonaviy talablar asosida tubdan qayta ko'rib chiqish, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash hamda sohani jahon standartlari darajasida rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi9.

Mamlakatimiz ta'lim tizimiga katta hissa qo'shgan olimalardan yana biri t arix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovnadir. Olima ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekistonda xalq maorifining ahvolini o'rganish, tahlil qilish, tariximizning eng og'ir davridagi o'qish-o'qitish jarayonidagi yutuqlar, muammolarni, ayni damda maorifchilar va o'qituvchilarning ijtimoiy hayotidagi o'rnini ilmiy jihatdan yoritmoqda. Yulduz Ergasheva 2012 yildan buyon O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasining Qashqadaryo bo'limi raisidir.

Professor Yulduz Ergasheva 250 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 ta monografiya, 40 ga yaqin o'quv-uslubiy ishlar muallifi, 3 ta fundamental va amaliy grantlar rahbaridir. O'zbekiston tarixi madaniyatshunoslikning dolzarb muammolariga bag'ishlangan ilmiy ishlari Germaniya, Xitoy, Hindiston, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya kabi davlatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan10. Ahamiyatlisi, shundaki, olimaning 20 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan shogirdlari bo'lib, ulardan bugungi kunda 10 dan ortig'i tarix fanlari nomzodi yoki tarix fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga erishib bo'lganlar.

"Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlarning ko'lami va mantig'iga bog'liq", - deydi professor Yu. Ergasheva. Qaysi soha e'tiborga muhtojligini ilg'ab, chuqur va har tomonlama o'ylanib amalga oshirilgan islohotlargina xalqning mushkulini oson, og'irini yengil, turmushini farovon qiladi, muammolariga yechim topib beradi. Ta'lim tizimida, jumladan, oliy ta'limda amalga oshirilgan islohotlar natijasida esa yuz berayotgan o'zgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy o'zgarishlarga olib keladi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz ob'ro'-e'tiborini yangi bosqichga olib chiqadi11.

9 Dala yozuvlari. Qarshi davlat universiteti professori Tal'at G'afforova bilan suhbat (Qarshi, 2019 yil 22 fevral).

10 Abdullayev O'.SH. O'zbekiston ilm-faniga va kadrlar tayyorlash ishiga hissa qo'shib kelayotgan Qashqadaryo vohasi ayollari orasidagi birinchi fan doktori // Markaziy osiyo davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 8-bet.

11 Dala yozuvlari. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Yulduz Ergasheva bilan suhbat (2020 yil 25 sentabr).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

So'nggi yillarda oliy ta'lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to'lash va ularni rag'batlantirish masalalari davlatimizning ichki siyosatida (ijtimoiy himoya tizimida) munosib o'rin egalladi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to'lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 5 apreldagi PQ 3655-son qarori 12 ushbu sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning mehnatiga haq to'lashni tartibga soluvchi asosiy hujjatlardan hisoblanadi. 2018 yil 1 sentabrdan boshlab, kuchga kiradigan ushbu qaror O'zbekiston Respublikasida faoliyati ko'rsatayotgan 81 ta oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va 136 ta ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari tarkibining barcha (bazaviy) tayanch lovozim maoshlari miqdorlarini sezilarli oshirilishini nazarda tutadi. Qaror jami 38 mingdan ortiq ya'ni, oliy ta'lim muassasalarida 28,1 ming, ilmiy-tadqiqot muassasalarida 8,0 ming xodimlarga shuningdek 1,9 ming doktorantlarga daxldordir.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonda ijodiy ziyolilarga munosabat va e'tiborning davlat darajasiga ko'tarilishi hamda ular faoliyatidagi tub o'zgarishlarning asosi respublikada amalga oshirilayotgan istohotlarning natijasi edi. Xususan, davlat rahbarining bevosita tashabbusi bilan mazkur islohotlarning yangidan-yangi ko'rinishlari, el-yurt tinchligi hamda xalq farovonligi uchun yanada o'rinli jihatlari ishlab chiqilayotgani ma'lum. Shuningdek, mamlakatimizda ilm-fan rivojlanishiga bo'lgan e'tibor, kadrlar tayyorlash tizimini yanada taraqqiy toptirish, sohada yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash singari ustuvor vazifalar kundan-kunga ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi"13ning 4.4-bandida ko'rsatilgan Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish rejasi Oliy ta'lim tizimida biz tilga olmoqchi bo'lgan yangilik va o'zgarishlarning bosh debochasi bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda "Milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalari" mavzusidagi so'zlagan nutqi. Xalq so'zi, 4 avgust 2017., 153 (6847).

12 O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 07/18/3655/1019-son.

13 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son.

664

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha 328 chora - tadbirlar to'g'risida" gi PQ-2753-son qarori. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 73-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 07/18/3655/1019-son.

4. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son.

5. Yangi O'zbekiston, 30 sentabr 2021 yil. №195 (451)

6. Ergasheva Y.A., Imomova G.M. Qashqadaryo ilm yulduzlari. // Biobibliografik to'plam, Qarshi, Intellekt nashriyoti, 2021. 36-bet.

7. Dala yozuvlari. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Yu. Ergasheva bilan suhbat (2020 yil 25 sentabr).

8. G'afforova T., Qurbonov A., Godfri Ye. Ta'limning ilg'or texnologiyalari. Advanced pedagogical technologies. Qo'llanma. Qarshi, 2003 yil. 4-bet.

9. Dala yozuvlari. Qarshi davlat universiteti professori Tal'at G'afforova bilan suhbat (Qarshi, 2019 yil 22 fevral).

10. Muxammadiyev O'.A., Yuzbayeva M.Z. Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatini rag'batlantirishda mehnatga haq to'lashning o'rni // Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash-mamlakat taraqqiyotining muhim omili" mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. V qism. - Samarqand. (2018 yil, 2-3 iyun). 97-bet.

11. Asadova Sh.I. Tarix fani muammolari tarixchi olima nazdida // Markaziy osiyo davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 35-bet.

12. Abdullayev O'.SH. O'zbekiston ilm-faniga va kadrlar tayyorlash ishiga hissa qo'shib kelayotgan Qashqadaryo vohasi ayollari orasidagi birinchi fan doktori // Markaziy osiyo davlatlari olima ayollarining ilm-fan sohasiga qo'shgan hissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism) - Toshkent, 2020 yil 20 mart. 8-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.