Научная статья на тему 'TA’LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL “TOVAR” SIFATI'

TA’LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL “TOVAR” SIFATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
273
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim bozori / intellektual sotsial “tovar” / o‘qituvchi maqomi / renessans / repetitor / o‘quv-me’yoriy hujjatlar / davlat talabi / auditoriya va auditoriyadan tashqari talab / dual ta’lim / nepozitizm / proteksionizm / lobbizm. / education market / intellectual social “commodity” / teacher status / renaissance / tutoring / educational and regulatory documents / state demand / audience and extracurricular demand / dual education / nepositism / protectionism / lobbying.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mustafayev, Ulash Utayevich

Maqolada O‘zbekiston ta’lim bozorida mavjud muammolar o‘rganilgan.Uchinchi renessans davri uchun poydevor qo‘yilgan davrda bu muammolarning yechimiga takliflar bayon etilgan.Umumiy o‘rta va oliy ta’lim sohasidagi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga salbiy ta’sir qilayotgan omillarning sabablari ko‘rsatilgan.Ta’lim sifatini yaxshilshda o‘qituvchi maqomi va unga qo‘yilgan talablar tarixiy dalillar asosida o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma’ruzalari va shu sohada ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlarning monografiyalaridan iqtiboslar keltirilgan holda muallif o‘z xulosalarini bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION MARKET AND INTELLECTUAL SOCIAL “GOOD” QUALITY

The article examines the existing problems in the education market of Uzbekistan. The solution to these problems in the period of lying the foundation for the third renaissance period. The reasons for the negative impact on the quality of training in general secondary and higher education. The status of the teacher and the requirements for improving the quality of education have been studied on the basis of historical evidence. The author gives his conclusions, citing the reports of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev and monographs of scientists conducting research in his field.

Текст научной работы на тему «TA’LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL “TOVAR” SIFATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI

Ulash Utayevich Mustafayev

falsafa fanlari nomzodi Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi ulashmustafoyev 1957@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston ta'lim bozorida mavjud muammolar o 'rganilgan.Uchinchi renessans davri uchun poydevor qo 'yilgan davrda bu muammolarning yechimiga takliflar bayon etilgan.Umumiy o'rta va oliy ta'lim sohasidagi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga salbiy ta'sir qilayotgan omillarning sabablari ko'rsatilgan.Ta'lim sifatini yaxshilshda o'qituvchi maqomi va unga qo'yilgan talablar tarixiy dalillar asosida o'rganilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma'ruzalari va shu sohada ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlarning monografiyalaridan iqtiboslar keltirilgan holda muallif o 'z xulosalarini bergan.

Kalit so'zlar: ta'lim bozori, intellektual sotsial "tovar", o'qituvchi maqomi, renessans,repetitor, o'quv-me'yoriy hujjatlar, davlat talabi,auditoriya va auditoriyadan tashqari talab, dual ta'lim,nepozitizm, proteksionizm,lobbizm.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются существующие проблемы на рынке образования Узбекистана. В период, когда закладывались основы третьего возрождения, выдвигались предложения по решению этих проблем. Указаны причины факторов, негативно влияющих на качество подготовленных кадров в сфере общего среднего и высшего образования. Статус учителя и требования к повышению качества образования изучаются на основе исторических данных. Свои выводы автор даёт, цитируя доклады Президента Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёева и монографии ученых, ведущих исследования в этой области.

Ключевые слова: рынок образования, интеллектуалный социальный "товар", статус учителя, возрождение. репетиторство, учебно-нормативный документы, государственный спрос, аудитория и внеклассный спрос, дуальное образование. Непозитизм,протекционизм, лоббирование.

ABSTRACT

The article examines the existing problems in the education market of

Uzbekistan. The solution to these problems in the period of lying the foundation for

218

Scientific Journal Impact Factor

the third renaissance period. The reasons for the negative impact on the quality of training in general secondary and higher education. The status of the teacher and the requirements for improving the quality of education have been studied on the basis of historical evidence. The author gives his conclusions, citing the reports of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev and monographs of scientists conducting research in his field.

Key words: education market, intellectual social "commodity", teacher status, renaissance, tutoring, educational and regulatory documents, state demand, audience and extracurricular demand, dual education, nepositism, protectionism, lobbying.

Mamlakatimizda ta'lim bozori shiddat bilan rivojlanib bormoqda.Ta'lim bozorining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash borasida ibratli ishlar ruyobga chiqarildi.Ta'lim berayotgan va ta'lim olayotgan kadrlar uchun o'quv-me'yoriy hujjatlarni xalqaro andozalarga moslashtirish borasida ham uzluksiz ishlar davom ettirilmoqda.O'zbekiston ta'lim bozorini maktabgacha,umumiy o'rta, professional,oliy ta'lim,ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish ta'lim bozorlari tashkil etadi.Bu ta'lim bozorlarida inson kapitali uchun juda katta mablag'lar ajratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Yangi O'zbekiston- maktab ostonasidan,ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi"[1] degan g'oyani bejizga ta'kidlamadi. Bu g'oya ta'lim bozorida mehnat qilayotgan o'qituvchilarga juda katta mas'uliyat yuklamoqda.O'qituvchi endi diplomdagi ta'lim sohasidagi ma'lum bir fan bo'yicha o'qituvchilik qilishi emas,balki shu sohaning o'qituvchisi maqomi darajasi uchun tinimsiz o'z ustida ishlashi kerak bo'layapti.Ya'ni o'qituvchilikni maqom darajasiga olib chiqishi lozim. Agar musulmonlar tarixiga murojaat qilsak, musulmon ummatlari doimo ilmni o'qituvchi (mudarris)dan o'rganib kelgan. Kitob yoki qog'ozdan ilm o'rganish makruh sanalgan. Musulmonlarning ilohi kitobi Qur'oni Karimni Muhammad alayhissalom ham Jabroil alayhissalomdan o'rgangan va o'z navbatida Allohning bu kalomini ummatlariga o'qitgan hamda o'rgatgan. O'qituvchilik maqomiga mashaqqatli mehnat evaziga erishilgani uchun ham Allohi taolo o'z kalomida "Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur"[2] Muhammad alayhissalomdan olim kishining bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng ekani, qiyomatda ilm shafoat qilishi, agar u ta'lim bersa, Yer va Osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag'firat so'rashi va boshqa ko'p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan.Tarix shohid islom paydo bo'lgach, undan keyingi ikki yuz yil o'tg ach

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ta'lim tez rivojlanib ketdi.Ta'limning bunday tez rivojlanishi jamiyatda o'qituvchi va unga jamiyatda berilgan maqom muhim ahamiyat kasb etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilm o'rganib ustozlik maqomiga erishish uchun imom Buxoriy va imom Termiziylar yigirma yillab xorijiy yurtlarda ta'lim oladi va vataniga o'z sohasining yetukt mutaxassisi bo'lib qaytadi.Ilmga va ilm egalariga nisbatan Movarounnahr ahli doimo izzat-ikrom ko'rsatib kelgan. Imom Buxoriy xorijdan vataniga qaytganda Buxoro ahli u kishiing yo'liga sakkiz kilometrlik poyondoz to'shab, katta xursandchilik bilan kutib olgan ekan.Islomdan avvalgi davr haqida ma'lumot beruvchi manba Abul Faraj Isfahoniyning "Kitabul Ag'oniy" asari sanaladi. U kishining asarlari 20 jilddan iborat bo'lib "Ag'oniy ul- Kabir (Qo'shiqlar katta kitobi) nomi bilan mashhur. Bu manbada ham islomdan avvalgi davrni johiliyat davri deb atashadi. Ma'lumki, Yevropada ham cherkov davrini uyqudagi davr deb nomlashadi. Qachonki islom paydo bo'lib boshqa o'lkalarga tarqalib, ma'lum davr o'tgach turli hududlarda o'yg'onish davri paydo bo'la boshladi.Ayniqsa bu Sharq mamlakatlarida yaqqol ko'zga tashlandi.Ilm-fandagi yangiliklar g'arb dunyosiga ham ta'sir o'tkazdi. Tarixda buni davrni fransuzcha "Renaissance",ya'ni uyg'onish ma'nosini beradi. Movarounnahrda uyg'onish davri ikki bosqichda o'rganiladi. Birinchi bosqich bu 9 -12 asrlarni o'z ichiga olsa, ikkinchi bosqich esa 15-16 asrlarni qamrab oladi. Bu davrdagi ilm-fan taraqqiyoti haqida va Movarounnahrlik mutafakkirlarning unga qo'shgan hissalari tarixiy manbalarda juda ko'p ma'lumotlar keltirilgan. Movarounnahrda uchinchi renessansni XX asr boshlarida jadid-ma'rifatparvarlari boshlab berdi-yu ammo bolsheviklar mafkurasi va uning qatog'on mafkurasi buni amalga oshirishga yo'l qo'ymadi. Bundan bir yuz sakkiz yil avval yozilgan Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asarining "Tarbiya zamoni" bobini o'qigan kishi jadid-ma'rifatparvar olimlarimizning tafakkuriga qoyil qolmasdan iloji yo'q.Ushbu bobni Abdulla Avloniy qo'yidagi fikrlar bilan xulosalaydi. "Alhosil,tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat,yo saodat yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallolohu alayhi vassalam afandimiz: insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi axloqindadur"[3] Abdulla Avloniyning bunday xulosaga kelishiga nima sabab bo'ldi? Chunki, XX asr boshlarida oilada farzandga ona tarbiyasining g'aribligi, ota tarbiyasining zaifligi, muallim tarbiyasida o'zi muallimning metodikani bilmasligi, mudarrisning esa manfaati osh bo'lgani uchun farzandalarimiz hukumat maktabidan zarur bilimlarni ololmaganligi uchun kuyunadi. Shunday davrda yana bir

jadid-ma'rifatparvar imomimiz Mahmudxo'ja Behbuiy esa yoshlarga qarata bir

220

Scientific Journal Impact Factor

necha murojaat qilib, arab,fors,turk va rus tilini mukammal o'rganishga da'vat qilgan edi. Bu milliy uyg'onish g'oyalaridan hadiksiragan bolsheviklar ideologiyasi jadid-ma'rifatparvarlarining shaxsiy hayotlariga suiqasdlar tashkil etib,ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'ydi.Natijada bunda ilm-ma'rifat zarar ko'rdi.Mahalliy xalqlarning milliy uyg'onishiga tushov bo'lib turdi. Bu jarayonlarni va jadid - ma'rifatparvar olimlarimizning tarixini o'rgangan tadqiqotchilar manbalarida batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Ming afsuski, jadid bobolarimiz o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yo'l bermadi. Ma'rifat fidoyilari o'sha davrning turli johil kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo'ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik sovet hukumati ularni ayovsiz quvg'in va qatag'on qildi. Shu tariqa milliy uyg'onish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo'lib qoldi" deb ta'kidlagan edi.[4]Bugunni yaxshiroq bilish uchun bir oz o'tmishni esladik,xolos. Bugun ilm-ma'rifat ham kelajak avlod tarbiyasi ham o'qituvchi faoliyati bilan bog'liq.Shuning uchun ham o'qituvchilarning to'rt muchasi sog'lom bo'lishi va ma'naviy jihatdan kamol topishi uchun bu soha inson omili va uning intellektual salohiyati bilan bog'liq bo'lgani uchun katta mablag'lar ajratilmoqda. Xo'sh,ta'lim tizimimizdagi holat yoki manzara qanday? Ma'lumki, mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o'qituvchilarga toifalar berib boriladi. Yaqinda shu soha bo'yicha xalq ta'limi vazirligining statistik ma'lumoti tarqatildi.Respublikada o'qituvchilarning toifasi bo'yicha taqsimotining tahlili qo'yidagicha ekan."Oliy toifalilar 3%, birinchi toifalilar 11%, ikkinchi toifalilar 23%, toifasizlar 48%,o'rta maxsus ma'lumotlilar esa 15% ni tashkil etmoqda".[5]Davlat tomonidan o'qituvchilarga yaratilayotgan motivatsiyaga qaramay yuqori toifalarga intilish sust bo'lib qolmoqda yoki bilim darajasi sohasi bo'yicha past bo'lgani uchun maqomini himoya qilolmayapti. Bu esa o'z navbatida maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirishiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari tezkor ma'lumotlar tahlili qo'ydagicha bo'ldi. Respublika bo'yicha 2020 yil bitiruvchilar soni 449861 nafar,shundan oliy ta'lim muassasalariga kirganlar soni esa 70418 nafar, bu 15,7 % tashkil etmoqda.Respublika hududlari kesimida eng yuqori ko'rsatkich Navoiy (29,8%) 1-o'rin, va Toshkent shahri 2-o'rin 26,6% ga to'g'ri kelmoqda. Eng past natijalarni esa Samarqand (10,0%) 14-o'rin va Qashqadaryo 13-o'rin (10,9%) viloyatlari bermoqda. Surxondaryo viloyatida esa bu ko'rsatkich bo'yicha 11-o'rinda (12,9%) tashkil qildi. 2019 yilga nisbatan +4,3 % o'sdi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib xalq ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi pedagoglar faoliyati qizil va yashil kategoriyalarga

Scientific Journal Impact Factor

ajratildi. Maktablarda malakali o'qituvchilarga talab yuqori,chunki ota-onalar ham farzandlarining shunday o'qituvchilardan saboq olishini talab qilmoqda.Maktablardan tashqarida repetitorlik o'quv kurslarining mavjudligi bu umumiy o'rta ta'lim tizimidagi o'qitishdagi zaif nuqtalarning mevasidir.Agar maktablarda fan o'qituvchilari o'z sohasining yetuk mutaxasisi bo'lib dasturda berilgan bilimlarni o'quvchiga yetkazib berganda edi,ota-onalar qo'shimcha xarajat qilib repetitor izlab yurmas edi.Yuqoridagi statistik tahlillardan bilinib turibdiki,xalq ta'limi tizimidagi o'qituvchilarning 14% intellektual sotsial"tovar" sifatida e'zozga loyiqdir.Qolgan 86% o'qituvchilar bilan malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi strukturasi shakllaridan foydalanib yangi metodika (uchinchi renessans poydevori talabiga mos) asosida o'qitishga ehtiyoj sezilmoqda.Buning uchun esa yangi o'quv reja va dastur ishlab chiqish kerak bo'ladi. Ma'lumki, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida variativ sinflarning tashkil topishi o'quv jarayoniga ijobiy ta'sir qildi.Ya'ni maktab bitiruvchilarinig oliy ta'lim muassasalariga kirishi yaxshilandi.Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda davlat test markazi bergan ma'lumotlarga ko'ra 2021 yil oliy ta'lim muassasalariga grantga o'qishga qabul qilingan abiturientlarning 75% shu o'quv yilida maktablarni bitirgan o'quvchilar ekan. Bu ko'rsatkich 2020 yil 50%ni, 2019 yil esa 29%ni tashkil qilgan.Demak,maktablar va pedagog o'qituvchilar o'rtasida davlat tomonidan berilayotgan motivatsiya va raqobat muhiti asta sekinlik bilan natija bera boshladi. Ayniqsa,xalq ta'limi vazirligi tomonidan har bir maktab,tuman va viloyat kesimdagi o'quvchilarning bilim darajalari bo'yicha tahlil qilishi maktab o'qituvchilarining o'z ustida ishlashiga majbur qilmoqda.Bu jarayonni uzluksiz yaxshilash uchun endi davlat test markazi,ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi va xalq ta'limi vazirligi vakillari fanlar kesimida yuqori ball to'plagan va past ball to'plagan maktablarni tahlil qilib sabablarini ijtimoiy tarmoqlarga bersa va maktab pedagogika kengashlarida muhokama qilsa hamda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, maktab va o'qituvchilar uchun motivatsiya kuchaytirilsa natijalar bundan yaxshi bo'ladi.

Asosiy jamiyatga intellektual sotsial "tovar" yetkazib berayotgan uchinchi ta'lim bozorida yetakchi xorijiy ta'lim muassasalarining 33 ta filiallari, 58 ta qo'shma dasturlar asosida 8124 nafar kvotalarning ajratilishi hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalari va ularga davlat kvotalarining ajratilishi bu bozorda asta sekinlik bilan raqobatni vujudga keltirishga xizmat qiladi.Respublika oliy ta'lim bozorida bugun 131 ta oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.Bu oliy ta'lim muassasalarida klassifikatorga muvofiq 7 ta bilim sohasi bo'yicha 300 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda 570 ta mutaxasisliklarda 500 ming nafar talabalarga 29998 nafar professor - o'qituvchilar dars berishmoqda.Ilmiy-pedagogik salohiyat 2016 yil 31,9 %

Scientific Journal Impact Factor

bo'lsa,bugun esa 38% tashkil etmoqda,o'sish +6,1 teng. Oliy o'quv yurtlaridagi ilmiy pedagogik salohiyat oxirgi uch yilda birmuncha jonlandi.Xususan 2020 yil 1252 nafar professor-o'qituvchi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) darajasi uchun dissertatsiyalarini himoya qildi. Bu ta'lim bozorida bitiruvchilarning, ya'ni ishlab chiqarishga va xalq xo'jaligining turli tarmoqlariga borayotgan bitiruvchi kadrlarning sifati qanday degan savol bugun hech kim javob berolmaydi.Buning monitoringi ham yo'q.Faqat oliy ta'lim muassasalari rektorlari raqamlar soni bilan faxrlanib yuribdi.Kvotaning oshgani va kunduzgi, kechki, sirtqi hamda qo'shma dastur bo'yicha o'quv shaklini ochdim deb maqtanish bu jarayoning shakli,xolos. Vaholanki, o'quv jarayoning mazmuni yaxshilansa kadrlar sifati yaxshilanishi isbot talab qilmaydigan aksiomadir.Bugun oliy ta'lim bitiruvchilariga nisbatan xalq xo'jaligi tarmoqlari rahbarlarining e'tirozi kattadar.Chunki, deyarli oliy ta'limda dual ta'lim rivojlanmayapti.Oliy ta'limda dars berayotgan professor-o'qituvchilarning o'z sohalarida ish tajribasi kam.Ishlab chiqarishdagi eng yangi texnologiyalarni deyarli bilmaydi.Bilganlari ham ijtimoiy tarmoqlardagi nazariy fikrlar bilan cheklanib qolmoqda.Shuning uchun davlat tomonidan katta sarf-xarajatlar bilan keltirilgan laboratoriyalarni ishga tushirish va talabalar foydalanishi uchun biriktirishda muammolar paydo bo'lmoqda.Oliy ta'limda professor-o'qituvchilarning fan dasturi va unda qo'yilgan davlat talablarning auditoriyalarda va auditoriyalardan tashqarida talabalarga qanday yetkazilayotganligini qat'iy monitoring qiladigan vaqt keldi.Chunki,shunday qilmasa kadrlar sifati yaxshilanmaydi.Ikkinchidan esa professor-o'qituvchilarni moddiy-ma'naviy rag'batlantirish yoki ustama haq belgilashda yoki davlat mukofatlariga tavsiya etishda dars berish metodikasini albatta hisobga olish lozim.Chunki ta'lim tizimida xoh nazariy xoh amaliy yoki seminar,laborotoriya mashg'uloti bo'lsin metodikadan xabarsiz muallim darsi besamara bo'ladi.Bu sohadagi ko'z ilg'amas korrupsion holatlarga chek qo'yish lozim.Jamoatchlik korrupsion sxemalarni baribir o'zaro muloqotlarda bir-biriga aytadi.Bu esa dars berishga nisbatan ishtiyoqni so'ndiradi.Pandemiya va uning sotsial oqibatlari ta'lim tizimidagi bozorlarga nihoyatda sifatli intellektual salohiyatli "tovar" chiqarshni talab qilmoqda. Ta'lim bozorida mahalliy ishbilarmon tadbirkorlarning ishtiroki va ularga huquqiy vakolatlar berilishi kadrlar tayyorlash sifatiga ijobiy ta'sir qilishi sir bo'lmay qoldi.Aksincha,ta'lim bozorida adolatli,halol raqobat paydo bo'ladi. Bugun dunyo ta'lim bozorida ishtirok qilayotgan milliarder tadbirkorlarning kitoblarini va ular haqida yozilgan asarlarni ona tilimizga tarjima qilib mahalliy tadbirkorlarga ham yetkazish va o'qitish vaqti keldi. Chunki,bugun dunyo xalqlari amerikalik tadbirkor Ilon Mask va u rahbarlik qilayotgan kampaniyalarning onlayn to'lov tizimi,avtomobil

Scientific Journal Impact Factor

va energiya sanoati hamda fazo industriyasida amalga oshirayotgan inqilobini hayrat bilan kuzatib turibdi. Tadbirkorlarning ta'lim bozoriga kirib kelishi va ularga davlat tomonidan huquqiy vakolatlar berilishi sohasi tadbirkor Ilon Mask laboratoriyasi dunyo davlatlari uchun namuna bo'ladi. Mamlakatimizda ta'lim bozoriga tadbirkorlarni jalb qilish yigirma yillar kechikdi.Chunki,mustaqillikning dastlabki yillarida o'ziga to'q kishilar xususiy oliy ta'lim muassasalari tashkil etila boshlaganda ularning faoliyati darrov to'xtatilgn edi. Bugun tadbirkor Ilon Mask laboratoriyasida dunyoning 4000 yaqin eng sara olimlari IT sohasi bo'yicha ishlayotgan ekan. Bizning oliy ta'lim muassasalarimizda ba'zi holatlarni kuzatib, ustoz muallimlarning shogirdiga qo'yayotgan talabi va tinglovchi talabalarimiz bergan savollarning naqadar zaifligini sezib,bunday holatlarga qachongacha davom etishi mumkin deb o'yga tolasan. Hijob diniy libosmi yoki yo'qmi, soqol qo'yish, juma namozi, dunyoviy ilm yoki diniy ilm farzmi, o'g'il va qiz bolalarni ajratib o'qitishga oid berilayotgan savollar XX asrning 80-90 yillarida ko'tarilgan edi. Bugun ta'lim muassasalarida bu masala yana takrorlanishi esa dunyoqarashimizda hali zaif nuqtalar ko'pligidan dalolat beradi. Shu o'rinda, ham dunyoviy ham diniy oliy ta'lim muassasalari talabalari mantiq faniga ehtiyoj sezilayotganligi ma'lum bo'lmoqda. Chunki,tuman va viloyat bosh imomlari,noib imomlar,otinoyilar va targ'ibot guruh vakillari hozirgi kunda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi va uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiallarida raddiya berish bo'yicha malaka oshirish kursidan o'tmoqda.Raddiya berish va fikrni argumentlash mantiq fani ob'ekti sanaladi.Shu kurs tinglovchilari uchun tayyorlangan o'quv rejaga mantiq fanining raddiya va argumetlash mavzulari bo'yicha semnar- trening mashg'ulotini kiritish lozim.Bundan tashqari dunyoviy oliy o'quv yurtlarida mantiq fani falsafa fani tarkibiga qo'shilib ikki soat ma'ruza ajratilgan.Ikki soat ma'ruza yoki ikki soat seminar darsida raddiya berish bilimi va ko'nikmasini o'rgatish ancha mushkul ishdir.Sharq falsafasida xususan, islom falsafasida ham mantiqni o'rganish qadimdan buyuk mutafakkirlarimiz o'qigan maktablarning o'quv dasturi e'tiborida bo'lgan.Aks holda ular buyuk yunon faylsuflarining asarlariga raddiya berolmas edi.XXI asr boshlariga kelib bu fanga soha vazirligining tegishli boshqarma mutaxassislarining va tayanch oliy o'quv yurtlarining loqaydligi tufayli ertaga tayyorlayotgan mutaxassislarimiz tushuncha,hukm,xulosa chiqarish, taffakkur qonunlari,raddiya,isbotlash kabi mantiq ilmidan bexabar bo'lib chiqadi va ma'lum bir vaqt o'tgan dan so'ng esa o'zi o'qimagan fan bo'yicha yana malaka oshirish tashkil etaveramiz.Ijtimoiy tarmoqlardagi bizning falsafiy dunyoqarashimizga va islom dini falsafasini noto'g'ri talqin qilayotgn fikr

Scientific Journal Impact Factor

egalariga raddiya berayotgan olim va imom domillalarimiz barmoq bilan sanarli holatda ekanligi buni isbotlab turibdi. Aks holda yana buyuk mutafakkir bobolarimiz merosi bilan faxrlanib yurib, o'zimiz shu merosga munosibmizmi,ularning kashfiyotlarini kim davom ettirayapti degan savollarga javob berolmay qolamiz. Dunyoni eng so'ngi axborot texnologiyalari asosida intellektul salohiyatli kadrlar boshqarishi sir bo'lmay qoldi. Mamlakatimizda tashkil etilayotgan Prezident universiteti,nodavlat oliy ta'lim muasasalari va prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bu missiyani bajarishni ta'minlashga ishonch mavjud. Chunki,shu vaqtgacha mavjud oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan bakalavr ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklarida o'zaro raqobat shakllanmadi. Respublikada bir yo'nalish yoki mutaxassislik bo'yicha bir nechta oliy ta'lim muassasalari kadr tayyorlasa ham ular o'rtasida raqobat bo'lmadi.Buning sababi esa o'quv reja va fan dasturlarining haddan tashqari markazlashuvi,regionlarni va ulardagi kadrlar salohiyatini inobatga olmaslik,oliy ta'lim kadrlarini tanlash va saralashda nepozitizm,proteksionizm va lobbizm unsurlarining saqlanib qolganligi halaqit berdi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev"Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy "aql markazlari"mizni shakllantirishni talab etmoqda.

Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta'sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko'rib chiqish zarur"[6] deb bejizga ta'kidlamadi.Bu g'oya ta'lim bozoriga kadrlar tayyorlayotgan ta'lim muassasalarining intellektual sotsial "tovar" tayyorlash sifatiga kreativ yondoshuvini talab qiladi.Buning uchun esa ta'lim muassasalaridagi nepozitizm,proteksionizm va lobbizm holatlari bilan halollik bilan kurash olib borish kerak bo'ladi. Aks holda yana hech narsa o'zgarmay qolaveradi. Bu unsurlar bilan hozir ko'pincha ta'lim muassasalari rahbarlari ommaviy axborot vositalarida piar qilish orqali kurash olib bormoqda. Real hayotda yoki ta'lim bozoridagi bugungi holat davlat talablariga javob bermaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

[1]qarang. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr.

[2]qarang. Shayx Abdulaziz Mansur.Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tavsiri. TIUNMB. Toshkent 2018.543-bet.Mujodala surasi 11- oyati.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

[3]qarang. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.,Toshkent"O'qituvchi" 1992.13-14 betlar.

[4]qarang. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020 yil 30 sentabr.

[5]qarang. Xalq so'zi.(online).O'zbekistonda o'qituvchilar mavjud stavkalardan 80 mingtaga ko'p-vazir ma'lumotga aniqlik kiritdi. 16 yanvar 2021 yil.

[6] qarang.O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Shavkat Mirziyoev:Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa,uning joni va ruhi ma'naviyatdir. 2021 yil 19 yanvar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.