TARIX FANINI O'QITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O'RNI
Userbayeva Feruza Inoyat qizi
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti talabasi feruzauserbayeva@gmail .com
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda tarix fanini o'qitilish tizimida zamonaviy texnologiyalarni o'rni va qo'llanilishiga qaratilgan fikrlarimiz o'rin olgandir. Hamda zamonaviy ta'lim tizimini barqarorlashtirish bugungi kun zamon talabiga moslashdagi zamonaviy texnologiyalarning o'rni va ko'zlangan natijalar hususidagi fikrlarga ham alohida urg'u berib o'tiladi. Bu fikrlarni ilmiy tasnifiga aynan tarix o'qitilish zamonaviy uslublari jumlasidan yondoshiladi.
Kalit so'zlar: texnologiya, amaliyot, fan, uslub, yo'nalish, ta'lim, dastur, tarix.
РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СИСТЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИИ
Усербаева Феруза Иноят кизи
Студентка Чирчикского государственного педагогического университета
feruzauserbayeva@gmail .com
Аннотация: В данной статье изложены наши размышления о месте и использовании современных технологий в системе исторического образования сегодня. При этом будет подчеркнута роль современных технологий в стабилизации современной системы образования и ожидаемых результатах. К научной классификации этих идей приближаются с позиций современных методов преподавания истории.
Ключевые слова: технология, практика, наука, метод, направление, образование, программа, история.
THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE HISTORY TEACHING SYSTEM
Userbayeva Feruza Inoyat kizi
Student at Chirchik State Pedagogical University feruzauserbayeva@gmail .com
Abstract: This article contains our thoughts on the place and use of modern technologies in the history education system today. At the same time, the role of modern technologies in the stabilization of the modern education system and the expected results will be emphasized. The scientific classification of these ideas is approached from among the modern methods of teaching history.
Key words: technology, practice, science, method, direction, education, program, history.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim tizimi muassasalarining barcha shakl va turlarida o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy-metodik jihatdan to'la ta'minlagan holda erishish mumkin. Tarix ta'limi tizimi sohasiga tashqi tomondan doimo bo'lib turadigan o'zgarishlar amaldagi ta'lim tizimi oldiga fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish madaniyat va kundalik pedagogik amaliyot talabalarining ko'nikuvi muammolarini uzluksiz ravishda ko'ndalang qo'ymoqda. Shu munosabat bilan tarix ta'limi tizimida tarix fanining tadqiqot jarayoni samaradorligini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko'tarish, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini zamonaviy o'quv-metodik majmualarni ishlab chiqish, ta'lim mazmunini shakllantirish va uzluksiz ta'lim b'g'inlariga moslab davlatstandartlari tuzib chiqishga kirishilgan va u har fan xususiyatidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizdagi ta'lim tuzilishi va mohiyati, kadrlar tayyorlash isloh qilish tarix fani oldiga ham aniq vazifalar qo'ydi. Bunday vazifalar qatoridagi
Respublikaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi, fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi muvoffaqiyatlar istiqbollarini hisobga olgan holda tarbiyalash va ta'lim berishning maqsad, mohiyat, usul, vosita va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash bilan bog'liq muammolarning barcha majmuasi kiradi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq tarix fani va amaliyoti oliy o'quv yurtlaridan keyingi ta'lim tizimida rivojlanishning maqsad, vazifa hamda istiqboli yo'nalishlarini amalga oshirish barkamol, o'zini takomillashtirishga, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarini xal etishga qodir bo'lgan yuqori malakali mutaxassisni shakllantirishga qaratilmog'i lozim. Bulardan tashqari, Respublikamizda tarix fanining asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bozor islohati, milliy-madaniy va an'anaviy xususiyatlar, ma'naviy-ahloqiy va ilmiy me'rosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda ta'lim tizimini tashqil qilish samarali natija beradi [1].
Zamonaviy ta'lim tizimini tashkil etish bugungi kunning asosiy talablaridan biriga aylanmoqdadir. Bugungi kun nuqtaiy nazari bilan qaralsa ham ushbu tizimning barqarorlashtirishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni beqiyosdir. Shu jihatdan tarix
fanini o'qitilish tizimida ham zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish natijasida kutilgan natijalarga erishish mumkindir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugun mamlakatimiz istiqlolni sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to'plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o'rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy Dasturda ta'kidlanganidek, yaqin kelajakda "Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari ro'yobga chiqariladi, xalqaro ta'lim tizimlari rivojlanadi" [2]. O'zbekistan Respublikasi demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati ko'rish yo'lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topdi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash zarurati ham kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini ro'yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik tushunchaning paydo bo'lishi va rivojlanish jarayonini o'rganishga tarixiy yondashmoqdamiz. Gap zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimida qo'llash xususida borar ekan, u maktablarning moddiy texnik ta'minotiga ham o'z talabini qo'ydi.
Mashg'ulotlarni guruhlarga ajratib va individul o'tish uchun o'quvchilarning sinf va sinfdan tashqari faoliyatlarining o'zaro bog'liqligini ta'minlash, olgan bilim, ko'nikma va malakalarini amalda qo'llash, qo'l mehnati, amaliy faoliyat jarayonida amalga oshirishlariga sharoit yaratishni ko'zda tutish muhimdir. Shuningdek, o'qituvchining darsga puxta tayyorlanishi, kerakli materiallardan foydalana olishi uchun zamonaviy pedagogik-psixologik, didaktik va falsafiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop jurnallar, gazetalar, badiiy adabiyotlardan foydalana olishlari uchun boy fondga ega bo'lgan kutubxona, uning ishini yengillashtirish uchun sinf xonalari kompyuter bilan ta'minlanishi ham muhimdir [3]. Albattaki bu maktab tarix fannini o'qitilish tizimidan boshlanganligi aynan maqsadga muvofiqdir. Texnologiyalardan keng foydalanish bilan birga o'quvchi yoshlarni dars jarayoniga jalb qilishga ham erishish samarali natija beradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Tarix ta'limi tizimida pedagogik texnologiya masalalarilarni o'rganayotgan o'qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliy otchi. muammolarning fikricha pedagogik texnologiya - bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq. hamda o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan ISO, kompyuter, masofali o'qish fikrimizcha, id texnikalardan farqli deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, tarix ta'limi tizimida pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu o'qituvchi va o'quvchi talabaning natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb
hisoblaymiz, ya'ni o'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va o'quv o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa o'quv jarayonida o'quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Tarix ta'limi tizimida har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'qituvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Respublikamizning o'ziga xos ta'lim tizimida uzviylikni saqlash ta'limning har bir bo'g'inida umumiy va kasb-hunar ta'limi dasturlarini takomillashtirishga istiqbolli yondashuvni talab etadi. Shuningdek, bu talab ilmiy bilimlarning tarix tizimiga moslashgan istiqbolli muvozanati sharoitidagina amalga oshishi mumkin. Shuning uchun ham uzluksiz ta'lim va tarix fani sohasida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, demografik, madaniy-tarixiy va boshqa tarmoqlar taraqqiyotining istiqbolini belgilashda, uning yaxlit rivojlanishida integratsiyalashni ko'zlovchi uzluksiz ta'limning tizimli yondashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda [4].
Ustuvor yo'nalishlardagi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishdan kutiladigan asosiy natijalar: uzluksiz ta'lim tizimining nazariy-metodologik bazasi, uzluksiz ta'limning yangilangan mazmuni, shaxsni kamol toptirishning ijtimoiy-tarbiyaviy tizimi, shu jumladan, o'quvchilarning maxsus toifa kontingenti; umumiy ta'lim va kasb-hunar dasturlari bo'yicha davlat ta'lim standartlari; o'quv-metodik majmualarning yangi avlodi (yangi darsliklar, o'quv-metodik va me'yoriy hujjatlar, test materiallari va boshqalar); zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar; ta'lim sifatini va uzluksiz ta'lim tizimi faoliyati natijalarini baholashning mezonlari va tartiblarini yaratish; hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda mehnat qila oladigan mutaxassis kadrlarning yangi avlodini shakllantirish va hokazolar [5]. Ta'lim tizimida qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda o'rganilib kelinadi. Natijada o'qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o'quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg'or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko'tarila olmay asta-sekinlik bilan o'z mavqeini yo'qotib pedagogika fanidan uzoqlashib ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo'lgan "Dasturli ta'lim" yoki 70-yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi "Shatalovchilik harakati"ni eslash kifoya [3]. Gap zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimida qo'llash xususida borar ekan, u maktablarning moddiy texnik ta'minotiga ham o'z talabini qo'ydi. Mashg'ulotlarni guruhlarga ajratib ya'ni individual o'tish uchun o'quvchilarning sinf va sinfdan tashqari faoliyatlarining o'zaro bog'liqligini ta'minlash, olgan bilim, ko'nikma va malakalarini amalda qo'llash, qo'l mehnati,
amaliy faoliyat jarayonida amalga oshirishlariga sharoit yaratishni ko'zda tutish muhimdir.
Shuningdek, o'qituvchining darsga puxta tayyorlanishi kerakli materiallardan foydalana olishi uchun zamonaviy pedagogik-psixologik, didaktik va falsafiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop jurnallar, gazetalar, badiiy adabiyotlardan foydalana olishlari uchun boy fondga ega bo'lgan kutubxona, uning ishini yengillashtirish uchun sinf xonalari kompyuter bilan ta'minlanishi ham muhimdir [6]. Bugun mamlakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to'langan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o'rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy Dasturda ta'kidlanganidek, yaqin kelajakda 'Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari ro'yobga chiqariladi, xalqaro ta'lim tizimlari rivojlanadi'[7]. Mamlakatimizda mafkuraviy rejalarning tubdan yangilanishi, milliy istiqlol g'oyasining omma ongiga uzluksiz singdirib borilishi pedagogik tafakkurni ham o'zgartirmoqda.
Mafkuraviy jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta'limiy faoliyat loyihalarini asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarni qamrab olmasdan iloji yo'q. Yangi pedagogik bilimlar ko'lami Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida kengayib bormoqda, tadqiqot yo'nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilayapti, bu esa ta'lim- tarbiya tizimida yangicha metodologik yondashuvlarni yuzaga keltirmoqda.
Texnologik yondashuv ta'lim taraqqiyotining xarakterlantiruvchi kuchi sifatida bugun amaliyotga tezkor tatbiq etilmog'i zarur. Qolaversa, birinchi bo'lib O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida 'Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta'minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur har bir fan o'qituvchisi yangi texnologiyalarni loyihalashga ijodiy yondashishi lozim [8] deb ta'kidlagan edi. Mustaqil ishlash metodlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu o'quvchilarning bevosita boshqaruvsiz bajarishidir. Mustaqil ishlash o'quvchilar tomonidan darslarda yangi material matnini o'ganish, mashqlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, mehnat operatsiyalarini o'kazish va shu kabilar orqali amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ishlashning anchagina keng tarqalgan turi uy vazifalarini bajarish hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlari ayniqsa tarix o'qitishdagi ta'limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Mustaqil ishlash tafakkur, ko'nikma va malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsni irodasini chiniqtiradi [9].
Mustaqillik yillarida davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ta'lim-tarbiya sohasidagi islohatlarni amalga oshirish istiqboli taqdirimizni belgilaydigan va jahon hajamiyatida o'z o'rnimiz bo'lishini ta'minlaydigan jarayoniga
aylandi. Ya'ni, Vatanimiz kelajagining ustuni bo'lgan yosh avlod ongida milliy g'oya tafakkuri, vatanparvarlik va insonparvarlikni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar, ayniqsa tarix fanining o'rni va roli beqiyos bo'lib, uning yangi pedagogik texnologiya asosida o'qitish metodikasi alohida va muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, bu borada Istiqlolning o'zi bosh tarixiy voqea bo'lib, o'tgan yillar davomida tarixni o'qitish va o'rganish, umuman tarixning dolzarbligi to'g'risida Birinchi Prezident Islom Karimov faoliyati beqiyosdir. Jumladan "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" mavzusidagi tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan (1998-yil, 28-iyun) suhbati, "O'zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'grisida"gi (1998-yil, 27-iyul) Farmoni va boshqa Vatan tarixini rivojlantirish xaqidagi fikrlari tarix ta'limi tizimida va xususan tarix o'qitish metodikasi uchun metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Barcha erishilgan muvoffaqiyatlarni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni barpo qilish, avval bor yoshlarni milliy g'oya va mafkura ruhida tarbiyalash tarixiy vazifa bo'lib qoldi. Birinchi Prezidentimiz LA.Karimov "Ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalardan biridir" [10] ta'kidlagan edilar. Aynan barcha bilimli jamiyatning tub negizida ta'limning ilg'orligi mujassamlashgandir.
Mamlakatimizda oxirgi yillar davomida harakatlar strategiyasi va uning davomi hisoblanmish taraqqiyot strategiyasi doirasida ko'plab ishlar amalga oshirildi. Ta'lim sohasida tub burilishlar ko'zga tashlanganligini ko'rishimiz mumkin. Rivojlangan davlatlar kabi to'xtovsiz va samarali ta'lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, ta'lim jarayonlariga texnologiyalar olib kirish sifatli talim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Bundan bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasida qaratilayotgan e'tiborni ko'rishimiz mumkindir.
XULOSA
Ta'lim sifatini bugungi kunda oshirish va shu orqali barqaror ta'lim tendekslarini tashkil qilinishiga erishilnishi mumkindir. Ta'lim tizimida eng muhim fundamental va amaliy tadqiqotlarning istiqbolini oldindan belgilash va ishlab chiqishdan iboratdir. Ko'rsatilgan maqsadning amalga oshishi jamiyatni rivojlantirish va bosh muammoni yechishga qodir bo'lgan barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, bugungi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan bir, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda
shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalinishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.
Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim va tajriba va interfaol metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Tarix ta'limi tizimida pedagogik texnologiya masalalari, muammolari o'rganayotgan o'qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq, hamda o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, tarix ta'limi tizimida pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o'qituvchi va o'quvchi talabaning natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb hisoblaymiz, ya'ni o'qitish jarayonida maqsadli tashkil qilish samaradorligini oshirish jarayonlarini [11].
Hozirgi zamonaviylashayotgan dunyoda zamonaviy texnologiyalarning o'rni shu jumladan beqiyosdir. Shu nuqtai nazardan tarix fanini o'qitilish tizimini takomillashtirish jarayonida ham ushbu texnologiyalarni jalb qilish samarali natija berishini guvohi bo'lishimiz mumkindir. Tarix o'qitilish tizimini barqarorlashtirish orqali ushbu fanning o'qitilish ko'rsatkichini oshganligi, zamonaviy dunyo ta'lim standartlariga moslanganligini ko'ramiz. Ushbu sohaga texnologik bilimlarni keng joriy qilinishiga e'tibor qaratishimiz lozimdir. Albattaki tarix fanining o'qitish tizimini barqarorlashtirishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni beqiyosdir!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. G'afforov Y. "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish usullari" Toshkent-2021, 'Sharof nur fayz'117-bet.
2. Barkamol avlod 'O'zbekiston taraqqiyotining poydevori', Toshkent. Sharq, 1997-y, 59-bet
3. Yulduz Aminjonova. Metodika va texnologiya bir-biridan qanday farqlanadi? 'Ma'rifat gazetasi', 2003-y.19-mart
4. G'afforov Y "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik tehnalogiyanardan foydalanish usullari" Toshkent-2021, 'Sharof nur fayz' 2021-yil 4-bet
5. Sh.Kurbonov, E.Seytxalilov. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi: pedagogik ilmiy-tadqiqot muammolari va yo'nalishlari. -Toshkent: Fan, 1999. -B.11
6. N.Sayidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. -Toshkent:Moliya, 2003.B.8-9
7. Yulduz Amirjonova. Metodika va texnologiya bir-biridan qanday farqlanadi? // Ma'rifat. 2GG3. 19-mart.
8. Barkamol avlod, O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent: Sharq.1997.B-59
9. N.Sayidahmedov, Texnologik yondashuv ustuvorligi. // Ma'rifat: 2GG3. 19-fev.Toshkent:sharq, 1997.B-59
1G. Ya.X.G'afforov. Tarix o'qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : 'TURON-IQBOL' 2G22-YIL, 6G-BET
11. G'afforov Ya. "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish usullari"Toshkent-2G21, 'Sharof nur fayz',116-bet.