Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA YOSHLAR DUNYOQARASHI'

TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA YOSHLAR DUNYOQARASHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bafoyeva Mohiniso Fazliddin Qizi, Jabbarova X.K

Ta’lim jarayonining yutug’i bu unung ta’sirchanligidadir. Ya’ni yangicha yondashuv, ta’limning aniq yo‘naltirilgan maqsadi va uning mohiyatini ochib berish usullari ta’limda eng dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi shiddatli va ilm fan ilgarilab borayotgan davrda ta’lim tizimida eskicha yondashuvlardan voz kechish hamda yangilikka intilish, zamonaviy ta’limda yuqori va innovatsion dars o‘tish talablarini allaqachon kun tartibiga qo’ygan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA YOSHLAR DUNYOQARASHI»

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

TA'LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA YOSHLAR

DUNYOQARASHI 1Bafoyeva Mohiniso Fazliddin qizi, 2Jabbarova X.K.

1SamDCHTI, 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10837730

Ta'lim jarayonining yutug'i bu unung ta'sirchanligidadir. Ya'ni yangicha yondashuv, ta'limning aniq yo'naltirilgan maqsadi va uning mohiyatini ochib berish usullari ta'limda eng dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi shiddatli va ilm fan ilgarilab borayotgan davrda ta'lim tizimida eskicha yondashuvlardan voz kechish hamda yangilikka intilish, zamonaviy ta'limda yuqori va innovatsion dars o'tish talablarini allaqachon kun tartibiga qo'ygan.

Bundan bir necha yil oldingi tariximizga nazar tashlaydigan bo'lsak, "innovatsiya" so'zi ko'pchilik uchun notanish, tushunarsiz bir tushuncha bo'lgan. Biroq, asta-sekin bu so'zning xorijdan kirib kelishi va tez-tez quloqqa chalinib turishi bilan, bu atamani qo'llay boshladik. Tan olishimiz kerak, ma'lum muddat mamlakatimizda bu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli darajada amalga oshmagan. Shu sababdan, davlatimiz rahbari o'z lavozimiga kirishgan dastlabki yillardanoq, bu yo'ldagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun tegishli yo'nalishlarni belgilab berdi.

Bugungi innovatsion texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya vositalarining shiddat bilan rivojlangan davrida yashayotgan ekanmiz, hayotimizda ularning o'rni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda tan olib aytish kerakki, innovatsion texnologiyalarning ta'limda tutgan o'rni ham oshib bormoqda va bu ta'lim sifatini yaxshilashga, yoshlarning dunyoqarashi, fikrlash doirasini kengayishiga ham o'z hissasini qo'shmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar hamda metodlar bilan ishlash dunyo bo'yicha keng tarqalmoqda va bu nafaqat ta'lim sohasida balki har tomonlama yutuqlarga erishishning asosiy omili bo'lib kelmoqda.

Umuman olganda "Innovatsiyon texnologiya - bu o'zi nima? " degan savol tug'ilishi mumkin. Innovatsiya - ingliz tilidan olingan bo'lib, "yangilik kiritish", "yangilik", texnologiya esa yunoncha "texnos" - san'at, mahorat va "logos" - fan so'zlaridan olinib, innovatsion texnologiya ta 'lim - tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish degan ma'nolarni ifodalaydi.

Innovatsion texnologiyalar o'qitish jarayonida yuqori malakali, raqobatbardosh o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini oshirish, o'qituvchi pedagoglarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish omili bo'lib qolmoqda[1].

Ta'lim jarayonida o'quvchi - talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlarini-interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoyat kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi[2].

Shuni ham aytib o'tish kerakki, so'nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta'lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta'minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O'zbekiston Respublikasini 2019-2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida", "Innovatsion faoliyat to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi[3].

Ta'lim sohasida olib borilayotgan har qanday islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlarning asosiy maqsadi yurt kelajagi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash va ularning ongini har tomonlama rivojlantirish hamda kelajakda ulkan yutuqlarga erishish maqsadi yotadi. Bugungi kunda yoshlar bilim olishi, uni rivojlantirishi uchun tatbiq qilinayotgan har qanday innovatsion texnologiyalar, qulayliklardan oqilona foydalanish har bir yosh avlod uchun katta imkoniyatdir.

Innovatsion texnologiyalarni dars jarayonlarida tatbiq etilishida avvalo pedagoglar ta'limning berishning zamonaviy va yangi usullaridan keng foydalanishlari zarur. Jumladan, hozirgi kunda jahon ta'lim tizimida kreativ fikrlashni kuchaytirish va yangi texnik fikrlashni izlashning nazariy asoslari va uslubiy vositalarining rivojlanishi yo'nalishi paydo bo'ldi. Bu shuni ko'rsatadiki, ijodkorlikning ilmiy asoslarini rivojlantirish, kreativ jarayonni kuchaytirish usullarini ishlab chiqish, innovatsion ta'lim metodlarini o'rgatish, ilmiy, loyihalash va konstruktorlik va texnologik tashkilotlarda, korxonalar va universitetlarda ijod uchun qulay sharoitlar yaratish dolzarb ehtiyojga aylandi. Zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar talabalar va yetishib chiqadigan mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini yaratishini ta'minlaydi. Bunda ta'lim jarayonida zarur bilim va ko'nikmalar, kasbiy munosabat, faoliyatning ayrim turlariga va uning tuzilishiga tayyorlik to'plami shakllanadi. Innovatsion texnologiyalar asosidagi ta'lim ma'lum qobiliyatlarning rivojlanish darajasini belgilaydi va hatto mutaxassisning individualligi yoki shaxsiy xususiyatlarini to'g'rilaydi va shakllantiradi.

Bugun yurtimiz aholisining 60% ini yoshlar tashkil etadi. Bu yoshlarning yurtimiz kelajagi yo'lida erishgan yuruqlari ham oz emas, albatta. Ko'rishimiz mumkinki, sport yo'nalishida, iqtisodiyotda, ta'lim, texnalogiya kabi ko'plab soha va tarmoqlarda erishilayotgan yutuqlarning barchasi, avvalambor, yoshlarning vatanparvarlik ruhida intilishi, qiziqishlari hamda yaratilayotgan ko'plab imkoniyatlar sabab amalga oshmoqda.

REFERENCES

1. Ziyomuxamedov.B , Abdullayeva Sh. Pedagogika.Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -T..O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 2000.

2. Azizxo'jayeva N.N.Pedagogik texnalogiya va pedagogik mahorat. T. 2003

3. https://lex.uz/docs/-6102462), [16.02.2024 10:12]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.