INSON KAPITALI - IJTIMOIY DAVLATNING ASOSI SIFATIDA
Nigora Shermatovna Erkaboyeva
Qo'qon DPI p.f.d., professor v.v.b [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi rivojida ta'lim tarbiyani taraqqiyotining yangi davrida ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadi, vazifalari, xususiyatlari hamda uning me'yoriy-huquqiy asoslari, yaratilgan shart-shariotlari bayoni yoritilgan. Shuningdek, maqolada bugungi kunda yoshlardan Oliy ta'lim muassasasining yoshlaridan talab qilinadigan kompetensiyalar ularning turlari va ularni shakllantirishdagi zamonaviy yondashuvlar tahlil qilib berilgan.
Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, inson kapitali, ijtimoiy davlat, dual ta'lim, tayanch kompetensiyalar, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, shaxsga yo'naltirilgan yondashuv, akmeologik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv.
АННОТАЦИЯ
В данной статье выделены цель, задачи, особенности образовательного процесса, а также его нормативно-правовая база, созданные условия в новый период развития образования в Узбекистане как социальном государстве. Также в статье анализируются виды компетенций, необходимых сегодня молодежи высших учебных заведений, и современные подходы к их формированию.
Ключевые слова: Новый Узбекистан, человеческий капитал, социальное государство, дуальное образование, базовые компетенции, личностно-ориентированное образование, личностно-ориентированный подход, акмеологический подход, компетентностный подход.
ABSTRACT
In this article, the goal, tasks, characteristics of the educational process, as well as its regulatory and legal basis, created conditions, are highlighted in the new period of educational development in Uzbekistan as a social state. Also, the article analyzes the types of competencies required of young people of higher education institutions today and modern approaches to their formation.
Keywords: New Uzbekistan, human capital, social state, dual education, basic competencies, student-centered education, student-centered approach, acmeological approach, competence-based approach.
June 3
31
O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurish maqsad qilib olingan bo'lib, ushbu maqsad O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topdi. Ijtimoiy davlat bu eng avvalo, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlarni yaratib berishdan iborat bo'lib, Yangi O'zbekiston uchun eng kata investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratilmoqda. Davlat va jamiyat, uning potensial quvvatlarini yoshartirish O'zbekistonda davlat siyosatining ustuvor masalasi hisoblanadi. Shuning uchun ham "Yangi O'zbekiston- maktab ostonasidan boshlanadi" ezgu g'oya asosida ta'lim tizimi tubdan isloq qilib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23- sentyabdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sirasiga
- ta'lim ustuvorligini tan olinishi;
- ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi;
- ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'ymasligi;
- ta'lim olishga doir keng imkoniyatlarning ta'minlanishi;
- ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
- insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;
- jamiyatda pedagoglarning ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
- bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi;
- ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik kabilar belgilanib berilgan.1
Ta'lim to'g'risidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari "Ta'lim to'g'risida"gi
qonunning ta'lim tizimi, turlari va shakllarida, ta'lim tizimini boshqarishda, ta'lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirishda o'zining aksini topib bormoqda.
Ayniqsa, "Ta'lim to'g'risida" Qonunning 2-brbi ta'lim tizimini, turlari va shakllarining mazmuni davlat va jamiyat extiyojlaridan kelib chiqib aniqlashtirib berilishi uning ijtimoiy hayot bilan bog'liqligini ta'minlashga xizmat qiladi. Jumladan, Qonunda dual ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilganligi, uning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshirilishi bugungi kunda Oliy ta'lim muassasasida ta'lim jarayoni 4+2 negizida tashkil etish orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa OTM bitiruvchilarini o'z soxasiga oid zamonaviy kasbiy
1 O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23- sentyabdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. // URQ-637-son.
June 3
32
kompetentlikka ega bo'lishiga va ish joyiga osonlik bilan moslashib ketish imkonini beradi.
Ayniqsa, "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da talaba yoshlarda yetakchi kompetensiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq qator muhim yo'nalishlar belgilab berildi:
- davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta'lim-tarbiya usullaridan foydalanish;
- yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish;
- talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yo'lida birlashtirish maqsadida ta'lim-tarbiyaning ta'sirchan usullari, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e'tiborga olish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va h.k.2
Yoshlar ma'naviy qiyofasida yuqoridagi yetakchi kompetensiyalarni rivojlantirishda pedagogik faoliyatning ijtimoiy tarbiya soxasida quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratish zarur:
1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o'rgatib borish.
2. Ta'lim oluvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish.
3. Ta'lim oluvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni// PF-5847-son.
June 3
33
4. Ta'lim oluvchilarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ulardan g'ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini tarkib toptirish.
5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o'z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish kabilar.3
Yuqorida ta'lim tizimi oldiga davlat va jamiyat tomonidan yoshlar ma'naviyati, dunyoqarashi intellektual salohiyati darajasiga qo'yilayotgan ijtimoiy talablarni amalga oshirishda yangi davr pedagogikasi oldiga dolzarb muammolar yechimini topishni asosiy vazifalardan qilib qo'ymoqda.
Yangi davr pedagogikasida yoshlarni o'rgatishdan ko'ra, bilimlarni o'rganishga o'rgatishga ustuvorlik berilmoqda. Milliy pedagogikamizdagi o'rgatish ya'ni, mavjud bilimlarni o'quvchi ongi va tafakkuriga tayyor holda singdirilishi mavjud bilimlarni yodlash va uni amaliyotga tadbiq etishdan iborat bo'lib, bunday yondashuvda o'quvchining qanchalik bilimni yodda saqlaganiga qarab uning bilimi haqida hulosa chiqariladi. Bu esa o'quvchi tomonidan yangi bilimlarni kashf etish uchun poydevor sifatida xizmat qilmaydi, fan va ishlab chiqarishda kutilgan rivojlanish va taraqqiyot kuzatilmaydi. Shuning uchun o'quvchilar tomonidan o'rganilayotgan masalaning mohiyatini anglab yetishi, sabab oqibatlalarini anglashi va mustaqil xulosa chiqarish ko'nikmasigaega bo'lishi muhim axamiyatga ega. Buning uchun esa yoshlarda "nostandart" fikrlashni tarkib toptirish muhim axamiyatga ega.
"Nostandart fikrlash" tushunchasi kishilarning odatiy fikrlash tarziga nomuvofiq, g'ayrioddiy fikrlash, noodatiy usul va yo'llar bilan xulosalar chiqarishi, vaziyatdan chiqishning eng maqbul muqobillarini izlab topish, muammo yechimiga ijodiy fikrlash orqali yoshdashish ko'nikmasidir. Xar qanday kuchli iqtidor egasi nostandart fikrlash tarzi mahsulidir. Nostandart fikrlash tarzi inson iqtidorini yuzaga chiqarishga, uning ijodiy, intellektual va ilmiy salohiyatini rivojlanishga imkon beradi.
Pedagogik ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatning yangi shakllarini kashf etish, ta'lim
3 Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi /Darslik. M.X.Toxtaxodjayeva va boshq.- T.: "Moliya-iqtisod", 2007. - 379 b
June 3
34
samaradorligini oshirishning yangicha yondashuvlarini joriy etish, metodologiyasi, metodika va metodlar nuqtai nazaridan innovatsion shakllarni amaliyotga kiritish ta'limni modernizatsiya qilishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Ayni paytda pedagogikada ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvlar sifatida
- shaxsga yo'naltirilgan ta'lim
- akmeologik ta'lim
- kompetensiyaviy ta'lim asosida ta'lim jarayoni takomillashtirilmoqda
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida o'qituvchining faoliyat yo'nalishlari
quydagilardan iborat:
- o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi mustaqilligini ta'minlash, ular uchun maqbul bo'lgan o'qitish metodlarini saralash;
- o'quvchilarning ijtimoiy xususiyatlari va turmush tarzini hisobga olgan holda fan bo'yicha "men" ini namoyon qilishga bo'lgan intilishini kuchaytirish va munosib rag'batlantirish;
- ta'lim jarayonida tinglovchilarning emotsional holati, ulardagi mavjud ma'naviy-axloqiy qadriyatlarini inobatga olish;
- ta'lim oluvchilarning ta'lim yo'nalishi strategiyasiga xos bo'lgan o'quv kunikmalarini maqsadli shakllantirish;
- pedagogik ta'lim jarayonida o'qituvchi va talaba vazifalarini qayta taqsimlash:
- o'qituvchining avtoritar yetakchiligini maslaxatchi yordamchi, tashkil qiluvchi, yo'naltiruvchi roliga almashtirish.
Pedagogik ta'lim jarayonida ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlardan biri akmeologik yondashuvdir. Ta'limda akmeologik yondashuvning maqsadi har qanday pedagogik vaziyatlarda pedagogning mustaqil va to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatish, ijodiy va kreativ fikrlash qaobiliyatini rivojlantirishdan iborat. "Akmeologiyaning mazmun-mohiyati insonning har bir kasb-xunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-xuquqiy jixatlariga ijobiy ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o'z ijodiy faoliyatini, kasb-xunar sahasidagi burch va ma'suliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o'rganishdan iborat"4.
Akmeologik yondashuvga asoslangan ta'limning afzalliklari quyidagilardan
iborat:
4 Shayxova X.A. Ma'naviyat-komolot kuzgusi.-T.: G'.G'ulom nomidagi MMIU, 2009- B 115.
June 3
35
y
y
- pedagogika bo'yicha bilim, malaka, ko'nikmalarni muvafaqiyatli egallashga erishish, ta'lim va tarbiyaning uzviyligini ta'minlash:
- bo'lajak o'qituvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy va nostandart tafakkur tarzi, ta'limni ichki extiyojga aylanishga erishish kunikmalarini shakllantirish;
- bo'lajak pedagoglarda iqtidor, qobiliyat, maxorat kabi sifatlarni rivojlantirish.
Bo'lajak pedagoglarni rivojlanib, o'zgarib boruvchi jamiyat talablariga javob bera oladigan talablar darajasida tarbiyalashda ta'limga kompetensiyaviy yondashuvni tadbiq qilish bir qator ustuvorliklarga ega:
1-dan an'anaviy ta'limda o'qituvchi asosiy bilim beruvchi hisoblansa, kompetensiyaviy ta'limda moderator, fasilitator sifatida faoliyat olib boradi. 2-dan an'anaviy ta'limda o'qituvchining yetakchiligiga asoslangan metodlar ustun tursa, kompetensiyaviy ta'limda esa o'quvchi, talabani mustaqil fikrlashga undovchi interaktiv metodlar ustuvorlik kasb etadi.
Ta'limga kompetensiyaviy yondashuvda faqat ta'limning mazmuni emas, uni tashkil etish jarayonlari, vositalari, texnologiyalarida ham takomillashib bormoqda. Mazkur yondashuv bo'lajak o'qituvchining kasbga oid bilim, malaka, ko'nikmalari bilan birga uning shaxsiy fazilatlarini ham takomillashtirishga qaratiladi. Bunga asoslanib pedagog kadrlar kompetensiyasi turlari sifatida:
Standart kompetensiya- ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliyati;
Asosiy kompetensiya- ushubu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliyati;
Yetakchi kompetensiya- kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyatiga5 alohida e'tibor berilishi zamonaviy kadrlarning raqobatbardoshligini ta'minlashga asos bo'lmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, O'zbekiston taraqqiyotining bugungi davrida pedagogik fikrlarning rivojiga doir turli xil yo'nalishlarda maqsadli manzilli ishlar amalga oshirilayotgan bo'lib, biz ushbu maqolada uning ayrim jihatlarini imkon darajasida yoritib berildi. Uni kelajakda yaxlit fundamental tadqiqot sifatida urganish navbatdagi vazifalardan sanaladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23- sentyabdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.// URQ-637-son.
5 O. Musurmonova. pedagogik texnologiyalar-ta'lim samaradorligi omili. "YOSHLAR NASHRIOT UYI" Toshkent-2020. 183. (52 b)
June 3
y
y
2. Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo'llagan murojaatnomasi. https://yoshlarovozi.uz/oz/news/2022-yil-20-dekabr-kuni-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-oliy-majlisga-va-ozbekiston-xal q i ga-m urojaatnoma-yoll adi
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi "o'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni// PF-5847-son.
4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi /Darslik. M.X.Toxtaxodjayeva va boshq.- T.: "Moliya-iqtisod", 2007. - 379 b.
5. Shayxova X.A. Ma'naviyat-komolot kuzgusi.-T.: G'.G'ulom nomidagi MMIU, 2009- B 115.
6. O.Musurmonova. pedagogik texnologiyalar-ta'lim samaradorligi omili. "YOSHLAR NASHRIOT UYI" Toshkent-2020. 183. (52 b).
7.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.
8.Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).
9.Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.
10Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.
11. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.
12. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OFCOMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.
June 3