Научная статья на тему 'TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH DAVR TALABI BO’LIB, U TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI'

TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH DAVR TALABI BO’LIB, U TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5825
436
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / pedagogik texnologiya / ta’lim sifati / IT mutaxassislari / innovatsion yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanova Feruza Xurramovna

Mazkur maqolada ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH DAVR TALABI BO’LIB, U TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TA'LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH DAVR TALABI BO'LIB, U TA'LIM SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

Xasanova Feruza Xurramovna

Shahrisabz davlat pedagogika instisuti Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi 1-kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7993801

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur maqolada ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, ta'lim sifati, IT mutaxassislari, innovatsion yondashuv.

Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ta'lim tizimining o'rni beqiyosdir. Dunyoda ta'lim tizimida ro'y berayotgan ta'limning internatsionallashuvi, talabalarning xalqaro mobilligi, ta'lim dasturining tez o'zgaruvchanligi kabi global tendensiyalar qatoriga ta'lim sifatini ta'minlash masalasi alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda bo'lajak mutaxassislarning ma'naviy-ahloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga nisbatan qo'yilayotgan yuqori talablar ta'lim muassasalari oldiga xalqaro talablarga javob bera oladigan sifatli kadrlar tayyorlash vazifasini qo'ymoqda. Bu vazifalarni bajarish yo'lida esa ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Ammo ta'lim tizimida zamonaviy tendensiyalarni, ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta'lim tizimida foydalanayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy tajribalari nisbatan sekin o'zlashtirilmoqda.

Pedagogik texnologiya - bu o'quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo'lib, u ta'limning zaruriy sifatini ta'minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradigan, ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko'zlagan o'qitish jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil metodidir. Ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo'lib hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).

Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, so'nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg'ulotlar o'tkazish, mutaxasislik bo'yicha, masalan kimyo sohasidagi so'nggi innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o'tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo'ladi.

Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish uyg'otib, motivatsiya berib, so'ngra raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg'otiladi va albatta rag'batlantirish amalga oshirilsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

innovatsiya yaratishda yutuqlarga erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo'lsa ulardan birini o'rnak bo'luvchi inson sifatida darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni ekskursiyalarga etishni yo'lga qo'yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo'lardi.

Innovatsiyalar yarmarkasiga va hududdagi IT parklarga talabalarni ekskursiyaga etishni tashkil qilsak ta'limda berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lashda erishilgan yutuqlarni ko'paytirishiga ishonamiz.

Mutaxasisligiga mos ravishda mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga va zavodlarga talabalarni amaliyotga yuborishni institutlarimizda allaqachon yo'lga qo'yganmiz. Lekin bizning taklifimiz shundan iboratki, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan bir vakilni faxriy mehmon sifatida institutga taklif qilib, seminarda shaxsan nutqlarini eshitish sharafi va bundan olingan taassurotlar ko'lami iqtidorli talabalarni ruhlantirgan bo'lardi. 1 [6]

Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation"-yangilik kiritish,ixtiro) ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or g'oyalar, me'yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim. 2[4]

Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb yuritiladi. O'qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o'tishi ham mumkin. Innovatsion texnologiyalar o'qituvchi o'z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi.

"Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi."-degan edi mashhur pedagog A.Nikolskaya.[3]

Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o'qituvchi va o'quvchi mushtarakligiga erishish, o'quvchilarni fanga qiziqtirish, ta'limga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, o'rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lish, axborot kommunikatsion texnologiyalar va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg'unlashtirish kabilarni keltirish mumkin.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Pedagogik texnologiya va pedagog maxoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi -talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar kelajakda ham mehnat bozorida talab mavjud bo'ladigan zamonaviy mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun ta'lim jarayonida juda muhim ahamiyatga egadir.

Zamonaviy kadrlar tayyorlash uchun pedagogning o'zi ham zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, eng so'nngi ilm-fan yutuqlaridan, o'zi bilim berayotgan soha yangiliklaridan xabardor bo'lishi va eng yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tishi talab etiladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Oliy ta'limni 2030-yilgacha rivojlantirish bo'yicha konsepsiyada mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini xalqaro 1000talik ta'lim muassasalari safiga kiritish maqsad qilingan. Ammo innovatsion pedagogik texnologiyalarning xalqaro tajribasini o'rganish va unlarni tadbiq etish nisbatan sekin amalga oshirilmoqda.

Fikrimizni aniqroq bayon etish uchun turli xildagi abiturient tayyorlash o'quv kurslarini misol qilib keltirsak, bir tayyorlov kursi pedagogining maqsadi eng avvolo nomi eng yaxshilar safiga kirishi emas, mehnati samarasi bo'lgan tahsil oluvchilarning ko'zlangan maqsadiga erishishi bo'lib hisoblanadi. Misol uchun, ingliz tilidan IELTS kusrlarini tahsil oluvchilari ushbu sertifikatni yuqori ballarda egallashi, fanlar bo'yicha abiturientlarning o'zi tanlagan oliy ta'lim muassasasigaga yuqori natijalar bilan o'qishga kirishi- o'sha pedagogning birinchi o'rindagi maqsadi bo'lib hisoblanadi va shu maqsadga erishishi o'z-o'zidan uni eng yaxshi kurslar qatoriga kiritib qo'yadi. Ushbu yutuqlarning barchasi o'sha pedagogning nafaqat kuchli bilimiga, balki shu bilimni yetkazib berishga doir pedagogik texnologiyasiga ham bog'liqdir.

Oliy ta'lim muassasalarida ham maqsadni ushbu dargoh tayyorlagan mutaxasislar karyerasidagi yutuqlari va yuqori talabga ega yetuk kadr bo'lganlini bilan bog'lash kerak deb hisoblaymiz. Chunki har qanday faoliyatning sifatli amalga oshirilganligi uning natijasida aks etadi. Ta'lim jarayonining sifatli amalga oshirilishida o'qitishni innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshirishning o'rni beqiyosdir. OTMlardagi muayyan yo'nalishdagi mutaxassisni tayyorlashda shunday sifatli, amaliyot bilan bog'liq bo'lgan holdagi ta'lim berish kerakki bitiruvchilar ishga kirish jarayonida yana qo'shimcha kurslarga borishiga hojat qolmasin. Masalan buxgalteriya sohasida tahsil olayotgan talabalarga 1S va 1UZ kabi buxgalteriya dasturlarida ishlash talabalik davrida o'rgatilsin, ular diplom olgandan keyin yana pul to'lab kurslarga borib o'rganishga zarurat sezmasin. Yoki ingliz tili yo'nalishida tahsil oladigan, OTMda berilgan bilimlar asosida IELTS sertifikatini olishga qodir bo'lsin, yana kurslarga qatnamasdan.

Hozirgi va kelajakda eng katta talab qaratilgan kasb bu - IT bo'yicha mutaxassislardir. Mana shu yo'nalishlar ko'proq ochilsin oliy ta'lim muassasalarida va shu sohada yetuk kadrlar tayyorlash uchun pedagoglar ham chuqur bilim va yuksak pedagogik mahoratga ega bo'b, innovatsion texnologiyalar asosida o'qitishsin. Mana shu kabi sohalarda yutuqlarga erishishi uchun zamonaviy texnika-texnologiyar bilan ta'minlangan va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tiladigan oliy ta'lim muassasalari eng yaxshi institutlar safiga albatta kiradi deb o'ylaymiz. Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ishlashda o'qituvchida innovatsion faoliyat haqida tushuncha bo'lishi kerak. Mohiyatiga ko'ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:

- yangilikni qo'llashga tayyorligi;

- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;

- novatorlik darajasi; - kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;

- ijodkorligi.

Innovatsion faoliyat-yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida bilim, ko'nikma, malakani egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. 3[4]

1-bosqichda tayyor metodik tavsifnoma (mavjud innovatsiya, masalan xorij tajribasida qo'llanilgan ammo biz uchun yangi)lardan foydalanish amalga oshiriladi.

2-bosqichda mavjud tizimga pedagog o'zining yangi g'oyalarni, metodini kiritadi. Pedagoglarning innovatsion yondashuvini qaror toptirishning

3- bosqichida o'sha ikkinchi bosqichda yaratgan g'oya, innovatsion metodini o'zi faoliyat yuritayotgan muassasada amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.

4-bosqichda esa pedagog o'qitish va tarbiyalashga oid o'z konsepsiyasi( g'oyalari yig'indisi) yoki metodikasini yaratadi.

Mana shu bosqichlarda pedagog innovatsion yondashuvlarini amalga oshirsa va pedagogik texnologiyalarda yangilik kiritib, ulardan foydalanib dars o'tsa ta'lim sifati albatta oshadi. Umuman olganda mamlakatimizda ta'lim sohasiga, hamda innovatsiyalarga katta e'tibor berilmoqda.

Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror topishi ham murakkab jarayon bo'lib, u bir necha bosqichda kechadi.Ya'ni (1-rasm):

BOSQICHLAR

1-bosqich:Tayyor metodik tavsiyanoma(mavjud

innovatsiya)lardan foydalanis

3-bosqich: Yangi g'oyani amalga oshirish mazmuni,shakl va metodlarini tizimlashtiradi

2-bosqich: Mavjud tizimga yangi g'oyalarni, metodlarni kiritadi

4-bosqich: Pedagog o'qitish va tarbiyalashga oid o'z konsepsiyasi yoki metodikasini yaratadi.

1-rasm. Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari. Mutaxassislarning fikricha, innovatsion elektron darslik inson aql-zakovatining katta hajmdagi axborotni eslab qolish va bu ma'lumotlar orqali muloqot va fikrlash jarayonlari assotsiatsiyasi orqali izlash qobiliyatiga taqlid qiladi. Boshqacha aytganda, innovatsion elektron darslik ko'plab statistik va dinamik ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan va umumlashgan tarmoq tuzilmasiga ega bo'lgan murakkab o'quv materiallari tizimidir: video, bajariladigan dastur va animatsiya.[5]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264 son "O'zbekiston Republikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni hamda[1] 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416 sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq shu nomli vazirlik tashkil etilgan bo'lib, uning vazifalari qatoriga ijtimoiy

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

rivojlanishga, shu jumladan ta'lim va sog'liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish ham kiritilgan.[2] Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta'limni sifatini ko'tarsa, innovatsion texnologiyalar ta'lim taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi PrezidentininAg 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264 son "O'zbekiston Republikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416 sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori.

3. Avliyoqulov N.X, Musayeva N.N. "Yangi pedagogic texnologiyalar" darslik 15-20b.

4. N.A.Muslimov "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik" o'quv-uslubiy majmua. Toshkent: 2016. 30-31b.

5. Рахматов, Марат Салимович, Мавлуда Сайфиддиновна Норова, Исмат Худойкулович Давлатов. "ПРОБЛЕМЫ ПЕРСПЕКТИВНЫХ МАТЕРИАЛОВ ДЛЯ ТЕХНИКИ И ТЕХНОЛОГИИ." Современные инструментальные системы, информационные технологии и инновации. 2014

6. "Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini ta'minlashda innovatsion texnologiyalar" xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya materiali Norova M.S.ning "Ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning talabalarda innovatsion g'oyalar yaratishga ko'rsatadigan ta'siri" tezisi.

7. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

8. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

9. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

10. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

11. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

12. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

13. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

14. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

15. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

16. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

17. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

18. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

19. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

20. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

21. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.