RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING "TIL VA NUTQ" MARKAZIDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH Nasiba Erhanova
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti doktoranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993879
Annotatsiya. Bolaning maktabga tayyorgarlik indikatorlaridan eng muhimi bu - og'zaki nutqining rivojlanganligidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar nutqini o'stirish alohida yondashuv va metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Bu jarayonda pedagogik qo'llab-quvvatlash muhim shart hisoblanadi. Mazkur maqolada ta'lim jarayonida innovation metodlarni qo'llash metodikasi yoritilgan.
Kalit so'zlar: metodika, nutq o'stirish, pedagogik qo'llab-quvvatlash, rivojlantirish, muloqot.
So'nggi o'n yilliklarda maktabgacha yoshda va inson hayoti davomida nutqni o'zlashtirish masalalarini o'rganish ishlari jadallashgan. Chunki til odamlar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularning fikrlari, hissiyotlari va intilishlarini ifoda etish, fikrlarni shakllantirish vositasidir. Ushbu vosita qanchalik mukammal bo'lsa, insonning o'qitilishi va aqliy rivojlanishi yanada muvaffaqiyatli bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv muloqot va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish - bu rivojlanishning qulay davrida bolalarning aqliy, badiiy va nutqiy tarbiyasi muammolarini hal qilishning zaruriy sharti. Bog'lanishli nutq qanchalik faol rivojlangan bo'lsa, bola undan erkin foydalanadi. Ravon nutqiy ko'nikmaga ega tarbiyalanuvchilar erkin fikr yuritishga, savollar berishga, xulosalar chiqarishga, narsalar va hodisalar o'rtasidagi turli xil aloqalarni aks ettirishga imkoniyati keng bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o'qish uchun nutqqa tayyorligini shakllantirishda aynan nutq o'stirish ta'limiy faoliyatlari davomida o'rganiladigan bolalar adabiyoti namunalari, xalq ertak va rivoyatlari va she'rlarning tizimli o'rganilishi katta ahamiyatga ega.
Nutqni rivojlantirish muammosi quyidagi faoliyat turlarida hal qilinadi: o'yin, o'quv va bilim. O'yin faoliyati maktabgacha yoshda etakchi faoliyatdir. O'yin paytida bola bilimlarni to'playdi, ona tilini o'rganadi, muloqot qiladi, fikrlaydi va tasavvurini rivojlantiradi, ammo ta'limiy topshiriqlar o'yin muhitida olib borilsa, bolaning bilish kompetensiyalari yanada rivojlanadi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning faol nutqiy ko'nikmalari muvaffaqiyatli shakllantirilsa, bolalarning nutqiy kompetensiyalarini optimal vositalar orqali rivojlantirish bo'yicha samarali usullarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi.
Nutqning bolani maktabga tayyorgarligini shakllantirish mezonlari va ko'rsatkichlari quyidagilardir:
♦♦♦ tinglash qobiliyati (qo'shimcha ko'rsatmalarsiz tinglaydi, taklif qilingan ma'lumotlarni qabul qiladi), o'z harakatlarini og'zaki bayon qilish qobiliyati (lingvistikaga oid o'z harakatlarini nomlaydi);
♦♦♦ o'z nutqida bog'lanishli hikoya tuza oladi;
♦♦♦ so'z o'ylaganlarini, bilganlarini anglatuvchi vosita ekanligini tushunadi, voqealarni hikoya qilib bera oladi;
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
♦♦♦ so'zda olingan bilimlarni mustahkamlash zarurligini his qiladi, nutqni ta'sir qilish vositasi sifatida ishlatish qobiliyati rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o'qishga nutqiy tayyorgarligini shakllantirish samaradorligini ta'minlaydigan asosiy pedagogik shartlarga quyidagilar kiradi:
S maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish (xotira, aqliy operatsiyalar xususiyatlari: taqqoslash, umumlashtirish, xulosa qilish; tasavvur; e'tibor);
S o'rganilayotgan badiiy asarlarni anglashi, tasvirlashi, hikoya qilishi, yod aytishi.
Maktabgacha ta'lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya'ni o'zimizning boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, badiiy asarlarimiz vositasida amalga oshiriladigan ta'limiy muhit yuzaga kelganligining mohiyati beqiyosdir. Ushbu rivojlanish tendensiyasi ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo qiladi. Xuddi shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda zamonaviy usul va uslublarni amaliyotga joriy etish dolzarb vazifadir. Eski uslub bilan vazifalarni amalga oshirib bo'lmaydi. Ko'pgina olimlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, biz bu masalalarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirishimiz, shundagina samarali ta'lim sifatiga erishishimiz mumkin.
Har qanday davlat taraqqiyoti ta'lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o'rin tutishlariga bog'liq. Sifat o'zgarishlari esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O'z navbatida bunday yangilikni kiritish - immitatsion jarayon bo'lib, bu - ta'limda samaradorlikka erishishdan iborat bo'ladi1. Bu borada maktabgacha ta'lim sohasida bolalarning nutqini o'stirishda bolalar adabiyoti bilan tanishtirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida hikoya qilish, so'zlash va she'riy asarlarni yodlashga o'rgatish bo'yicha yangi ilmiy asoslangan amaliy metodikalarni jarayonga tatbiq etish muhim vazifamizdir. Bunda boshqa sohalarda bo'lgani kabi maktabgacha ta'lim tizimida ham innovatsion laboratoriyalar faoliyatni jonlantirish, alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kelajak avlod tarbiyasida ravon nutqqa ega bo'lish, mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish hayotda uchraydigan voqea-hodisalarning mohiyatini tez anglaydigan zukko va bilimdon qilib tarbiyalash aynan maktabgacha ta'limdan boshlanishi kerak. Bunday maqsadlarni amalga oshirish Maktabgacha ta'limning davlat standartida ko'zda tutilgan bo'lib, nutq o'stirish mashg'ulotlari hamda "Til va nutq" rivojlantiruvchi markazida bolalar nutqini o'stirishning zamonaviy usullarini amaliyotga qo'llashni talab etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning nutqiy faolligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Sababi bir qator kompetensiyalar qatorida nutq va muloqot ko'nikmalar i rivojlangan bolagina maktab ta'limiga tayyor hisoblanadi. Aynan mazkur kompetensiya O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti", "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida tarbiyalanuvchilarda faol rivojlantirilishi zarurligi belgilab berilgan.
Ushbu vazifalarni amaliyotda to'laqonli bajarish va innovatsion texnologiyalardan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy faolligini oshirishning dolzarbligi shundan iboratki, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan
1 Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2011. - 275 b.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
foydalanishga tobora ko'proq e'tibor berilmoqda, ammo hamma amaliyotchilar ham ta'limiy jarayonda undan to'g'ri foydalana olmaydilar. Bolalarning rivojlanishini o'rganish shuni ko'rsatadiki, nutqiy faollik noan'anaviy ta'lim sharoitida boshqa faoliyat turlariga qaraganda samaraliroq rivojlanadi, shuning uchun tarbiyalanuvchilarni keng nutqiy faoliyatga kirishishga undaydigan badiiy adabiyotlarni zamonaviy pedtexnologiyalar asosida o'rgatish metodikasiga tayanish tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishdagi eng muhim usul hisoblanadi.
REFERENCES
1. Babayeva Dono Razzoqovna, "Nutq o'stirish metodikasi", Toshkent - "Fan va texnologiya"
- 2009
2. F.R. Qodirova, "Nutq o'stirish metodikasi", O'UM T.; 2012-yil. (elektron)
3. Olimov Q.T., "Pedagogik texnologiyalar", - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2011
4. Ishmuxamedov R., "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" (2-kitob). - T.: TDPU, 2010
5. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).
6. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.
7. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT -MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.
8. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.
9. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol.
- 2019. - Т. 7. - №. 12.
10. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.
11. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.
12. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
13. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
14. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).
15. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
16. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
17. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
18. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.
19. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.