Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TASVIRLAR ORQALI IZCHIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TASVIRLAR ORQALI IZCHIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1886
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / lug‘at / tarbiya / tarbiyalanuvchi / nutq / monolog / grammatik shakl / faollik / tafakkur / fiction / dictionary / upbringing / pupil / speech / monologue / grammatical form / activity / thinking.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yuldasheva Dilshoda To‘lqinovna

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni izchil nutqqa o‘rgatishda badiiy adabiyotning ahamiyati, zamonaviy ta’lim jarayonida badiiy asarlarni bolalar ongiga yetkazib borishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan. Maqolani o‘rganish davomida bolalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatish, ijodiy hikoya tuzishni shakllantirish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING CONSTANT SPEECH IN PRESCHOOL CHILDREN THROUGH ARTICLE IMAGES

This article discusses the importance of fiction in teaching preschool children to speak consistently, and the priorities in bringing art to the minds of children in the modern education progress. As you study the article, you will learn how to teach children to retell stories and how to create creative stories.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TASVIRLAR ORQALI IZCHIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY TASVIRLAR ORQALI IZCHIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH Yuldasheva Dilshoda To'lqinovna

Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6535219 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni izchil nutqqa o 'rgatishda badiiy adabiyotning ahamiyati, zamonaviy ta 'lim jarayonida badiiy asarlarni bolalar ongiga yetkazib borishning ustuvor yo'nalishlari haqida so'z yuritilgan. Maqolani o'rganish davomida bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish, ijodiy hikoya tuzishni shakllantirish yo'l-yo'riqlari bilan tanishish mumkin.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, lug'at, tarbiya, tarbiyalanuvchi, nutq, monolog, grammatik shakl, faollik, tafakkur.

РАЗВИТИЕ ПОСТОЯННОЙ РЕЧИ У ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ОБРАЗОВ Аннотация. В данной статье рассматривается значение художественной литературы в обучении детей дошкольного возраста последовательной речи, а также приоритеты привнесения искусства в сознание детей в современном образовательном процессе. Изучая статью, вы узнаете, как учить детей пересказывать истории и как создавать творческие истории.

Ключевые слова: художественная литература, словарь, воспитание, ученик, речь, монолог, грамматическая форма, деятельность, мышление.

DEVELOPING CONSTANT SPEECH IN PRESCHOOL CHILDREN

THROUGH ARTICLE IMAGES Abstract. This article discusses the importance of fiction in teaching preschool children to speak consistently, and the priorities in bringing art to the minds of children in the modern education progress. As you study the article, you will learn how to teach children to retell stories and how to create creative stories.

Keywords: fiction, dictionary, upbringing, pupil, speech, monologue, grammatical form, activity, thinking.

KIRISH

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so'z katta o'rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she'r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko'radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o'zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go'zalliga, tilning ifodaliligi, she'riy so'zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya - buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi.

Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o'sishiga ta'sir ko'rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o'lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko'rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o'yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg'ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko'rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to'g'ri-noto'g'ri deb, o'zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do'stlik, halollik, mehnatsevarlik, o'rtoqlik namunalarini ko'rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she'rlarning musiqaviyligi, tilning o'tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so'z qudratini his etadilar, uncha katta bo'lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she'rlarini tez va osongina eslab qoladilar.

Badiiy so'zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola maktabgacha ta'lim muassasalaridan maktabga ana shu muhabbat bilan o'tadi va

keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo'lib qoladi. Xalq, og'zaki ijodi - ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo'shiqlarning ko'plari uzoq o'tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.

Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo'lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg'anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo'lishga majbur etadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'zbek xalq ertaklaridan tashqari ko'pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o'qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o'qib berish dasturiga kiritilgan. O'zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko'p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G'.G'ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo'min, Sh. Sa'dulla, Q.Hikmat, Q.Muhammadiy va boshqalarning asarlari - bolalarga o'qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag'ishlangan adabiyotlar ro'yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o'rin olgan. Bu ro'yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o'qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she'r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she'rlari, topishmoqlar, masallar kiradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Bugungi kunda bolalarning har tomonlama rivojlanishiga davlat siyosati darajasida e'tibor qilinmoqda. Ta'limning barcha bo'g'inlari qatorida maktabgacha ta'lim sohasida ham ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Turli innovatsion

2G22 № 1

metodlar asosida bolalar aqliy salohiyatini oshirishning texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Ma'lumki, mamlakatimizda 2020 yil 23 sentabráa yangi tahrndagi «Talim to'g'risida»gi Qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonun va qatoг normativ hu^at^ asosida tub o'zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bular:

- talim tizimi va mazmuni yangilandi;

- yangilangan uzluksiz talim tizimi uchun davlat talim standartlari ishlab chiqildi va amalda qo'llanilmoqda;

- yangilangan ta'lim mazmuni bo'yicha DTS ga mos o'quv dasturiari va daTsliklari yaratildi va yaratilmoqda;

- ta'lim -tarbiya boshqaruvini isloh qilish amalga oshirilmoqda;

- maktabgacha yoshdagi bola^ va o'quvchi yoshlaming intellektual qobiliyatlari ma'naviy-axloqiy salohiyatiga qo'yilgan talaba monitoгingi olib boгilmoqda;

- ta'limning bozoг iqtisodiyotiga moslanadigan mexanizmlari o'matilmoqda.[1]

Shunday qilib, ta'lim tizimining yangilanganligi, bolalaг ta'lim-tarbiyasi mazmunini yangilashga, u esa o'z navbatida ta'lim mazmunini va uni belgilovchi hu^at^ (o'quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklar)ning yangilanishiga olib keldi. Bu yangi^is^^ o'z navbatida tabiiyki o'qitish jarayonini rejalashtirish, ta'limiy mashg'ulotlami loyihalashtiгishga yangicha yondashishni, o'quv-tarbiya jarayonini yangicha tashkil qilishni taqozo qildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy faolligi ko'p jihatdan ularning lug'at boyligiga asoslanadi. Bola qanchalik boy lug'at tajribasiga ega bo'lsa uning nutqi shunchalik faol va ravon bo'ladi. Lug'at boyligini ta'minlashda esa badiiy adabiyotlaming o'rni beqiyosdir. Shuning uchun bolalarni kitobga qiziqishlarini oshirish va yangi bilimlarni tarkib toptirish ko'nikmasini shakllantirishda tarbiyachining innovatsion faoliyati muhimdir.

Har bir tarbiyachi bola bilan ishlash davomida har kuni yangi adabiyot o'qib berishi, ushbu adabiyotlami o'ziga xos qiziqañi va noan'anaviy usullaráan foydalanishi, bolaning kitobga bo'lgan mehrini ortishiga xizmat qiladi.

Bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarisi dastuгida ko'rsatilgan asarlarning

ko'pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o'qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko'p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarisining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o'zlashtirib olishlariga, ularni to'g'ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim. [2.34]

Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko'nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o'zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg'ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarisida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba'zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o'tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o'z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she'r, hikoya, ertak) lozim.

NATIJALAR

Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi.

Ruhshunos D. V. Elkonin bu haqda shunday yozadi: "Bola hayot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi, bolalarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan

2G22 № 1

shakllangan bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chiqish malakasi hosil bo'ladi". [3.143]

Shu munosabat bilan bola^ maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan.

Kichik guruh bolalarini tanish hikoya va ertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.

O'rta guruhlarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi .

Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.

Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayotgan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi. [4.76]

Maktabga tayyoriov guгuhlaгi uchun "Nutq o'stiгishм bo'limida o'quvchilami badiiy adabiyotni hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quyidagicha belgilangan:

Birinchi yarim yillik badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatish.

Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa,

ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim.

Bolalar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.

Bolalarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoqlarni ta'riflab berishga, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qandau o'unalishi va boshqalar) aniq so'zlar orqali ifodalashga o'rgatish.

Ijodiy hikoya qilishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyachi tomonidan belgilangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish.

Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: "Quvonchli kun", "Xafa bo'lgan kunim", "Mehmonda", "Bizning oila", "Eng yaqin o'rtog'im", "Dam olish kuni", "Dadamga qarashdim", "Qo'g'irchoq teatriga bordim" va boshqalar. [5.17]

Bolalarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o'rgatish; "Birinchi qor", "Yaxmalakda", "Yangi yil bayrami", "Qorbobo", "Men sevgan fasl", "Tashqarida qor, uyimizda bahor", "Xola-xola o'ynadik", "Kim oladi-yo, shuginani-yo" o'yini, "Men onamga yordamchi", "Ukamga mehribonman" va boshqalar . [6.89]

Bolalarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda, avvalo, ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o'z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go'zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish ham amalga oshiriladi.

Badiiy adabiyotni tanishtirish orqali monologik nutqni o'stirishning yuqoridagi

dastur vazifalari va mazmuniga ko'ra maktabgacha ta'limning savod o'rgatish davri guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:

1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish;

2. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish;

3. Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish;

4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish;

5. Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari. [7.93]

Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon etilgan:

- badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish;

- narsa-buyumlar, o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish;

- rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish;

- xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, maktabda va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.

- ta'limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: "Qo'g'irchoq, o'yinchoqni top", "Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor", "Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", "Qo'g'irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top-chi?" va boshqalar.

- ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3-4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.

XULOSA VA MUNOZARA

Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o'zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo'lib kelgan. Bu hol subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini

aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelib tushunchalarni o'zlashtirgani sayin bu jarayon yaqqol ko'zga tashlana boshlaydi hamda aniq - ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yilining oxiriga yetganda bu holatning asosiy belgilari paydo bo'ladi. Murakkab talaffuzni talab qiladigan va oson aytilmaydigan so'zlarni talaffuz qila oladi, bir-biriga mantiqan bog'langan jumlalar tuzadi hamda matn tayyorlaydi. Bu yoshdagi bolalar so'zlardagi hamohahanglikni konkret shaxslarga - ona - ota - buviga bog'laydilar va bolaga ana shu ohangdosh so'zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog'lanishi qaror topishiga yordamlashadilar. Bola so'zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga - e'tibor qilishiga, erkalatilishiga, e'tiborni tortish kabilarga erishishiga intiladi. Bundagi har bir hodisada so'z bola uchun aloqa vositasiga aylanadi. Qo'llaniladigan so'zlar soni borgan sari to'xtovsiz orta boradi va yosh guruhlarining keyingi bosqichlarida bola nutqidagi so'z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki tilning grammatik shakllarini ilmiy jihatdan to'g'ri ishlatishi ham mumkin bo'lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo'lgan yillar davomida boyib boradi. Maktabda o'qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida o'quvchilarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi.

Til tarbiyachi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda bolalar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta'siriga bo'ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. [8.174]

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda guruhda, asosan, badiiy adabiyot mashg'ulotlarida, shu bilan birga yozuv mashqlarida ham va guruhdan tashqari ishlarni tashkil qilishning nutq o'stirish bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda roli kattadir. Bu o'rinda ham tarbiyachining erkin hamda aniq - ravshan nutqi bolalar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati - tarbiyachi tomonidan vaqtdan oqilona

foydalanishning muhim sharti hisoblanib, bunda - o'z vaqtida bolalarni hikoya

qilishga o'rgatish tarbiyachidan talab qilinadi. [9.59] Demak, nutq faoliyati turli

davrlarda o'ziga xos shakllanib, takomillashib boradi.

ADABIYOTLAR:

1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son qaroriga 1-ILOVA "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning DAVLAT STANDARTI"

2. Qodirova M.R., Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2006 yil. 34 b.

3. Bolalar nutqini o'stirish metodikasi. Toshkent, 1991 yil. 143 b.

4. Borodich M. "Metodika razvitiya rechi detey" Moskva, 1981 yil. 76 b.

5. Jo'raqulov R. To'xtayeva Sh. "Maktabgacha ta'lim muassasalarilarning kichik guruhlarida bolalar nutqini o'stirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar" Samarqand, 1991 yil. 17 b.

6. Jo'raqulov R. "Bolalar nutqini o'stirish" Samarqand,1994 yil. 89 b.

7. Razbayeva Ye, Ahmedova X. "Nutq o'stirish metodikasi" T., 1978 yil. 93 b.

8. Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish. Toshkent, 1995 yil. 174 b.

9. Shodiyeva Q. Kichkintoylarni o'qish va yozishga o'rgatish. Toshkent, "O'qituvchi" - 2002 yil. 59 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.