Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARINI SAHNALASHTRISH FAOLIYATI ORQALI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARINI SAHNALASHTRISH FAOLIYATI ORQALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1693
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkorlik / ishtrokchilik qobiliyati / sahna faoliyati / rol / sahnalashtirilgan o’yin / obraz / bolalar sahnai / musiqa / asar / usul / creativity / participation / stage activity / role / staged play / image / children's scene / music / work / method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turdaliyeva Manzura Valiyevna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari o’zlarini ijodiy qobilyatlarini “rol oynash”, “qo'shiq aytish” va “raqsga” tushish orqali o’zlarini xohish istaklarini va imkoniyatlarini ochib berishi haqia ilmiy va tajribaviy , riyal jarayonlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING CHILDREN'S CREATIVE ABILITIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS BY DRAMA

This article explores the scientific, empirical, and realistic processes by which preschoolers can express their desires and abilities through "role-playing," "singing," and "dancing."

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARINI SAHNALASHTRISH FAOLIYATI ORQALI RIVOJLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARDAGI IJODIY QOBILIYATLARINI SAHNALASHTRISH FAOLIYATI ORQALI

RIVOJLANTIRISH Turdaliyeva Manzura Valiyevna

Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani MTBga qarashli 7-DMTT tarbiyachisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6535363 Annotasiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari o'zlarini ijodiy qobilyatlarini "rol oynash", "qo'shiq aytish" va "raqsga" tushish orqali o 'zlarini xohish istaklarini va imkoniyatlarini ochib berishi haqia ilmiy va tajribaviy, riyal jarayonlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlari: ijodkorlik, ishtrokchilik qobiliyati, sahna faoliyati, rol, sahnalashtirilgan o'yin, obraz, bolalarsahnai, musiqa, asar, usul.

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

МЕТОДОМ ДЕЙСТВИЯ Аннотация. В данной статье описываются реальные научные, экспериментальные и реалистические процессы, посредством которых дошкольники раскрывают свои желания и способности через «ролевые игры», «пение», «танцевание» своих творческих способностей.

Ключевые слова: творчество, умение участвовать, сценическая деятельность, роль, постановка, образ, детская сценка, музыка, произведение, метод.

DEVELOPING CHILDREN'S CREATIVE ABILITIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS BY DRAMA Abstract. This article explores the scientific, empirical, and realistic processes by which preschoolers can express their desires and abilities through "role-playing," "singing," and "dancing."

Keywords: creativity, participation, stage activity, role, staged play, image, children's scene, music, work, method.

Ijodkorlik qobiliyati (ijodkorlik) - bu insonning ongida va xatti-harakatlarida nazarda tutilgan , yangi ma'lumoüar-maxsulotini yaratib, boshqalarga ulashishiga aytiladi. Ushbu tushunchaga ko'ra, nafaqat rasm, mashina, nazariya yaratilishi, balki insonning shaxsiy rivojlanishining barcha faktlari xam yaratuvchi sifatida qaralishi mumkin. Ba'zi tadqiqotchilar, "ijodkorlik" atamasini qisqartirib, bilimga oid faoliyatni,ya'ni muammoni yoki voqeani yangi yoki noan'anaviy tarzda ko'ra olishni o'z ichiga olgan. bunda san'atning barcha turlari, nafaqat bolalarning badiiy qobiliyatlarini, balki "inson faoliyatining barcha sohasida amalga oshadigan"-ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Bola san'atga qanchalik erta kelib qolsa, rivojlanish jarayoni ham shuncha erta bo'ladi. Ma'lumki, sahna hayotning ko'rgazmali shaklining badiiy aksi bo'lib, obrazlar orqali dunyoni qabul qilishga asoslanadi. Sahnada ma'no va mazmunni ifodalashning o'ziga xos usuli, ishtrokchilar o'yinida paydo bo'ladigan sahna asaridir.sahnalashtrish faoliyati bolalarning rolli o'yinlariga yaqin. Bolalar o'yinlari va sahnalashtrishning eng muhim jarayoni rol bo'lib , atrof-muhitni o'rganish va anglashning badiiy aksihisoblanadi. Ushbu jarayonlarni tashkil qilishning shakllaridan biri - o'yin -ya'ni rol ijrosi va ishtrokchilik mahorati orqali boladagi talantni ochib berish va uni aniqlab usha sohaga yo'naltirishdir. Sahnalashtirish faoliyati orqali ta'limiy salohiyatini kengaytirish, dunyoni badiy va real jarayonlarini his etish ko'nikmalari shakillanadi bola dunyoni boricha hiss qila boshlaydi. Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari "rol oynash", "qo'shiq aytish" va "raqsga" tushishlarga tabiiy moslashadilar, sahnalashtirilgan va musiqiy sahna ko'rinishlarini qabul qilish orqali bolada katta qiziqish uyg'otib, unda ishtirok etishlari xohish-istagini bildiradi. Sahna va musiqa ijodiyoti bolalar ehtiyojlarni qondirish bilan muammolardan ozod qiladi, u quvonchli daqiqalar va katta zavqni his qiladi. Rol ijrosidagi matn va musiqiy qo'shiq so'zlari hissiy tizimlar bilan bog'langanligi tufayli,bola matnlar mazmunini tushuna boshlaydi va ijro jarayonida qo'shilishi, sahnaga qarashi, xatto "o'zi" ga ham qarash tajribasini egallashga, uni tuzatishga va uni baholashga

o'rganib boradi. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish. Shunday qilib, sahnalashtirish faoliyati orqali bolalar ijodiy qobiliyatini va bola shaxsini kompleks rivojlanish bilan bog'liq qator vazifalarni hal qilishga yordam beradi aynan:

- MTT larida tarbiyalanuvchilariga ishtrokchilik ifoda vositasi va sahna xaqidagi dastlabki bilimlarini shakllantirishga yordam berish;

-tarbiyalanuvchilar mustaqil musiqiy-sahna faoliyati talablarini rivojlantiradi;

- tarbiyalanuvchilarda sahna san'atiga bo'lgan qiziqishlari o'yg'onadi;

- atrofdagi xodisalarga bo'lgan shaxsiy - yahlit estetik munosabatlarini shakllantiradi;

-diqqatni, xotirani, xayolotni, fikrlashni, nutqni, hissiy va ixtiyoriy sohani, intellektual, musiqiy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalardan tashqari adabiyot, musiqa, sahnaga bo'lgan qiziqishlarini sahnalashtirish faoliyati orqali uyg'otadi, ma'lum hissiyotlarni o'yin mahorati orqali mujassamlashtiradi, yangi obrazlarni yaratishga va fikrlashga undaydi. Sahna bolaning hissiy dunyosiga katta ta'sir ko'rsata oladi. Bugungi kunda bolalarda diqqat va nutq, ixtiyoriy xatti-xarakatlari, xotirasining yetarlicha rivojlanmagani koplab ota-onalar, psoxologlar va tarbiyachilarni o'ylantirmoqda. Bola tilidan bayon etish,fikirlash ,o'ynash orqali- bolaning muammosini yechish, erkin emotsional bo'lishining eng qisqa yolidir. Bu barcha ishlarni sahnalashtirish yordamida bajarish mumkin. Shunday qilib, bevosita sahnalashtirish faoliyatida bolaning tetrlarga borishi, bolalar spektakli va namoyishlarini tomosha qilibgina qolmasdan sahnalashtirilgan faoliyatda ishtirok etishi, ko'proq o'quv faoliyati jarayonlarida saxnalashtirish jarayonlarini ko'proq qo'llash orqali tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashuviga ko'mak berish tavsiya qilinadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda bugungi kunda ko'plab rivojlantiruvchi qo'llanmalar yaratilmoqda.Ular bunday

holatlami o'zlashtirish uchun aniq mazmunga ega, o'quv materialini o'z ichiga oladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyachisiga mustaqil ijodiy faoliyatni boshqarishda bevosita koplab usul va uslublar tavsiya etilyapti, shuningdek turli hildagi sahnaviy mashg'ulotlar jarayonida bolalar bilan ishlash shakli xam berilyapti. Sahna faoliyati bo'yicha mashg'ulotlar mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- sahnalashtrish jarayonini oldin va keyin tomosha qilib suhbat qurish;

- mashg'ulotlarga o'yin faoliyatlarini kiritish;

- turli ertak va hikoyalarni tayyorlsh va oynash;

-ifodali ijro shakllanishi uchun mashqlar ( verbal va noverbal) jarayonini tashkil etish;

- bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi maqsadida mashqlar bajarish. Sahnalashtirish faoliyati mashg'ulotlarining mazmuni nafaqat asarning adabiy matni bilan tanishish, balki mimika, xarakat, kostyum, saxnalashtrishning ayrim paytlarida dekoratsiya va ishtrokchilarning joylanishi ,imo-ishora, ya'ni "belgilar", ifodali nutqda rol ijro etishdan iborat. Sahna faoliyatidagi mashg'ulotlar bir qator funktsiyalarni bajaradi: bilim, ta'lim va taraqqiyot. Ularning vazifasi nafaqat o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish. Ushbu vazifani olib borishning mazmuni, shakllari va usullari bir vaqtning o'zida uchta asosiy maqsadni amalga oshirishi kerak:

- nutq va ijro etish qobiliyatlarni rivojlantirish;

- ijodkorlik muhitini yaratish;

- bolalarni ijtimoiy va hissiy jihatdan rivojlantirish. Sahna faoliyatini tashkil etishda tarbiyachi katta rol o'ynaydi, usbu jarayonni mohirlik bilan boshqaradi. Tarbiyachi nafaqat ifodali so'zlashi yoki o'qib berishi kerak, balki qarashni, ko'rishni, tinglashni va eshitishni xam bilishi lozim, ammo har qanday "obrazga kirishish"ga xam tayyor bo'lishga majbur, yani ishtrokchilik mahoratini egallagan bo'lishi va rejisyorlik malakalariga ega bo'lishi shart. Aynan shu mahoratlar ijodiy potensialni oshiradi va bolalarning sahnalashtirilgan faoliyatini o'zlashtirishga

yordam beradi. Mashg'ulotlar jarayonida tarbiyachi bolalarga hech qaysi holatda, hech qanday bosim, taqqoslash, baho berish, majburlashni qo'llashi mumkin emas. Aksincha, bolalarga gapirish, ichki faoliyatni ko'rsata olish imkoniyatini yaratib berish kerak. Pedagog o'zining ishtrokchilik va erkinlik mahorati bilan tortinchoq bolani sahnaga chiqishdan tomoshabinga aylantirib qo'ymasligini nazorat qilishi shart. Tarbiyachi bolani "sahnaga" va ijro jarayonida xato qilishdan, qo'rqib chiqishdan, qo'rqishiga yo'l qoymasligi kerak. Bolalar jamoasi "artist" va "tomoshabinlar"ga bo'linadi, ammo doimiy sahnada ijro etuvchi, doimiy tomoshabinlarga tomosha ko'rsatuvchi bo'lishi mumkin emas, yani bolalar rollari bilan xam almashib turishlari kerak. Sahna faoliyatidagi mashg'ulotlar hayotdan olingan mavzularni mustaqil nomoyish qilishi, ertaklar, sahna ko'rinishlari va tasvirlar uchun rol o'ynashini o'z ichiga olishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarning ijodiy rivojlanishi sahnalashtrish faoliyati bilan tanishishning tizimli va shaxsiy ahamiyatiga ega bo'lgan jarayonda amalga oshiriladi. Bolaning shaxsiy tajribasi asosida mavzu materialining izchil murakkabligini talab qiladi, bu esa bolaning ko'p qirrali sahna dunyosiga kirishini ta'minlaydi. Sahnalashtirish faoliytida mashg'ulotlar kompleksining amalga oshish jarayoni quyidagi vazifalarda o'z echimini topadi:

- Tarbiyalanuvchining mustaqil ijodkorligi va ijodiy qobiliyatini rivojlanishi;

- Turli ko'rinishdagi ijodiy faoliyatga qiziqishini tarbiyalashi;

- Improvizatsiya malakalariga ega bo'lishi;

- Nutq faoliyatining shakli va funktsiyasi, barcha komponentlarning rivojlanishi;

- Bilish jarayonlarini takomillashtirishi. Barcha bolalarning biror sahna asarini, ko'ngil ochar bayramlarga tayyorlanishi uchun turli uslublar tavsiya etiladi: bolalarni xoxshiga ko'ra rollarni tanlash, eng qo'rqoq va uyatchang bolalarni asosiy rollarga tayinlash, rollarga kartochkalar bo'yicha taqsimlash (bolalar sxematik tarzda personaj rasmi tushirilgan kartani tarbiyachining qo'lidan oladilar), rollarni juftlik bilan ijro etish. Mashg'ulotlar mobaynida tarbiyachi

bolalarning fikrini va javoblarini eshta olishi kerak, agarda bola javob bera olmasa undan izohni so'rashni keragi yoq, undan ko'ra to'g'ri personaj xarakatiga o'tish lozim; asar qaxramoni bilan to'qnashganda bola kirishib olishiga va u bilan suhbatlanishi uchun vaqt berish darkor, yakuniy ishda esa xar xil yollar bilan bolaning quvonchini oshirish kerak. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning effekti quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

• muammoni qo'yish yoki muammoli vaziyatni yaratish;

• kreativ maydonni yaratish;

• bir o'yindan ikkinchi o'yinga o'tishi, bunda oddiydan murakkabga

• moslashuvchanlik va fikrlashning mustaqilligi, bolalar sahna ijodiyoti rag'batlantiriladi.

Bolalar ijodkorligini rivojlantirish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: bolalarga berilgan ijodiy vazifani bajarish; ijro jarayonida muammolarni hal qilish; bolalar uchun ijodiy maydonni yaratish; o'yin jarayonida mashqlarni puxta o'rgatish;

Shunday qilib, sahnalashtirilgan faoliyatda tashabbus, moslashuvchanlik va fikrlashning mustaqilligi - bolalar ijodiyotining faoliyati bo'lib, ushbu faoliyat tarbiyachi tomonidan rag'batlantiriladi. Sahnalashtirish faoliyatida bolalarda ishtrokchilik qobiliyatini rivojlantirish. Bolalarning ijodiy jamoasi bu bolalarning imkoniyatlarini teng namoyish eta olganidadir. O'tkaziladigan mashgulotlarda - u amaliy-mi, individual-mi, guruhli-mi, konsert yoki tadbir-mi, barchasi bola ko'ng'lining emotsional hissiyotini o'yg'otadi,bu esa pedagog va jamoa ishtirokchilari bilan o'zaro munosabatlarining kerakli komunikativ sifatlarni shakillantiradi. Mashg'ulotda kreativ maydon metodi, jamoada ijodiy atmosferani paydo bo'lishiga imkon tug'diradi, ishtirokchining obraz ustida ishlashi, ijodiy yonalishga sharoit yaratadi, ifodaliligning individual vositasini izlaydi, ijodiy vazifalar rangbarangligi pedagogik amaliyotda foydalanishga mo'ljanllanadi. Sahnalashtirish faoliyatida o'yin jarayonini kirgazish va mashg'ulotlarda pedagog

tomonidan muvoffaqiyatli vaziyatni tashkil etishi, tarbiyalanuvchining sahna xarakatlariga faol jalb qilishga, bolaning badiiy imkoniyatini ochib berishiga va erkin bo'lishiga yordam beradi. Shu bilan birga bolada ijodiy imkoniyatlari shakillanadi va rivojlanadi. mashg'ulot davomida qiziqishlari o'yg'onadi. Bu sahnalashtirish faoliyatida judayam zarur. Metod va vazifalari: bolalar asarlar bilan birin -ketin tanishib borishi; ijodiy obrazlarni o'zlashtirishda guruhlardagi bolalar yoshini inobatga olishi; bolalarning ijro ko'nikmalarini takomillashtirish; bolaning erkinligini ta'minlash; nutq, intonatsiya ustida ishlash; jamoa xarakatlarini o'z-aro bajarish;

Sodir etilayotgan voqealarni his etish, achinish hissini, birga qayg'urish hissiyotlarini bola qobiliyatida o'yg'otish, insonparvarlikni o'rganish, bilimlarni tizimlashtirish, individual qobiliyatlarni hisobga olish turli-tuman ifoda vositalari tavsiya qilinadi:

- kichik guruhda oddiy obrazdagi bilimlarni shakllantirish(masalan, ertakdagi xayvon qaxramonlarining xarakatlarini o'xshatish);

-o'rta guruhda obrazning ifoda vosita elementlarini o'rgatish (intonatsiy, mimika, pantomimika);

- katta guruhda obrazning ijro etish bilimlarini o'zlashtirish;

- tayyorlov guruhda obrazni namoyish etishda mustaqil ijodini, musiqa sadolari ostida pantomimik xarakatlarini va nutqini ifodaliligini rivojlantirish. Sahnalashtirish faoliyati mashg'ulotlarining mazmuni o'z ichiga:

- qo'g'irchoq sahnai spektakllarini ko'rish va ular xaqida suhbat o'tkazish;

- dramatizatsiya - o'yinlar;

- bolalarni ijtimoyi-emotsional rivojlanishi uchun mashqlar;

- korrektsion-rivojlantiruvchi o'yinlar;

- diktsiya ustida ishlash mashqlari(artikulyatsiya gimnastikasi);

- nutq intonatsiyasini ifodali rivojlantirish uchun topshiriqlar;

- boshqa narsaga aylanish;

-o'yini, obrazli mashqlar;

- plastikani rivojlantiruvchi mashqlar;

- ritmik soniyalar (logoritmika);

- bolanin qo'l motorikasini rivojlantiruvchi barmoqlar o'yin treninglari;

- mimika ifodaliligi, pantomimikaning san'at elementlarini rivojlantiruvchi mashqlar;

- sahna etyudlari; - dramatizatsiya vaqtida etika bo'yicha maxsus mashqlar;

- dramatizatsiya va ertaklarni ijro etish va tayyorlash

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta'kidlash kerakki xozirgi jadal rivojlanib kelayotgan glaballashgan hayot jarayonida Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning ijodkorligi va ularagi bilim, malaka, ko'nikmalarni egallash imkoniyatlarini yanaa kengaytirish uchun biz tarbiyalanuvchilarni har kunlik faoliyatlarimi rejalashtirishda kun tartibi va o'quv faoliyati jarayoniga sahnalashtrish, musiqa va san'at sohalaridan kirgizdirilsa biz kelajak avloddan kutayotgan natijamizga erisha olishimiz jaallashadi. Chunki bu jarayonlar bolani te'ran fikirlashga, o'z xis hayajonini namoyon etishga, umuman olganda bolani ijtmoiylashish jarayonini jadallashishiga bu esa albatta bolaning xar bir rivojlanish sohalari bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2016. 2. Yusupova P.

2. Maktabgasha tarbiya pedagogikasi. T.: O'qituvshi. 1993.

3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgasha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

4. Sodiqova Sh.A. Maktabgasha pedagogika. T.: Tafakkur bo'stoni 2013

5. N.Kayumova. Maktabgasha pedagogika. T.: TDPU 2013.

6. F.Qodirova, Sh.Toshpulatova, M.A'zamova "Maktabgacha pedagogika". -T:. "Ma'naviyat".2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.