Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12395
639
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / innovatsion metod / innovatsion texnologiya / ta’limni individuallashtirish / shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim / tafakkur / ta’lim traektoriyasi. / preschool education / innovative method / innovative technology / individualization of education / person-centered education / thinking / educational trajectory.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mansurova, Surayyo Ravshanovna, Begmanova, Gulsara Shanjarovna

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida uni bolalarning individualligiga yo‘naltirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EDUCATIONAL PROCESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

The article analyzes the research on the organization of the educational process in preschool education and addresses the issues of its individualization in order to further improve this process.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

Scientific Journal Impact Factor

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA

Mansurova Surayyo Ravshanovna

Navoiy davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim kafedrasi

o'qituvchisi. E-mail : mansurovasurayo208@gmail .com Begmanova Gulsara Shanjarovna O'zFA Navoiy bo'limi ilmiy kotibi, p.f.n, dots. J.R.Gulyamov taqrizi asosida

Maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida uni bolalarning individualligiga yo'naltirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, innovatsion metod, innovatsion texnologiya, ta'limni individuallashtirish, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, tafakkur, ta 'lim traektoriyasi.

The article analyzes the research on the organization of the educational process in preschool education and addresses the issues of its individualization in order to further improve this process.

Keywords: preschool education, innovative method, innovative technology, individualization of education, person-centered education, thinking, educational trajectory.

В статье анализируются исследования по организации воспитательного процесса в дошкольном образовании и затрагиваются вопросы его ориентации на индивидуальность детей с целью дальнейшего совершенствования этого процесса.

Ключевые слова: дошкольное образование, инновационный метод, инновационная технология, индивидуализация обучения, личностно-ориентированное образование, мышление, образовательная траектория.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali shakl va usullarni joriy etish hamda innovatsion g'oyalarni targ'ib etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish muhim vazifalarimizdan biridir. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, tashkilotlarni o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarni jalb qilish, ta'lim jarayonida innovasion texnologiyalarni joriy etish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda. 1 Bu vazifalarni samarali amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, uslubchi va psixologlari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi.

Bolalarga maktabgacha yoshidan boshlab zamonaviy ta'lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish - xozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hal qilinishi kerak bo'lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish muammosiga bir qator olimlarning (F.R. Qodirova, L.R. Mo'minova, G.E. Djanpeisova, Sh.A. Sodiqova, G.A. Mardonova, G. Nazirova, N.Sh. Abdullayeva, D.A. Abduraximova, M. Abdullayeva, Z.A. Botirova, A.E. Rustamova va boshq.) ilmiy tadqiqot ishlari bag'ishlangan.

F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, N.M. Qayumova, M.N. A'zamova 10 va Sh.A. Sodiqova 18 o'z ilmiy izlanishlarida maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasining ilmiy-nazariy asoslari o'rganilgan bo'lib, maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, bolalar rivojlanishiga ta'sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, maktabgacha yoshdagi bola psixik taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ta'limning didaktik tamoyillari, bolalarga pedagogik ta'sir ko'rsatish, maktabgacha ta'limni tashkil etish shakl va metodlari hamda maktabgacha ta'lim va tarbiyada pedagogik texnologiyalarni qo'llashning nazariy asoslari yoritilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

L.R. Muminovaning ilmiy tadqiqotlari maktab yoshidagi bolalarning til rivojlanishidagi nuqsonlarni bataraf etishda pedagogik-korreksion faoliyatning nazariy asoslarini tadqiq etishga bag'ishlangan. 13 Bundan tashqari, L.R. Muminova tomonidan maktabgacha umumiy va maxsus ta'lim muassasalarining katta va

Scientific Journal Impact Factor

tayyorlov guruh bolalari hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini xalq o'yinlari asosida rivojlantirish muammosi o'rganilgan. Bu maqsadda qadimiy va boy folklor merosimizdan bolalar o'yinlarining qo'shiq hamkorligida ijro etiladigan namunalari tanlab olinib, o'yinlarning tasnifi, ta'lim tarbiyadagi o'rni, shuningdek logopedik-korreksion ishda qo'llanish xususiyatlari va metodikasi taklif qilingan. Bunday o'yinlar bolalarning nutqiy, jismoniy, psixologik, ma'naviy rivojlanishida muhim o'rin tutishi tajriba-sinov ishlari yordamida aniqlangan. 12

G.E.Djanpeisova maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tadqiq etgan.8 Muallif o'z tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetika va geometriyaga oid ilk bilimlarni shakllantirish yo'llari, vositalari hamda pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etgan. Bolalarda matematik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish ularning aqliy rivojlanishi, o'zini anglashi, ijtimoiylashuvida muhim omillardan bo'lishini aniqlagan. Bolalarga interaktiv mantiqiy-matematik ta'limni tashkil etishda kompyuterli muhitning ahamiyatini alohida e'tirof etgan. Bolaning vositachi-personajlar orqali kompyuter bilan virtual tashkillashtiriladigan dialogi kompyuterni "jonlantirib", bolaning harakatlarini faol va ongli bo'lishini ta'minlaydi. 7

G.A.Mardonovaning ilmiy tadqiqot ishi oilada bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash muammosini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotchi allaning ijtimoiy-g'oyaviy mazmuni, tarbiyaviy ta'siri hamda "alla" so'zining etimologik ma'nosi va tarixiy shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etgan. Bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafîy, pedagogik va psixologik holatini tahlil etib bolalarning yoshi, psixologik-ma'naviy rivojlanishi bo'yicha ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga yo'naltirilgan alla turlarini didaktik mazmuniga ko'ra tasniflagan. Bundan tashqari, "oila - mahalla - maktabgacha ta'lim muassasasi" o'rtasidagi hamkorlik faoliyati asosida bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan bo'lib, bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. 11

Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish muammosini G.M.Nazirova tadqiq etgan.14 Tadqiqotchi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda tizimli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflab, ushbu jarayonlarni tizimli yondashuvga tayangan holda takomillashtirish modelini nazariy-

Scientific Journal Impact Factor

empirik jihatdan asoslagan. Pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlarining rivojlanish sohalari bilan o'zaro integratsiyalash, refleksiv uzviylikni ta'minlash hamda mustaqil faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari bo'yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslangan Play guruhlar faoliyatidagi kreativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.

G.M. Nazirova maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati - o'yin. To'g'ri tashkil etilgan o'yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o'quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini ta'minlash uchun sharoitlar yaratiladi, - deb hulosa qiladi. 14

N.Sh. Abdullayevaning maktabgacha ta'limni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga bag'ishlangan dissertatsiyasida maktabgacha ta'lim sifatini oshirish uchun o'quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual jihatlarini inobatga olish, ta'limni individuallashtirish va differensiyalashga asoslangan texnologiyalaridan ta'lim-tarbiya jarayonida yetarli darajada foydalanish, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik ta'minotni ishlab chiqish va amalda joriy etish zaruriyatini asoslab berdi. Variativ yondashuvning asoslari sifatida "ta'lim texnologiyalarining variativligi", "ta'lim traektoriyasi" va "ta'limni individuallashtirish" ekanligini alohida ta'kidladi. Tadqiqotchi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlarning variativ yondashuvni amaliyotga joriy etish bo'yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida variativ yondashuvli ta'lim dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish uchun maxsus metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan keng foydalanish tavsiya qilingan.2

D.A. Abdurahimovaning dissertatsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishning konseptual asosi bu jarayonning aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi komponentlariga pedagogik, psixologik, falsafiy, perseptiv yondashuvlar integratsiyasiga ustuvorlik berishda muhim vazifa ekanligini aniqladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-

Scientific Journal Impact Factor

axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarni taklif qilladi: yaxlit yondashuv; tarbiyalanuvchiga pedagogik qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bo'lishni talab etuvchi shaxs deb qarash; tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan yondashuv; tabiat bilan uyg'unlik; madaniyat bilan uyg'unlik; tarbiyaviy jarayondagi munosabatlarni tashkil etishga insonparvar yondashuv; qadriyatli-mazmunli yondashuv. 2

M.N. A'zamova maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlab bolalarda do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish alohi da ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega ekanligini e'tirof etadi. Bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ular orasida do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik muhitini vujudga keltirish nihoyatda zarur bo'lib, bunday ko'nikmalar ularning maktab hayotiga oson va samarali moslashishini ta'minlaydi. Tadqiqotchi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka o'rgatish orqali ularni intellektual rivojlantirish va birgalikdagi o'quv faoliyatiga tayyorlashning nazariy asoslarini tahlil qilishga intilgan. Tadqiqotchi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolalar, birinchi navbatda, do'stlar orttirish va ular bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga ehtiyoj sezishlarini aniqlagan. Maktabga tayyorlash jarayonida tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olishlari zarurligini nazariy jihatdan asoslab, ko'pgina qiyinchiliklar va ziddiyatlar bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida vujudga kelishini didaktik jihatdan isbotladi. 3

A.E. Rustamova maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o'qitishda talaffuzini shakllantirish va rivojlantirishga oid olib borgan ilmiy tadqiqotida bolalarning ilk nutqiy va talaffuz ko'nikmalari shu bosqichdan shakllanishini aniqlagan. Bu yoshdagi bolalarni o'qitish jarayonida idrok etish, xotirada saqlash, aniq va ravon talaffuz etish kabi lingvopsixologik xususiyatlarni alohida o'rganish taqozo etiladi. Bu yoshdagi bolalarning psixologik yosh xususiyatlarida o'yin faoliyati alohida o'rin tutadi. Shuning uchun ta'lim jarayonida o'yin texnologiyalaridan foydalanish nihoyatda samarali bo'ladi. 22

D.T.Sabirova maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishga bag'ishlangan dissertatsiyasida berilayotgan nazariy bilimlar amaliyot bilan hamohang ravishda bo'lishi va ular maktabgacha ta'lim muassasalariga amaliyot chog'ida borilganda mashg'ulotlarni o'tish orqali mustahkamlanishiga e'tibor qaratib, bunda bolalar bilan o'tiladigan mashg'ulotlar jarayoniga o'yin vaziyatlarini olib kirish, interfaol usullardan, treninglardan foydalanish va ishlarni o'zaro musobaqa tarzida tashkil etish orqali ularning qiziqishini, faolligini oshirishga erishish zarur, degan xulosaga keldi. 15

Scientific Journal Impact Factor

Z.H.Rahmatova maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stirish vositalarini yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq etib, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimining isloh qilinishi, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning asosiy bo'g'ini sifatida ajratilishi, qolaversa, maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturida maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy muhim kompetensiyalari asosida kommunikativ, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining yotishi, bu tizim uchun mo'ljallangan nutq o'stirish vositalari - lug'atlar, leksik minimumlar, qo'shimcha axborot manbalariga bo'lgan talabni oshirayotganligini ta'kidlagan. Tadqiqotchi maktabgacha yoshdagi bolalar lug'ati so'z boyligini shakllantirish va semantizatsiyalashda: 1) ilmiylik va mantiqlilik; 2) ta'limiylik; 3) leksikani qulay shaklda taqdim etish; 4) ko'rsatib tushuntirish; 5) umumiylik-xususiylik; 6) izchillik; 7) milliylik; 8) zamonaviylik; 9) didaktik; 10) tushunarlilik; 11) darajalilik kabi tamoyillarga asoslanishi kerak, deb xulosa qiladi. 15

M.N.Xushnazarova maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish masalalarini tadqiq etib, tarbiyachilarni ilmiy-metodik faoliyatga tizimli yo'naltirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda innovasion mashg'ulot ishlanmalarini ta'lim-tarbiya jarayonlariga keng joriy etishga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqligini e'tirof etgan. 18

F.F.Ganjievning maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini o'rganishga bag'ishlangan empirik tadqiqotlari natijasiga ko'ra, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillariga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning namoyon etilishi, shaxs tiplari va sotsial-psixologik kompetentlik omillariga bog'liq ekanligini ta'kidlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarida muayyan darajadagi ijtimoiy-psixologik kompetentlikni rivojlantirish dasturini qo'llash natijasida tarbiyachilardagi shaxslararo munosabat bilan bog'liq bo'lgan verbal ma'lumotlar bilan birga noverbal muloqot harakatlarini tushunish va shaxslararo munosabatda ishtirokchilarga ta'sir ko'rsatish qobiliyatlari o'sib borishini aniqlagan.5

Bolalarga ta'lim berish jarayonini tezlashtirish to'g'risida olimlar turlichi fikr bildiradilar. Eric R.Kandel "Xotirani izlab. Ong to'g'risida yangi fanning fanning dunyoga kelishi" ("In Search of Memory The Emergence of a New Science of the Mind") deb nomlangan risolasida bolalarga ta'lim berish jarayonini sun'iy ravishda tezlashtirish ularning rivojlanish sur'atini jadallashtirsa-da, biroq shaxs sifatidagi kamolotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ta'kidlagan. Olim bu holatning sababi sifatida qat'iy belgilangan o'quv dasturiga muvofiq yoshiga nisbatan psixik shakllanishi yakunlanmagan bolalar bilan sinf-dars shaklida olib boriladigan o'quv

Scientific Journal Impact Factor

mashg'ulotlari davomida belgilangan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishlarini talab qilinishini ko'rsatadi. Bunday vaziyatlar odatda bolalarda o'quv motivatsiyasining erta so'nishiga va himoyaviy nevrotik reaksiyalarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.21

Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni o'qitishda bir qator o'ziga xos muhim jihatlarni e'tiborga olish zarur, deb xisoblaymiz.

A.L.Sirotyukning ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'quv ishlarini tashkil etishda har bir mashg'ulot maqsadini aniq belgilanishi va bilish jarayonini tashkil etishda aniq sifat o'zgarishlarga erishish ko'zda tutilishi kerakligi alohida ta'kidlangan. Olimning e'tirof etishicha, maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasini yosh davrlari bo'yicha normal rivojlanishi uchun o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda bola bosh miyasi tashkil etilishining yosh davrlari bo'yicha o'ziga hosliklari hisobga olinishi kerak. 16

A.V.Svetkovning fikriga ko'ra, ushbu holat miya imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan bog'liqligi tufayli sodir bo'lar ekan. Chunki har bir yosh davrida miya "quvvati" muayyan bo'laklarining funksional rivojlanishi uchun yo'naltiriladi. Ushbu mutanosiblikning buzilishi oqibatida, miya o'z "quvvatini" yo'naltirilishi kerak bo'lgan sohaga emas, balki boshqa sohaga qaratishiga to'g'ri keladi. Bu esa bolalardagi funksional rivojlanishi kerak bo'lgan miya markazlarining yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi.20

V.D.Eremeyeva va T.P.Xrizman olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga tayanib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishda, ularni psixik funksiyalari faol rivojlanishda davom etayotganligini hisobga olib individual shaklda va kichik guruhlarga bo'lib interfaol o'yin metodlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki o'yin, o'yinchoqlar, ertak va ijodiy faoliyatning boshqa turlari bolalardagi individuallikni juda faol rivojlantiradi. Bu yoshdagi bolalarni o'qitishda sinf-dars shaklidan emas, balki interaktiv o'yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.8

D.R.Gulyamovning fikriga ko'ra, ta'lim jarayonida bola bosh miyasi tashkil etilishining o'ziga hosliklari nuqtai nazaridan yondashish - individual yo'naltirilgan ta'limni tashkil etish imkonini beradi. Buning uchun tarbiyachilar bola shaxsini har tomonlama va chuqur bilishlari, uning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olishlari kerak bo'ladi.22

Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga asoslanib, quyidagicha xulosa qilish mumkin:

Scientific Journal Impact Factor

1. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bolada inson sifatidagi individuallikning asoslari - ijodiy va obrazli tafakkur, boshqalarga (ko'pincha kattalarga) taqlid, o'z xulq-atvorini boshqarish va "ijtimoiy" hissiyot kabi sifatlar shakllanadi va rivojlanadi.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bolalar rivojlanishning eng faol nuqtasi 5-6 yoshga to'lguniga qadar bo'lgan davrga to'g'ri keladi. Shuning uchun ta'lim jarayoni ularning idividualligiga yo'naltirilishi hamda idrok mexanizmlarining o'ziga hosliklari hisobga olinishi kerak bo'ladi.

3. Bolalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonini texnik nuqtai nazaridan jadallashtirish ularni kattalar qatoriga kirib borishjarayonini tezlashtiradiganday ko'rinsada, normal psixik rivojlanish jarayonini sekinlashtirishi ehtimolini ko'paytiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonini takomillashtirish muammosining yechim yo'llaridan biri, eng avvalo, o'qitish va tarbiyalashning innovasion metodlarini amaliyotga joriy qilish - ta'lim jarayoniga tarbiyalanuvchi shaxsi va individualligiga yo'naltirilgan o'qitishning innovasion texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishidir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni interaktiv didaktik o'yinlar va materiallar asosida o'qitish - bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni tashkil etish imkonini beradi. Bunday o'quv mashg'ulotlari bolalarda katta qiziqish uyg'otib, o'yin davomida ortiqcha zo'riqishlarsiz mantiqiy hamda ijodiy fikrlash rivojlanadi, ijtimoiy faollik va axloq me'yorlariga rioya qilish ko'nikmalari tarbiyalanadi, tabiiy va ijtimoiy muhit to'g'risidagi tasavvurlari tartibga solinadi va tushunchalarni to'g'ri shakllanishi ta'minlanadi. Buning uchun tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishda ularning o'zlari mustaqil ravishda emas, balki kattalar yordamida va rahbarligida nima qila olishlariga e'tibor qaratishi kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4312-son Qarori // https://lex.uz/docs/4327235

2. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: Avtoref. ... ped. fan..fals dok. (PhD) - T., 2019. - B. 22-23.

Scientific Journal Impact Factor

3. Abdurahimova D.A. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari doktori (DSc) ... avtoreferati. - Toshkent, 2020. - 74 b. (B.31)

4. A'zamova M.N. Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirish: Pedagogika falsafa doktori (phd) avtoreferati. -Toshkent, 2020. -45 b. (B.18)

5. Ганжиев Ф.Ф. Мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиларида ижтимоий-психологик компетентлик омилларининг намоён этилиши ва ривожланиши: Психол согия ... фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. -Бухоро, 2021. -169 б. (Б. 116-117)

6. Гулямов Д.Р., Каланходжаева К.Б. К вопросу учета особенностей межполушарной функциональной асимметрии мозга обучаемых в учебном процессе / Ж. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. № 11, 2018. -С.38-43.

7. Джанпеисова Г.Э. Предматематическое развитие детей на основе компьютерных технологий в контексте непрерывного образования // Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании» / https://cyberleninka.ru/article/n/predmatematicheskoe-razvitie-detey-na-osnove-kompyuternyh-tehnologiy-v-kontekste-nepreryvnogo-obrazovaniya

8. Джанпеисова Г.Э. Формирование и развитие математического мышления как фактор эффективной подготовки детей к обучению в школе / «Педагогика», Жур. 2017. 2-сон, Б.84-90.; Dzhanpeisova G.E.The use of heuristic methods for teaching preschool children // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852, -P.238-243

9. Еремеева В.Д., Хризман Т.П. Мальчики и девочки - два разных мира. Нейропсихологи - учителям, воспитателям, родителям, школьным психологам. - Санкт-Петербург, 2001.

10. Кодирова ф.Р,Тошпулатова Ш.К, Каюмова Н.М., Аъзамова М.Н. Мактабгача педагогика. Дарслик. Т.: "Тафаккур" нашриёти. 2019. - 685 б.;

11. Мардонова Г. А. Оилада болаларни алла воситасида маьнавий-ахлокий тарбиялашнинг педагогик имкониятлари: Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) . дисс. - Т., 2019. -159-6.

12. Муминова Л., Кабулова Р., Пулатова С.. Мактабгача таълим муассасаларининг катта ва мактабга тайёрлов гурух болалари нуткини халк

Scientific Journal Impact Factor

уйинлари асосида ривожлантириш технологияси. -Т.: «Fan va texnologiya», 2014, - 72 б.

13. Муминова Л.Р. Теоретические основы коррекционно-педагогической работы по преодолению речевого недоразвития у детей дошколького возраста (на материале узбекского языка): Афтореф. дис. д-ра пед. наук.-Т.:1992. - 23 с.;

14. Назирова Г.М. Мактабгача таълим муассасаларида педагогик жараенларни такомиллаштириш: Автореф. ... пед. фан..фалс док. (PhD) - Т., 2019. - 45 б

15. Рахматова З.Х,. Мактабгача ёшдаги болалар нуткини устириш воситаларини яратишнинг лингвистик асослари: Филология ... фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. -Кдрши, 2021. - Б. 123-124.

16. Сабирова Д.Т. Мактабгача катта ёшдаги болаларда тасвирий саводхонлик элементларини шакллантириш: Педагогика фанлари номзоди ... диссетацияси. -Тошкент, 2007. -Б.131-132

17. Сиротюк А.Л. Нейропсихологическое и психофизиологическое сопровождение обучения. - Москва: «ТЦ СФЕРА», 2003. — 288 с.

18. Содикова Ш.А. Мактабгача педагогика. Т.: "Тафаккур бустони", 2018

19. Хушназарова М.Н. Мактабгача таълим ташкилотлари тарбиячиларининг касбий компетенциясини такомиллаштириш: Педагогика ... фалсафа доктори (PhD) автореферати. -Тошкент, 2021. -52 б. (Б.22)

20. Цветков А.В. Нейропедагогика для учителей: как обучать по законам работы мозга. - М.: Издательство "Спорт и Культура, - 2000", 2017. -С.26-27.

21. Eric R. Kandel. In Search Of Memory The Emergence of a New Science of Mind Copyright, 2006.

22. Gulyamov Dj.R., Nurboyev Q.M., Khuzhakulov N.T.Teaching Children Of Preschool Age In Neurodidactic Conditions / Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6). -P.14485-14494

23. Rustamova A.E. Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o'qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish (Ingliz tili materialida): Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ... avtoreferati. -Samarqand, 2021. -56 b. (Б.24)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.