Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI IJODIY О‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI IJODIY О‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4884
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yosh / idrok / ijodiy oyin / sahna o’yinlari / qurish-yasash / soda va murakkab idrok / suv va qum oyinlari / fazo tushunchasi. / preschooler / cognition / creative play / stage play / construction / soda-difficult cognition / water and sand games / concept of space.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodirova, Malikaxon Qaxramonovna, Nasimov, Doston Sobir O’G’Li

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar idrokini ijodiy о’yinlar orqali rivojlantirishning psixologik jihatlari yoritib berilgan. Ijodiy oyinlarning ko’rinishlari, ularning bolalar tomonidan qabul qilinishi va bola idrokini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING PRESCHOOL CHILDREN'S PERCEPTION THROUGH CREATIVE GAMES

The article describes the psychological aspects of the development of preschoolers' cognition through creative games. The types of creative games, their perception by children and their significance in the development of children's cognition are explained.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI IJODIY О‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI IJODIY O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Qodirova Malikaxon Qaxramonovna

Jizzax davlat pedagogika instituti, Umumiy psixologiya kafedrasi katta

o'qituvchisi

Nasimov Doston Sobir o'g'li

Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar idrokini ijodiy о'ушШг orqali rivojlantirishning psixologik jihatlari yoritib berilgan. Ijodiy oyinlarning ko'rinishlari, ularning bolalar tomonidan qabul qilinishi va bola idrokini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, idrok, ijodiy oyin, sahna o'yinlari, qurish-yasash, soda va murakkab idrok, suv va qum oyinlari, fazo tushunchasi.

В статье описаны психологические аспекты развития познания дошкольников через творческие игры. Объясняются виды творческих игр, их восприятие детьми и их значение в развитии детского познания.

Ключевые слова: дошкольник, познание, творческая игра, сценические игры, построение, содово-сложное познание, водные и песочные игры, концепция пространства.

The article describes the psychological aspects of the development of preschoolers' cognition through creative games. The types of creative games, their perception by children and their significance in the development of children's cognition are explained.

Keywords: preschooler, cognition, creative play, stage play, construction, soda-difficult cognition, water and sand games, concept of space.

Maktabgacha yosh bola rivojlanishining eng qulay davri hisoblanadi. Ayniqsa bola psixologiyasida ko'plab o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. Buni bolaning kognitiv rivojlanishida kuzatish mumkin. Mukammal, sog'lom sezgilar bilan tug'ilgan chaqaloqda idrok etishning dastlabki kо'rinishlari shakllana boshlaydi. Keyingi rivojlanish bosqichi yoshma-yosh ulg'aygani sari namoyon bo'lib boradi.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Maktabgacha yoshdagi bola idroki sodda ko'rinishga ega bo'lib, tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar va predmetlarni tushunishi, o'zlashtirishi asosiy faoliyati bо'lgan о'yinlar asosida yuzaga keladi. О'yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o'zgarib turadi. O'yin - maqsadga qaratilgan o'ylangan jarayondir. O'yin jarayoni asosida o'quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko'p o'ynasa, maktabda yaxshi o'qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'yin nazariyasining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:

• O'yinning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari.

• O'yinning bola hayoti va tarbiyasidagi o'rni.

• O'yinning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari.

O'yin - buyumli-predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglashga yo'naltirilgan jarayondir. U o'zining kelib chiqishiga ko'ra, yo'nalish va mazmuniga ko'ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. O'yin, bu bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari natijaning mavjudligi uning o'ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o'ziga xosligi asosiy hisoblanadi. O'yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta'sirchanligi - uning butun shaxsiyati shakllanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bola o'z o'yinlarida o'zlashtirgan hatti-harakatlarni taqlid asosida namoyish qiladi. O'yinning turlari ko'p. O'yin turlari ichida ijodiy o'yin turi bola uchun qulay va qiziqarlidir. Ijodiy o'yinlar mazmunining o'ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.Y. Samorukova va boshqalarning fikricha, ijodiy-rolli o'yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang hatti-harakatlari, ko'rinishlari - bolalar o'yinlarining asosiy mazmuni bo'lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Ijodiy o'yin faoliyatida asosiy komponent bo'lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o'z ichiga oladi. Ijodiy o'yinlar o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra jamoa o'yini bo'lib hisoblansada, yakka holda uynalmaydi, degan fikrni keltirib chikarmasligi kerak.Ijodiy o'yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi. Ijodiy o'yin turlaridan biri bu - sahnalashtirish o'yinlaridir. Sahnalashtirish o'yinlari, bu bolalarning mustakil ijodiy o'yin turi bo'lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tomonidan rollarga bo'lib ijro etiladi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom va o'z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma'naviy xislatlarni shakllantiradi. Shu bilan birga bola idrokini rivojlantiradi. Sahna o'yinida rol ijro etayotgan bola o'z qahramonining ijobiy va salbiy xususiyatlarini tushunadi, o'zlashtiradi. Sahnalashtirish o'yinlarida bolalar o'yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak kahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo'lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o'zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning voqeliklarni idrok etishi va tushunchalar hosil qilishi, nutq faolligi, lug'at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaqlar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, kizikishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. Sahnalashtirish o'yinlari qizikarli o'tishi va uzok vakt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi ham muhim hisoblanadi. Kattalar o'yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, kobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. O'yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag'batlantirilib, kelgusida kaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Tayyorgarlik jarayoni ham bolalarda barcha ishtirokchilarni idrok etish, barchani tanib olish, jamoa bo'lib ko'maklashish, topshiriqlarni birgalikda bajarish, o'z qahramonidan tashqari boshqa qahramonlarni ham o'rganish imkrnini beradi.

Bolalarni ijodiy kobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o'tkaziladigan o'yinlarning o'rni katta. Bunday o'yinlar bolalarda murakkab idrokni shakllantiradi. Murakkab idrokda fazo tushunchasi mavjud. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o'rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonidir. Idrok etishning bu turi bolalarda maktabgacha yoshning oxiriga kelib shakllana boshlaydi.

Qurish-yasash o'yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni talab qiladi. O'yin jarayonida biror bir material yoki buyumning xajmi, katta-kichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy mo'ljallay olish ko'nikmasi rivojlanadi. Bolalarning sevimli mashg'uloti qum bilan uynash. Qum bolalarning uynashlari uchun eng kulay o'yin vositasi bo'lib hisoblanadi. Qumlar maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Bolalarni qum bilan o'ynashlari uchun bayroqchalar, o'yinchoklar tayyorlab kuyilishi kerak. Qum o'yinlari ham boshqa o'yinlar kabi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi. Jumladan, bola psixologiyasini tinchlantirish xususiyatiga ega, qo'l motorikasini rivojlantiradi, ijodiy hayol va tasavvurlarini boyitadi, ijodkorligini shakllantiradi. Suv bilan uynaladigan o'yinlar ham bolaning sevimli o'yinlaridan biri. Barcha bolalar deyarli erta davlardanoq suv o'ynashni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshlaydilar. Suv ham bolani tinchlantirish xususiyatiga ega. Yuvinish, tozalik nafaqat gigiyenik talab balki tozalikni idrok etish, undan to'g'ri foydalanish, atrof-muhit, tabiat haqidagi tushunchalarni ham o'rgatadi. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan suvda o'ynash kabilarni anglash va tushunish bola rivojlanishi uchun muhimdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, demak ijodiy o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak:

- Bolalar bilan tez-tez ijodiy o'yinlarni tashkil qilish

- Ijodiy uyinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish

- Bola bilan hamkorlikda o'ynash va so'ralgan savollarga javob berish

- Bolani kuzatuvchan bo'lishga va o'rtoqlari fikrini eshita olishga o'rgatish

- O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslikka o'rgatish

- O'yin qoidasini tushuntirish va bajarishga o'rgatish

- O'z xatosini tan olishni o'rgatish lozim.

- Bolaning qiziqishlarini bilish

- Bolani fikrlarini hurmat qilish

REFERENCES

1. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika" darslik T.: "Fan va texnologiya", 2012

2. Nishonova Z.T, Alimova G.K. "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi"

3. Qodirova, M. (2020). Bolalar idrokini rivojlantirishda mashg'ulotlarning o'rni. Архив Научных Публикаций JSPI.

4. Qodirova, M. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BILISH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).

5. Qodirova, M. (2021). 6-7 YOSHLI BOLALAR IDROKINI RIVOJLANTIRISHDA MASHG'ULOTLARDAN FOYDALANISH. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).

6. Qaxramonovna, Q. M. (2021). Theoretical Fundamentals of Inter-Personal Relations. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(7), 13-16.

XULOSA

2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.