Научная статья на тему 'O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ORQALI TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH'

O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ORQALI TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
452
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim tashkiloti / zamonaviy texnologiyalar / o‘yin / nutq o‘stirish / davlat dasturi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dedaxonova Nasiba Ismonjon Qizi

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan fikrlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘YIN TEXNOLOGIYALARI ORQALI TARBIYALANUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH»

O'YIN TEXNOLOGIYALARI ORQALI TARBIYALANUVCHILAR

NUTQINI RIVOJLANTIRISH

Dedaxonova Nasiba Ismonjon qizi

Chortoq tuman 32 MTT o'rta guruh tarbiyachisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7376280

Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlaгida tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirishda o'yin texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan fikrlar berilgan

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti, zamonaviy texnologiyalaг, o'yin, nutq o'stirish, davlat dasturi

Insonning kelajagi, uning xulq-atvori, qobiliyati, dunyoqarashi bolaligi qanday bo'lganligiga, ta'lim qanday amalga oshiгilganligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bularning hammasi bolalaikning almashinib bo'lmas ahamiyatini, uning yetuk shaxs sifatida shakllanishidagi alohida гolini belgilaydi va maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab ta'lim sifatini ta'minlash muammosini davlat ta'lim siyosatining ustivoг yo'nalishiga aylantiradi. Globallashuv jarayonidagi bolaning ijtimoiylashuvi ko'p jihatdan uning olgan bilim va ko'nikmalarini amalda qo'llay olishi bilan bevosita bog'liqdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola^ nutqiy faolligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.Sababi bir qator kompetentsiyalar sirasida nutq va muloqot ko'nikmalari rivojlangan bolagina maktab ta'limiga tayyoг hisoblanadi. Ushbu kompetentsiya O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tartiyaning standartlari", "Ilk va maktabgacha yoshdagi bola^ гivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablaгi" va "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturida tarbiyalanuvchilarda faol rivojlanishi belgilab qo'yilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlaridan biri nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu

umumiy vazifa -"Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik" quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug'atini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to'g'riligini takomillashtirish, og'zaki nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, savodga tayyorlash.[1.13] Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikning to'g'ri qo'llanilishi har bir insonning jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim o'rin tutadi.

Ushbu vazifalarni amaliyotda to'laqonli bajarish va mashg'ulotlarni interfaol ko'rinishdagi o'yinlardan foydalanib o'tkazish dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Ma'lumki, "Pedagogik texnologiya" deganda o'quv-tarbiya jarayonini oldindan ma'lum tizimda uzviy loyihalash, ma'lum pedagogik tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma'no tushuniladi. SHu bilan birga, pedagogik texnologiya - bu pedagog tomonidan qo'llaniladigan ta'lim samaгadoгligini oshirishga xizmat qiluvchi uslublar yig'indisi hisoblanadi.[2.19] Pedagogik texnologiyalarni qo'llashning bir qator afzalliklari mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

- ta'lim samaradoñigini oshiradi;

- bola qiziqishlarini kuchaytiradi;

- ta'lim mazmunini yaxshi o'zlashtirishga xizmat qiladi;

- motivatsiyaning yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi;

- o'tilgan mashg'ulotni yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi;

- tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni гivojlantiгish ham ma'lum pedagogik tizimning loyihasidir Ya'ni, bola^ nutqini rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan biг butun tizim texnologiyasi hisoblanadi. Bunday ta'limiy muhit zamonaviy sharoitlarda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik o'zgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan ilmiy usullar, metodlar va vositalarni o'z ichiga oladi.Aynan MTTda nutq o'stirish jarayonida o'yin faoliyatini o'rni beqiyosligini e'tiraf etgan holda, o'yin texnologiyalari asosida tashkil etilgan mashg'ulot bolalar

nutqini rivojlantirishda samaradorligi yuqori ekanligini kuzatdik.O'rta guruh bolalarining nutqini rivojlantirish, mustahkamlashda interfaol usullardan, enerjayzer tarzda tashkil etiladigan o'yinlardan mashg'ulotlar jarayonida o'rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, "Kompot", "Quvnoq shaгchalaг", "Dengiz va delfin", "Suvda, quгuqda" kabi o'yinlar shular sirasiga kiradi.

Misol tariqasida "Dengiz va delfín" o'yinini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu o'yinda bolalardan biri boshlovchi rolida bo'lib, uning bir qo'li dengizning sathi, ikkinchi qo'li delfin bo'ladi. Boshlovchi delfinni dengizdan otilib chiqishini qo'l harakatlari orqali ko'rsatadi.Delfin suvdan necha marotaba otilib chiqsa, o'yinda ishtirok etayotgan bolalar shuncha marta chapak chalishlari lozim bo'ladi. Agar ishtirokchilardan biri o'yin davomida o'yin shartini buzsa yoki chapak sanog'ida xatoga yo'l qo'ysa, u holda bu ishtirokchi biror shartni bajarishi lozim bo'ladi. Masalan, dengiz yoki delfin haqida topishmoq, she'^ qo'shiq, ertak yoki hikoya aytib berishi talab etiladi. O'yin tugagach, bolalarga quyidagicha savollar beriladi: Bolalar o'yin sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi?Siz delfinga o'xshashni istaysizmi? Nima uchun? O'yin davomida siz nimalarni his etdingiz? va hokazo. Bu kabi o'yinlar bolalar nutqini faollashtiradi, diqqatini jamlaydi, bolalarning sanash ko'nikmalarini mustahkamlaydi, xotirasini charxlaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan nutq o'stirish ta'limiy faoliyat jarayoni pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda olib borilishi zarur, bu esa maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biгidiг.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Ilk qadam" Davlat oqu dasturi. T., 2018 yil.

2. Ermolaeva M.G. Igra v obrazovatelbnom protsesse: Metodicheskoe posobie.- SPb APPO, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.