Научная статья на тему 'STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI'

STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12589
574
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
STEAM / “Ilk qadam” / maktabgacha ta’lim / texnologiya / tarbiya / konsepsiya / rivojlanish / markaz / kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Anvarova Dilshoda Akbar Qizi, Bekpõlatova Diyora Shavkat Qizi

Ushbu maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammolari haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI 1Anvarova Dilshoda Akbar qizi , 2Bekpolatova Diyora Shavkat qizi

1'2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7993819 Annotasiya. Ushbu maqolada STEAM ta'lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish muammolari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: STEAM, "Ilk qadam", maktabgacha ta'lim, texnologiya, tarbiya, konsepsiya, rivojlanish, markaz, kompetensiya.

Yosh avlodni ehtiyotkorlik bilan rivojlanish zinapoyasidan zinama-zina tepaga olib chiqish har bir pedagog uchun sharafli vazifadir. Biz esa faqatgina ushbu harakatning xususiyatlarini tushunishimiz va bolalarni vaqtida qo'llab-quvvatlashimiz, o'sishi uchun muvofiq sharoitlar yaratishimiz darkordir.Bu borada esa maktabgacha ta'lim jarayoni muxim ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan innovatsiyalar barcha pedagoglardan bola tarbiyasi, uning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta'lim va bilimlarga muhtoj bo'ladi.

STEAM texnologiyasi ta'limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o'zaro mutanosib holda olib borishni ta'minlab beradi. Bola o'zidanostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko'nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo'l keladi.

STEAM ta'lim tizimi o'zi nima?

S-science

T-technology

E-engineering,

A-art

M-math.

Ushbu yo'nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo'lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta'limi yo'nalishi va amaliy yondashuvni qo'llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta'lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM ta'lim texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari uchun bir vaqtni o'zida aqliy faoliyat bilan birga amaliy faoliyatni uyg'unligini ta'minlaydilar. Bunda —aql va qo'l iborasiga amal qiladilar. Olgan bilimlarini amaliy faoliyatda ko'rib tezda o'qib, o'zlashtirib oladilar. O'yin, qurilish, kognitiv va tadqiqot faoliyati orqali badiiy va ijodiy faoliyat turlari rivojlanadi. Har bir modul STEAM ta'lim maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlaydigan aniq vazifalarni kompleks ravishda hal qilishga qaratilgan:kognitiv tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy-texnik ijod qilishga o'rgatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintez

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

qilish, umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli

texnologiyalarni rivojlantirish, media ma'lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish, bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi, rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. STEAM ta'lim texnologiyasining asosiy pedagogik ahamiyatli jihati shundaki, bolani integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion yondashuv turli xil faoliyat turlari -o'yin, texnika, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va boshqalarning o'zaro bog'liqligida namoyon bo'ladi. Muhoka va natijalar.maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi faol jarayonlari bilan bog'liq bo'lib, maktabgacha ta'lim tizimida bola shaxsini shakllanishida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, turli shakl, usul va vositalarini ishlab chiqishni, ularni har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini talab etadi.

Maktabgacha ta'limda faoliyatning yetakchi turi o'yin deb hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga ko'ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. O'yinchoqlar yordamida bolalar o'qish, o'lchash, tekislash, hisoblash, bo'yash, muloqot qilishni o'rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik, san'at ko'nikmalarini olishga yordam beradi.

STEAM ta'lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash, dizayn asoslarini tushunish.

Bugungi kunda STEAM ta'lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo'llashda beshta sohani yagona o'quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta'limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o'zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo'lib, bunda ular fikrlarni to'playdilar va fikrlar almashadilar. Shuning uchun, asosiy ta'lim dasturiga Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiritilgan.. STEAM farzandlarimizga -ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o'yin orqali yuzaga keltiradi.

REFERENCES

1. Ergasheva G. B. Zamonaviy jamiyatda fan va ta'limning rivojlanishida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o'rni //Scientific progress. -2021.

2. Rajabova L. Steam ta'lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg'or usullari //центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2020. - т. 1. - №. 1.

3. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Talabalarda ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga oid kasbiy kompetentligini takomillashtirishda innovatsion ta'lim muhiti beradigan natijalar. Conferencea, 76-79. Retrieved from https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/1918

4. D Khalilova. Innovative educational environment as a factor for improving professional competence in developing social relationships in students. - Science and innovation, Volume 2 Issue 1, 2023. 412-413.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

5. Xalilova Dilnoza Furkatovna. Bo'lajak tarbiyachilarni ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. - Science and innovation, Special Issue 4, 2023. 57-59.

6. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Bo'lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish. Conferencea, 115-117.

7. I.V. Grosheva, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, M.A. Kenjabayeva, N.A. Miftayeva. O'yin orqali ta'lim olish. T:.2020

8. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

9. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

10. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

11. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

12. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

13. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

14. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

15. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

16. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

17. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

18. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

19. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

20. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

21. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

22. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.