Научная статья на тему 'DAVLAT TILINI UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INTENSIV O‘QITISHNING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY XUSUSIYATLARI'

DAVLAT TILINI UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INTENSIV O‘QITISHNING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
82
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / til / o‘qitish / ta’lim / intensiv / pedagogika / psixologiya / ijtimoiylik / ahamiyat / yondashuv

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jabborova Onaxon Mannapovna, Saparbayeva Dinoraxon Turg‘unboy Qizi

Maqolada davlat tilini uzluksiz ta’lim tizimida intensiv o‘qitishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy xususiyatlari masalasi xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT TILINI UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INTENSIV O‘QITISHNING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY XUSUSIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

DAVLAT TILINI UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA INTENSIV O'QITISHNING PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY XUSUSIYATLARI

1Jabborova Onaxon Mannapovna, 2Saparbayeva Dinoraxon Turg'unboy qizi

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) 2Talaba

https://doi.org/10.5281/zenodo.7992541

Annotatsiya. Maqolada davlat tilini uzluksiz ta'lim tizimida intensiv o'qitishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy xususiyatlari masalasi xususiyatlari to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: davlat, til, o'qitish, ta'lim, intensiv, pedagogika, psixologiya, ijtimoiylik, ahamiyat, yondashuv.

"Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"da davlat tili o'zbek tilini ta'lim tizimida keng ko'lamli o'qitish, davlat tilida ish yuritishni kuchaytirish va davlat tilini xalqaro miqyosda targ'ibot qilish vazifalari qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ularning ijrosi amalga oshirilmoqda [1]. Shu jihatdan davlat tilini uzluksiz ta'lim tizimida intensiv, ya'ni tezkor va samarali o'qitishni tashkil qilish muhim bo'lib turibdi. Bu borada ayniqsa, pedagogik-psixologik xususiyatlarga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

1. Davlat tilini intensiv o'qitishning pedagogik ahamiyati. O'zbekistonda maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional hamda oliy ta'limdan iborat uzluksiz ta'lim amal qilmoqda. Shu sababli mazkur tizimda davlat tilini intensiv o'qitish uchun pedagogik omillarga tayanish va uning ahamiyatini anglash muhimdir. Shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim tizimida davlat tilini intensiv o'qitish voyaga yetib kelayotgan yosh avlodning fuqarolik va vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantiradi. Bunda asosiy e'tiborni Yangi O'zbekiston-yagona Vatan g'oyasiga asoslanish muhimdir. Pedagogik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakatda davlat tilini intensiv tarzda o'qitish fuqarolarning tarbiyasi, savodxonlik darajasi va ijtimoiy faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [2]. Shu sababli davlat tilini mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimida o'qitishda quyidagi pedagogik omillarga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) maktabgacha va boshlang'ich ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda Ona tilini o'qitishning metodikasi va texnologiyalarini takomillashtirib borish;

b) umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining davlat tili bo'yicha ish yuritish ko'nikmasini tarkib toptirish va ularning nutqini takomillashtirib borish;

v) o'rta maxsus va professional ta'lim o'quvchilarining davlat tilida yozish, hisobot berish, ma'lumotlar tayyorlash hamda o'zlarining davlat tili bo'yicha tajribalarini rivojlantirib borishga yo'naltirish;

g) oliy ta'lim tizimida davldat tilini xalqaro miqyosda amal qiladigan tillar qatorida keng va intensiv o'qitish, bunda Birlashgan Millatlar tashkilotining ish tillari hisoblangan ingliz, ispan, rus, xitoy, arab va fransuz tillaridan bevosita davlat tiliga tarjima qilish ko'nikmalari bilan bo'lajak oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlashga e'tibor berish.

Bunday yondashuv davlat tilini intensiv o'qitishning pedagogik ahamiyatini belgilaydi. Shu sababli bu borada tashkiliy ishlarni amalga oshirish va o'quv-tadqiqotchilik jarayonini yo'lga qo'yish dolzarb bo'lib turganligini ta'kidlab o'tish lozim.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

2. Davlat tilini intensiv o'qitishning psixologik ahamiyati. Mashhur rus pedagog olimlaridan biri Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy "Tarbiyada xalq ruhi" asarida insonni tarbiya qilishda u yashayotgan mamlakat tili va uning ona tilisi ruhiy ozuqa bo'lishini alohida ta'kidlagan edi [3]. Shu jihatdan mamlakatimiz davlat tilida xalqimizning ruhi aks etganligini eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun uzluksiz ta'lim tizimida davlat tilini intensiv o'qitishning quyidagi psixologik ahamiyatini idrok etish taqozo etiladi:

a) mamlakatimiz davlat tiliga xalq ruhining aks etganligini hisobga olib munosabatda

bo'lish;

b) yosh avlodni davlat tili vositasida ruhiy ko'nikmali va ko'tarinki ruhli shaxslar sifatida voyaga yetkazish;

v) uzluksiz ta'lim tizimida davlat tilini o'qitishning psixologik asoslarini yangicha yondashuvlar asosida takomillashtirish;

g) Karl Yung, Zigmun Freyd, Erix Fronn kabi dunyoda e'tirof etilgan psixolog olimlarning tadqiqotlarini davlat tiliga tarjima qilib borish va yosh avlodni ularni o'zlashtirishga yo'naltirish.

Bunday yondashuv mamlakatimizda psixologik muhitning yanada barqaror va rivojlanib borishini ta'minlaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz psixologlarining faoliyatini muntazam rag'batlantirib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

3. Davlat tilini intensiv o'qitishning ijtimoiy ahamiyati. Olimlarning umumiy fikricha, mamlakatimiz davlat tili hisoblangan o'zbek tili lug'at jihatidan dunyodagi eng boy tillardan biridir. Shu ma'noda lug'at vositasida davlat tilini intensiv o'qitishni rivojlantirish muhim ijtimoiy imkoniyatlarni taqdim etadi. Buning uchun bizningcha, quyidagilarni amalga oshirish kutilgan samarani beradi:

a) "O'zbek tili izohli lug'ati" kitobining lug'at boyligini boyitish va uni ko'p nusxada qayta nashr etish;

b) xorijiy tillardan tilimizga kirib kelayotgan atamalarning davlat tilidagi muqobillari bilan birgalikda ishlatish va xorijiy tildagi atamalarni imkon qadar tarjima qilish;

v) yosh avlodning davlat tili bo'yicha lug'at boyligini kuchaytirish va ularning mazkur masala bo'yicha tadqiqotchiligini yo'lga qo'yish;

g) mamlakatiimzda mavjud lahchalar va shevalarni muntazam to'plab borish hamda tadqiq etish.

Bunday yondashuv davlat tilining ijtimoiy ahamiyatini yuksaltiradi va uni intensiv o'qitishning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz aholisini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiylashtirishda davlat tili tayanch vazifasini bajarishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

E'tibor berilsa, davlat tilini intensiv o'qitishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy ahamiyati bu borada o'ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi. Shu sababli davlat tili bo'yicha pedagogik tadqiqotchilikni yanada rivojlantirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

Xorijiy pedagogik tadqiqotlarni kuzatish shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakat eng avvalo o'zining davlat tilini dunyo miqyosida targ'ibot qilishga asosiy e'tiborni qaratgan. Shu jihatdan bizningcha, quyidagilarga e'tibor berish muhimdir:

a) davlat tilini targ'ibot qilishning pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish;

b) davlat tilini targ'ibot qilishning psixologik metodlarini yaratish;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

v) davlat tilini targ'ibot qilishning ijtimoiy tizimini yo'lga qo'yish.

Bunday yondashuv davlat tilini intensiv o'qitishning o'ziga xos imkoniyatlarini beradi. Chunki maqbul texnologiyalar, metodlar va tizimlarga asoslanilsa, uni o'qitishning omillari kengayib boradi.

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar va talabalarning mamlakatimiz davlat tiliga bo'lgan qiziqishlari yuqoridir. Bunda ayniqsa, internet xalqaro axborot tarmog'idagi ma'lumotlarning o'zbek tilida berilayotganligi muhim ta'sir vositasi sifatida namoyon bo'lmoqda. Shu ma'noda quyidagilarni amalga oshirish bizningcha, maqsadga muvofiq bo'ladi:

a)Internet xalqaro axborot tarmog'idagi o'zbek tilidagi axborot va ma'lumotlar ko'lamini kengaytirish;

b) davlat tilida tadqiqotchilik va ish yuritishni muntazam ravishda rag'batlantirib borish;

v) yoshlarning, ayniqsa, talabalarning davlat tiliga bo'lgan qiziqishlarini muntazam

rivojlantirib borish;

g) davlat tilida ta'lim olish va ta'lim berishni birlamchi bilish.

Mazkur masalalar har bir mamlakatda amalga oshirilganligini eslatib o'tish joiz. Misol uchun, Yaponiya mamlakatida ta'kidlangan masalalar bo'yicha o'ziga xos tajriba to'plangan [4]. Unga ko'ra, davlat tilida tadqiqot olib borish, ish yuritish tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullanish kabilar davlat nazoratiga olingan va mazkur faoliyat bilan shug'ullanuvchilar muntazam ravishda rag'batlantirib boriladi. Shu ma'noda bunday tajribalar o'rganilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kezi kelganda shuni ta'kidlash lozimki, keyingi paytlarda davlat tilida qisqartma so'zlarni yozish masalasida muammo mavjud. Misol uchun, xorijiy terminlarni qisqartma shaklda yozish mumkin, ularning davlat tilidagi muqobil variantini ilova qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Umuman qisqartma so'zlar davlat tilining orfografik qoidalariga mos bo'lishi va ma'no anglatishi kerak. Shu jihatdan mazkur masala bo'yicha yosh avlodda o'ziga xos ko'nikmani tarkib toptirish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.

Davlat tilini intensiv o'qitishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy ahamiyati masalasini muntazam ommalashtirib borish lozim. Bunday tadbir vositasida eng avvalo yosh avlodning ko'nikmasini rivojlantirishga erishiladi va ularning davlat tiliga bo'lgan ijobiy munosabatini rivojlantiradi. Shu sababli mazkur masala bo'yicha aniq tizimni yo'lga qo'yish ham dolzarb bo'lib turibdi.

Umuman davlat tilini intensiv o'qitish masalasida mamlakatimizda to'plangan tajribani kengaytirish va xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o'zlashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Bu borada o'ziga xos umum milliy xarakatni tarkib toptirish kutilgan samarani beradi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqotchilik va hujjatlarning davlat tilida yuritilayotganligi lotin alifbosidagi o'zbek tili ish tilini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

Shunday qilib davlat tilida intensiv o'qitish vositasida mamlakatimizda o'ziga xos yangi imkoniyatlarga ega bo'linadi. Bunda ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimining rivojlanib borishi uchun keng omillar yuzaga keladi. Mazkur masala bo'yicha ta'lim beruvchilarni faollashtirish kutilgan samarani beradi.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. // www.ziyonet.uz

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

2. Mardonov Sh.M. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - Toshkent, 2021

3. Ushinskiy K.D. Tanlangan asarlar. - Toshkent, 1959

4. Jabborova O.M. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. - Toshkent, 2023.

5. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

6. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

7. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

8. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

9. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

10. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

11. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

12. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

13. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

14. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

15. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

16. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

17. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

18. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

19. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

20. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

21. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(4), 1588-1594.

22. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

23. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

24. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

25. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.