Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
525
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / o‘qish savodxonligi / fan / boshlang‘ich sinf / savodxonlik / dars samaradorligi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamaraximova Nafisa Ibroximovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan yangi avlod darsliklari bo‘lgan ona tili va o‘qish savodxonligi fanining ahamiyati va holati haqida so‘z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI FANINING

DIDAKTIK IMKONIYATLARI Mamaraximova Nafisa Ibroximovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7932757

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda o'tiladigan yangi avlod darsliklari bo'lgan ona tili va o'qish savodxonligi fanining ahamiyati va holati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, o'qish savodxonligi, fan, boshlang'ich sinf, savodxonlik, dars samaradorligi.

Аннотация. В данной статье рассказано о значении и состоянии науки о родном языке и грамотности чтения, которая является учебником нового поколения для начальных классов.

Ключевые слова: родной язык, грамотность чтения, естествознание, начальная школа, грамотность, эффективность урока.

Abstract. This article talks about the importance and status of the science of mother tongue and reading literacy, which are new generation textbooks taught in primary grades.

Keywords: mother tongue, reading literacy, science, elementary school, literacy, classroom performance.

Bugungi kunda yurimizda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, umumiy o'rta ta'lim ayniqsa ta'limning poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limga katta e'tibor qaratilmoqda. Umumiy o'rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS) o'rnini bosadigan va ta'limga o'zgarishlar kirita oladigan Milliy o'quv dasturi ishlab chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo' shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq "Boshlang'ich sinflarda yozish va o'qish ko'nikmalarini uyg'unlikda shakllantirish maqsadida ona tili va o'qish fanlarini yagona darslik asosida o'qitib borish" kompleks chora-tadbirlar dasturiga kiritilishi ham bejiz emas, albatta. Bu esa boshlang'ich ta'limda o'quvchilar dunyoqarashi, ijodiy tafakkuri, nutq madaniyati hamda badiiy matnni tushunish, uning mazmunini anglash va idrok etishning nazariy asoslari ilmiy, ilmiy-metodik jihatdan yuksak samaradorlikka erishishga zamin yaratadi.

Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning beshta asosiy yo'nalishi bo'yicha maktab ta'limini rivojlantirish, ta'lim tizimida qo'llaniladigan ta'lim standard va ta'lim dasturlarini takomillashtirish bo'yicha yo'riqnomalar ham tayyorlandi. Shunga ko'ra, Xalq ta'limi vazirligi huzurida mamlakatimiz olimlari va tajribali amaliyotchi o'qituvchilaridan iborat umumiy o'rta ta'lim standartlari va o'quv-metodik materiallar ekspertizasini o'tkazish bo'yicha ekspert guruhi tuzilib, ta'lim sohasida qo'llaniladigan ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan keng ko'lamli tadqiqotlar olib borildi. Guruhdagi boshlang'ich umumiy o'rta ta'lim fanlari bo'yicha DTS asosida har bir sinf o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yilgan talablarni qayta ko'rib chiqish va ekspertiza natijalari asosida ularni takomillashtirish vazifalarini bajardilar.

Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida umumiy o'rta ta'lim asosiy tayanch bosqich bo'lib, bu bosqichda o'zbek tilidan o'quvchilarga kundalik ijtimoiy hayotda davlat tilida og'zaki va yozma muloqot olib bora olishlariga qaratilgan tayanch bilimlar beriladi va o'qitishning

kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida o'quvchilarda o'zbek tili bo'yicha egallangan bilim va ko'nikmalarni muloqot faoliyati jarayonida qo'llash malakasi shakllantiriladi Bugungi kunda ta'limning eng asosiy tayanch bo'g'ini hisoblanuvchi umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi ishlab chiqildi va "Milliy o'quv dasturi" deb nomlanishining o'zi bizga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o'zbek tilini o'qitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlarga o'zbek tilini intensiv o'rgatishni ta'minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi (MO'D) o'quv-me'yoriy hujjat bo'lib, u o'quv reja va fanlarning o'quv dasturlari, o'qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo'ladi. U bo'yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar, mashq daftarlari, o'quv-metodik materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qo'llab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradigan dasturdir.

Shu paytgacha Ona tili va O'qish fanlari alohida o'qitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan "Ona tili va o'qish savodxonligi" deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etildi.

O'qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she'rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko'maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir to'rt ko'nikma: o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.

Ta'lim jarayonida o'quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o'rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o'qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi:

1. Ta'lim berishda kommunikativ yondashuv, ya'ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yo'naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e'tiborda bo'lishi lozim.

2. Tilni amaliyotda qo'llash, ya'ni matnni o'qish orqali ham grammatika, ham uning qo'llanishini o'rgatishga asoslaniladi.

3. Grammatik savodxonlik doirasida o'quvchining so'z boyligini oshirish, so'zlarning ma'no nozikliklari, farq va o'xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so'zlarni bog'lab gap, gaplardan esa matn tuza olish, birikmalardagi ma'noviy va grammatik, matndagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, o'zgalar fikrini to'g'ri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, uzilgan fikrning davomini tiklash kabi qator mantiqiy operatsiyalarni bajarish, nutq vaziyatini to'g'ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish va malakasini o'stirishga e'tibor qaratiladi.

4. O'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o'quvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish; o'qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday

uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmasini oshirish nazarda tutiladi. 4. Barcha uslubdagi turli sohalarga oid matnlar bilan tanishish barobarida mashq va topshiriqlar orqali fanlararo integratsiya amalga oshiriladi.

5. O'quvchining o'qib, eshitib tushunish, og'zaki va yozma nutq malakasini umumiy holda rivojlantirish maqsadida ularning har biriga alohida e'tibor qaratiladi.

6. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o'quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, tilning ifoda imkoniyatlarini tushunishi va his eta olishi, "so'zni hazm qila olish" imkoniyatlari e'tiborga olinadi.

7. Ta'lim jarayonida o'quvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o'rgatish orqali ijodiy tafakkuri, fikrlash doirasi shakllantirib boriladi.

8. Yozma nutq bilan bog'liq beriladigan topshiriqlarda yozish strategiyalari taqdim etiladi. (Odatda bolaning bog'lanishli nutqini o'stirish, matn yaratish ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida savollar, rasmlar yoki kuzatuvlar asosida matn tuzish bilan bog'liq mashq va topshiriqlar berib boriladi, ammo bu jarayonda qanday qilib yozish masalasi e'tibordan chetda qoladi. "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida ushbu jihatlarga e'tibor qaratilgan: noto'liq matnni to'ldirish, berilgan namuna asosida yozish, taqdim etilgan tanlovlar asosida yozish; savollarga ketma-ketlikda javob yozish; syujetli rasmlar asosida matn yozish kabi).

Milliy o'quv dasturi bo'yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o'qituvchilar uchun qo'llanmalar - o'qituvchi kitoblari, mashq daftarlari, o'quv-metodik materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi darsliklar - ona tili va o'qish savodxonligi fani boshlang'ich sinf o'quvchilarining og'zaki va yozma savodxonligi hamda ijodiy va tanqidiy tafakkurlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu fan orqali o'quvchining savodi chiqadi, yozish va o'qishni o'rganadi. Bu esa keyinchalik ham o'quvchilarga boshqa fanlarni yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi. Ona tili va o'qish savodxonligi fani boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun poydevor vazifasini bajaradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunda asosiy vazifani albatta boshlang'ich sinf o'qituvchisi egallaydi. Chunki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodini chiqarish o'qituvchidan kasbiy mahorat va bilim talab etadi.

O'qituvchilari uchun metodik qo'llanma (O'qituvchilar kitobi)da ona tili va o'qish savodxonligi fanidan o'tilayotgan nutqiy mavzular doirasida qanday malaka talablari qo'yilgani, bunda qaysi jihatlarga e'tibor berish lozimligi, rejada ajratilgan soatlarga muvofiq darslarni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar, darslikdagi mashq, topshiriqlarning bajarilish yechimi hamda matn, rasm, chizmalar ustida ishlashga oid metodik ko'rsatmalar berilgan.

Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi. O'quvchilar daftarga yozishlari, chizishlari, bo'sh o'rinlarni to'ldirishlari, o'qib va tinglab tushunish, matn tuzish bilan bog'liq topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni bo'yashlari mumkin.

Bugungi kunda o'quvchilarning o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirish asosiy vazifa bo'lib hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, yangi avlod darsliklari o'quvchilarning matn bilan ishlash salohiyatini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsliklar o'qituvchi uchun ham, o'quvchi uchun ham qulay va oson. Yangi avlod darsligi bo'lgan ona tili va o'qish savodxonligi fani o'quvchini ijodiy yondoshishga undaydi. O'quvchilarga ijodiy tafakkurni shakllantirishda ijodiy, mustaqil ishlar, nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni mustaqil o'zlashtirish malakalarini mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi ona tili va o'qish savodxonligi fanining ahamiyatini chuqur anglagan holda o'qituvchilarga zarur bilimlarni va ko'nikmalarni bera olishi zarur. Shundagina o'qituvchilar kelgusida og'zaki va yozma savodxonligi yuqori shaxslar bo'lib yetishadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori

2. Zilola Madatova Milliy o'quv dasturi: tahlillar va takliflar yoxud yomg'irdan qochib, do'lga tutildikmi? Xalq ta'limi. Umumiy o'rta ta'lim 28 / 07 / 2021

3. Ona tili va o'qish savodxonligi [Matn]: 2-sinf o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma / I. Azimova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 4-b.

4. Farsaxonova, M. (2022). 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligidagi matnlarni tushunish va anglash ko'nikmalarini shakllantirish usullari. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar, (1).

5. Farsakhanova, D., & Azdamova, M. (2021). Boshlangich sinflarda sifat ustida ishlash bo'yicha topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Журнал инновации в начальном образовании, 1(БТНА_1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.