Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA XORIJIY TILNI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI TAHLILI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA XORIJIY TILNI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

316
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy-pedagogik / paradigm / global / kompetensiya / texnologiya / psixologik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudoyberdiyeva Gulchexra Isamidinovna

Chet tili o'qituvchisining kasbiy malakasini baholash har doim mamlakatimiz olimlari va metodistlarining diqqat markazida edi. E'tiborga molik o'qituvchining uslubiy mahorati turlari (loyihalash, adaptiv, tashkiliy, kommunikativ, gnostik tadqiqot) va chet tili o'qituvchisining oltita shaxsiy xususiyatlari (umumiy fazilatlar, psixologik zukkolik, amaliy psixologik aql, psixologik takt, boshqalarga nisbatan talabchanlik (tanqidiylik), uslubiy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari keng muhokama qilingan. Bular kasbiy mahorat darajalarini (uslubiy savodxonlik darajasi, uslubiy mahorat darajasi) ko„rsatib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARGA XORIJIY TILNI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI TAHLILI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARGA XORIJIY TILNI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHNING MAVJUD HOLATI TAHLILI

Chet tili o'qituvchisining kasbiy malakasini baholash har doim mamlakatimiz olimlari va metodistlarining diqqat markazida edi. E'tiborga molik o'qituvchining uslubiy mahorati turlari (loyihalash, adaptiv, tashkiliy, kommunikativ, gnostik tadqiqot) va chet tili o'qituvchisining oltita shaxsiy xususiyatlari (umumiy fazilatlar, psixologik zukkolik, amaliy psixologik aql, psixologik takt, boshqalarga nisbatan talabchanlik (tanqidiylik), uslubiy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari keng muhokama qilingan. Bular kasbiy mahorat darajalarini (uslubiy savodxonlik darajasi, uslubiy mahorat darajasi) ko'rsatib beradi.

Kalit so'zlar: kasbiy-pedagogik, paradigm, global, kompetensiya, texnologiya, psixologik

Nofilologik fakultet bitiruvchi mutaxassislari uchun hozirgi kunda chet tilini bilish eng muhum talab hisoblanadi. Shu sababli chet tili kompetensiyasini shakllantirib o'rgatish asosiy tamoyillaridan biridir. Ushbu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun talabalarni chet tilida muloqot qilish jarayonida o'zaro tushunishga, erkin muloqot qilishga, muammolarni oson yechimini topishga, ijtimoiy va kasbiy jihatdan moslashtirishga, ularni ijtimoiy-madaniy sohada muloqot qilishga o'rganish vazifalarini pedagogik jarayonda muayyan bir tizim keltirish zarurligi e'tiborga olindi. ijtimoiy-madaniy sohada og'zaki muloqatni o'rgatish va rivojlantirish, chet tili darsida nutq holatini yaratish, zamonaviy metodlardan foydalanish juda muhimdir. Muloqotni o'rgatish jarayonida ularni nutq kommunikativ kompetensiyasiga e'tibor qaratilib, bu holat ko'p jihatdan talabalarni nutq faoliyatini baholaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muloqotni rivojlantirishda ko'p amaliyot talab qilib, o'qituvchi va o'quvchi ta'lim jarayonida tabiiy holatlarni yaratishi

Xudoyberdiyeva Gulchexra Isamidinovna

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi xudoyberdiyeva. gulchexra. [email protected]

ANNOTATSIYA

KIRISH

sababli nafaqat o'ziga xos lingvistik xususiyatlarini, balki

March, 2022

qo'shimcha lingvistik vositalarini ham foydalanishga imkon beradi. Ma'lumki, muloqotning bir necha turlari mavjud bo'lib, shunga muvofiq metodistlar ikki turga ajratadilar, bulardan biri imitative (taqlid qilish) bu ularni erkin muloqot qilishiga va to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatadi. Simulativ (tasavvur) ikkala metod talabalarni kommunikativ kompetensiyasini oshirib, kinodan muloqotini taqlid qilish, (audio, radio, BBc, ted talk va boshqalar) tinglash orqali kommunikativ qobiliyatni oshiradi. Bunday faoliyatlar lingvistik va stilistik xususiyatlarni ko'p mashqlar va amaliyotlar bilan dialoglarni analogiya bo'yicha o'zgartirish va kompilyatsiya qilib, muloqotni rivojlantiradi. Simulativ esa ishni o'rganish, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish, rejani muhokama qilish, bahs-munozaralarni hal qilish bilan ifodalanadi. Haqiqiy holatlarga o'xshash jarayonlar yaratiladi va stajyorlar turli rullarni (sotuvchi-xaridor, shifokor- bemor, mijoz qabul qiluvchi) yoki boshqa harakatlarni bajarishi mumkin. Muloqot faoliyati tasvirlangan sahnaga qiziqish, rulni yaxshi o'ynash istagi ularga katta motivatsiya berishi mumkin. Simulative aloqa usullari sifatini takidlash kerak; dramatizatsiya, o'qituvchi tomonidan mavzu va syujet belgilanadi, talabalarning o'zi tomonidan esa qahramonlar, ularning ijtimoiy mavqei, rullni hattoki harakatini ko'rsatilgan muammoli vaziyatlar uchun sahna ko'rinishlarini tayyorlaydi. Ushbu texnikadan foydalanish nutqni erkinligi va spontanlik va personajlarning og'zaki harakatlari bilam-tajribalari turadi. Demak yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni shuni aytishimiz mumkinki, metoddan foydalanish bo'lajak chet tili o'qituvchilari uchun tilni o'rganishda chet tili kompetensiyasini shakllantirish orqali nutqiy qobiliyatni rivojlantiradi. Ayni paytida, chet tili o'qituvchilaridan ham, boshqa kasb mutaxassislaridan ham yangi davr talabi bo'lgan kasbiy harakatchanlikni, o'z ishini qisqa muddatda malakali bajarish qobiliyatini, ma'suliyatli, faol, malakali mutaxassisni, mehnat bozorida raqobat bardosh bo'lishini taqozo etadi. Bundan tashqari, so'ngi yillarda chet tilini o'qitish metodikasida katta o'zgarishlar vujudga keldi. Oldingi va hozirgi zamonni taqqoslasek, ilgarigi o'qituvchilar jamiyat tomonidan chet tillarini o'rganishga rag'batlantirilmasligi, eng yangi ilmiy va uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi, o'rganilayotgan til mamlakat va aloqalari to'g'risidagi ma'lumotlarni yetishmasligidan qiynalgan bo'lsalar, hozirgi kelib ko'p o'zgarishlar, qulayliklar yetarlicha bo'lib, chet tili bo'yicha turli qo'llanmalar, adabiyotlar, yangi materiallardan foydalanish imkoniga ega. Shunga qaramay o'qituvchilarning chet tilini o'rganish bo'yicha uslubiy adabiyotlar o'qimasligi, o'zini ustida ishlamasligi oqibatida qiyin vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu turdagi o'qituvchilar orasida malakali

avtonomiyaning yetarli darajada rivojlanmaganidan dalolat beradi

March, 2022

deb takidlaydi Gogoleva M.A. T.Yu. Tambokinani kasbiy avtonomiyaga yondashuvida sharoitimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar kasbiy sohada fikrlash va harakat qilish qobiliyati, mas'uliyatli, qaror qabil qilish, maqsadlarni to'g'ri yo'naltirish va ularni amalga oshirish uchun strategiyalarni ishlab chiqish. Bo'lajak chet tili o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligida mustaqilligini rivojlantirish bo'yicha yangi ishlarni, universitetlarda doimi o'zgaruvchan sharoitlarda tayyorgarlikni joriy etish kerak. O'quv dasturlari, darsliklar va ta'li m muassasalarining takomillashtirishda o'qituvchilarning kasbiy pedagogik yangiliklariga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy o'zgarishlariga tez moslashishni talab etadi. Bo'lajak chet tili o'qituvchisi uchun kasbiy avtonomiyaning asosi uslubiy kompetensiya ko'nikmalarini o'z ichiga oladi.

1. Kasbiy pedagogik faoliyatni rejalashtirish qobiliyati;

2. Bo'lajak o'qituvchilarni oldinga qo'ygan o'quv maqsadlariga yondashgan holda keng ko'lamli uslubiy metodlarni o'zlashtirish va ulardan yetarlicha foydalanish qobiliyati;

3. Zamonaviy uslubiy adabiyotlardan foydalanish, sharoitga mos keladigan qo'llanmalarini va boshqa o'quv materiallarini tanlash qobiliyati.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bundan tashqari chet tili o'qituvchisi uslubiy kompetensiyasining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki bo'lajak o'qituvchining o'z kasbiy faoliyatidagi darajasini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda yetarlicha bilim va tajribalarini oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaydi T. Yu. Tambovkina. Tilni o'rganish masalalari bilan shug'ullangan nemis olimi A.Bolen mazkur tilni o'qitish jarayonida ko'zlangan maqsadlarga ilmiy jihatdan erishish mumkinligini asoslar ekan, xorijiy tilni o'zlashtirishda amaliy yondashish, til orqali xalq ruhiyatini tushunish, madaniyatini o'rganish va o'z-o'zini tarbiyalash,o'zini rivojlantirish maqsadlari ilg'or surilmoqda. Amaliy bilim faol jarayon bo'lib, mavjud bilimlarni yangilashi va mustaqil ravishda takomillashtirishi kerak. Pedagogik adabiyotlarda" mustaqillik" tushunchasi azaldan foydalanilad i, mustaqillik va faoliyat muamosi ilk marta XX - asrning 30- yillari oxiri 40- yillarning boshlarida tadqiqot mavzusiga aylanadi, dastlab mustaqillik shaxsning sifati yoki xarakter xususiyati sifatida tushunilgan(Sh.I. Ganelin, M.A.Danilov, Z.F. Ponomareva, T.I. Chijova va boshqalar) yaxlit shaxs shakllanishi sifatida chet tili o'qituvchilarni mustaqil ravishda tayyorlash lozim deb ta'kidlaydi

(N.V.Bochkina, I.Yu.Lerner, P.I.Pidkosist va boshqalar).

March, 2022

E.N.Solovova ta'kidlaydiki, "ta'lim avtonomiyasi"atamasi ko'pincha " mustaqil ta'lim" avtanomiyasi bilan almashtirishadi, lekin ular bir xil tushunchalar emas, asosiy farq shundaki, mustaqil jarayonda talabalar asosan ma'lum bir o'quv vazifasini bajarish texnologiyasini (o'qituvchi yoki darslik muallifi tomonidan qo'yilgan) ustida izlanish olib boradilar. Ta'lim avtonomiyasi esa qanday o'qishni aniq maqsadlarga erishish uchun o'rganish qobiliyatini rivojlantiradi. Jamoatchilik pedagogikasida avtonomiya muammosi o'quvchini ta'lim konsepsiyasi doirasida yondashuvi ko'rib childi. Olimlar avtonomiyaning turli qisimlarga (E.N. Solovova, Thong Le Dinh, N.F. Koryakovtseva, X. Nolik va boshqalar) bo'lib ta'rif berishadi.

1. o'quvchining ta'lim jarayonida bajarish joyi va vaqtini tanlashda

2. har bir o'quvchining ilmiy ish natijasi uchun mas'ulligi

3. talabaning mustaqil tanlashda ularning xohish- istaklari, qiziqishlarini hisobga olish

4. faoliyatni tushunish, bilimlarni yanada rivojlantirish, ularning fazilatlarini, qobiliyatlarini baholash

XULOSA

Shunday qilib, avtonomiya - mustaqil, mas'ulyatli degan tushunchalarni ifodalaydi. N.F.Koryakovtsevaning ta'kidlashicha, avtonomiya - bu o'quvchining o'zining to'g'ri boshqarish qobilyati va o'quvchidan mustaqil ta'lim faoliyatini amalga oshirish, o'quv jarayonida mas'ulyatli bo'lib, mustaqil qaror qabul qilish kerak. Ta'lim tizimida bo'lajak chet tili o'qituvchilarini kasbiy mustaqilligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda talabaning avtonomiya darajasini kuchaytirishga katta ahamiyat qaratiladi. Buning uchun talabalarga o'qitish ketma ketligini to'g'ri tanlash, har bir semestr uchun kurslarni belgilash, o'qituvchilarni o'z xohishiga ko'ra tanlash, o'z o'quv jadvalini tuzish, jadval va adabiyotlar bilan mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish. Talabalar o'zlarini ta'lim jarayonlarini belgilashlari va bilimlarini rivojlantirishlari lozim, xususan; nimani, qachon, qanday darajadaligini bnilishi, test va imtihonlarni topshirish mudatlariga rioya qilish, kata hajmdagi mantlar bilan ishlash, tezislar, hisobotlar va hakozo tuzish uchun foydalanish, o'zlarining ta'lim jarayonida samaradorligini baholash, avtonomiyani rivojlantirishda hamma metodlar va usullardan foydalanib bo'lmaydi. Bu borada eng samarali usullardan biri loyla usulidir, o'quvchi mustaqil yondashuv, yangi qiralarini kashf qilish, real hayotda mustaqil qadam tashlash, duch kelgan muammolarni o'zi hal qilish, tez yechim topish deb ta'kidlaydi

March, 2022

660

N.F.Koryakovtseva. Loyiha usullaridan foydalanishda o'quvchi asosiy ma'lumot manba bo'lgan an'anaviy ta'limning sxemasidan foydalanmay balki talabalar tomonidan real hayot bilan bog'liq bilim va tajribani mustaqil o'zlashtirishni o'z ichiga oladi, T.Yu.Tambovkina, shu orqali talabalarni mustaqilligi, avtonomligi, tashabbuskorligi, mulohazaligi, kasbiy sohada mukammalligini oshiradi. Afsuski, loyiha usuli OTM darslarida to'g'ri qo'llanilmayapti, bu asosan kurs va malakaviy ishlari shaklida hujjatlashtirilgan usullarga muvofiq shaxsiy tadqiqot loyihalardir. Ushbu loyihalarni ommaga tatbiq etish g'oyalari, strategiyalari asosan o'qituvchi mas'uldir. Loyihani amalga oshirish maqsadida loyiha usullariga katta ahamiyat berilishi lozimdir, bunda qo'ydagi ish jarayonidan foydalanish kerak; o'quv amaliyotida talabalar mustaqil ravishda loyihalarni ishlab chiqishi va ularni amalda qo'llashi lozim, maxsus loyiha seminarida ularni amalga oshirish usullari bilan tanishish, balki mustaqil loyihalarni amalda tatbiq etishni, talabalarni yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish kabi usullar jarayonini o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. Гальскова, Н.Д. Современная методика обучения иностранным языкам / Н.Д. Гальскова // М. : АРКТИ, 2000.

2. Рахманов, И.В. Проблема рецептивного и репродуктивного овла-дения иностранным языком в школе / И.В. Рахманов // М. : высшая школа, 1954.

3. Скалкин, В.А. Основы обучения устной иноязычной речи / В.А. Скалкин // М. : Просвещение, 1981.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.