Научная статья на тему 'AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODLARI'

AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
271
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / elektron darslik / multimedia / tushuntirish-illyustratsiyalash / reproduktiv / muammoli / tadqiqotchilik ta’lim metodlari. / information and communication technologies / electronic textbook / multimedia / explanation-illustration / reproductive / problematic / research teaching methods.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Oltinbekova

Maqolada chet tili darslarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, pedagogik texnologiyalar, elektron darsliklar hamda multimedia vositalari orqali tashkil etishning muhim jihatlari hamda bu vositalardan qaysi usulda foydalanish metodlari va ularning samaradorligi xususidagi fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY

The article describes the important aspects of organizing foreign language classes with the help of modern information and communication, pedagogical technologies, electronic textbooks and multimedia tools, as well as methods for using these tools and their effectiveness.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AXBOROT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILINI

O'QITISH METODLARI Oltinbekova Dilhumor

O'zDJTU 3 Ingliz tili fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7069587

Annotatsiya. Maqolada chet tili darslarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, pedagogik texnologiyalar, elektron darsliklar hamda multimedia vositalari orqali tashkil etishning muhim jihatlari hamda bu vositalardan qaysi usulda foydalanish metodlari va ularning samaradorligi xususidagi fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron darslik, multimedia, tushuntirish-illyustratsiyalash, reproduktiv, muammoli, tadqiqotchilik ta'lim metodlari.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация. В статье описаны важные аспекты организации занятий по иностранному языку с помощью современных информационно-коммуникационных, педагогических технологий, электронных учебников и мультимедийных средств, а также методы использования этих средств и их эффективность.

Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии, электронный учебник, мультимедиа, объяснение-иллюстрация, репродуктивная, проблемная, исследовательская методика обучения.

METHODS OF TEACHING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY

Abstract. The article describes the important aspects of organizing foreign language classes with the help of modern information and communication, pedagogical technologies, electronic textbooks and multimedia tools, as well as methods for using these tools and their effectiveness.

Keywords: information and communication technologies, electronic textbook, multimedia, explanation-illustration, reproductive, problematic, research teaching methods.

KIRISH

Respublikamiz ta'lim muassasalarida ta'lim berish sifatini tubdan yaxshilash, o'quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish, o'quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilarning sermashaqqat mehnatini moddiy-ma'naviy rag'batlantirishning samarali tizimini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartida o'quv fanining maqsad va vazifalari keltirilgan bo'lib, unga binoan O'zbekiston respublikasida ta'limning barcha bosqichlarida chet tilini o'qitishning asosiy maqsadi o'rganuvchilarning ko'p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iboratligi ta'kidlangan.

Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini mukammal bilish bo'lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o'rtasida yetakchi o'rinni egallab kelayotgan ingliz tilini o'rganishga alohida e'tibor berilayotgani ham bejiz emas. O'zbekiston

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Respublikasi ta'lim tizimida chet tillarni o'qitish, o'rgatish ilmiy yondashuv asosida, davr talablariga to'la javob bera oladigan yangi axborot- kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko'tarilib bormoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Mamlakatda qaysi xorijiy tillar o'rganilishi kop omillarga bog'liqdir. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning xalqaro miqyosdagi munosabatlari hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik darajasi xorijiy tillarni o'rganish jarayonida birinchi chet tili sifatida kopincha "foydalilik mezoni" bo'yicha eng muhim bo'lgan til ustuvor hisoblanadi. Ma'lumki, tafakkurning ifodasi, xalqlar o'rtasidagi aloqa, ma'naviy va boshqa muloqotlar til orqali namoyon bo'ladi.

Demak, oliy ta'limgacha bo'lgan jarayonda ingliz tilida qo'shimcha matnlar o'qitish texnologiyasini ishlab chiqish va shu maqsadda kasbiy dasturlarni tuzish tamoyillarini amalga oshirishda, chet tillarni chuqur o'rganishga qaratilgan har bir ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor zarur bo'ladi. Bu modellashtirilayotgan dasturda konseptual asosni oldindan belgilab olish demakdir. OTMgacha bo'lgan ta'lim tizimiga ingliz tilida kasbiy qo'shimcha matnlar o'qitish texnologiyasiga ham yuqorida qayd etilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish masalalarining bir qirrasi deb qarash mumkin. Mutaxassislar tayyorlash jarayonlarida ta'lim tizimi ustuvorligini, jumladan, chet tillar o'qitish yangi-yangi texnologiya-mexanizmlarini joriy qilishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday texnologiyalar ta'lim tizimida o'z aksini topishi chet tili o'qitish saviyasini o'stirib, chet tillarida, jumladan, ingliz tilida mutolaa qilish malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Ingliz tilini mukammal o'zlashtirganlarga istiqboldagi ehtiyojlarni belgilash bo'yicha tarmoqlar metodikasini yaratishimiz (bular Klassifikator, malakali tavsiflar va Davlat ta'lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi) lozim.

Ta'lim va tarbiyani kelishish va ularning o'zaro bog'liqligi, uzluksiz ta'lim tizimida ingliz tilini o'zlashtirgan mutaxassislar tayyorlashda izchillikni ta'minlash bunda samarali shakllar va usullarni, yangi qo'shimcha matnlar o'qitish texnologiyasi metodikasini joriy etish va shu kabi boshqa ilg'or ta'lim uslublaridan keng foydalanish ijobiy natijalar garovidir.

Mutaxassislar tayyorlanayotgan soha yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, ingliz tili o'qitish jarayonida qo'shimcha matnlar texnologiyasini qo'llash bo'lajak mutaxassislarni til o'rganish imkoniyatlarini oshiradi. Bunda muqobillik usullaridan ham foydalanish mumkin, ya'ni boshqa davlatlarning ta'lim tizimidagi muqobil uslublarini qabul qilish yo'li bilan o'quvchi, talabalarga bo'lgan talabni qondirish, bashoratlashga yuqorida qayd etilgan barcha yondashuvlardan turli kombinatsiyalarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Chet tilida munosabatlar shartlari nutq, qo'shimcha kasbiy matnlar o'rganishning ko'plab turlarini bilish davr talabi ekanligini ko'rsatib beradi. Boshqa tillar mohiyatini kamsitmagan holda, ayniqsa, ingliz tilida muloqot qilishda, nutqini tushunish mutolaa qilish va yozish, nutqiy faoliyat amaliyotida, ixtisoslik, mutaxassisligi bo'yicha keng tarmoqli va kasbiy adabiyotlarni o'qishda ularga tushuntirish annotatsiyalar, tezislar, shuningdek, yozma axborot almashish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati yaqqol namoyon bo'ladi va aniqlanadi. Metodist olimlarimiz, ta'kidlaganlaridek, talabalar matn mazmunini obrazga kirib ifodalash, matnda aks etgan voqelikni, unda ishtirok etayotgan personajlar fikrini bayonidan boshqa, o'z fikr-mulohazalarini ham suhbat mavzusiga qo'shimcha tariqasida bayon etishi, o'quvchini lug'at boyligini ortishiga ingliz tilida to'g'ri fikrlashga yordam beradi. Bunday

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uslubdan o'quv jarayonida to'g'ri foydalanilsa, o'zlashtirish bo'yicha ham, o'qitish muddatlari bo'yicha ham, ingliz tilini mukammal o'rganishda ham ijobiy natijalarga erishishga imkon yaratiladi.

O'quv jarayoniga yo'naltirilgan qo'shimcha matn dasturlari qo'llanilishi ingliz tili o'qitish masalasini munosib ravishda hal etishga yaxshi imkon beruvchi metodik yondashuvlarning biridir. Bunday metodika asosida o'qitishga yondashuvlar hozirgi kunda milliy uslubiyatda keng tarqalib bormoqda.

MUHOKAMA

Mana shu barcha yondashuvlar sof ko'rinishda emas, turli kombinatsiyalarda foydalanilgan holda namoyon bo'ladi. Ingliz tili o'qitishda bunday yondashuv e'tibordan chetda qolib ketmasligi zarurligini aytib o'tish muhim, chunki bu kabi yondashuv texnologiyasi hisobiga boshqa texnologiyalarga qaraganda, qator o'quv masalalarini ancha muvaffaqiyatli hal etish mumkindir. Kasb-hunar kollejlarida ingliz tili darslarida nutqni rivojlantirish uchun kompyuter texnika vositalari va smart texnologiyalaridan foydalangan holda, turli dasturlar asosida axborotni, matn mazmunini qabul qilish osonlashadi.

Qo'shimcha matn mohiyatidan kelib chiqib, kompyuter vositasida ta'limiy til o'rganish bo'yicha turli o'yin shaklida yaratilgan dasturlar vositasida tuzilgan kompozitsiyani yozib ko'rsatish yoki so'zlab berish taklif etilishi, yoki oldindan ajratib olingan rasmlar yordamida ma'lum vaziyatni yaratish so'ngra o'sha kompozitsiyani so'zlab berish kabilardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, matnning qismlari yoki matndagi mazmun bo'yicha suhbat o'tkazish nutqni rivojlantirish uchun foydalidir. Bunda o'quvchilarda olgan bilimlarini amalda qo'llashlari uchun so'z boyliklarini kengaytirish, izlanish faoliyatida ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.

Matbuot, davriy nashrlar, ommaviy axborot vositalari materiallaridan foydalanib qo'shimcha matn mavzularini tayyorlash mumkin. Qiziqarli izlanishlar va ilmiy kashfiyotlar haqidagi matnlarni o'quvchilar qiziqish bilan o'rganadilar. Matnda tushunishga qiyin bo'lgan qandaydir so'z birligi yoki iboralar bo'lsa, ularni o'quvchilar tushunib olishlariga yordam beradigan va bir muncha soddalashtirilgan sharkllarini ko'zda tutish lozim. Bunday ishlar natijasida o'quvchilar olgan bilimlarini amalda qo'llash, o'z bilim doiralarini kengaytirish hamda izlanish jarayonida qatnashish uchun ularda imkoniyat paydo bo'ladi. Eng quvonarli tomoni til o'rganish bilan bir qatorda, talabalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga qiziqishlari ortadi. XULOSA

Ingliz tiliga o'qitishda yangi g'oyalar, texnologiyalardan foydalanilgandagina rivojlanishga, taraqqiyotga erishish mumkin bo'ladi. Mashg'ulotlar jarayonida ularga amal qilinsa, yaxshi samara berishi shubhasizdir. Qo'shimcha matn o'qitish texnologiyasidan foydalanishdan maqsad, ta'lim olishda eng umumiy g'oyalar bilan o'quvchilarni tanishtirishdan iboratdir. Bu texnologiya shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni aks ettiradi, har bir o'quvchining bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashlarigina emas, balki uning rivojlanish individual xususiyatlarini hisobga olgandagina unumli, ijobiy natijalarga erishish mumkindir. O'qilgan qo'shimcha matnni tushunganligini tekshirishga mo'ljallangan mashqlar quyidagicha ifoda etilishi mumkin: Answer the questions on the text Tashkent. Savol-javob mashqlaridan o'qilgan matnni o' zlashtirilganini bilish uchun, foydalanilganda ayrim savollarni soddalashtirish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qo'shimcha matn o'qitishda maxsus xonalarda dars olib borish, haqiqatda samarali bo'lishi uchun darsda lingofon qurilmasidan foydalanib, o'quvchilarning mustaqil ishlashlariga sharoit yaratish kerak bo'ladi. So'nggi paytlarda darsda bunday uslubdan foydalanishga e'tibor kuchaymoqda. So'nggi ilg'or metodikalarga tayanib, ingliz tili darslarida o'quvchilarning mustaqil ishlari deb ularning nutqiy ko'nikmalarini shakllantirish va takomil-lashtirish, berilgan topshiriq bilan o'quv jarayoni uslublari ma'lum tartibda nutqiy malakalarini rivojlantirishga oid mustaqil ishlarni tushunamiz. Shunday qilib, chet tilini o'rganish hozirgi davr talabi ekan, o'sib kelayotgan yosh avlodga til o'rganishning yangi uslublarini, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asoslangan holda ishlab chiqib, o'qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste'dodli yoshlarimizning o'z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo'lishlari uchun, avvalambor chet tilini jumladan, ingliz tilini mukammal bilishlari zarur.

Demak, texnologiyalarni joriy qilish, o'qitish uslublarini davr talabiga javob berishini ta'minlash pedagog-olimlarning kechiktirib bo'lmas asosiy vazifalaridir. Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ham dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Chen Chjan. Muvaffaqiyatga eltuvchi muomala san'ati. - T.: Yangi asr avlodi, 2016. 3-b.

2. Shuhrat Sirojiddinov, Mahmud Lutfillayev. Chet tilining o'quv-metodik adabiyotlarini axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida yaratish tizimi. "Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta'lim" jurnali, 2013-yil, № 2 (47), 9-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.