Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
241
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yangi O’zbekiston / bo’lajak o’qituvchi / pedagog / innovatsiya / kompetensiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumanova Fatima Uralovna

Mazkur maqolada kompetensiya tushunchasining mazmunmohiyati ochib berilgan. ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetentlikni pedagogik jihatdan rivojlantirish yo’llari ko’rsatilgan. Bo’lajak o‘qituvchilar uchun egallanishi mumkin bo’lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasi mazmuni yoritilgan. Kalit so’zlar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, shaxsiy tajriba, texnologiyalar, amaliy faoliyat, rivojlantirish

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Jumanova Fatima Uralovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universeteti Maktabgacha ta'lim metodikasi

kafedrasi mudiri p.f.f.n dotsent. https://doi.org/10.5281/zenodo.7993513

Annotatsiya. Mazkur maqolada kompetensiya tushunchasining mazmun- mohiyati ochib berilgan. ta'lim oluvchilarda kasbiy kompetentlikni pedagogik jihatdan rivojlantirish yo'llari ko'rsatilgan. Bo'lajak o'qituvchilar uchun egallanishi mumkin bo'lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasi mazmuni yoritilgan. Kalit so'zlar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, shaxsiy tajriba, texnologiyalar, amaliy faoliyat, rivojlantirish.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, bo'lajak o'qituvchi, pedagog, innovatsiya, kompetensiya.

Yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo'lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga qo'yiladigan talablarni tubdan o'zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo'yilmoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta'lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya'ni ta'lim maskanlarining maqsadini bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta'lim standartlarini o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan kompetent-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta'limda tashkil etilayotgan o'quv-tarbiya jarayonining mohiyati tinglovchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo'lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o'zlashtirilgan ma'lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, talabalar juda ko'p axborotni behuda jamg'arilishi, ta'limning samarasi past ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko'zga tashlanmoqda. Aniqrog'i, o'quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to'plangan axborotlarnigina o'zlashtirish maqsadi qo'yilgandek tuyuladi. ASOSIY QISM Yuqoridagi dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida, ta'lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish maqsadga muvofiq sanaladi.

Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqiyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [1], degan fikrlari ham mustaqil O'zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e'tibordan holi emas. Shunday ekan biz o'qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni tashkzamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo'li - oliy ta'limda yangicha, ya'ni kompetent

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko'nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi.

Mazkur talab bilan bog'liqlikda, o'z navbatida, o'qitish metodlarini tanlash tizimi ham o'zgarishga uchraydi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash ta'lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo'li -oily ta'limda yangicha, ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va ko'nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog'liqlikda, o'z navbatida, o'qitish metodlarini tanlash tizimi ham o'zgarishga uchraydi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash ta'lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Kompetent yondashuv oliy ta'limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko'rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) - "bilim - ko'nikma - malaka"ni oltita birlik (sekstet) - "bilim - ko'nikma -malaka - amaliy faoliyat tajribasi - kompetensiya - kompetentlik" tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab "kompetensiya" tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha so'z bo'lib, erishaman, to'g'ri kelaman ma'nolarini bildiradi) -sub'yektning maqsadni qo'yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog'liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, "kompetensiya" tushunchasiga berilgan aksariyat ta'riflar kasbiy ta'lim, kasbiy faoliyat bilan bog'liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o'rta ta'lim bilan bog'liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo'lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud. Kompetensiya - lotincha «Competentia» so'z bo'lib, o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo'lgan» kabi ma'nolarni bildiradi. Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, o'qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko'nikma va malakasi, shuningdek o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish, o'zo'zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg'un birlashishini tushungan. U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo'lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz:

- faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko'nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari);

- shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o'z-o'zini takomillashtirish va o'z- o'zini amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malakalar);

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

- kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malaka) Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to'liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo'lavermaydi, sabab, ba'zilari bilimlarni amalda qanday qo'llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo'lib qolaveradi.

Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir:

- maxsus pedagogik kompetensiya;

- pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma'lumotga ega

bo'lish.

Bundan tashqari, pedagogning o'z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o'z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog'liq;

- ijtimoiy pedagogik kompetensiya;

- ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko'nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik;

- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan;

- shaxsiy pedagogik kompetensiya; - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir . Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo'lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.

O'QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIK SIFATLARI

1 O'quvchilarda motivatsiyani shakllantirish

2 Ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o'rnata olish

3 Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish

4 O'z ustida ishlash

5 Pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo'lish

6 O'z fanini mukammal bilish

7 Ta'lim muhitiga yangilik kiritishi

Kasbiy kompetentlikning tarkibiga kasbiy faoliyatdagi kompetentlik, kasbiy muloqotdagi kompetentlik, mutaxassisning o'z kasbini nomoyon eta olishdagi kompetentligini kiritish mumkin. Kompetentlik nima ekanligini tushungandan so'ng, uning darajalarini aniqlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Kompetenlik modelini yaratish bo'yicha quyidagi algoritmni taklif etishimiz mumkin:

1-bosqich lavozim yo'riknomasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda lavozim uchun zarur bo'lgan kompetensiyalar turlarini aniq ko'rsatish muhimdir.

2-bosqich tekshirish sur'atini aniqlash. Bu ta'lim muassasasining o'ziga xos xususiyatlariga va kadrlar almashinuviga bog'liq.

3-bosqich har bir o'rin uchun taqqoslash asosida sinov yoki imtihonni o'tkazish tartibini tasdiqlash.

4-bosqich sinov yoki imtihondan o'tish.

5-bosqich ma'lumotlarni tahlil qilish va ularni tizimga keltirish.

6-bosqich baholash natijalari to'g'risida qaror qabul qilish: qo'shimcha o'qishga yuborish, boshqa lavozimga o'tish, ishdan bo'shatish.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

7-bosqich hisobot davrida ta'lim muassasasining vakolati va ishini baholash samaradorligini yakuniy tahlilini qilish.

8-bosqich xavf-xatar va to'siqlar bo'yicha ish namunasini to'liq ishlab chiqish.

A.A. Derkach tomonidan kasbiy muloqatdagi kompetentlikning

- kommunikativlik yoki muloqotchanlik kompetentligi (kasbdoshlar bilan muloqot qila olish qobiliyati),

- ijtimoiy-perseptiv kompetentlik (boshqa kishilarni idrok qilish va baholay olish qobiliyati), differansial va psixologik kompetentlik (insonlar o'rtasidagi individual psixologik tafovutlarni farqlay olish),

- diagnostik kompetentlik (boshqa kishilarga xos bo'lgan xususiyatlarni o'rganish qobiliyati),

- axloqiy kompetentlik (shu kasb taqozo etadigan odob-axloq normalariga rioya qilish),

- empatik kompetentlik (jamoa a'zolariga hamdard bo'la olish, ularni to'g'ri tushunish va boshqa tarkibiy qismlari ajaratib ko'rsatilgan.

Mutaxassisning ijtimoiy-perseptiv kompetentligi xususiyatlarining tuzilishi:

- boshqa kishilarni idrok qilish, tushunish va baholashning aniqliligi;

- ijtimoiy sub'yektlar bilan tizimli munosabat o'rnata olish qobiliyatining mavjudligi;

- idrok qilinayotgan shax sning xulq-atvori va xususiyatlarini fikran adekvat tarzda modellashtira olish;

- shaxslararo baholash jarayonida turli mezonlardan foydalana olish va boshqalar.

Bo'lajak mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish uchun avvalo

kuzatuvchanlik xususiyatining rivojlanishiga, ya'ni perseptiv, kognitiv, refleksiv, empativ, motivatsion va prognostik jihatlarining taraqqiy etishiga e'tibor qaratish lozim. Pedagogik faoliyat va muloqot jarayonida ijtimoiy-perseptiv kompetentlikka ega bo'lib borish uchun mutaxassis o'zida insonparvarlik, ijtimoiy-refleksiv, bilim hamda ko'nikmalar, ijobiy kasbiy "Men"- siymosi, ba'zi shaxsga xos sifatlar (intellekt, iroda, empatiya, kuzatuvchanlik, mehribonlik, hissiy bag'rikenglik va boshqalar)ni shakllantirishga oid mashg'ulotlar bilan shug'ullnishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik-psixologik trening-seminar, ish o'yini, mahorat darsi va turli amaliy mashg'ulotlarga jalb qilish, malakaviy amaliyotning rolini oshirish, har bir talabaga o'zining pedagogik faoliyatga xos imkoniyatlari va mahoratini namoyon etishi mumkin bo'lgan qulay sharoitlarni yaratib berish orqali unda ijtimoiu-perseptiv kompetentlikni shakllantirish mumkin. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o'rnatish texnikasini egallash, motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko'rib borish lozim.

Kompetentlikni namoyish qilishga tayyorgarlik darajasini quyidagi mezonlar bo'yicha aniqlash mumkin: o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini namoyon etish g'oyasi, kasbiy yo'l tanlash, turmush qurish, farzandli bo'lishga nisbatan qaror qabul qila olishga tayyorgarlik, o'z hayotiga javob berishga tayyorlik, hayot yo'lini mustaqil tanlash, kasb sohasida ko'nikishlar hosil qilishga tayyorlik va boshqalar.

Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta'lim va tarbiya berishda nafaqat ta'lim oluvchiga ta'limning yo'naltirilishi, balki o'qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e'tibor qaratishni talab etadi. Ta'lim tizimida kompetentli yondoshuv ta'lim islohatlarining konseptual

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

asoslari sifatida qabul qilinishi, ta'lim tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish shakli, o'qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi rolida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. O'qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta'limda tub o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta'lim Davlat ta'lim standard, o'quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo'nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an'anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-da, ta'lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Семина Е.А. (2010). Компетентностная модель выпускника педагогического вуза -будущего учителя математики. Альманах современной науки и образования. - № 5 (36). - С. 133-135.

2. Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. (2013). Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - T.: Fan va texnologiya nashriyoti.

3. Mannopovna, J. O., Uralovna, J. F., & Rahmatullayevna, M. S. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 518-526.

4. Мах,камов, У., Жуманова, Ф., & Равшанов, Ж. (2020). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА БОШ^АРИШГА ТАЙЁРЛАШ. Academic research in educational sciences, (3), 815-830.

5. Жуманова, Ф. У., & Жабборова, О. М. (2020). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ДАВРИДА Б ОШЛАНРИЧ ТАЪЛИМ. Academic research in educational sciences, (4), 238-243.

6. Жуманова, Ф. У., & Мирзарахмонова, Ш. М. (2021). Дуал таълим ва унинг имкониятлари. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 122-124.

7. Jumanova, F. U., & Alfayzov, S. A. (2021). Boshqaruv ilmiga sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari. Academic research in educational sciences, 2(4), 57-62.

8. Jumanova, F. U. (2020). Jabborova OM PRIMARY EDUCATION IN THE THIRD RENESSANCE. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 238-243.

9. Jumanova, F. U., & Artikova, N. S. (2021). PIRLS tadqiqotlariga tayyorlashda "organayzer" metodidan foydalanish imkoniyatlari. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1471-1475.

10. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПРОБЛЕМА СОВРЕМЕННОСТИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(8), 19-23.

11. Akramova, D. E., & qizi Azimova, X. D. (2023, January). MAKTABGACHA TA'LIM YO 'NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 382-385).

12. Akramova, D. E., & qizi Suvonqulova, M. D. (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 393-396).

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

13. Akramova, D. E., & qizi Ne'matova, S. S. (2023, January). BO 'LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI OMILLAR. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 390-392).

14. Akramova, D. E., & qizi Axmedova, N. B. (2023, January). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI RAHBARINING BOSHQARUV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 386-389).

15. Акрамова, Д. Э., & Бобомуродова, О. Б. (2023, January). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА УСУЛЛАРИ ХД^ИДА ТУШУНЧА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 352-354).

16. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

17. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

18. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

19. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

20. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

21. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

22. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

23. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

24. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

25. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

26. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

27. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

28. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

29. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

30. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

31. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

32. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

33. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

34. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

35. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

36. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.