Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
TALABALARNI KASBIY PEDAGOGIK TA'LIM JARAYONIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDA TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
Aliqulov Lazizjon Samariddin o'g'li
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Chaqiriqqacha xarbiy ta'lim fakulteti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu bo 'lgan talabalarni kasbiy -pedagogik ta 'lim jarayonida ma 'naviy-ma 'rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, oliy ta'lim, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish, konsepsiya, pedagogik texnologiyalar.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются научно-теоретические основы подготовки студентов к организации духовно-просветительской работы в процессе профессионально-педагогического образования, что является актуальным вопросом на сегодняшний день.
Ключевые слова: образовательный процесс, высшее образование, организация духовно-просветительской работы, концепция, педагогические технологии.
ABSTRACT
The article analyzes the scientific and theoretical basis of preparing students for the organization of spiritual and educational work in the process of professional-pedagogical education, which is a topical issue today.
Key words: educational process, higher education, organization of spiritual and educational work, concept, pedagogical technologies.
KIRISH
Jahon oliy ta'lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma'naviy-axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
qaratilgan talaba-yoshlarning ma'naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasida Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miramonovich hozirgi O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:
O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi farmonini tasdiqladi va ushbu farmon ayni vaqtda qabul qilingan farmonlardan ekanligiga yana bir bora min bo'ldik.
Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida talabalarning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari borasida dunyoning yetakchi, rivojlangan mamlakatlari Rossiya, Germaniya,Fransiya, ^noHHa,Xitoy, Koreya kabi davlatlarida talabalaming tafakkurini o'stirish, qobiliyatlarini erta namoyon etish, ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda muammoli o'qitish, modulli o'qitish, blended learning (aralash o'qitish), mahorat darslari, vebinarlar, evristik metodlar, virtual ta'lim texnologiyalarini qo'llash muhim o'rin tutdi.
Rivojlangan mamlakatlarning ta'lim tizimida talabalarning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini o'rganish, uni o'z mintalitimizga mos ravishda rivojlantirish bizning oliy maqsadimiz sifatida qarashimiz zarur.
Yangi O'zbekiston sharoitida mafkuramizning tub ma'no-mazmunini belgilab beradigan ana shu maqsad bizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga singib, dunyoqarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga aylandi va zamongamos tarzda o'zgarib bormoqda. Shu yo'lda yoshlarda mafkuraning mazmun mohiyatini to'liq shakllantirib, tarixiy ildizlarini asoslab, dunyoqarashni rivojlantirish ta'lim-tarbiyada eng muhim vazifaga aylanmog'i kerak. Ta'lim jaroyonining ajralmas bir qismi bu ma'naviy-ma'rify ishlar, tadbirlar, qadriyatlar sanaladi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish borasida prezidentimiz 2021 yil 26 mart kuni «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarorni imzoladi.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib quyidagi vazifalar belgilandi:
• «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
• oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;
• targ'ibot-tashviqot va tarbiya yo'nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo'yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
• el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas'uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• aholining Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyatini oshirish, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
• madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
• geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o'rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Mazkur vazifalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va shu asosida oily ta'lim muassasalarida mash'gulotlarni tashkil etish lozim. Shunga muvofiq xalq xo'jaligini bu sohalari uchun kadrlar tayyorlab beradigan mutasaddi tashkilotlar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini yangicha tashkil qilish muammosini hal qilishga bog'liqdir. Buning yagona yo'li zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga keng qo'llash orqali echiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ham dolzarb muammo hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ta'lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, dars, darsdan tashqari mashg'ulotlarni yangicha ijodiy asosda tashkil qilish zarur. Eng muhimi har bir pedagog, rahbar ta'limni yangi metodologik asosda tashkil qilishning tub mohiyatini tushunmog'i lozim. Yangicha ta'lim eski andozalar asosida olib borilishi mumkin emas. Bundan tashqari ta'limni yangicha tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning zaruriy shart-sharoitlarini bilish ham muhim. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror asosida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar xalqaro miqyosda e'tirof etilib, o'zining natijasini bermoqda. Oqibatida
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi ancha tezlashdi. Lekin uning kelgusi taraqqiyoti omillarini inobatga olish jahon ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan yangi va ilg'or fan yutuqlaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Chunki zamonaviy texnologiyalar ta'lim oluvchilarning intellektual, ijodiy va axloqiy kamolotining zaruriy sharti hisoblanadi. Faqat shu asosda rivojlanish uzluksiz ta 'lim tizimining hamma bo'g'inlarida pedagogik jarayonning chuqur mohiyatini tashkil qiluvchi asosi y tushunchaga aylandiki, uning harakatlantiruvchi kuchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardir..
Ta'lim islohotimizda jahon ta'limi rivojlanishining ijobiy xususiyatlarini ta'limni amaliy - inson hayoti, shaxsga yo'nalganlik tajribasini va uni rivojlantirishning muhim vositasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar ekanligi asosida uni rivojlanishi asosiy yo'nalishlarini belgilash muhim hisoblanadi. Islohot oqibatida ta'lim tizimimiz rivojini jahonga yo'naltirish - yana juda bir muhim vazifa -ta'lim rivojini bozor munosabatlariga moslashtirishning tajribasidan unumli foydalanishdir.
TADQIQOT VA NATIJALAR
Talabalrni kasbiy pedagogik talim jarayonida manaviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda tayyorlash texnologiyasi nomli maqolani tayyorlash borasida olib borilgan tadqiqot va natijalar.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda quyidagi texnologiyalarni joriy etish muhimdir. Jumladan:
1. Katta axborot zaxirasi bilan shug'ullanishga, bilimlarning aniq tizimini shakllantirish va bilimlarga tayanishga yo'naltirilgan axborot-rivojlantiruvchi texnologiya.
2. Mustaqil fikrlash, faollikni oshirishga yo'naltirilgan muammoli ta'lim texnologiyasi.
3. Kasbiy yoki o'quv faoliyati vositalarini egallashga yo'naltirilgan faoliyat texnologiyasi.
4. Shaxsning kamoloti yoki ta'lim-tarbiya jarayonida shaxsning faolligini shakllantirishga qaratilgan texnologiya.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoniga keng qo'llashda axborot texnologiya, xususan kompyutertexnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan yangi axborot texnologiyalar o'qitish metodlari hamda pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiyaviy yoki ularning pedagogik, didaktik hamda potensial imkoniyatlarini to'liq ochish va ulardan o'quvchi shaxsini rivojlantirish uchun foydalanishda qulaylik yaratadi. Axborot texnologiyalari
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
pedagogik texnologiyalaming ta'sir kuchini oshirib, ularni qo'llashdan kutilgan natijaga erishish uchun sharoit vujudga keltiradi.
Pedagogik va axborot texnologiyalarni o'quv-tarbiya jarayoniga qo'llash asta-sekin avtoritar o'qitish metodlaridan insonparvarlik pedagogikasiga yoki shaxs manfaati va kamolotiga yo'naltirilgan o'qitish tizimiga o'tish imkoniyatini beradi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish mazmunini shunday tanlash lozimki, unda faqatgina mafkuraviy immunitetgina emas, balki shaxsni qobiliyati, intellektual rivoji, uni shakllanishi va o'zini namoyon qila olishiga zamin hozirlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda ma'naviy marifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalardan bo'lajak o'qituvchi o'z imkoniyati, ta'lim mazmuni, o'quvchilar bilim saviyasi va tajribasini hisobga olib tanlashi kerak. Shundagina har qanday texnologiya yuqorida keltirilgan fikrlarni amalga oshirish vositasi bo'la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent sh.
2. 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni -T.: "O'zbekiston", 2020 yil 23 sentabr.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 son Farmoni
4. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nuqti (https://www.gazeta.uz)
5. Ortiqov, O. R. (2021). GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Scientific progress, 1(5), 160-165.
XULOSA