АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ПОЛИТИКИ И ПРАВА
Ortiqov O.R.
Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA)
Annotasiya: Mazkur maqolada ma 'naviy-ma 'rify ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalarining ayrimlari haqida so 'z borib, ularni amaliyotga tadbiq etish to 'g 'risida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Tayanch atamalar: mafkura, pedagogik jarayon, texnologiya, rivojlantirish, immunitet, ma'naviyat,immunitet, g'oya, tarbiya.
Ortiqov O.R. teacher
department of pedagogy Bukhara State University
ACTUAL QUESTIONS POLITICS AND LAW TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN THE PROCESS OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORK (EXAMPLE OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS)
Annotation: This article discusses some of the technologies for the development of ideological immunity in students in the process of spiritual and educational work, and comments on their implementation in practice.
Keywords: ideology, pedagogical process, technology, development, immunity, spirituality, immunity, idea, education.
Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida talabalarning mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish metodikalari, raqobatbardosh mutaxasislarni tayyorlash mexanizmlari, bo'lajak o'qituvchilarning mafkuraviy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o'qitish modellari texnologik taraqqiyot g'oyalari bilan uyg'unlashtirilgan interfaol dasturlar ta'lim jarayoniga tatbiq etilgan.
Jahon oliy ta'lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma'naviy-axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Dunyoning yetakchi, rivojlangan mamlakatlari AQSh, Rossiya, Germaniya,
Fransiya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarida talabalaming tafakkurini o'stirish, qobiliyatlarini erta namoyon etish, ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda muammoli o'qitish, modulli o'qitish, blended learning (aralash o'qitish), mahorat darslari, vebinarlar, evristik metodlar, virtual ta'lim texnologiyalarini qo'llash muhim o'rin tutadi.
Shunday ekan, biz qarashlar, fikrlalar, go'yalar, mafkuralar degan tushunchalarga nisbatan o'z qarashalrimizga ega bo'lmog'imiz darkor.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi — bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat" -deb ta'kidlagan edi [6].
Shu o'rinda mafkura, ma'naviyat, ma'rifat so'zlarining izohlari yana bir bor ta'kidlansa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o'tmishi, bugungi kuni va istiqboli o'z ifodasini topadi. Mafkura. har qanday jamiyat hayotida zarur [8,307].
Ma'naviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida «ma'no» so'zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'ybasti, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir[8,334].
Ma'rifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'limtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma'lumotlar majmuasini ham bildiradi. Ma'rifat ilmu urfon ma'nosida ham ishlatiladi. Ma'rifat tushunchasi madaniyat, ma'naviyat tushunchalari bilan bog'liq. Ma'rifat ma'naviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi bo'lishga yordam beradi. Ma'rifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq bo'ladi. Ma'rifat — bilim va madaniyatning qo'shma mazmuni bo'lib, maorif uni yoyish vositasidir. Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Tasavvufda ma'rifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi[8,335].
Yangi O'zbekiston sharoitida mafkuramizning tub ma'no-mazmunini belgilab beradigan ana shu maqsad bizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga singib, dunyoqarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga aylandi va zamonga
mos tarzda o'zgarib bormoqda. Shu yo'lda yoshlarda mafkuraning mazmun mohiyatini to'liq shakllantirib, tarixiy ildizlarini asoslab, dunyoqarashni rivojlantirish ta'lim-tarbiyada eng muhim vazifaga aylanlog'i kerak. Ta'lim jaroyonining ajralmas bir qismi bu ma'naviy-ma'rify ishlar, tadbirlar, qadriyatlar sanaladi. Bu borage ishlarni yanada takomillashtirish borasida prezidentimiz 2021 yil 26 mart kuni «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarorni imzoladi.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib quyidagi vazifalar belgilandi:
• «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
• oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;
• targ'ibot-tashviqot va tarbiya yo'nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo'yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
• el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas'uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• aholining Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyatini oshirish, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
• madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
• geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o'rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Mazkur vazifalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va shu asosida oily ta'lim muassasalarida mash'gulotlarni tashkil etish lozim.
SHunga muvofiq xalq xo'jaligini bu sohalari uchun kadrlar tayyorlab beradigan mutasaddi tashkilotlar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini yangicha tashkil qilish muammosini hal qilishga bog'liqdir. Buning yagona yo'li zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga keng qo'llash orqali echiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ham dolzarb muammo hisoblanadi.
SHuni alohida ta'kidlash lozimki, ta'lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, dars, darsdan tashqari mashg'ulotlarni yangicha ijodiy asosda tashkil qilish zarur.
Eng muhimi har bir pedagog, rahbar ta'limni yangi metodologik asosda tashkil qilishning tub mohiyatini tushunmog'i lozim. YAngicha ta'lim eski andozalar asosida olib borilishi mumkin emas. Bundan tashqari ta'limni yangicha tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning zaruriy shart-sharoitlarini bilish ham muhim.
SHundan kelib chiqib, mamlakatimizda "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror asosida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar xalqaro miqyosda e'tirof etilib, o'zining natijasini bermoqda. Oqibatida O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi ancha tezlashdi. Lekin uning kelgusi taraqqiyoti omillarini inobatga olish jahon ta'lim amaliyotida qo'llanilayotgan yangi va ilg'or fan yutuqlaridan keng foydalanishni taqozo etadi. CHunki zamonaviy texnologiyalar ta'lim oluvchilarning intellektual, ijodiy va axloqiy kamolotining zaruriy sharti hisoblanadi. Faqat shu asosda rivojlanish uzluksiz ta'lim tizimining hamma bo'g'inlarida pedagogik jarayonning chuqur mohiyatini tashkil qiluvchi asosi y tushunchaga aylandiki, uning harakatlantiruvchi kuchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Ko'p mamlakatlarda jumladan, bizning respublikamizda o'tkazilgan tadqiqotlar ta'lim tizimining hamma bo'g'ini uchun eng katta kamchilik tahsil oluvchilarning olgan bilimlarini amaliy faoliyatga qo'llay olmaslik, murakkab hayotiy va iqtisodiy vaziyatlardan mustaqil o'zi chiqib keta olmaslik ekanligini ko'rsatdi. Ta'lim islohotimizda jahon ta'limi rivojlanishining ijobiy xususiyatlarini ta'limni amaliy - inson hayoti, shaxsga yo'nalganlik tajribasini va uni rivojlantirishning muhim vositasi zamonaviy pedagogik texnologiyalar ekanligi asosida uni rivojlanishi asosiy yo'nalishlarini belgilash muhim hisoblanadi. Islohot oqibatida ta'lim tizimimiz rivojini jahonga yo'naltirish - yana juda bir muhim vazifa - ta'lim rivojini bozor munosabatlariga moslashtirishning tajribasidan unumli foydalanishdir.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda quyidagi texnologiyalarni joriy etish muhimdir. Jumladan:
1. Katta axborot zaxirasi bilan shug'ullanishga, bilimlarning aniq tizimini shakllantirish va bilimlarga tayanishga yo'naltirilgan axborot-rivojlantiruvchi texnologiya.
2. Mustaqil fikrlash, faollikni oshirishga yo'naltirilgan muammoli ta'lim texnologiyasi.
3. Kasbiy yoki o'quv faoliyati vositalarini egallashga yo'naltirilgan faoliyat texnologiyasi.
4. SHaxsning kamoloti yoki ta'lim-tarbiya jarayonida shaxsning faolligini shakllantirishga qaratilgan texnologiya.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayoniga keng qo'llashda axborot texnologiya, xususan kompyuter
texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan yangi axborot texnologiyalar o'qitish metodlari hamda pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiyaviy yoki ularning pedagogik, didaktik hamda potensial imkoniyatlarini to'liq ochish va ulardan o'quvchi shaxsini rivojlantirish uchun foydalanishda qulaylik yaratadi. Axborot texnologiyalari pedagogik texnologiyalarning ta'sir kuchini oshirib, ularni qo'llashdan kutilgan natijaga erishish uchun sharoit vujudga keltiradi.
Pedagogik va axborot texnologiyalarni o'quv-tarbiya jarayoniga qo'llash asta-sekin avtoritar o'qitish metodlaridan insonparvarlik pedagogikasiga yoki shaxs manfaati va kamolotiga yo'naltirilgan o'qitish tizimiga o'tish imkoniyatini beradi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish mazmunini shunday tanlash lozimki, unda faqatind mafkuraviy immunitetgina emas, balki shaxsni qobiliyati, intellektual rivoji, uni shakllanishi va o'zini namoyon qila olishiga zamin hozirlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda ma'naviy marifiy ishlar jarayonida talabalarda mafkuraviy immunitetni rivochlantirish texnologiyalardan bo'lajak o'qituvchi o'z imkoniyati, ta'lim mazmuni, o'quvchilar bilim saviyasi va tajribasini hisobga olib tanlashi kerak. SHundagina har qanday texnologiya yuqorida keltirilgan fikrlarni amalga oshirish vositasi bo'la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni -T.: "O'zbekiston", 2020 yil 23 sentabr.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 son Farmoni
3. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nuqti (https://www.gazeta.uz)
4. «Узбекистан миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти Т.: 975-bet.
5. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5.
6. ORTIQOV O. BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA UMUMINSONIY TARBIYANING O'RNI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.
7. Ортиков О. Р. Махалла как социально-культурный очаг народа //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. -2020. - С. 20-23.
8. Olimov S. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 2. - №. 2.
9. Maqsuda Maxsudovna Murodova BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK // Scientific progress. 2022. №1.