Научная статья на тему 'MILLIY G‘OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O‘QITISH DAVR TALABI'

MILLIY G‘OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O‘QITISH DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1977
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta‟lim / ma‟naviyat / milliy g„oya / texnologiya / interfaol / o„quv jarayon / fikrlash / metod / faollik axborot kommunikatsiya / modernizatsiya / kompyuter / multimedia / kreativlik / shaxs / avtoritar / demokratik / liberal / tahdid / multimedia / prezentatsiya / innovatsiya / umuminsoniy qadriyat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tuxtasin Xudаyberganovich Tashmetov

Mamlakatimizda yangi demokratlashgan va modernizatsiyalashgan jamiyatni qurish uchun yuksak aql-zakovatga ega bo„lgan, ruhan tetik va sog„lom, erkin va mustaqil fikrlaydigan, ayni paytda ijtimoiy mas‟uliyatni chuqur his etadigan, barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash g„oyatda muhim. Zero, kadrlar masalasi milliy kamolotimizning bosh strategik asoslari, mustaqil davlatimizning XXI asr boshlaridagi rivojining ustuvor yo„nalishlaridan biriga aylandi. Ta‟lim muassasalarida milliy g„oyani interfaol metodlar asosida yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g„ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual – ma‟naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo„lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash, ta‟lim tizimini demokratik va insonparvarlik yo„nalishlarda qayta qurish orqali ta‟lim mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko„tarish davr talabidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY G‘OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O‘QITISH DAVR TALABI»

MILLIY G'OYA FANINI INTERFAOL USULLAR ASOSIDA O'QITISH DAVR

TALABI

Tuxtasin Xudayberganovich Tashmetov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dosenti falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) [email protected]

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda yangi demokratlashgan va modernizatsiyalashgan jamiyatni qurish uchun yuksak aql-zakovatga ega bo'lgan, ruhan tetik va sog'lom, erkin va mustaqil fikrlaydigan, ayni paytda ijtimoiy mas'uliyatni chuqur his etadigan, barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash g'oyatda muhim. Zero, kadrlar masalasi milliy kamolotimizning bosh strategik asoslari, mustaqil davlatimizning XXI asr boshlaridagi rivojining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ta'lim muassasalarida milliy g'oyani interfaol metodlar asosida yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g'ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual - ma'naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo'lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash, ta'lim tizimini demokratik va insonparvarlik yo'nalishlarda qayta qurish orqali ta'lim mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish davr talabidir.

Kalit so'zlar: Ta'lim, ma'naviyat, milliy g'oya, texnologiya, interfaol, o'quv jarayon, fikrlash, metod, faollik axborot kommunikatsiya, modernizatsiya, kompyuter, multimedia, kreativlik, shaxs, avtoritar, demokratik, liberal, tahdid, multimedia, prezentatsiya, innovatsiya, umuminsoniy qadriyat.

KIRISH

Bugungi kunda kelajak avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash o'ta muhim vazifalardandir. Chunki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlar fuqarolardan o'zlikni chuqur anglashni va ma'suliyatli bo'lishni taqozo etadi. Shu boisdan uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarni ma'naviy ruhiyatiga mos zamonaviy usullardan foydalangan holda dars jarayonini olib borish va turli xil innovatsion texnologiyalar asosida o'qitish tizimini yo'lga qo'yish borish maqsadga muvofiqdir. Zero, bu "Milliy g'oya" fanlarini o'qitish samaradorligiga erishishning muhim shartidir.

Milliy g'oya va ma'naviyat fanlarini o'qitishda yangicha yondashish noan'anaviy usullar (texnik asoslar)dan foydalanish davr talabidir. "Texnologiya" tushunchasi "usul", "uslub", "mahorat" ma'nolarini anglatadi[1]. Demokratiyaning umuminsoniy

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

203

prinsplarini o'qitish ham texnika imkoniyatlaridan foydalanib amalga oshirishni taqozo etadi. Shu boisdan, ta'lim tizimida milliy g'oya va ma'naviyat fanlarni o'qitishda turli xil innovatsion texnologiyalar orqali talabalar ichki dunyosi, ongi va qalbiga singdirishda hozirgi zamon o'qituvchisiga qo'yilayotgan muhim talablaridan biridir.

Hozirgi zamon o'qituvchisi esa tadbirkor tarbiyachi va pedagog, mafkura ishlarining faol qatnashchisi, o'z fanining ustasi hamda dars berayotgan fanni, ilmiy haqiqatni yosh avlodga san'atkorona o'rgatadigan, o'z mehnati bilan jamiyatning ma'naviy talablarini yoshlarga anglatadigan, o'z ustida muntazam ish olib boradigan, pedagogik texnologiyalardan xabardor shaxs bo'lishi lozim. A.S.Makarenko ta'biri bilan aytganda "Yaxshi ustoz maxsus ko'rish qobiliyatiga egadir: u o'z shogirdlar qanotlari qanday o'sayotganini ko'radi"[2],- deb ta'kidlaydi. Xozirgi kunda yaxshi ustoz kasbiga shu darajada ko'p masuliyat yuklanganki, o'z ustida tinimsiz mehnat qilish, izlanish uchun juda katta kuch, iroda va sabr-toqat talab etiladi.

Bugungi kunda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun, yangi axborotni o'zlashtiradigan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan ma'naviy barkamol yoshlar kerak. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.

Shunday ekan, ta'lim muassasalarining tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari, ya'ni intefaol uslublar, ayniqsa innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanishiga oid bilimlar, tajriba va talabalarni bilimli va yetik malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir o'zgartirish demakdir[3].

Demak, innovatsiya o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritishni anglatib, bu jarayonni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Innovatsion texnologiyalarning asosi bo'lgan interfaol texnologiyalar milliy g'oya, milliy mafkurani teran fikrlash bilan anglab olishda yoshlarning faoliyatini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga, faollika, birdamlikka, jamoa bo'lib ishlash bir-biriga qayg'urish orqali jipislikka chorlaydi va bilimlarni boyitishda samaraliy ta'sir o'tkazadi. Bevosita ta'lim jarayoni markaziga

talaba shaxsi qo'yiladi.

September, 2022

Shu nuqtai nazardan, milliy g'oya asosida yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Shu o'rinda, Birinchi Prezident I.A. Karimovning ta'lim to'g'risidagi quydagi so'zlari ibratliydir: "Biz ta'lim tizmida o'qituvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko'nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish bugungi kunda ro'y berayotgan barcha voqea - hodisalar, yangilik va o'zgarishlardan atroflicha xabardor bo'lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti xisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o'rganishlari uchun katta ahamiyat bermoqtamiz"[5] deb fikir bildirib o'tganlar.

Zero, milliy g'oya mutaxassisligi bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning ososiy vazifasidir. Binobarin, ta'lim maskanlaridagi dolzarb vazifalardan bo'lgan barkamol avlodning tayyorgarlik sifatini o'stirish asosiy maqsadlardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu sababli yurtimizda barcha o'quv yurtlarida o'qitish tizmini jahon tajribalardan foydalangan holda to'liq ko'rib chiqib eng maqbul jixatlarini amalyotga tadbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bu xozirgi globallashu davrida bo'layotgan zamon talabiga xos bo'lgan jarayonlardir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu masalaga alohida e'tibor qaratib 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da ham ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksprimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta'lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida alohida e'tibor qaratilgan[5] deb ta'kidlagan edi.

Mamlakatimiz ertangi kuni bo'lgan yoshlarning ma'naviy ongi haqida g'amxo'rlik qilish har birimizning, xususan, mahalla va ta'lim dargohlarining, umuman, shu yurtning gullab - yashnashi, taraqqiy topishidan manfaatdor bo'lgan har bir insonning muqaddas burchidir. Faqat ana shu asosda yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlariga qarshi mardonavor tura olishga qodir bo'lgan irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizning fikrimizcha bugungi kunda yuqori sifatli bo'lgan ta'limning asosiy maqsadlariga quydagi yo'nalishlarni rivojlantirish bilan erishiladi: > ta'lim maskanlari shunday saviyaga kelishi kerakki, toki u raqobatdosh kadrlar orasidagi tayyorgarlikdan yuqori darajada

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

205

bo'lsin. Buning uchun esa asosiy maqsad o'qitish ta'lim dasturiga mos kelgan bo'lishi kerak;

> ta'lim berish guruhlarining intellektual salohiyatini shunday oshirish kerakki, toki zamon talabi darajasida bo'lsin. Vaholanki, xozirgi yoshlar shunday qobilyatga ega bo'lishi kerakki, u maqsad qo'ya oladigan va o'z oldiga qo'ygan maqsadni yecha oladigan bo'lishi, yuqori madaniy saviyada mustaqil fikirlay olishi va hayotda o'z o'rnini topa olishi lozim;

> ta'lim berishda interaktiv (ikki tomonning faolligi) metodlarni qo'llash, shu bilan birga ayni maqsadga yo'naltirilgan turli targ'ibot ishlarni tashkil qilish;

> O'quv, ilmiy, adabiy va zamonaviy texnalogiyalarni o'quvchi-talaba yoshlarga yetkazib berish darajasida bo'lishi, o'quv jarayonini kerakli jihozlar bilan ta'minlash va yangiliklarni gazeta, jurnallarda to'liq va muntazam ravishda chop etib borish;

> bilim olishda o'quvchi-talabalarning ta'lim olishga bo'lgan qiziqishi, hoxishi va moyilligini aniqlash. Shuningdek, ilg'or davlatlar tajribasini o'rganish, foydalanish va boshqalarni tashkil etadi.

Ta'limning savyasini oshirish jarayonida dastlab, ta'lim maskani mutaxassislarining dars berish malakasini oshirish hamda ta'lim maskanlariga jalb qilish bilan Respublika va xorijiy mamlakatlarining ta'lim maskanlari bilan tajriba almashish, ularni kurslarda o'qitish bilan o'quv materiallarini tushunish va eslab qolish har xil interaktiv metodlarni qo'llash bilan erishiladi. Shu nuqtai nazardan, yuqori sifatli ta'lim berishga, auditoriyalarni zamonaviy qilib har tomonlama jihozlash bilan ham erishiladi. Kompyuter va video jihozlarni qo'llagan holda eslab qolish, o'qitishning sifatini oshirish yoshlarni kerakli adabiyotlar bilan ta'minlash va ishlash uchun shart- sharoitlar yaratib berish muhim vazifalardan biridir. Asosiysi, o'qish jarayonida yosh avlodni qiziqishi, hoxishi, yangi bilimlarga ega bo'lishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi va javobgarlikni his qilish muhimdir. Shuning uchun ta'lim jarayoni quydagi muhim qoidalarga asoslanishi kerak; o'quvchi-talabalarning pisixologik holatini tushunish, o'quvchi-talabalarni real hayotiy muammolar bilan qiziqtira olish, nazariya bilan amalyotni bog'lagan holda yoshlarni fikirlashga o'rgatish, yosh avlod bilan guruh bo'lib ishlashga qodir bo'lish va kerakli ijodiy darajaga erishish, hamda o'qituvchilarning ilmiy bilimlaridan qat'iy nazar ular dars bera olishi yoshlar bilan birga ishlay olishi muhim omillardan biridir.

Ushbu milliy g'oya va ma'naviyat fanining zamon talablari darajasida o'qitilishi quydagi 3 ta muhim shartlar bilan bog'liqdir. Bular: birinchidan, fanni o'qitadigan malakali kadrlarning zarurligi, ikkinchidan, mashg'ulotlarni tashkil etishda o'quvchi-

talabalarning yoshi, psixologiyasi va bilim bazalarini hisobga olish, uchinchidan, o'qituvchilarning metodik jihatdan qurollangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha chora tadbirlarni bir-biri bilan chambarchas bog'lagan xolda uzliksiz ravishda olib borilishini ta'minlash va doimiy nazoratni o'rnatish muhim ahamiyatga egadir.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy g'oya va ma'naviyat fanlarini uzluksiz ta'lim tizimida o'qitishda zamonaviy usullar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga alohida e'tiborni qaratish lozim. Shu bilan birgalikda, zamonaviy interfaol metodlar orqali milliy g'oya, milliy mafkura, milliy g'urur kabi oliy insoniy tushunchalarni dars jarayonida o'quvchi-talabalarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish bugungi kun davr talabidir. Chunki, darsliklardagi mavzular yuzasidan interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish talabalarni faollika, birdamlikka va jipslikka chorlaydi. Eng muhimi, jamoa bo'lib ishlash bir-biriga qayg'urish va asosiysi bilimlarni boyitishda samarali ta'sir o'tkazadi. Biz manba sifatida shu fanlar orqali interfaol usullar asosida milliy g'oya fanini o'qitishda foydalanish samarali bo'lgan bir nechta metodlarni asos qilib oldik.

SCORE-2

Mavzu: Yot va zararli g'oyalarning ko'rinishlari, ularning oldini olishda milliy

g'oyaning o'rni va ahamiyati Topshiriq:

Muammo:_

Simptom (S - symptom) - Bu muammoning simptomi (belgisi)

qanday?_

Sabablari (C - cause) - Bu muammo simptomining sabablari

qanday?_

Natijasi (O - outcome) - Bu muammoni hal qilishga nisbatan kutilayotgan natija

yoki maqsad qanday?_

Resursi (R - resources) - Qanday resurs ushbu sababni bartaraf etishga yordam beradi? Qaysi resurs natija

beradi?_

Samarasi (E - effect) - Ushbu maqsadga erishish uzoq kutilgan qanday

samaraga olib keladi?_[6]

Ta'lim jarayonini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari

Muammo: Bundan bir necha yil oldin mamlakatimiz ijtimoiy tarmoqlarida "Ko„k kit" degan tashvishli ibora paydo

bo'lgan edi. "Ko'k kit" haqidagi xabarlarda uning qilmishlari yoritildi. Biroq xozirda bu balo bilan kurashishga o'rgatuvchi tahliliy, ilmiy-uslubiy tavsiyalar yo'q hisob. To'g'ri, "Ogoh bo'ling", deyilmoqda. Lekin ota-onalarda bolalarimizni "Ko'k kit"dan qanday himoya qilaylik?", Ogoh ota-ona" bo'lish uchun tarbiyaning qaysi usullarini, qachon, qanday qo'llash kerak? degan haqli savollar tug'ilmoqda. Bugun har bir ota-onaning mana shu aniq savollarga aniq javoblari bo'lishi kerak. Bugun global axborot olamida "Ko'k kit" deb atalgan o'yin hammani o'ylatib qo'ydi. Internetda bu muammo haqidagi dastlabki shov-shuvlar 2015 yildan boshlangan. Internetda "Ko'k kit", "Tinch uy", "f58", "f57" kabi "o'lim guruhlari" haqida turli fakt va ma'lumotlar bor: "Ko'k kit"ni 18 yoshga to'lmagan, mustaqil fikri, qiziqqan mashg'uloti yo'q o'smirlar qiziqtiradi. Boshida oson, qiziq topshiriqlar berib o'smirning ichiga kirib oladi. Keyinchalik tanasiga tig' bilan ko'k kitning suratini chizdirib, bitta kuyni 3 kun tinimsiz tinglab, topshiriqlarni bajargan o'smirlarni maqtab, tabriklaydi. Bu nihoyat 50 kunda so'nggi - 50 topshiriq (suiqasd)ni bajartirib, uni videoga olishni o'rgatuvchi o'lim o'yini, deyiladi[7].

Simptom (S-symptom) - bu muammo simptomining asosiy sabablari o'sib kelayotgan yosh avlod ongi, qalbi va ichki dunyosiga ta'sir etish orqali uning ma'naviy dunyosini izdan chiqaradi.

Sabablari (C-cause) - "Ko'k kit" bu - o'smirlar ongiga hujum qilayotgan yangi ma'naviy tahdid! Chunki, birinchidan, bu trend-tahdid o'ziga 18 ga to'lmagan yoshlarni, o'smirlarni nishonga olgan. Demak, O'zbekiston o'smir-yoshlarini ham. Ikkinchidan, yoshlarning bo'sh vaqtini, ixtiyorini va qiziqishlarini egallashga yo'naltirilgan. Uchinchidan, yoshlarni g'oyaviy qul qilib, ularni o'z qo'l-oyoqlaridan foydalanib qurbon qilmoqchi. To'rtinchidan, uning maqsadlari bizning Harakatlar strategiyamizga, yoshlarga oid siyosatiga, o'zbekistonlik ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yoshlarimizning maqsadlariga zid.

Natijasi (O-outcome) Yoshlarning bu kabi turli xil yot va zararli g'oyalar ta'siriga tushib qolmasliklari uchun har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o'zi talab qilmoqda. Shunday ekan "Al Beruniy, Ibin Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abu Mansur Moturudiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk allomalarimiz asarlari milliy tarbiyamizning bosh g'oyasi bo'lib qolishligi va ularning asarlarida keltirilgan ibratli fazilatlaridan bahramand bo'lishligimiz lozim[8].

Resursi (R-resources) birinchidan biz yoshlarimizni bu kabi tahdidlardan ogoh etishimiz hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash uchun targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Ikkinchidan, yoshlar bo'sh vaqtlarini chet tillarini o'rganishga, sport va boshqa

qiziqqan mashg'ulotlari bilan shug'illanishlaridan tashqari targ'ibot guruhlarini shakillantirish masalalariga alohida e'tibor berish lozim. Shundagina o'smir-yoshlariga hech qanday tashqi kuchlarning ta'siri bo'lmaydi[9]. Uchinchidan, mahallalarda, uzluksiz ta'lim tizimlarda ma'naviy - ma'rifiy tanlovlar, treninglar, tadbirlar hamda targ'ibot ishlarining ta'sirchanligini ta'minlaydigan zamonaviy infarmatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan samarali usl va uslublarni ishlab chiqish.

Samarasi (E-effect) - Biz uchun yagona mafkura - bu O'zbekistonning taraqqiyoti, O'zbekistonning ravnaqi, O'zbekistonning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligidir. Ma'naviyat qachon engilmas kuchga aylanadi? qachonki, yoshlarning iste'dodi va shijoati, orzu-maqsadlari jasorat, bunyodkorlik va matonat namunasiga aylansagina Ma'naviy barkamol insonni, sog'lom-avlodni tarbiyalashga erishamiz. Zero bu bugungi kun davr talabidir[10].

XULOSA

Xulosa o'rnida aytmoqchimizki, uzluksiz ta'lim tizimida milliy g'oyani talabalarning ichki dunyosi, ongi va qalbiga singdirish orqali ma'naviy barkamol insonni, sog'lom fikrlaydigan avlodni tarbiyalash asosiy vazifalardandir. Jamiyatimizning ustuvor maqsadlaridan biri ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir[11]. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shu sababli yurtimizda barcha o'quv yurtlarida o'qitish tizmini jahon tajribalardan foydalangan holda to'liq ko'rib chiqib eng maqbul jihatlarini amalyotga tadbiq qilish orqali, milliy g'oya darslari samaradorligini yanada oshirish, unda innovasion texnologiyalardan samaraliy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu xozirgi glaballashu davrida bo'layotgan zamon talabiga xos bo'lgan jarayonlardir.

REFERENCES

1. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati. T.:"Akademiya", 2007 yil, 23 bet.

2. Akramova Sh., To'raev Sh. "Milliy g'oya turkumidagi fanlarni o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning amaliy masalalari" (O'quv-uslubiy qo'llanma). - T.: "Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" 2016 yil 8 bet.

3. Ishmuhamedov R., Yoldoshev M. "Ta'lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar" T.: 2017 yil, 14 bet.

4. Karimov I.A. Bizning yo'limiz - demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo'lidir. T.: O'zbekiston. 2012l. 183- bet.

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

209

5. Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. 7 fevral 2017 yil. Lex.uz.

6. Ishmuhamedov R., Yoldoshev M. "Ta'lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar" T.: 2017 yil, 215-216 betlar.

7. Khudayberganovich T. T. (2020) The importance of the use of innovative technologies in raising the spirituality of young people. EPRA International journal of Multidisciplinary Research (IJMR). 6 (11) 25-26.

8. Khudayberganovich T. T. (2020). Ernnapra SepnnaeTraH HMKOHHaraapHHHr TapSnagarH axaMHtfra. Science and education 1(7) 618-619.

9. Tashmetov, T.X. (2020). PROSPECTS FOR RELYING ON THE BASIS OF THE NATIONAL IDEA IN PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM HARD AND HARMFUL IDEAS. International Journal For Innovative Engineering and Management Research, 9 (11), 81-86.

10. Tashmetov, T.X. (2020). The importance of opportunities for young people in education. "Science and Education" Scientific Journal, 1 (7), 617-624.

11. Tashmetov, T.K. (2020). THE IMPORTANCE OF THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUNG PEOPLE. Monthly Peer Reviewed & Indexed International Online Journal, 6 (11), 25-27.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.