Homidov H.K., PhD Buxoro davlat universiteti "Pedagogika" kafedrasi katta o 'qituvchisi pedagogika fanlari falsafa doktori
TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA JAMOAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Annotatsiya. Maskur maqolada Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning amaldagi holati va takomillashtirish yo'llari, milliy qadriyatlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarni ajdodlar qoldirgan boy ma'naviy meros bilan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, jamoat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi, vatanparvarlik, milliy g'oya, milliy qadriyatlar talaba, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, madaniyat, ma'rifat.
Hamidov H.K., doctor of philosophy in pedagogical sciences
senior teacher "Pedagogy" department Bukhara State University
CURRENT STATUS AND WAYS OF IMPROVEMENT OF THE
COORDINATION OF THE ACTIVITIES OF PUBLIC ORGANIZATIONS IN PATRIOTIC EDUCATION OF STUDENTS
Abstract. In this article, the actual state of coordinating the activities of public organizations in educating students in the spirit of patriotism and ways of improvement are analyzed based on national values. They also talked about educating students in the spirit of patriotism with the rich spiritual heritage left by their ancestors.
Key words: higher education, public organizations, youth union, patriotism, national idea, national values, student, education, spirituality, culture, enlightenment.
Hozirgi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining mavqei tobora yuksalib bormoqda. Yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg'ularini singdirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda an'ana va urf-odatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanish hozirgi davrning muhim masalalaridan hisoblanib, bu o'rinda tarbiya muhim rol egallaydi. Talabalarni
haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg'usini qaror toptirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta'minlanadi. Yosh avlodda vatanparvarlik hissi va e'tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko'nikmalarni shakllantirib bo'lmaydi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo'lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag'batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda. Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko'p sonli yoshlarning o'z iqtidor va iste'dodini ro'yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati O'zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o'zi ko'rsatmoqda.
Prezident Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 30 iyun kuni "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida "Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda" degan jumlalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Yoshlar Ittifoqi" tashkilotini qayta tashkil etib, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor berar ekan, "Yoshlar bizning kelajagimiz"- degan fikrlari bejiz emas.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog'liq bir qator yangi va muhim vazifalar ni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e'tiborga olgan holda:
l.O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo'lib o'tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" tashkil etilgani ma'lumot uchun qabul qilindi.
2.O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" tashkil topgan kun - 30 iyun 2017 yil sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni", deb e'lon qilindi.
3.O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
- birinchidan, O'zbekiston "Yoshlar Ittifoqi" ini Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali
hamkorlikni ta'minlovchi, "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
- ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
- uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo'lida bor kuch-g'ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
- to'rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta'minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishiga ko'maklashish;
- beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, "Ommaviy madaniyat" va boshqa yot g'oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
- oltinchidan, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g'oyalarini keng targ'ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
- yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga, ijodiy to'garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o'rgatish o'quv kurslariga keng jalb etish;
- sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
- to'qqizinchidan, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish; -o'ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining mas'ul lavozimlariga tavsiya etish;
Xulosa qilib aytganda vatanparvarlik tuyg'usini qaror toptirish murakkab jarayon bo'lib, bunda dastlab o'quvchilarga vatanparvarlikning mohiyati va me'yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi, avvalo, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar, bu xildagi hatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so'ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda vatanparvarlik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi. Vatanparvarlik tarbiyasining bosh maqsadi - yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2019. - 48 b.
2. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. // Xalq so'zi 2019 yil 19 mart
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar - kelajagimiz» davlat dasturi to'g'risida 2018 yil 27 iyundagi Farmoni. // Xalq so'zi 2018 yil 28 iyun
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekisto n Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. // Xalq so'zi 2017-yil 8-fevral
5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T., Ma'naviyat, 2008, -176 b
6. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar - ta'lim samaradorligi omili; monografiya / T.: "Yoshlar nashriyot uyi", 2020.
7. Muxtorov A. Globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari. - T., Ma'naviyat, 2015.
8. Nishonova S. Yoshlar tarbiyasining ma'naviy ildizlari. - T.: Yangi asr avlodi, 2008.
9. Toxtaxodjaeva M.X., Nishonova S., Hasanboev J.Yu. va boshq. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi. - T.: Iqtisod-moliya, 2007.
10. Homidov H. COOPERATION BETWEEN STATE AND PUBLIC ORGANIZATIONS IN THE MEANINGFUL ORGANIZATION OF YOUTH LEISURE ACTIVITIES //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2022. - Т. 17. - №. 17.
11. Homidov, Husniddin. "COOPERATION BETWEEN STATE AND PUBLIC ORGANIZATIONS IN THE MEANINGFUL ORGANIZATION OF YOUTH LEISURE ACTIVITIES." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 17.17 (2022).
12. Homidov, H. (2022). COOPERATION BETWEEN STATE AND PUBLIC ORGANIZATIONS IN THE MEANINGFUL ORGANIZATION OF YOUTH
LEISURE ACTIVITIES. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 17(17).
13. Ortiqov O. R. TALABALAR MA'NAVIY AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDA "QOBUSNOMA" ASARIDAN FOYDALANISH //Conferencea. - 2023. - С. 1-5.
14. Ortiqov O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //Экономика и социум. - 2022. - №. 3-2 (94). - С. 1130-1135.
15. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.
16. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.