Научная статья на тему 'KURSANTLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKILLANTIRISH OMILLARI'

KURSANTLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKILLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
612
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatan / xarbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash / vatanga sadoqat / fidoiylik / burch / mas’uliyat va Yangi O‘zbekiston – uchunchi renessans. / Motherland / education in the spirit of military patriotism / devotion to the Motherland / devotion / duty / responsibility and New Uzbekistan the third renaissance.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rustamov, Yusuf Erkinovich

Maqolada yoshlarning vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning zaruriyati, kursant (tinglovchi)lar dunyoqarashining shakllanishi va o‘ziga xosligi, kursant (tinglovchi)larni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning xususiyatlari, holati va uni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS FOR FORMING PATRIOTISM AMONG STAFF

The article deals with the need to educate young people in the spirit of patriotism, the formation and specificity of the worldview of cadets (listeners), features, status and development of cadets (students) in the spirit of military patriotism.

Текст научной работы на тему «KURSANTLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKILLANTIRISH OMILLARI»

KURSANTLARDA VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKILLANTIRISH OMILLARI

Rustamov Yusuf Erkinovich

IIV Akademiyasi o'quv-saf qismi otryad komandiri, mayor

ANNOTATSIYA

Maqolada yoshlarning vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning zaruriyati, kursant (tinglovchi)lar dunyoqarashining shakllanishi va o'ziga xosligi, kursant (tinglovchi)larni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning xususiyatlari, holati va uni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: vatan, xarbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga sadoqat, fidoiylik, burch, mas 'uliyat va Yangi O 'zbekiston - uchunchi renessans.

ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПАТРИОТИЗМА У КАДРОВ

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются необходимость воспитания молодежи в духе патриотизма, формирование и специфика мировоззрения курсантов (слушателей), особенности, статус и развитие курсантов (студентов) в духе воинского патриотизма.

Ключевые слова: Родина, воспитание в духе воинского патриотизма, преданность Родине, преданность, долг, ответственность и Новый Узбекистан - третий ренессанс.

FACTORS FOR FORMING PATRIOTISM AMONG STAFF

ABSTRACT

The article deals with the need to educate young people in the spirit of patriotism, the formation and specificity of the worldview of cadets (listeners), features, status and development of cadets (students) in the spirit of military patriotism.

Keywords: Motherland, education in the spirit of military patriotism, devotion to the Motherland, devotion, duty, responsibility and New Uzbekistan - the third renaissance.

Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor bermasa, kelajak boy beriladi...

I.A.Karimov

226

KIRISH

"Vatan" so'zi aslida , arabchadan olingan bo'lib, ona yurt to'g'ilgan makon ma'nolarini bildiradi. "Vatan" tushunchasi keng va tor manoda qo'llaniladi. Tor ma'noda - kishi to'g'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilgan bo'lsa, bir xalq vakillari jamuljam yashayotgan, ularning ajdodlari azal azaldan istiqomat qilgan hudud ifodalanganida esa -keng ma'noga ega bo'ladi. Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, o'z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biri.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, «Armiyamiz unib, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muxabbat, milliy qadriyat va an'analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayt etish lozim». [1]

Dunyoda har qaysi millatning o'z afsonaviy qaxramonlari o'zi sevib ardoqlaydigan paxlavonlari bo'ladi. Xalqimiz azal azaldan o'z vujudi, o'z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo'lmoqqa intilib, o'z o'g'lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruxida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl paxlavonlar etib tarbiyalab kelgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixdan yaxshi ma'lumki, yer yuzida qaysi mamlakat o'z davlat mustaqilligi, chegaralari daxlsizligi, halqining tinch va osoyishta hayotini ximoya qilib, taraqqiyot borrasidagi yuksak maqsad va muddaolariga erishmoqchi bo'lsa, avvalo, milliy armiyasini mustaxkamlashga, uning xal qiluvchi kuchi bo'lgan jangovar tarkib, ya'ni, askar va ofiserlar tarbiyasiga birinchi darajali axamiyat beradi. Agar jismoniy va jangovar tayyorgalik orqali xarbiy qizmatchilar jismonan toblanib, kuch-quvvatga to'lsa, Ma'naviy ma'rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruxi irodasi mustaxkamlanadi. Biz qaxramon ota bobolarimiz , jasur xarbiylarimiz xaqida so'z yuritganda, "mard", "botir", "matonitli", "qo'rqmas", "sheryurak", "pahlavon" degan so'zlarni aloxida tilga olamiz. Har bir insonda ana shunday oliyjanob fazilatlarni shakillantirib, yosh yigitlarimizni Vatan uchun qalqon, xaqiqiy mardu maydon bo'lishga kerak bo'lganda xatto o'z jonini qurbon qilishga undaydigan kuch bu-avvalo ma'naviy -ma'rifiy tarbiyadir.

Shonli tariximizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin Muxammad Bobur singari buyuk sarkardalarimizning oz sonli qo'shin bilan dushmanning katta

lashkari ustidan g'alaba qozongani haqida misollar ko'p. Bu albatta ularning harbiy

227

Scientific Journal Impact Factor

saloxiyati jang maydonida qo'llagan taktika va strategiyalari, qolaversa sarkardalarning o'z askarlari qalbiga chinakkakm vatanparvarlikni, jangovar ruxni singdira olgani biz uchun bugun ibratlidir.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Men istardimiki, xar bir o 'zbek askari va ofiseri qalbida Alpomish, Shiroq, Farxod, Jaloliddin Mangubendi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari milliy qaxramonlarimiz ruhi tug'yon urishi kerak" degan so'zlari bejizga aytilmagan. [2]

Ma'naviyatni shakillantirishga bevosita tasir qiladigan yana bir muxim omil -bu ta'lim tarbiya bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaxo boylik bo'lmish ilmu ma'rifat. Ta'lim va tarbiyani inson komoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta'lim-tarbiya -ong maxsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakillantiradigan va boyitadigan eng muxim omildir. Binobarin ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosida ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun xar chaysi ota-ona, ustoz va murabbiy xar bir bola timsolida avvolo shaxsni ko'rishi zarur. Anashu oddiy talabdan kelib chiqqan xolda, farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, komil inson etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. [3]

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va kasbidan qat'i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg'usini shakllantirish, ularni o'z fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko'p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to'g'risidagi konsepsiyasi" ni takidlab o'tish joiz, yoshlar o'rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, yoshlarda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, Vatanni sevish va uni ko'z qorachig'idek asrashga qaratilgan bilim va ko'nikmalarni oshirish, ona-vatanimizni ko'z qorachig'idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish

Scientific Journal Impact Factor

bilan bog'liq eng muhim tushunchalar Konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini bosqichlarga bo'ladigan bo'lsak quyidagilarni ko'rish mumkin:

Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo'lishi, oila va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga turli she'rlar, kuy va qo'shiqlar o'rgatish, multfilm va turli o'yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirish konsepsiyaning birinchi bosqichida o'z aksini topadi.

Buyuk davlat arbobi va sarkarda Soxibqiron Amir temurning vatanga sadoqat, el yurtni ardoqlash, mardlik, fidoiylik va adolatparvarlik kabi fazilatlarni yosh avlodga singdirish, Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas'uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo'lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko'tarish, yoshlarning jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 5-iyuldagi famoniga muvofiq barcha harbiy akademik litseylarga "Temurbeklar maktabi"nomi berildi. Tabiiyki, buning natijasida buyuk ajdodimiz Soxibqiron Amir Temurning xarbiy ma'naviy me'rosini o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulotlar xajmi oshganligini, o'quvchi yoshlar ishtirokida «Vatanimni ko'z qorachig'idek asrayman», «Yurt taqdiri - mening taqdirim» mavzularida insholar tanlovi tashkil etilganligini, sog'lomlashtirish oromgohlarida «Temurbekning izdoshlari», «O'zbekiston farzandlari botir bo'lur» kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etilayotganligini O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to'g'risidagi konsepsiyasi"ning ikkinchi basqichiga misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.

Konsepsiyaning uchinchi bosqichida esa yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta'minlashga yo'naltiriladi. Ya'ni Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berib borilib, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirib borish, mudofaa ishlari bo'limlari va harbiy qismlar, o'zini o'zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish yaxshi natijalar berib kelmoqda. Bunga misol qilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "IIO

Scientific Journal Impact Factor

xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3216-son Qaroriga asosan Ichki ishlar Vazirligining 14 ta Akademik litseylari tashkil etildi. Bundan ko'zlangan maqsad, o'quvchilarni ichki ishlar orgonlari zarur bo'lgan yuksak vatanparvarlik va ma'naviy axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va ko'nikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk etib tarbiyalashga ichki ishlar vazirligining oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli chuqur tayyorlashga qaratilgan.

O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qaroriga qarori bilan tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to'g'risidagi konsepsiyasi"ning so'ngi to'rtinchi bosqichida yoshlarning jismoniy va ma'naviy qobiliyati, yetakchilik ko'nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni o'z ustida muntazam ishlash, sog'lom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi.

Muhtaram Yurtboshimiz "25 oktabr - O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigida belgilab bergan beshta asosiy vazifaning birinchisi ham ichki ishlar organlari uchun intellektual va professional bilim darajasi, ma'naviy-axloqiy saviyasi yuqori bo'lgan kadrlar tayyorlash bo'yicha sifat jihatidan yangi tizimni joriy etishga qaratilgan.

Ichki ishlar organlarida shu maqsadda amalga oshirilgan ulkan islohotlar natijasida bugun biz tizimga kadrlarni maktab yoshidan tayyorlash imkoniyatiga ega bo'ldik. Bu esa o'z navbatida kelajakda ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, fidoyi, mard, intellektual salohiyatga ega professional kadrlarni tayyorlashga zamin yaratdi. [4]

Vatanparvarlik o'z-o'zidan shakillanmaydi, u o'zlikni anglash, Vatanni, xalqni sevishdan boshlanadi. Shu o'rinda davlatimiz raxbarining "Farzandlarimizni o'zimiz asramasak, o'zimiz avaylamasak, o'zimiz tarbiyalamasak, birov chetdan kelib bu ishni biz uchun bajarib bermaydi. Shu sababli xar bir ofiser tasirchan shakl va usullardan foydalanib adashganlarni to'g'ri yo'lga qaytarishni harbiy xizmat kabi o'zining muxim burchi deb bilishi kerak" degan so'zlarini takidlash joiz. [5]

Ma'naviyatning gultoji - vatanparvarlik. Shu bois, xam xozirigi zamon mutaxasisiga qo'yiladigan ikkinchi talab vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik o'z o'zidan shakilllanmaydi, u o'zlikni anglash, vatanni, xalqni sevishdan boshlanadi. Inson o'zini xurmat qilishga o'rganmasdan, xalqqa, vatanga muxabbat qo'ymasdan, vatanparvar bo'lolmaydi. Vatanparvar

Scientific Journal Impact Factor

o'z xalqi uchun xech ikkilanmasdan jon berishga tayyor turishdek ruxiy xolatdir (bunday ruhiy holatni ota onaning farzandlariga bo'lgan munosabatida ko'rish mumkin).

Vatanparvarlik har bir insondan xalq va davlat manfaatlarini o'z manfaatlari bilan uyg'unlashtirib borishni talab etadi. Vatanparvarlik xalq oldidagi ma'suliyat demakdir. Inson bolasi dunyoga o'zi-kelib, o'z-o'zidan tarbiyalanib, biron kasb egasi bo'la olmaydi. Bolani ota-ona dunyoga keltiradi, jamiyat, davlat esa unga ta'lim tarbiya beradi, kasb-korli qiladi.demak xar bir mutaxasisda ota-ona, davlat va jamiyatning xaqqi bor.

Hozirgi kunda respublikamiz ichki ishlar orgonlari tizimi xodimlarini xalqiga, vataniga va tug'ilib usgan yurtiga sadoqatli etib tarbiyalash, vataniga bo'lgan muxabbatini oshirish dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Buning uchun respulika ichki ishlar vazirligiga qarashli ta'lim muassalarida tahsil olayotgan tinglovchi va kursantlarni Vatanni xis qilish, uni sevishga chorlash lozim.

Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda - ona vatanga muxabbat, qasamyodiga xamda xizmat burchiga sadoqat tuyg'ularini shakillantirish orqali kursantlarda ma'naviy dunyoqarashni yuksaltirish, shuningdek, xar qanday vaziyatda jamoat xavfsizligi va qonuniylikni taminlash, fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himioya qilish, bilan bog'liq vazifalarni vijdonan va sitqidildan bajarishga tayyorgarlikni oshirish hamda mustaxkamlash qaratilgan tadbirlar asosiy o'rin tutadi.

Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlar va harbiy xizmatchilarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma'naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g'urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas'uliyat hislarini oshirish maqsadida "Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi" qabul qilingan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad xodimlarni har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg'unchi g'oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-e'tiqodi

va irodasi mustahkam, ma'naviyatli va fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik ko'rsatib halok bo'lgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta'minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas'uliyat hissini shakllantirishdan iborat.

Shunday ekan, ta'lim muassalari kursantlariga nazariyaning chuqur o'rgatilishiga erishish lozim. Hozirgi ta'lim muassalarida amaliyotga urg'u berilishini

nazariyaga extiyojning kamayishi bilan izoxlab bo'lmaydi. Nazariyani kuchli egallagan shaxs uchun sinov maydoni bo'lgan amaliyot kerak, amma bilim bo'lmasa amaliyot xech qanday naf keltirmaydi. [6]

Shunga asosan Ichki Ishlar Vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 400-son buyrug'iga asosan "Ichki ishlar organlarida ma'naviy ma'rifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida nizom" qabul qilingan bo'lib, ushbu nizomga asosan ichki ishlar orgonlari xodimlari o'qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati keltirib o'tilgan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad: xodimlarni ona-vatanga muxabbat va xizmat burchiga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularni yuksak insoniy va ma'naviy axloqiy sifatlarga ega bo'lgan xalqparvar xodim darajasiga yetkazish, xodimlarni yagona g'oya asosida jipslashtirgan xolda ongiga xalq manfaatlariga vijdonan xamda sitqidildan xizmat qilish oliy va sharafli burch yekiligini singdirishdan iborat. Demak, yaxshi mutaxasis bo'lish uchun birinchi galdagi vazifa kitobxonlik madaniyatini oshirishimiz lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ichki ishlar vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida tinglovchi va kursantlarni harbiy vatanparvar etib tarbiyalash barcha tadbirlarning bosh maqsadidir. Tinglovchi va kursantlarda vatanparvarlik e'tiqodini shakillantirishda halqimizning boy tarixiy me'rosi va an'analarini bilish muximdir. Bu boradagi an'analarning moxiyatini uzoq va yaqin o'tmishda Vatan va millat manfaatlari yo'lida fidoiylik ko'rsatgan halq qaxramonlarining faoliyati, O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lidagi yutuqlari misolida ochib berish maqsadga muvolfiq.

Buni amalga oshirish uchun quyidagilar asosiy vazifalarga amal qilishimiz lozim:

- xodimlarning ma'naviyati va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an'analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgan yagona tizimni yaratish;

- xodimlarning ongu tafakkuriga Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanini anglatish, davlatimiz va ichki ishlar organlarining timsollari bilan faxrlanib, qasamyodiga sodiq bo'lish hamda kasbiy burchini bajarishda qonuniylikka qat'iy rioya etish tuyg'usini chuqur singdirish orqali xalqning ularga bo'lgan ishonchi va hurmat hissini yuksaltirish;

- xodimlarning ongi va qalbiga «Yangi O'zbekiston — uchinchi Renessans sari!» g'oyasining mazmun-mohiyatini singdirish asosida ularning Vatan va xalq

taqdiriga, davlatimiz hamda islohotlar talablariga daxldorligini yanada oshirish;

232

Scientific Journal Impact Factor

- shaxsiy tarkibga mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tizimli tushuntirish hamda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo'layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularning ongli munosabati hamda faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish;

- milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o'rganish hamda tahlil qilish, Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo'lida qahramonlik ko'rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ'ib etish asosida xodi mlarda xizmat burchini bajarish borasida qat'iy hayotiy e'tiqodni qaror toptirish;

- xodimlarning estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va san'atning turli sohalariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ushbu maqsadda adabiyot, kino, teatr, tasviriy san'at imkoniyatlaridan keng foydalanishni tizimli asosda yo'lga qo'yish;

- xodimlarning ichki va tashqi ma'naviy tahdidlar hamda korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish hamda shu maqsadda fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish. [7]

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020. 400-b;

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020.132-b;

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch T-2008, 60-61-b;

4. R.A. Xatamov. 2021 yil 22 fevral kuni o'tkazilgan yig'ilishdagi nutqi;

5. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020.141-b;

6. Mamadaliyev Sh.O. Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar T-2011. 21-b;

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qaroriga 3-ilova Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish Konsepsiyasi 2-bob.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.