Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA MILLIY G‘OYAMA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA MILLIY G‘OYAMA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1597
183
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviyat / yoshlar tarbiyasi / milliy qadriyat / ma’naviy qadriyatlar / milliy g‘oya / vatanparvarlik / erk / erkinlik / mafkuraviy jarayon. / Spirituality / education of youth / national values / spiritual values / national idea / patriotism / freedom / ideological process.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Uralov Dilshodbek

Maqolada bugungi kun yoshlar tarbiyasida Milliy g‘oya, ma’naviyatning hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oila va mahallaning ahamiyati haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL IDEOLOGY AND SPIRITUAL VALUES IN THE EDUCATION OF YOUTH OF NEW UZBEKISTAN

The article reveals the role of the national idea, spirituality, national and universal values in the education of modern youth, the role of the family and society in the education of youth in the spirit of patriotism.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA MILLIY G‘OYAMA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA MILLIY G'OYA-MA'NAVIY QADRIYATLARNING O'RNI

Uralov Dilshodbek

Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkentfiliali Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Annotatsiya. Maqolada bugungi kun yoshlar tarbiyasida Milliy g'oya, ma'naviyatning hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oila va mahallaning ahamiyati haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Ma'naviyat, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyat, ma'naviy qadriyatlar, milliy g'oya, vatanparvarlik, erk, erkinlik, mafkuraviy jarayon.

Аннотация. В статье раскрывается роль национальной идеи, духовности, общенациональных и общечеловеческих ценностей в воспитании современной молодежи, роль семьи и общества в воспитании молодежи в духе патриотизма.

Ключевые слова. Духовность, воспитание молодежи, национальные ценности, духовные ценности, национальная идея, патриотизм, свобода, идеологический процесс.

Abstract: The article reveals the role of the national idea, spirituality, national and universal values in the education of modern youth, the role of the family and society in the education of youth in the spirit of patriotism.

Keywords. Spirituality, education of youth, national values, spiritual values, national idea, patriotism, freedom, ideological process.

Mamlakatimizda ma'naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalasi har doim davlat siyosatining muhim bir bo'g'ini bo'lib kelgan. Shu paytgacha bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, bu islohotlar bugungi davr talablari darajasida keng qamrovli emasligi hamda ba'zi sohalarda kamchiligi ko'rinib qolayotganligi hech kimga sir emas. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida shunday deb ta'kidlagan edi: "...yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz"[1]. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Yurt kelajagi ham ma'nan, ham jismonan

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

barkamol bo'lgan yoshlar qo'lidadair. Shuning uchun ham bu boradagi sa'yi-harakatlarni yanada kuchaytirish zarur.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanildi. Maqolada yangi o'zbekiston yoshlari tarbiyasida milliy g'oya- ma'naviy qadriyatlarning o'rni obyektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodologik manba sifatida olindi.

O'z davrida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: O'zbekiston XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi o'sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shunday ekan, ayni paytda bu sohada yo'l qo'yilgan har qanday sustkashlik, kamchilik kelajakka berilgan zarbaga teng, deyish mumkin. Buning ustiga XXI asr vabosiga aylangan terrorizmning turli-tuman ko'rinishlari xuruj qilib turgan bir paytda ogohlik va hushyorlik, qat'iyatlilik va mardlik talab etiladi. So'nggi yillarda g'oyaviy dushmanlarimiz o'zlarining manfur niyatlarini amalga oshirish uchun eng zamonaviy telekommunikatsiya yutuqlaridan, jumladan, internet tarmog'idan ham foydalanishga harakat qilayapti. Shu sababli ma'naviyatimizda bo'shliq hosil bo'lishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Birinchi Prezid entimiz Islom Karimov - bunday bo'shliq yuzaga kelgan taqdirda uni yoshlarning ilmga, kasb-hunarga, sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo'lgan yangicha hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar bilan to'ldirish lozimligini o'z davrida qayta-qayta uqtirib o'tgan edilar. Yoshlarni turli qing'ir yo'llarga kirib ketishdan, nomaqbul oqimlar ta'siriga tushib qolishdan qanday himoya qilish mumkin? Bolalik, inson hayotining nihoyatda mas'uliyatli davridir. Ana shu pallada yigit-qizlarning har jihatdan garmonal rivojlanishi kuzatiladi. Xalqaro til bilan aytganda, ularning qat'iy rivojlanish maqomi yuzaga keladi. Bu faslda ularning qalbi va ongi faol rivojlanib, dunyoqarashi shakllanadi, uning bosqichlari oila, bog'cha, mahalla, maktab, litsey, va oliy o'quv yurtida rivoj topadi. Biroq, ming afsuslar bo'lsinki, inson hayotining aynan shu bosqichida, ba'zan turli salbiy odatlarga, xususan, ichkilikbozlik va giyohvandlik domiga tushib qolishlari mumkinligi haqiqat! Xo'sh bunday holatlarda qanday chora-tadbirlarni qo'llash mumkin. Eng avvalo, ta'lim-tarbiya asoslarini puxta egallashlari, ommaviy axborot

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

vositalaridan unumli foydalanish, falsafiy-huquqiy qarashlar, adabiyot va san'at ahli hamda ijodkor ziyolilar faoliyatini yoshlar tarbiyasiga yanada ko'proq yo'naltirish lozim. Shu o'rinda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma'rifatli, ayni paytda o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan insonlarni, kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak" [2],-degan so'zlarini eslash kifoyadir. Ma'lumki, yoshlar tarbiyasi hamma vaqt dolzarb vazifalardan biri bo'lib, muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasi XXI asrga qadam qo'yganidan keyin bu masala yanada dolzarb, yanada muhim, hayot-mamot masalalaridan biriga aylanib qoldi. Men,- deb yozgan edi Mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, - Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan fikrini ko'p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham muhim va dolzarbdir"[3]. Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa, bu masalada bo'shliq (ma'naviy bo'shliq) paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bugungi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama - qarshiliklar va ziddiyatlar keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, fohishabozlik, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" va shu kabi boshqa xavf - xatarlar tobora kuchayib, insoniyat ming yillar davomida amal qilib kelgan milliy, diniy va oilaviy qadriyatlar, e'tiqodlarga putur yetmoqda. Mana shunday va boshqa ko'plab tahdidlar insoniyat hayotida, ayniqsa yoshlar tarbiyasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor eta olmaydi. Yoshlarimiz tarbiyasi - bu bir kishining ishi emas. Agar hammamiz birgalashib harakat qilsak, yoshlarimiz Vatan va el - yurt koriga yaraydigan insonlar bo'lib ulg'ayadilar. Yaxshi tarbiya insonga ma'naviyat kabi ona suti, ota na'munasi va ajdodlar o'giti bilan birga singadi. "O'z xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o'z xalqini millatlarning butunjahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o'z Vatanining haqiqiy jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas"[4].

Bugungi globallashgan zamonda yurtimizdagi barcha ota - onalar ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek sharafli bir vazifani sidqidildan uddalay olayaptilarmi? Farzandi tarbiyasini maktab, mahalla, kollej, oliy o'quv yurti yoki

Scientific Journal Impact Factor

jamiyat zimmasiga tashlab qo'yganlar ozmunchami oramizda? Yoki bo'lmasa o'g'li - qizi taqdiri bilan qiziqmay, peshonasida borini ko'radi, deb hayotdan nolib yuradiganlar yo'qmi oramizda? Tarbiya "yo hayot, yo mamot"ligini anglamayotganlar-chi? Inson hech bir zamonda jinoyatchi bo'lib tug'ilmaydi yoki jinoyatchi bo'lib qolmaydi. Avval jinoyatga undovchi omillar, turtkilar paydo bo'la boshlaydi. Yurish-turish, hatti-harakat, gap-so'zda o'zgarishlar yuz beradi. Nahotki, ana shunday kezlarda ota-ona hech narsani sezmasa, payqamasa? Mana shu "sezmaslik", "payqamaslik", birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, ichimizdagi xavfdir. U tashqi xavfdan ko'ra xatarliroqdir. Chunki odam dushmani nima qilishini oldindan sezib, unga qarshi himoya vositalari bilan qurollanib turadi. Ichki xavfning esa qachon va qaysi tomondan kelishi va natijada nimalar yuz berishini bilish amrimahol. Eng achinarlisi shuki, ichki xavf hamisha tashqi xavfning qurboni bo'lib qolaveradi. Uning yo'rig'iga yuradi, topshirig'ini bajaradi, buning domiga tushib qolgan yoshlar esa, o'z ota-onasi va yurtiga xiyonat qiladi. Farzandi tarbiyasi bilan shug'ullanmagan ota-ona uni ko'chaga berib qo'yadi. Shuning uchun ham tarbiya oiladan boshlanishini sira ham unitmasligimiz kerak. Yoshlar siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri - mustaqillik yillarida yaratilgan milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash va bardavomligini ta'minlashda faol ishtirok etadigan avlodni voyaga yetkazishdir. Zero, jahon hamjamiyatida tobora munosib o'rnini topayotgan, barcha sohalarda barqaror taraqqiy etayotgan O'zbekistonimiz o'z istiqbolini hozirgi davr voqeligini to'g'ri anglaydigan yetuk avlodlar timsolida ko'radi. Darhaqiqat, 1991 yilda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari" to'g'risidagi qonunda, 2017 yil 15 sentyabrda e'lon qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risi"dagi qonunda va 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab - quvvatlash to'g'risida"gi farmonda ham ana shu ezgu maqsadlar ko'zlangan bo'lib, unda yoshlar siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berilgan. Jumladan, O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining yettinchi ustuvor yo'nalishida shunday deyiladi: -"yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga, ijodiy to'garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o'rgatish o'quv kurslariga keng jalb etish yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g'oyaviy -uslubiy jihatdan ko'mak beradi"[5]. Bugungi kunda O'zbekiston aholisining 67 foizini yoshlar tashkil etadi. Mehnatga jalb etilgan aholining asosiy qismi yoshlardir. Kelajakda bu ko'rsatkichlar yanada ortib boradi. Yoshlarga xos bo'lgan ijtimoiy

Scientific Journal Impact Factor

xususiyatlar - ularning dunyoqarashi, bilim doirasi, mutaxassislik darajasi, ma'naviyati, insoniy fazilatlari, jamiyatning umumiy darajasi va taraqqiyotiga o'z ta'sirini o'tkazishi, shubhasiz. Ma'naviyatli xalqning madaniyati yuksalgan, istiqboli porloq bo'lishiga shak-shubha yo'q, albatta. Bu jihatdan o'zbek xalqi o'zining boy merosi, milliy va diniy qadriyatlari bilan har tomonlama faxrlansa arziydi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarning porloq kelajagini yaratishga qaratilgan keng ko'lamli siyosatidan, yaratilayotgan keng imkoniyatlardan, samarali islohotlardan foydalangan holda yurtimiz yoshlari barkamol avlod sifatida, har bir o'g'il-qiz avvalo, chet tilini mukammal bilishi, kompyuter sohalarini chuqur o'rganishlari, internetdan foydalana olishi, milliy va diniy qadriyatlarga amal qilishlari, ilmiy izlanishlar olib borishlari, fidoyi Yurt farzandi bo'lishlari lozim. Bunday yoshlar yurtimiz tinchligini, osoyishtaligini ta'minlay oladigan insonlar bo'lib, istiqbolni belgilashadi. Vatanimizning buyuk kelajagini qurish, oldimizda turgan katta-katta muammolarni yechish, mustaqilligimizni himoya qilish, hayotda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi tamoyiliga amal qilib yashashdek muhim vazifalarni yoshlarimiz o'zining muqaddas burchi deb bilayotgani, ayniqsa, e'tiborga sazovordir. Barkamol yoshlarni tarbiyalashdek porloq niyatimiz uchun bizda ma'naviy asos bor. Mana shu ma'naviy meroslardan unumli foydalangan holda, o'zbek yoshlari har qanday sohada yurtimizni dunyo tan oladigan Yurt sifatida himoya qilishlariga hamda har doim "O'zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo'lmasligi"ga ishonamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 - son farmoni "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlari ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" Toshkent shahri, 2017 yil 5 iyul.

3. "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari" to'g'risidagi qonun. 1991 yil.

4. Karimov. I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T.: "O'zbekiston",1998, 17 - bet.

XULOSA VA TAKLIFLAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.