Научная статья на тему 'YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR'

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1631
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
vatanparvarlik / harbiy / yoshlar / sinfdan tashqari ishlar. / patriotism / military / youth / extracurricular activities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Guliya Gaybullayevna Habibova

Keyingi yillarda mamlakatimizda chiqariluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash, ma’nan yetuk va jismonan sog’lom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shug’ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Maqolada yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiylashda sinfdan tashqari ishlar tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN EDUCATING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF MILITARY PATRIOTISM

In recent years, the country has done some work in the field of training military personnel in military-technical specialties, the development of a spiritually mature and physically healthy person, a favorable environment for sports, including its technical and practical types -conditions were created. The article examines extracurricular activities in educating young people in the spirit of military patriotism.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR»

YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA

SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Guliya Gaybullayevna Habibova

BuxDU pedagogika kafedrasi kata o'qituvchisi [email protected]

ANNOTASIYA

Keyingi yillarda mamlakatimizda chiqariluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash, ma'nan yetuk va jismonan sog'lom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shug'ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Maqolada yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiylashda sinfdan tashqari ishlar tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik, harbiy, yoshlar, sinfdan tashqari ishlar.

EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN EDUCATING YOUNG PEOPLE IN THE SPIRIT OF MILITARY PATRIOTISM

ABSTRACT

In recent years, the country has done some work in the field of training military personnel in military-technical specialties, the development of a spiritually mature and physically healthy person, a favorable environment for sports, including its technical and practical types -conditions were created. The article examines extracurricular activities in educating young people in the spirit of military patriotism.

Keywords: patriotism, military, youth, extracurricular activities.

KIRISH. "Yosh avlodimizda qat'iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o'rta maktabdan boshlab oliy o'quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta'lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda" deb ta'kidlagan edi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev.

Bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish, yaxlit tizimga solish, mazkur ishlar ko'lamdorligi va natijadorligiga erishish chora-tadbirlari talab darajasida olib borilmayotganligi, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim muassasalari va keng jamoatchilik ishtirokining sustligi, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida Qurolli tuzilmalar, davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va ta'lim muassasalari o'rtasida samarali hamkorlikning to'g'ri yo'lga quyilmaganligi, mahallalarda, ta'lim muassasalarida va harbiy qismlarda yoshlarni

harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini prinsipial jihatdan yangicha yondashuv asosida yo'lga qo'yish va tizimga solishga hayotiy muhim ehtiyoj sezilayotganligiga guvoh bo'lamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda vatanparvarlik mavzusida muayyan darajada tadqiqot ishlari olib borildi: ommabop kitob va risolalar, ilmiy va o'quv uslubiy qo'llanmalar chop etildi. R.Yu.Qurbonovning «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy g'oyaning o'rni», Kalkanov E.T. "Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishining bog'liqlik qonuniyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari, S.Astanova, I.Yu.Inoyatov, M.X.Abilovning izlanishlari ham ilmiy e'tiborga molikdir. Bu kitob, risola va dissertatsiyalarda asosiy e'tibor vatanparvarlikning mazmun-mohiyatiga, hozirgi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Ammo sohaga oid metodologik masalalar, xususan, o'quvchi-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shu vaqtga qadar yaxlit holda o'rganilmagan.

NATIJALAR. Oldingi mashg'ulotlarimizda biz yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ba'zi shakllarini ko'rib chiqdik. Bular: Ma'ruza, mavzuviy kechalar, nazariy konferentsiyalar, mehnat va urush faxriylari bilan uchrashuvlar, xalqimiz mehnat va jangovar shon-shuhrati joylariga sayohatlar uyushtirish. Qay bir harbiy vatanparvarlik tarbiyasi shaklini tanlamaylik, ular hammasi bitta maqsadni ko'zlab amalga oshiriladi, ya'ni yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish, armiyaga muhabbat, Vatan himoyasiga doim tayyor turishga tayyorlash maqsadiga aniq yo'l ko'rsatishdan iboratdir.

Ushbu ma'ruzada biz yoshlarning Qurolli Kuchlar safidagi xizmatida, armiyaga muhabbat, Vatanni himoya qilish uchun zarur bo'lgan xislatlarni tarbiyalashda badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san'atning ahamiyati to'g'risida gapirib o'tmoqchimiz.

Bu odamlar kimlar, nima uchun biz ularni buyuk deb ataymiz, Vatanimiz uchun ular nimalar qilganlar bularni biz badiiy, tarixiy adabiyotlarni o'rgansak, kino, teatrlarga borib, tasviriy san'at - rassomchilik, grafika, tarixiy va xotira joylari muzeylariga borsak bilib olishimish mumkin.

Adabiyotlar o'quvchilarni Vatanni himoya qilishning ming yillik an'analari haqida o'ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy janglar qahramonlari bilan faxrlanish hissini uyg'otadi. Xalqning buyukligini ko'rsatadi, Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg'otadi. Adabiyot o'quvchilarga Vatan uchun kurash ahamiyatini ochib beradi, yoshlarga butun yuragi bilan bu kurash chiroyi va oliyjanobligini ochib beradi. Malika To'maris, cho'pon Shiroq, Spitamen, Muqanna, A.Temur, Ulug'bek, Bobur, S.Raximov, L.Alieva, K.Suyunova obrazlari o'quvchi yoshlar uchun ma'naviy namuna hisoblanadi. Xalqning o'z mustaqilligi uchun kurashiga bag'ishlangan adabiy asarlar o'quvchilarga urushlarning yuzaga kelishi

sabablarini tushunish, O'zbekiston xalqlarining o'z mustaqilligi uchun qahramonona jasoratlari ma'naviy sabablarining chuqur asoslarini tushunishga yordam beradi. Urush haqidagi bizning asarlarimiz qahramonlar ma'naviy dunyosini og'ir sinovlarda ochib beradi, o'quvchilar ongida Vatan va butun dunyoda tinchlik himoyachilari namunasini yaratib va o'rgatib qolishiga intiladi. (Taqlid etish uchun misollar keltiring).

Badiiy adabiyot ikki vazifani bajaradi desak bo'ladi.

Birinchidan o'rganish bilishni. Kitobni o'qib yoshlar dunyoni o'rganadilar, bilimlarini oshiradilar, ular tabiat sirlarini bilib oladilar, xalqlar tarixi ulug'ligidan xabardor bo'ladilar.

Badiiy adabiyot o'quvchini ming yillik o'tmishga va kelajakka olib o'tishi mumkin. Uning ulug' qadr qimmati ana shundadir.

Ikkinchidan tarbiyaviy. U o'z sevimli qahramonlari bilan qo'shilib birlashib ketadi, xuddi ularning hayoti, fikri, jasorati harakatlari bilan yashay boshlayotgandek bo'ladi. Kitob qahramonlari o'quvchilar qalbida chuqur iz qoldiradi. O'quvchi, ayniqsa, yoshlar o'z qahramoniga o'xshashni xohlaydi, undan ibrat olish, uning qahramonliklarini qaytarishni orzu qiladilar, Albatta shu bilan maqsadga muvofiq va ancha foydali tarbiyaviy beradi. Bunda gap vatanparvarlik ruhida yozilgan, Vatanga muhabbat haqidagi fikr ifodalangan, uni himoya qilish, o'z xalqi qahramonona tarixi, uning madaniyati, turmushi, odatlari va ajdodlari buyuk jasoratlari haqida yozilgan kitoblar nazarda tutiladi.

Badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san'at fashizmga qarshi kurashda o'zining qimmatli rolini o'ynaydi. Ular xalqning ma'naviy ruhini ko'tardi, ayniqsa urushning boshlanishi davrida.

Vatan himoyasiga qaratilgan plakatlarga hayajonlanmasdan qarab bo'laydi. Radio orqali so'zlarni eshitishlari bilan odamlar ko'zidan ko'z yoshi qalqib chiqar edi. Buyuk yozuvchilar shunday asarlar yaratdilarki, ya'ni "Tiriklar va o'liklar", "Ular Vatan uchun jang qilganlar", "Dushman orqasidagi urush" kabilar shular jumlasidandir.

Kinomatografiya juda keskin ravishda ildamlab ketdi. Ekranlarda o'lmas nodir asarlar yaratildi: "Ular Vatanni himoya qiladilar", "Soat yarim kechada to'xtadi", "Farxodning jasorati", "26 chisi otilmasin" va boshqalar. Harbiy yozuvchilarning ko'pgina asarlari ekranlashtirildi. Teatr sahnalarida harbiy mavzu ustun turdi. Boshqacha qilib aytganda butun ijodiy ziyolilar fashizmga qarshi umumxalq kurashiga qo'shildilar. Shuni aytish kerakki, ular o'z burchlarini sharaf bilan bajardilar va dushman ustidan g'alaba uchun o'z hissalarini qo'shdilar. Bu buyuk qahramonlik nimadan iborat edi?

Birinchidan, asosiysi, ular g'alabaga bo'lgan ishonchni mustahkamladilar. Vatan uchun eng qiyin damlarda ruhan tushmaslikka, oxirgi tomchi qoni qolguncha erning har bir qarichini himoya qilishga chaqiradilar, ularning kitoblari, she'r, kinofilmlari, plakatlari, asarlari er yuzida hayot uchun jangga chorlaydi, shavqatsiz, qonli lekin zarur

bo'lgan jangga chorlaydi. Ular xalqqga eng qiyin onlarda yordamga keldilar. Ko'pgina yozuvchilar o'z asarlarini bevosita front chizig'ida yaratdilar. Qalam va qog'oz bilan ular jangchilar bilan bir safda hujumlarda ishtiok etdilar.

Bugungi kunda odamlar ular yordamida urush qanday dahshatli bo'lganini, u va bu tomondan qanchalar hayotlarni olib ketganini, Evropa xalqlariga behisob ofatlar olib kelganini bilib oladilar, Bugungi kunda hujjatli kadrlar o'ta dahshatli kunlarni odamlar yodiga solib "Odamlar hushyor bo'linglar" deb xitob qiladi.

Ko'pgina kontsert brigadalari doim front chizig'ida bo'ldilar. Ko'pincha to'g'ri kelgan joyda, odatda avtomashina kuzovi sahna sifatida xizmat qilib kontsert qo'yilardi. Bu jangchilarni ruhlantirar, g'alabaga ishonchini oshirar edi. Bu damlarda har bir jangchi o'z xayollariga berilar edi: oilasi, bolalari, ona eri, do'stlari, endi hech qachon yonida bo'lmaydigan safdoshlari haqida o'ylar edilar. Ana shunday damlarda hammaning orzusi bitta edi: tezroq dushmanni engib o'z uyiga qaytish.

Ikkinchidan, ijodkor ziyolilar xalqqa bu shavqatsiz kurash haqida haqiqatni etkazar edilar. Haqiqat shundan iborat ediki, fashist Germaniyasi o'z oldiga butun - butun xalqlarni yo'q qilib tashlashni, bosqinchilikni maqsad maqsad qilib olgan edi. Haqiqat shundan iborat ediki, xalq bilar va muqaddas jangda yosh va qari ishtirok etardi. Va nihoyat ular ertami, kechmi g'alaba qilishlariga ishonar edilar.

Uchinchidan, ijodkor ziyolilar urush zaxmatkashlari - jangchilarning qahramonliklarini yorqin ko'rsatib berar edilar. G'arb mamalakatlari o'zlari guvohi bo'lib ulug' jangning asosiy og'irligi xalq va uning armiyasi elkasida ekaniga ishondilar. Ijodkor ziyolilar bularni butun jahonga ko'rsatib bera oldilar.

Va nihoyat to'rtinchidan ijodkor ziyolilar jangchilarda Vatanga muhabbat, bosqinchilikka nafrat, botirlik, mardlik, jasorat, o'z qasamyodiga, bayrog'i, quroldosh do'stlariga sodiqlik kabi sifatlarni tarbiyalash, g'alaba uchun o'z jonini ayamaslikni tarbiyalaydi.

Jangchilarning bu sifatlari romanlar, kinofilmlarda, pesalarda asosiy mavzu qilib ko'rsatildi. Shu tariqa ijodkor ziyolilar ikkinchi Jahon urushi davrida fashizm ustidan g'alaba qilishda o'z hissalarini qo'shdilar. Yozuvchilar, rassomlar, kino ustalari, jurnalistlar, artistlar, xonandalar - hammalari bir bo'lib Vatan himoyasiga shaylandilar, o'z ijodlari bilan ular xalqni Vatan himoyasi uchun kurashga, g'alabaga chaqirdilar. Hozirgi davrga kelib badiiy adabiyot, kino, teatr, tasviriy san'atning roli ancha o'sdi.

O'zbekistonning mustaqillikka erishishi ularning ahamiyati o'sishiga sabab bo'ldi. Bu sharoitda tarbiyaviy jarayonning bir qator masalalarini qayta ko'rib chiqish sharti yuzaga keldi.

O'quvchilarni tarbiyalash jarayonida badiiy asarlar, kino, teatr, tasviriy san'at roli va vazifasi o'zgarmay qoldi.

Gap bu jarayon shakli va uslublarini qayta ko'rib chiqish (tashkil etish) haqida boradi. Xususan hozirgi davr bosqichida o'zbek klassikasiga e'tiborni qaratish zarur.

Albatta bu tarbiyaviy jarayondan jahon, rus klassikasini chiqarib tashlash kerak degani emas. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar o'zbek klassikasi ikkinchi o'rinda turib, rus klassikasi ustunlik qilar edi. Shu tartibda butun avlodlar tarbiyalandi, ta'lim olishda, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi. Hozirga kelib o'quvchilarni ko'proq o'zbek yozuvchilari asarlari bilan tanishtirish zarur, tarbiyaviy jarayon uchun bunda juda ko'p imkoniyatlar bor. Beruniy, Navoiy, Bobur, G'ofur G'ulom, Oybek, Sh.Rashidov va boshqalar.

Bunda asosiy rolni «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisi, o'quv muassasa kutubxonasi xodimlari, o'qituvchilar, ayniqsa adabiyot o'qituvchilari bajarishlari zarur, o'quv dasturi bo'yicha o'rganiladigan asarlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish zarur.

O'quv muassasa kutubxonalarida vatanparvarlik yo'nalishidagi badiiy adabiyotlar maxsus ko'rgazmasi bo'lishi kerak. Tarbiya shakli turlicha bo'lishi mumkin: Bu eng avval o'quvchilarning o'zlari badiiy adabiyot o'qishlaridir. Bu eng asosiysi. Lekin shu bilan tarbiya jarayoni to'xtab qolishi kerak emas.

Kitobni jamoa o'rtasida muloxaza qilish, kitob muallifi bilan uchrashuv tashkil etish, uning qahramoni bilan suhbatlar tashkil etish, bir so'z bilan aytganda bu ishga ijodiy qarash kerak. Hozirgi kunda ko'pgina oilalar aytarli katta kutubxonaga ega. Axoli qo'lida juda katta miqdordagi bidiiy asarlar bor. «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisining burchi tarbiyalanuvchilar qanday kitoblarni o'qishlari bilan qiziqishdir, maslahat berish, ota-onalari roziligi bilan ular kitob almashtirishlariga yordam berish. Ko'rib turibsizki, o'sib kelayotgan avlod uchun faoliyat imkoniyatlari juda keng. Yoshlar hozirgi kunda juda ko'p g'arbning ko'ngilochar, ular tarbiyasini buzuvchi kitoblarni o'qiydilar. Bu ular tarbiyasiga tuzatib bo'lmas zarar etkazadi. Shuning uchun «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisining va shu qatori boshqa o'qituvchilarning vazifasi o'quvchilarga kitob tanlashda yordam berishdan iborat. Bundan tashqari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi kitoblar kutubxonalarda etarli ekani bilan qiziqib turish zarur. Albatta bunda o'quv muassasa kutubxonasi xodimlari mas'uliyati katta bo'ladi. Ular faqatgina texnik xodim sifatida emas yoshlarga qaysi kitobni o'qishni tavsiya eta bila oladigan bilimdon tarbiyachi bo'lishlari zarur.

Bolalar o'qigan har bir kitob ular ko'nglida yaxshi iz qoldirishi, uni tarbiyalashi kerak. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishida ko'pgina xalqlarning, fashizm tanqidchilarining ikkinchi Jahon urushi haqida yozilgan asarlar to'plashlari qimmatli ahamiyatga ega.

Ulardan ko'plari bugungi kunda klassik asarlar tarkibini tashkil etadi. Albatta, biror kitobni turli yoshdagi o'quvchilarga tavsiya etib bo'lmaydi.

Bu masalaga katta e'tibor berish zarur. Aytaylik 4-5 sinf o'quvchilariga murakkab klassik asarlarni o'qishga tavsiya etish albatta to'g'ri bo'lmaydi. Bu asarlar faqat katta

sinf o'quvchilariga tavsiya etilishi mumkin. Shunisi aniqki o'quvchilar faqatgina klassikani o'qishlari kerak emas, ayniqsa 3-5 sinf bolalari. Shu sababli kitoblar turlari keng bo'lishi kerak. Boshqa tomondan faqatgina vatanparvarlikni tarbiyalovchi kitoblarni tavsiya qilish ham mumkin emas, chunki bu juda zerikarli bo'lishi aniq. Bunday yondoshish yoshlar tarbiyasiga to'zatib bo'lmas zarar etkazishi mumkin. Demak badiiy asarlar mavzulari turli tuman bo'lishi kerak. O'quvchida vatanparvarlikni tarbiyalovchi kitoblar bilan bir qatorda texnik adabiyotlar, detektiv asarlar, fantastik kitoblar bo'lishi foyda keltiradi. Bunday kitoblarni shubhasiz o'quvchilarga tavsiya qilish mumkin. Chunki detektiv va fantastik asarlarda ham foydali tarbiyaviy jihatlar kam emas. Masalan Jul Vern asarlari yoshlarda Vatanga muhabbat, mardlik, jasoratni tarbiyalamaydimi? Albatta tarbiyalaydi. Hatto hajviy kitoblar ham tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu erda o'lmas Xo'ja Nasriddin va uning Buxorodagi sargo'zashtlarini esga olmay bo'lmaydi.

Bu aytib o'tilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, har bir badiiy adabiyot o'z tarbiyaviy rolini quyidagi hollardagina to'la bajara oladi:

1. Bu jarayonni «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisi, o'quv muassasa kutubxonasi xodimi boshqarib borsalar. Bu jarayonni o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas, tarbiyalanuvchilar nimani o'qiyotganlari bilan doimiy qiziqib turish - o'qituvchining burchidir.

2. Tarbiyaning turli shakllaridan foydalanish zarur (o'quvchilar o'zlari kitob o'qishlaridan tashqari) o'quvchilar konferentsiyalari, o'qib chiqilgan kitoblarni muhokama qilish, kitob mualliflari, hujjatli asar qahramonlari bilan uchrashuvlar o'tkazish va shu kabilar.

3. O'quvchilarga faqatgina vatanparvarlikni tarbiyalash yo'nalishidagi kitoblarni tavsiya qilish mumkin emas. Bu ularni zeriktirib qo'yishi va bu mavzuga qiziqishlarini yo'qotishi mumkin. Kitob o'qish - dam olishdan majburlash, ya'ni ularni qiynoqqa aylantirishi mumkin. Bu holda biz tarbiyadan ko'ra teskari natija olishimiz mumkin. Tavsiya etilgan mavzular turli xil bo'lishi kerak. Har bir kitobda tarbiyaviy tomonlari borligini esda tutish kerak.

Birinchi navbatda yoshlarni o'z xalqimiz yozuvchilarining asarlari bilan tarbiyalashimiz zarur. O'zbek klassikasidan keng foydalanish kerak. Chet el adabiyotini tavsiya etishdan qo'rqish kerak emas. Har doim shuni esada tutish kerakki, aynan siz tavsiya etayotgan adabiyotlar ma'no va mazmun jihatdan serqirrali bo'lishi darkor.

Kino ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Kinoning imkoniyatlari cheksizdir: u respublikamizning hamma erida mavjud. Uning har bir yoshdagi insonlar uchun imkoniyati bor, ko'p vaqt sarflashni talab qilmaydi 1,5 - 2 soat (400-500 betli kitobni o'qish uchun o'rtacha 5-7 kun kerak bo'ladi). Kino yordamida tarbiyalash formalari ham unchalik murakkab emas. Bular jamoa bo'lib kinoga borish (madaniy tashrif), tomosha qilingan filmni muhokama qilish, shu mavzuda insho yozish, aktyorlar, film

qahramonlari bilan uchrashuvlar va shu kabi. Va yana o'sha ilgarigi xulosa: hech qanday uslubda ham ma'muriyatchilik, rasmiyatchilikka yo'l qo'yib bo'lmaydi.

Tarbiyachilar hozirgi vaqtda har bir oilada televizor borligini e'tiborga olishlari muhim. Har kuni televizor orqali filmlar namoyish etiladi. Tarbiyachilar o'quvchilar nimalarni ko'ryaptilar, ularga ko'proq nimalar yoqishi, nimalarga ko'proq qiziqishlarini bilib borishlari kerak. Bu masalalarni erkin formada muhokamaga olib chiqish zarur keskin savollardan qochish, ularga javob bermaslik kerak emas.

O'quvchilarga tasviriy san'at, rassomchilik, grafika, haykaltaroshlik, arxitektura ham katta ma'naviy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston ko'p asrlik tarixida juda ko'plab takrorlanmas, ajoyib tasviriy san'at nodir asarlari yaratilgan. Ulardan harbiy vatanparvarlik tarbiyasida foydalanish - har bir «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisining va tarbiyachilarning burchidir, o'zbek xalqi yaratgan va milliy iftixorimiz bo'lgan nodir tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash bizning ma'naviy madaniyatimizning muhim qismini tashkil etadi. Lekin biz faqatgina miliy boyligimizni aniqlabgina qolmay va balki yangi san'at asarlarini yaratishimiz kerak. Bunga misol qilib muzeylarni ko'rsatishimiz mumkin.

Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash davrida filmlar tanlab olish va namoyish etish tartibi.

O'quv muassasalarida filmlar namoyish etishda «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchilari va bevosita tarbiyachilar ularni tanlab olish bilan shug'ullanishlari kerak, Kinofilmlarni namoyish etishni rejalashtirishda ko'llanmalardan foydalanishlari kerak. Har bir film yaratilgan yili, kinostudiyasi, necha qismdan iboratligi yozib qo'yiladi, hujjatli va ilmiy ommabop filmlarga ular mavzusi va mazmuni qisqacha aytib o'tiladi. Hujjatli, ilmiy - ommabop va o'quv filmlardan ma'ruzalar, mavzuviy suhbat uchrashuvlari, kinokechalar va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda keng foydalanish tavsiya etiladi. O'quv maskanlarida namoyish etiladigan badiiy filmlar mavzulari turlicha bo'lishi kerak. G'arb filmlarini namoyish etishdan qo'rqish kerak emas. Albatta ular yoshlar ko'ngliga yorug'lik bilim olib kelishi kerak, ya'ni ular:

1. Zo'ravonlik, shavqatsizlik, bir millatni ikkinchi millatdan ustunligini tashviqot qilmasligi kerak.

2. Siyosiy masalalarga erishish vositasi qilib urushni tashviqot qilmasligi kerak.

3. Fashzm va buyuk davlat shovinizmini tashviqot qilmasligi. Tarbiyachi tsenzurani qo'llamay o'quvchilarga qaysi filmlarni ko'rsatishni, filmlar ular ko'nglida qanday iz qoldirishini bilishi shart va majburdir.

4. Jamoa bo'lib teatr, ko'rgazmalarga borishni tashkil etish, o'qish uchun adabiyotlarni tanlash bo'yicha tavsiyalar.

Jamoa bo'lib kino, teatrlarga borishlari boshqa harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari bilan birgalikda olib borilishi, xizmatga chaqiriladigan yoshlar tarbiyasiga samarali yordam beradi.

Badiiy, harbiy vatanparvarlik ruhidagi film va spektakllarni yoshlar bilan ofitserlar uyida, madaniyat saroylarida, ommaviy-mudofaa ishlari oyligi kunlarida jamoa bo'lib tomosha kilishni tashkil etish kerak. Harbiy vatanparvarlik mavzusidagi film, spektakllarni tomosha qilish asosan sinf rahbariga yuklatiladi, bu ishlarni amalga oshirishda sinf rahbari sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, hamda harbiy rahbar yordamiga tayanadi.

Kinoteatrlarga borishda avval kinofilm tanlashga e'tibor berish kerak. Film mazmuni o'quvchilar o'rganayotgan «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" dasturi bilan bog'liq bo'lishi, va boshqa umumta'lim darslari bilan mos kelishi zarur. Kinofilmlar o'quvchilar bilimini to'ldiradi, ularga ma'lum darajada tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi.

Film mavzusi tanlangandan so'ng sinf rahbari «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" o'qituvchisi bilan birgalikda kino teatrga borish rejasini tuzadilar. Rejada quyidagilarni ifoda etish maqsadga muvofiqdir:

1. Kinoteatrga borishni tashkil etishga kim javobgar shaxs etib tayinlanadi.

2. Kinoteatrga borishni tashkil etishda o'quvchilar yoshiga qarab guruhlar tashkil etish.

3. Tashkilotchi tomonidan filmni shaxsan ko'rib chiqish.

4. Tashkilotchi tomonidan film mazmunini tahlil qilish.

5. O'quvchilarga kinoteatrga borish kuni va film nomini ma'lum qilish.

6. O'quvchilarni muvzu bo'yicha badiiy manbalar va tarixiy ma'lumotlar bilan tanishtirish, o'quvchilarga tanish bo'lmagan muammolarni o'rganish.

7. Bilet sotib olish (kuni)

8. Harakatlanish transporti, marshrutini aniqlash, (kinoteatrga jo'nab ketish tartibi) ehtiyotkorlik choralarini ishlab chiqish va ular bilan o'quvchilarni tanishtirish.

Kinofilmni tomosha qilishdan avval rahbar o'quvchilarga kerakli bilimlarni ma'lum qiladi. ya'ni hamma kirish mashg'ulotlarini o'tkazadi, faqat shundan so'ng kinofilm tomosha qilinadi. Kinofilmni tomosha qilgandan keyin, uning asosiy muammolari, tarbiyaviy va o'rganish mazmunidagi qiziqarli masalalarni muhokama qilishni tashkil etish zarur. Kinofilm muhokamasini tashkil etish turli yo'llarini taklif etish mumkin.

Harbiy xizmatga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlash tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Harbiy xizmatga tayyorlash jarayonida yoshlar O'zbekiston Respublikasi "Mudofaa haqida"gi qonuni, Konstitutsiyasini o'rganadilar. Yosh

jangchini tayyorlash hajmi bo'yicha kerakli harbiy bilim va amaliy ko'nikmalarni egallaydilar, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar va psixologik barqarorligi tarbiyalanadi.

O'quv muassasalarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga sadoqatni shakllantirish, Vatan an'analari tarixini, o'z xalqini hurmat qilishga katta e'tibor beriladi, Vatanga, xalqiga, tili, an'analari va madaniyatiga muhabbat uyg'otishdan iborat bo'lsa, harbiy vatanparvarlik esa aynan aniq bir maqsad - Vatanni himoya etishga tayyorlashdan iborat bo'ladi.

MUHOKAMA. O'quv yurtida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ko'pgina shakl va uslublardan keng foydalaniladi. Ulardan ba'zilarini oldingi mashg'ulolarimizda ko'rib chiqdik:

1. O'zbekiston xalqi jangovar va mehnat shon-shuxrati joylari bo'ylab poxodlar;

2. Harbiy vatanparvarlik mavzusida nazariy konferentsiyalar o'tkazish;

3. Urush va mehnat faxriylari bilan kechalar va uchrashuvlar o'tkazish;

4. Harbiy vatanparvarlik mavzusidagi ma'ruza, axborot, suhbatlar tashkil

etish.

Bundan tashqari o'quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyot, kino, teatr, tasviriy san'at rollarini ko'rib chiqdik. Deyarli hamma o'quv yurtlarida jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeylari tashkil etilgan, bu erlarda urush faxriylari, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik a'lochilari bo'lgan jangchilari bilan o'quvchilar uchrashuvlari o'tkazilib turibdi.

O'quv muassasalarimiz muzeylari o'z yunalishlari buyicha tarixiy, xotira, o'lkashunoslik, san'at, tabiiy-tarixiy bo'lishi va turli yo'nalishda ish olib boruvchi bo'lishi mumkin. O'zbekiston jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeylari keng tarqaldi.

Muzeylar qanday qilib paydo bo'ladi? Odatda izquvarlar otryadi faoliyati yoki solnoma yozish bo'yicha sermaxsul yaxshi tashkil etilgan ishlar natijasida yuzaga keladi. Bu holda muzey tashkil etish, klassik usulda olib boriladi: qidiruvlar mavzusi, qidiruv eksponatlar saqlash va namoyish etish uchun muzey tashkil etish. Muzey tashkilotchilari materiallarni saqlash, joylashtirish masalalarini xal etishlari kerak. O'quv yurti direktori bilan xona va jihozlar ajratish haqida kelishib olishlari lozim..

XULOSA. Vatanparvarlik bu-yurtimizda mavjud bo'lgan saloxiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona foydalanish, o'z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an'analariga suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga elkadosh bo'lish ehtiyojini har tomonlama tushunib etish demakdir.

Vatanparvarlik, bu-O'zbekistonda xukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni tuzish, tabora kuchga kirayotgan davlatimizni ag'darish, tanlagan yo'limizdan qaytarish,

odamlarning yuragiga vaxima va qo'rquv solish hisobidan ularning ertangi kuniga bo'lgan ishonchini yo'qotish, bir-biriga qarshi qo'yish, yurtimizda, mintaqamizda o'z manfaati, o'z siyosatini o'tkazishga harakat qilayotgan g'animlarga qarshi kurash demakdir.

Auditoriyadan tashqari ishlarda o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ularning olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlari uchun aniq maqsad asosida munozaralar o'tkazish juda ahamiyatlidir. Dars-mashg'ulotlari vaqtida o'quvchi shu mavzu bo'yicha o'z ilganlarini erkin xolda gapirib berishi, munozara o'quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o'z tushunchasini o'rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Azimova N. E. et al. Youth Is Moving Force of Civil Society //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

2. Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. - 2014. - С. 101-104.

3. Tuyevich K. B., Shukurovna K. M. Communication and development of pedagogical culture of the future teacher //Вопросы науки и образования. - 2020. - №. 35 (119).

4. Абдуллаев К. Ф., Хабибова Г. Г. ЕСТЕСТВЕННО-НАУЧНЫЕ ВЗГЛЯДЫ АР БЕРУНИ //Символ науки. - 2021. - №. 4. - С. 125-126.

5. Азимова Н. Э., Элибоева Л. С. Некоторые аспекты повышения уровня экологической культуры //Наука, техника и образование. - 2019. - №. 1 (54).

6. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.

7. Гревцева Г. Я., Фахрутдинова А. В., Элибаева Л. С. Гражданское образование: проблемы и опыт. - 2019.

8. Жураев Б. Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.

9. Жураев Б. Т. Деятельность педагога по гуманизации учебно-воспитательного процесса //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

10. Ортиков О. Р. Махалла как социально-культурный очаг народа //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 20-23.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.

12. КАШИНА И. С., ЭЛИБАЕВА Л. С. ГРАЖДАНСТВЕННОСТЬ-ИНТЕГРАТИВНОЕ КАЧЕСТВО ЛИЧНОСТИ //Культура мира и ненасилия

подрастающего поколения: ракурсы интерпретации и педагогические условия развития. - 2020. - С. 59-61.

13. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. -2021. - Т. 1. - №. 5.Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Основы организации самостоятельной работы учащихся //Молодой ученый. - 2014. - №. 8. - С. 852-854.

14. Рахимова Н. А. РОЛЬ ГУМАНИСТИЧЕСКИХ ПРИНЦИПОВ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА //Вестник науки и образования. - 2021. - №. 3-2 (106). - С. 53-55.

15. Хабибова Г. Г. Вклад ар Беруни в естественные науки //Ответственный редактор. - 2020. - С. 36.

16. Хабибова Г. Г. Воспитание и школа в XVI-XVII вв. в Бухарском ханстве //ББК 74.48 Р 76. - С. 163.

17. Хабибова Г. Г., Исматова Н. Б. СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ВЫЯВЛЕНИЯ УРОВНЯ ЗНАНИЙ ОБ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВАХ ПЕДАГОГОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 12 (137). - С. 14-19.

18. Хабибова Г. Г., Рахманова Д. Б. Психологическая служба в дошкольных учреждениях //Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. - 2019. - С. 121-122.

19. Хабибова Г. Г., Хабибова З. Г. ОСОБЕННОСТИ ВОСПИТАНИЯ И ШКОЛЫ В XVI-XVII ВВ. БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 12-2 (90).

20. Хакимова Н. С., Хабибова Г. Г. А. АВЛОНИ-ПРОСВЕТИТЕЛЬ, ПЕДАГОГ И РЕФОРМАТОР ШКОЛЫ //Вопросы науки и образования. - С. 34.

21. Ходжаев Б. К., Жураев Б. Т. Школьный музей как средство нравственно-эстетического воспитания школьников //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 10-4 (88). - С. 60-64.

22. Ходжиева М. Ш. Совершенствование аксиологического подхода к педагогической деятельности у будущих учителей //Научный журнал. - 2020. - №. 9 (54).

23. Хожиева М. Ш., Хамраев Б. Т. НРАВСТВЕННОЕ ВОСПИТАНИЕ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 10 (135). - С. 41-45.

24. Элибаева Л. С. Повышение активности учащихся начальной школы //Наука, образование и культура. - 2020. - №. 9 (53).

25. Элибоева Л.С. ФОРМИРОВАНИЕ НРАВСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО ОТНОШЕНИЯ К ОБРАЗАМ ЛЮДЕЙ ТРУДА НА УРОКАХ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ //профессор кафедры теории, истории, методики музыки ФГБОУ ВО «ЧГПУ им. ИЯ Яковлева». - 2019. - С. 88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.