Научная статья на тему 'BOLA TARBIYASIDA MILLIY, MA'NAVIY VA AXLOQIY QADRIYATLARNING ROLI'

BOLA TARBIYASIDA MILLIY, MA'NAVIY VA AXLOQIY QADRIYATLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3248
274
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLA TARBIYASIDA MILLIY, MA'NAVIY VA AXLOQIY QADRIYATLARNING ROLI»

BOLA TARBIYASIDA MILLIY, MA'NAVIY VA AXLOQIY QADRIYATLARNING ROLI

O. Ergashova

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi,

N. Abdiyeva

BTS yo'nalishi 2-kurs talabasi

O'zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq umuminsoniy qadriyatlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanib, uning asosiy maqsadi-o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, ko'p millatli xalqimizni birlashtirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo'lgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirishga keng sharoitlar yaratilmoqda. Ularning rivojlanishiga e'tibor berilmoqda.

Xalqimiz orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo'lgan sadoqat, hurmat kundan-kunga rivojlanib, mustaqil O'zbekistonning ma'naviy-ahloqiy negizlarini mustahkamlashning kuch qudrati manbaiga aylanib bormoqda, bugungi kunda O'zbekistonning istiqloli va istiqbolini, buyuk kelajagini umumjahon sivilizatsiyasiga qo'shayotgan hissasini butun dunyo qadrlamoqda, tan olmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar faqatgina bizning Respublikamizdagina emas, balki butun jahonda bir butun, yaxlit holatda har bir inson qalbidan chuqur joy olmoqda.

Davlat ta'lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta'lim muddati mobaynida va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berilgan. Shunday ekan, har bir yoshni ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni o'qishga ishtiyoq uyg'otish, qo'shiq aytish, raqs tushish, rasm chizish malakalarini tarkib to'tirish, rang tasvirlar, musiqa asari, me'morchilik, teatr to'g'risida tushunchalar hosil qilish, tarixga qiziqtirish muhim ahamiyatga ega. Yoshlami ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda adabiyot darsi davr bilan hamnafas bo'lishi zarur. Adabiyot darsi o'z fani asoslarini o'rgatish bilan birga yoshlar uchun hayot darsiga aylanashi, ularni hayotga tayyorlashi lozim. Hayotni o'rganishda adabiyot yoshga eng yaqin yordamchi bo'lishiga erishish lozim. Yosh adabiyot fanida adabiy asarlarni o'rganish orqali milliy qadriyatlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o'tishgan. Bolani tarbiyalash uchun,

avvalo ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Ota-ona va tarbiyachilar bolalarni to'g'ri o'sishlari, aqliy va axloqiy, ma'naviy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy e'tibor berishlari lozim. Buning uchun asosan o'yinlar va ertaklar asosida axloqiy tarbiya berish mumkin, chunki bu yoshdagi bolalar asosan o'yin faoliyatida bo'ladi, o'yinlarning rang-barang bo'lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etish juda muhim.

Bola shaxsining kamol to'ishida doimiy ravishda muhitning tahsiri sezilib turadi. Muhit-bu insonga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar yig'indisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqea-hodisalar o'zining ijobiy yoki salbiy tahsirini o'tkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi o'zgarishlarga ota- onalar va tarbiyachi, o'qituvchilar doimiy ravishda e'tiborli bo'lib, tashqi muhitning salbiy ta'sirini oldini olib, ijobiy ta'sirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim. Yoshlarni ijtimoiy va yakka tartibdagi foydali mehnatga jalb qilish, mehnat o'rinlari bilan tahminlash, bu jarayonda yoshning, umuman yoshlarning qiziqishi, iste'dodi, manfaatiga ham e'tiborni kuchaytirish lozim;

1. Yoshlarda, ijtimoiy faollik fazilatini oshirish, yoshlar harakatida ularni yetakchilik xususiyatlarini oshirish;

2. Milliy g'oya, milliy mafkurani yetarli darajada targ'ib va tashviq qilish. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unholda milliy g'oyaning, milliy mafkuraning asosiy tamoyillari hisoblanadi;

3. Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirishda tabiiy-ilmiy bilimlarni keng targ'ib qilish;

4. Tanqid va o'z-o'zini tarbiyalash, mustaqil fikrlash yo'llarini kuchaytirish;

5. O'tmish merosimiz yutuqlari, mustaqillik adabiyoti, sanhati yutuqlarini keng targ'ib qilish;

6. Milliy an'analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni kuchaytirish, ayni „aytda umuminsoniy va zamonaviy yutuqlarga tayangan holda g'oyaviy tarbiyani tashkil qilish zarur;

7. Yoshlar salohiyatini oshirish, ularning hayotda o'rnini tahminlash bilan bog'liq ishlarni kuchaytirish;

8. Yoshlarni yot, begona zararli g'oyalardan asrash tadbirlarini, mafkuraviy immunitetni shakllantirishga intilish. G'oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g'oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish

uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o'z o'rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o'rin egallaydi.

Yoshlami ma'naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishda ularning yuzaga kelishi va rivojlanishini bilish hamda ularni tarbiya jarayonida qo'llash o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularni shartli tarzda quyidagicha ifodalash mumkin bo'ladi:

1. Qadimgi qadriyatlar.

2. Islomgacha bo'lgan milliy-madaniy qadriyatlari.

3. Islomiy qadriyatlar.

Bu qadriyatlar uzida Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Tafsifchilik, Fiqhshunoslik, tasavvufchilik asoslarini hamda islomiy obidalarni o'z ichiga oladi.

Bularni yoshlar tarbiyasida qo'llash turli xil izoxlar, ilovalar, da'vatlar (savobli da'vat), pand-nasixatlar, mazmunli hikoyalar, namunali voqealar, ogohlantiruvchi voqealar, obidalarga sayohatlar, allomalar xayotini yoritish, filmlar, islomiy yodgorliklarni asrab-avaylash kerak. Bunga umumxalk milliy bayramlari (Navro'z) tadbirlari (hashar, ko'maklar), to'ylar (sunnat to'yi, nikoh to'yi, uy to'yi, muchal to'yi), ma'rakalar (hatni qur'on, janoza) kabilar qiradi. Bular orqali yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish ularni shu marosimlardagi ota-onalar nazoratidagi ishtirokida va kuzatish orqali amalga oshiriladi.

Yosh yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish, vatanparvarlik, jamoatchilik, erk, ozodlik, adolatparvarlik, mardlik, do'stlik, tarbiyalilik, axloqiylik, or-nomus, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi ko'nikmalarni ular tarbiyasida vujudga kelishi bilan bogliqdir.

REFERENCES:

1. Inomova K.M. «Oilada bolalarning mahnaviy-axloqiy tarbiyasi» -Toshkent:

2. Musurmonova O. «Oila mahnaviyat-milliy g'urur». - Toshkent: O'qituvchi. 1999, -200 b.

3. Ochilova M. Ochilova N. «O'qituvchi odobi». - Toshkent: O'qituvchi, 1993\7. - 136 b.

4. Jo'raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o'tish. T.: "O'qituvchi", 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.