Научная статья на тему 'TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI'

TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2765
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
islohot / ta’lim / ijtimoiy faollik / faol fuqarolik / kompetensiya / yetuk / barkamol / shaxs / jamiyat / demokratiya / adolat

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdug‘aniev Ozod Tursunboy O‘g‘li

Mazkur maqolada talaba-yoshlarni faol fuqarolik tashabbuskorliklarini rivojlantirish, intelektual salohiyatli barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, fuqaro, faol fuqarolik, individual yondashuvli ta’limning mazmun mohiyati to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq yondashuvlar, ijtimoiy faol fuqarolik ta’limifuqarolik burchi, majburyati va huquqlarni bilish, unga rioya etish, huquqiy munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish kabi sifatlar orqali erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida talabalarni professional kasb egasi bo‘lib voyaga yetishining, pedagogik-psixologik ta’sir vositalari orqali rivojlantirish yoritib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI Abdug'aniev Ozod Tursunboy o'g'li

Toshkent davlat pedagogika universiteti Tayanch doktoranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7995425

Annotatsiya. Mazkur maqolada talaba-yoshlarni faol fuqarolik tashabbuskorliklarini rivojlantirish, intelektual salohiyatli barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, fuqaro, faol fuqarolik, individual yondashuvli ta'limning mazmun mohiyati to'g'risidagi tasavvur bilan bog'liq yondashuvlar, ijtimoiy faol fuqarolik ta'limifuqarolik burchi, majburyati va huquqlarni bilish, unga rioya etish, huquqiy munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo'lish kabi sifatlar orqali erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo'lida talabalarni professional kasb egasi bo'lib voyagayetishining, pedagogik-psixologik ta'sir vositalari orqali rivojlantirish yoritib o'tilgan

Kalit so'zlar: islohot, ta'lim, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik, kompetensiya, yetuk, barkamol, shaxs, jamiyat, demokratiya, adolat

Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida ijtimoiy faol, barkomol yosh-avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa sifatida ilgari surilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil 23 sentyabrdagi 75 sessiyasida so'zlagan nutqida yoshlar masalasiga to'htalar ekan: «mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'pini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit - qizning jamiyatda munosib o'rin egallashi va o'z salohiyatini namoyon etishi bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda». O'zbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko'rsatmoqda. Avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Samarqand xalqaro forumi muvaffaqiyatli o'tkazildi. Fursatdan foydalanib, yana bir bor Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Konvensiyasini qabul qilish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqiraman» - degan fikrlari dunyo hamjamiyati tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda[1,].

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarga ta'lim-tizimida olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatmoqda. «Islohot - bu yangilanish, o'zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o'zgarishi kerak. Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi»[2, 252-b]. Chunki, har qanday islohot zamirida yoshlarimiz faolligi, tashabbuskorligi va ularning ilmi-ijodiy g'oyalarini qo'llab quvvatlash ishlarini olib borilishi jamiyat ertangi kuni farovonligidan dalolat beradi. Shuning uchun, ijtimoiy fol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish talabalarda adolat, huquqiy tenglik, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo'lida eng muhim tashabbuskor omil hisoblanadi.

Mamlakatimizda yoshlarning har tamonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetishida jamiyat taraqqiyoti muhim o'rin tutishi bilan birga, uning ijtimoiy faol fuqaro bo'lib faollashuvi muhim o'rin tutadi. Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masala bo'lib bormoqda. Fuqaro, faol fuqarolik tushunchalari mazmun mohiyati to'g'risidagi tasavvur bilan bog'liq yondashuvlar, turli darvlarda turlicha talqin qilingan. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish ta'limining maqsadi, doimo insonni jamiyatda faol

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

faoliyatga, davlatning ijtimoiy - siyosiy hayotida ishtirok etishga, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishga intilish bo'lgan. Shunga qaramay, inson hayotida davlat va jamiyatning roli turlicha talqin etilgan.

Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bizningcha quyidagi fikr mulohazalarni ta'kidlab o'tish imkonini berdi:

- yosh avlodni tarbiyalashda fuqarolik jamiyatining asosiy vazifasi -ijtimoiy faol fuqaroni kamol toptirish;

- talabalarga demokratik davlat qurish g'oyasini singdirib borish orqali jamiyat hayotning barcha sohalarida ijtimoiy faol ishtirokini ta'minlash;

- talabalarda millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, xalq farovonligi, komil inson g'oyalarini singdirgan holda fuqarolik jamiyatini qurishda faol ishtirokini ta'minlash;

- talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash va ularda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy savodxonlikni rivojlantirish;

- talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlanishi «Mentorlik», «Talaba minbari» kabi ijtimoiy loyihalarda faollik ko'rsatish orqali oshirib borish;

- talabalarni oliy ta'lim muassasalaridagi, «Yoshlar ittifoqi uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etish, o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyatiga keng jalb etish» orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish mumkin.

Talabalar oliy ta'lim muassasasi ijtimoiy hayotida, tashabbuskor va volontyorlik guruhlar, o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, «Iqtidorli yoshlar» fan klublari faoliyatida jumladan, talabalar, ota-onalar kengashlari faoliyatini rivojlantirish orqali «ta'lim muassasasi talabalari va ota-onalar» o'rtasida faol hamkorlik muhitini yaratish orqali ko'zlangan maqsadga yetish mumkin.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish sharoitlari orasida ob'ektiv (ta'lim muassasasining demokratik hayot tarzi, uning tarbiyaviy tizimining ochiqligi, ta'lim va tarbiya texnologiyalari va b.q.) hamda sub'ektiv (ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi va pedagoglarning shaxsiy sifatlari) sharoitlar orqali rivojlanadi. Ammo ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining mazkur mezonlarni aniqlashtirish, jumladan ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish bilan qiyoslash va ularda baholash mezonlari va vositalarini aniqlashni talab etadi.

Demak, ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili "ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - bu inson o'z hayot faoliyatida, fuqarolik jamiyatining faol a'zosi bo'lishi, uning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etish, faol fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan qobiliyati va tayyorgarligi natijasidir" deb ta'kidlashga asos bo'ladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

ta'lim muassasasini ochiq ijtimoiy institutga aylantirish

fe M

doimiy yangilanishini inobatga olgan holda rasmiy va norasmiy huquqiy me'yorlar va an'analar tizimi

ta'lim muassasasi o'quv-tarbiya jarayonida barcha o'quv ishtirok-chilarining ijtimoiy fikrlar-ini o'rganish va qo'llab-quvvatlash

o z-o zini boshqarish mexanizmlarini

tartibga soladigan ta'lim muassasasining ichki hu-quqiy muhitini yaratish

WM

wn

WM

1-rasm.Talabalar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish maqsadlari

N.M.Voskresenskaya o'zining ilmiy tadqiqotlarida faol fuqaroni tarbiyalashda fuqarolik ta'limining loyihaviy modelini yaratish, o'quvchilarning muayyan ijtimoiy muammoni aniqlash, tahlil qilish va hal etishga yo'naltirilgan ijtimoiy loyihani ishlab chiqishlari va amalga oshirishlarini ko'zda tutgan. Olim o'z qarashlarida o'quvchilarning loyihaviy faoliyatlari ularning ma'lum ijtimoiy muammoni tanlash, uni tahlil qilish va hal etish variantlarini ishlab chiqish bo'yicha faol faoliyatlarni ko'zda tutgan. Bunda ijtimoiy kompetensiyalar egallanadi, o'smirlar esa atrof hamjamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni yaxshilash bo'yicha mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga moslashadi. O'quvchilarda fuqarolik ta'limi orqali ijtimoiy ta'lim olishning samaradorligi, o'zlashtirishning ijtimoiy faol metodlari bilan birlashtirish (treninglar, ishbilarmonlik o'yinlari, munozaralar, aqliy hujum, interaktiv metodikalar va h.k.) hisobiga erishiladi. Bundan tashqari fuqarolik ta'limida shaxs ongini shakllantirish (suhbat, bahs-munozara, namuna, ko'rsatma, tushuntirish va h.k.), o'quvchilarning xulqlari va faoliyatlarini tashkil etish va rag'batlantirish metodlari (talablar, ijtimoiy fikr, tarbiyaviy vaziyatlar, rag'batlantirish, jazolash) keng qo'llaniladi[3,].

Ilmiy tadqiqot muammosiga oid taxlillar shundan dalolat beradiki, talabalarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollikni rivojlantirish muammolari bo'yicha respublikamiz olimlari X.M.Tojiboeva, N.N.Djamilova, Q.Q.Quronboev, B.Sh.Shermuhammadov, G.J.Tulenovalar yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslariga to'xtalib o'tgan.

X.M.Tojiboeva ilmiy tadqiqot ishida ijtimoiy faollik - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, ijtimoiy voqelikka nisbatan individual munosabati va tizimli xatti-harakatlarining yuksak ko'rinishini ifodalovchi tushuncha sifatida talqin etgan. Ijtimoiy faollik me'yoriy va odatdagiga nisbatan kuchli faoliyatdir. O'quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolliklarini oshirish ular o'rtasidagi ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayoni" deb ta'kidlab o'tgan[4,].

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

N.N.Djamilova "tashabbuskorlik o'quv va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi g'oya va takliflarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatda namoyon etishga qodirlik" deb ifodalagan. Talabalar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlanishida tashabbuskorlik, mas'ulyatlilik, qat'iyatlilik kabi sifatlar rivojlanishi muhim omil hisoblanadi[5, 14-b].

Q.Q.Quronboev o'z tadqiqotida "talabalarning ma'naviy - ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning uslublari va mazmuni, pedagogik asoslari, ma'naviy - ahloqiy muammolar, yoshlar ta'lim-tarbiyasida ongli intizomning o'rni, burch va mas'uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish" masalalariga to'xtalib o'tgan[6,].

B.Sh.Shermuhammadov tadqiqotida "yoshlardagi ijtimoiy faollik qobilyatlari, salohiyati ilmiy-amaliy jihatdan o'sish imkoniyatlarini oldindan aniqlash, ijodiy fikrlash" [7, 37-b] masalalari ifodalangan.

1-sxema. Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi tushunchasini rivojlantirishning nazariy asoslari

Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish muayyan g'oyalar, diniy e'tiqod, faol fuqarolik pozitsiyasi, axloqiy va fuqarolik qadriyatlarini (milliy va umumbashariy madaniyatining asosiy qadriyatlarini hurmat qilish) egallash. An'anaviy qadriyatlar vatanparvarlik, o'z xalqiga xizmat qilish, insonparvarlik, moddiy-pragmatikka nisbatan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning ustunligi, inson huquqlari, dinlararo bag'rikenglik va boshqa ahloqiy sifatlar orqali rivojlanishda namoyon bo'ladi.

Kompetensiyani rivojlantirish modelining asosida - asosiy, mutaxassislik, maxsus kurslar, ijtimoiy amaliyotni tashkil qilish, ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirish va talabalarning darsdan tashqari faoliyatida, o'z-o'zini boshqarish, universitet jamoat tashkilotlari faoliyatida, volontyorlik harakatlarida o'z ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish bilan rivojlantirib borishda ta'lim modulini ajratish bilan ularni integrasiyalangan o'qitish prinsiplarini amalga oshirish yotadi. Bunda qo'yilgan maqsadga erishishning zaruriy sharti bo'lib ta'lim muassasasidagi demokratik hayot tarzi alohida xizmat qiladi.

Kompetensiyaviy yondashuv nafaqat ma'lum sohadagi muayyan bilim, ko'nikma va malakalarga, qadriyatli yo'nalganlik, ijtimoiy faol fuqaro o'z-o'zini anglashga ega bo'lgan, balki

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

bularning barchasini amaliy faoliyatda qo'llash qobiliyati va insonlarni faol fuqarolikka tayyorlash zaruratini ifodalaydi.

Demak, ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili "ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - bu inson o'z hayot faoliyatida, fuqarolik jamiyatining faol a'zosi bo'lishi, uning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etish, faol fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan qobiliyati va tayyorgarligi natijasidir" deb ta'kidlashga asos bo'ladi.

Xorijiy mamlakatlarda demokratik davlat qurishda, jamoatchilik fikrini o'rganishning nazorat shakllari quyidagicha amalga oshiriladi:

> davlat hokimiyati va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlariga petitsiyalar bilan murojaat qilish (fuqarolarning individual va jamoa tartibida murojaatlari);

> hokimiyat faoliyati to'g'risida axborotning fuqarolar uchun ochiqligi (fuqarolar uchun davlat organlarining axborot jihatdan ochiq-oshkoraligi);

> mahalliy o'zini-o'zi boshqarish, fuqarolar yig'ilishlari va yig'inlari orqali fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda ishtiroki;

> oshkoralik tarzida eshituvlar;

> qonun loyihalari va davlat hayotining boshqa muhim masalalarining jamoat muhokamalari;

> qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoat ekspertizasi;

> jurnalistik tekshiruvlar va boshqa nazorat turlari orqali amalga oshirish, fuqarolik jamiyati shakllanishida muhim o'rin egallaydi.

Jamiyatda talabalar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy adolat muhim o'rin tutadi. Ijtimoiy adolat - bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e'tiqodidan qa'ti nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta'minlashdir[8, 30-b].

Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish to'g'risidagi ilmiy manbalar tahlili natijasida quydagi xulosaga kelindi:

- talabalarning ijtimoiy rollari huquq va majburiyatlarini o'rganish va "O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi: Fuqarolik jamiyati" fani orqali (ijtimoiy-madaniy (faol fuqarolik) kompetensiyalari) o'zlashtirishga yo'naltirilgan maxsus tashkil etilgan dars va darsdan tashqari faoliyat sifatida belgilandi;

- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish demokratik huquqiy davlatni qurish sharti va jamiyatning ijtimoiy barqarorligini oshirish, uning barqaror rivojlanish omili sifatida qayd etildi;

- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida insonni muvaffaqiyatli faoliyatga tayyorlaydi;

- bugungi kunda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyaviy yondashuv ustuvor hisoblanib, uning asosiy mazmun-mohiyati talaba-yoshlar ijtimoiy-siyosiy bilimlarini amaliy faoliyat va keng doiradagi hayotiy vazifalarni yechishda qo'llay oladigan insonlarni tayyorlashdan iborat ekanligi takidlandi;

- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish talaba-yoshlarga demokratik jamiyatda fuqarolik huquq va majburiyatlarining butun majmuini faol, mas'uliyatli va samarali amalga oshirish, o'z bilimlari va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llashga imkon beruvchi qobiliyatlarning majmui tushuntirildi.

REFERENCES

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

1. Xalq so'zi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 23 sentyabrdagi BMT 75 sessiyasidagi nulqi. 2017 y. 24 sentyabr soni

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2018.-252-b.

3. Воскресенская Н.М.. Основные подходы к гражданскому образованию в России и за рубежом ./ Н.М. Воскресенская/У Гражданское образование: содержание и активные методы обучения». - М., Логос. - 2005

4. Tojiboeva X.M. "O'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimi" diss. 2018 y.

5. Djamilova N.N. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari.: Avtoref. dis.ped.DSc. - T., 2019 y. - 14-b.

6. Quronboev Q.Q "Talabalarning ma'naviy - ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Yoshlar tashkilotlari misolida)": Ped.f.n...diss. - T.: O'zPFITI, 2000 y.

7. Shermuhammadov B.Sh. Yoshlar orasida milliy g'oya targ'iboti samaradorligini oshirish. Dis. .. ped. fan. dok. - T., 2016. - 37-b.

8. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -T.: O'zbekiston, 2017. - 30-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.