Научная статья на тему 'YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI'

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
6663
571
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik / sanʼat sohasi / estetik ehtiyojlar / madaniy-maʼrifiy faoliyat

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Muxsinjon Mo‘minov

Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALALARI»

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH

MASALALARI

Muxsinjon Mo'minov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushunchalar, qarashlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik, san'at sohasi, estetik ehtiyojlar, madaniy-ma'rifiy faoliyat.

ISSUES OF EDUCATION OF YOUTH IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM

Mukhsinjon Muminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the concepts and views on educating the younger generation in our country in the spirit of patriotism, the formation of a sense of patriotism in young people.

Keywords: patriotism, art, aesthetic needs, cultural and educational activities.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ma'naviy-ma'rifiy ishlarga davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi, dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so'z bilan aytganda ma'naviy-mafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Chunki, mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvozalarini ochib,insonlarni ezgulik sari boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev - Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy etuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirla rtahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo'lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash, kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag'batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda», - deb bu borada qilishimiz lozim bo'lgan ishlar haqida aniq vazifa va ko'rsatmalarni berib o'tdilar. Bu so'zlar zamirida hali oldimizda bu sohada juda

ko'p ishlarni qilishimiz lozimligini hayotni o'zi isbotlamoqda. - Maqsadimizga erishish yangi demokratik jamiyatni qurish, islohatlarning taqdirini qanday kuchlarga ega ekanliklarimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday g'oyalarga e'tiqod qilishiga, ma'naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog'liqdir»- deydi O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov. Shu bois yoshlarning ma'lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy umuminsoniy tiklanish g'oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma'naviyatini va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash madaniyat va san'at sohasining asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki, madaniyat va san'at jamiyat hayotining muhim ajralmas qismi bo'lib, u inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Milliy Vatanparvarlik haqida so'z borganda, bu o'zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o'z eliga sadoqat ahloqiyma'naviy qadriyatlar, g'oyalar, qarashlar yig'indisi tushuniladi.

Ta'lim muassasalarida ham Vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, tarbiyalash ta'limining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Vatanparvarlik his-tuyg'ularini shakllantirishda O'zbekistonning davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya, o'zbek tili, Konstitutsiya va boshqa shu millatga, shu zaminga xos, mos bo'lgan tuyg'ular, fazilatlar o'tkazilayotgan madaniy-ma'rifiy faoliyatda o'z aksini topmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi davlat darajasidagi masalalardan bo'lganligi bois, bunday maqsadlarga aniq rejalashtirilgan yo'l xaritalarida belgilangan vazifalardan iborat ishlarni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Vatanparvarlik mavzusida juda ko'p olim-u ulamolarimizning ijod namunalari-yu, bu haqdagi fikrlari bizgacha yetib kelgan. Amir Temur, Alisher Navoiy, Muhammad Zaxiriddin Bobur, Mirzo Ulug'bek va boshqa ajdodlarimizning ijod namunalari hozirgi kungacha, ya'ni bizning zamonamizda ham o'ziga xos o'rin egallagan bo'lib, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna sifatida qo'llanib kelinmoqda. Vatan tushunchasini har kim har xil ma'noda, o'zining tushunish darajasida talqin qiladi. Bu - insonning tug'ilgan, kindik qoni to'kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri o'tadigan, ta'lim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo'msaydigan joydir. Vatanni sevish, uning ravnaqi yo'lida xizmat qilish, uni yomon ko'zdan, qora kuchlardan himoya qilish, uning sha'nini himoya qilish - bularning barchasi siz-u bizning oldimizda turgan mas'uliyatli vazifalardandir. Vatan tushunchasini, uni sevish, ardoqlash, himoya qilish tuyg'usi nafaqat insonda, balki hayvonot olamida ham kuzatish mumkin. Baliq suvga, hayvon o'zining iniga, hasharot uyasiga intiladi. O'sha

tafakkur qilmaydigan jonzotlar ham, hasharotlar ham o'zining uyini taniydi, uni quradi, unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi. Shunday ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji bo'lgan insonda esa bu tuyg'u yuksak darajada rivojlangan bo'lishi lozim. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami kundan-kunga kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, tashkbbuslari bilan yurtimiz hayotida misli ko'rilmagan darajadagi taraqqiyotning pog'onalarini ko'rib guvohi bo'lib turibmiz. Insonlarning tinchhotirjam yashashi, ularning manfaatlarini himoya qilish, yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro'yini ko'tarish, Prezidentimizning ta'birlari bilan aytganda, -xalqni rozi qilish» yo'lida qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik masala sifatida qaralmoqda. O'zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan beshta ustivor yo'nalishlari mazmunida ham shu yurtda yashayotgan xalqimizning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning farovon turmush tarzini yaxshilash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, obro'yini oshirish va boshqa masalalar turibdi. Bunday ulug' ishlarni amalga oshirishda vatanparvarlik tuyg'usi kuchli insonlarning fidoiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. "Vatan" - arabcha so'zdan olingan bo'lib, - «Ona yurt» degan ma'noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to'kilgan, avlod va ajdodlari tug'ilgan joyi, ijtimoiy muhiti va inson, uning hayoti va ma'naviy tushunchalarni anglatadi. -Vatanparvarlik -deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo'lishga undaydigan ma'naviy - axloqiy fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik - ota-bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o'tmishi va kelajagi, xalq urfodatlarini, kuy-qo'shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish demakdir».

Yoshlar tarbiyasi masalasi davlatimiz siyosatining hozirgi kunda eng muhim strategik vazifalaridandir. Yoshlar tarbiyasi tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta'lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o'quvchilarda barcha qobilyatni o'sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Ilg'or g'oyalarni davrimizda roy berayotgan o'zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o'g'il va qizlarda g'oyaviy e'tiqodni ma'naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo'lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta'sir ko'rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi.Vatanparvarlik tushunchasi ko'pincha harbiy faoliyatga nisbatan ishlatiladi. Bir jihatdan olib qaralganda, bu to'g'ri. Ammo, biz bu tuyg'uni faqat harbiylarga nisbatan ishlatsak, biz vatanparvarlikning tor ma'noda qo'llagan bo'lamiz. Vatanparvarlikni barcha faoliyat doirasida ko'rish maqsadga muvofiqdir.

Vatan tushunchasi keng va tor ma'nolarda qo'llash mumkin. Keng ma'nodagi tushunchasi: Vatan - bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan iqtiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, tor ma'nodagisi esa kishi tug'ulib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutiladi. O'zbeklarda falonchi vatanli bo'ldi, deyilganda o'sha odam uy-joyli, boshpanali bo'ldi degan ma'no ham shu nuqtai nazardan aytilgan bo'lsa kerak. Alisher Navoiy ijodida Vatan tushunchasi keng ma'nolarda qo'llanilgan. Bir ta'rifida Vatan so'zini geografik ma'noda, ya'ni, tug'ilib, o'sib-ulg'aygan joy mazmunida tadbiq etgan. Masalan, shoir ustodi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubida: Ki bo'lmoq vatan ichra dushvor edi,Ko'ngulga jafo dafi ozor edi, - derkan, ona shahri Hirotnie'tiborga olgan. Ustod Maqsud Shayhzoda aytganidek, Navoiy «hatto Xuroson saltanatining yiroq viloyatlariga borganda ham o'zini "g'urbatda" his etgan», degan qarashlar mavjud. Navoiy 1465-66 yillarga qadar, asosan, Hirot va Mashhadda yashagan. She'rdagi "g'urbat" so'zidan ko'rinib turibdiki, bu she'rni u o'z vatani Hirotda emas, balki g'urbatda - musofirlikda, demak, Mashhadda yozgan bo'lishi kerak, degan taxminlar ham mavjud «Navoiyning o'z tug'ilgan ona shahri Hirotdan, qavmu qarindoshlaridan uzoq Mashhadda kechirgan yillari ancha mashaqqatli bo'lgan bo'lsa kerakki, - deydi professor Abduqodir Hayitmetov, - u «Majolisun nafois»da u yillarni eslab o'zini "g'arib" deb ataydi va kasal bo'lib qolganda «bir joyda yiqilib qolganini aytadi». Tadqiqotchining taxminicha, ruboiy «shu vaqtlarda (ya'ni Mashhadda - I. H.) yozilgan bo'lsa ajab emas». Demak, "g'urbat" va "g'arib" to'rtlikdagi "belgi" so'zlar bo'lib, ruboiyning yaratilgan vaqti, bosh g'oyasi va lirik qahramonning qayg'uli holatini anglashga «ochqichidir. Darhaqiqat, xuddi shunday: G'urbatdag'arib shodmon bo'lmas emish... Shu misraning o'zi go'yo tugal mazmunli she'r. Uni o'qigan zahoti, yurtidan yiroqlardagi kishining qismati tasavvurda qariyb to'la jonlanadi. Vatandan judolik-g'urbat. G'urbatda yashash - g'ariblik. G'arib - shodlikdan mahrum bir bechora. Ruboiyning oxirgi baytidagi obrazli qiyos Vatan va farzand o'rtasidagi bog'liqlikni chuqur isbotlaydi. Barkamol avlod ta'lim va tarbiyasi bilan bog'liq qarashlarni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatida juda ko'p uchratamiz. Ma'lumki, Navoiy ham ijodkor, ham amaldor sifatida el osoyishtaligini saqlash, qishloq va kentlarni obodonlashtirish, yoshlarni bilim olishga chorlash uchun amaliy sharoitlar yaratishda tinmas va tolmas tashabbuskor bo'lgan. U o'z asarlarida bu g'oyalarni keng targ'ib etgan. Navoiy asarlaridagi g'oyalar, o'z davrida ilgari surilgan va amalga oshirilgan tadbirlar mazmun va mohiyatini bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq tadbirlarda keng qo'llashimiz zarur.

Foydalanayotgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risidagi Farmoni. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati" to'g'risida»gi Qonun (O'RQ-406-son).

3. Sayfullayev B., Rustamov V. (2016). Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati.Toshkent, 4. Xoji Ahmadjon Bobomurod. (2008). Islom odobi va ahloqi. Toshkent, 15 b.

4. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

5. Talaboev, A. (2021). O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 325-333.

6. Nabijonovich, T. A. (2022). RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 633-642.

7. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

8. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

9. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

10. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

11. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

12. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

13. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.

14. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.

15. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

16. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

17. Маматов, Ж. (2021). САНЪАТ МУТАХАССИСЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШДА ДИРИЖЁРЛИК. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

18. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

19. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

20. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

21. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

22. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОЕЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

23. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

24. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

25. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

26. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

27. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.

28. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

29. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

30. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

31. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

32. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

33. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

34. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

35. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

36. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

37. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

38. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

39. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАЩЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

40. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.