Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV DAVRIDA MA’NAVIY BARKAMOL VA VATANPARVAR SHAXSNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI'

GLOBALLASHUV DAVRIDA MA’NAVIY BARKAMOL VA VATANPARVAR SHAXSNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
711
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / ma’naviy / ma’rifiy / inson / yoshlar / vatanparvarlik / siyosiy / iqtisodiy / madaniy / tahdid. / globalization / spiritual / educational / human / youth / patriotism / political / economic / cultural / threat

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shukurov, Nusratillo Narzullayevich

Ushbu maqolada bugungi globallashgan zamonda O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashdagi asosiy omillar, ushbu masalaning dolzarbligi va shu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlarining ko‘lami, berilayotgan tavsiyalar haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT ISSUES OF EDUCATION OF SPIRITUALLY DEVELOPED AND PATRIOTIC PERSON IN THE AGE OF GLOBALIZATION

This article describes the main factors in the spiritual and patriotic upbringing of youth in Uzbekistan in today`s globalized world, the urgency of this issue and the scope of research in this area, and the recommendations.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV DAVRIDA MA’NAVIY BARKAMOL VA VATANPARVAR SHAXSNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

GLOBALLASHUV DAVRIDA MA'NAVIY BARKAMOL VA VATANPARVAR SHAXSNI TARBIYALASHNING DOLZARB

MASALALARI

Shukurov Nusratillo Narzullayevich

Navoiy davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada bugungi globallashgan zamonda O'zbekistonda yoshlarni ma'naviy barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashdagi asosiy omillar, ushbu masalaning dolzarbligi va shu yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishlarining ko 'lami, berilayotgan tavsiyalar haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, ma'naviy, ma'rifiy, inson, yoshlar, vatanparvarlik, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, tahdid.

This article describes the main factors in the spiritual and patriotic upbringing of youth in Uzbekistan in today^s globalized world, the urgency of this issue and the scope of research in this area, and the recommendations.

Keywords: globalization, spiritual, educational, human, youth, patriotism, political, economic, cultural, threat.

В данной статье описаны основные факторы духовно-патриотического воспитания молодежи Узбекистана в условиях современного глобализированного мира, актуальность данного вопроса и объем исследований в этой области, даны рекомендации.

Ключевые слова: глобализация, духовная, образовательная, человеческая, молодежь, патриотизм, политическая, экономическая, культурная, угроза.

Ma'lumki, bugungi kunda insoniyat turli xildagi har qanday olamshumul voqealarni tezda o'zlashtirib, tezda unutadigan, o'tkir geosiyosiy - ommaviy hodisalar jarayoni jadal sur'atlarda rivojlanib, bir davlatni ikkinchisiga hushyor bo'lishga da'vat etadigan davrda yashamoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu davr texnogen va siyosiy globallashuvning eng yuqori darajasi deb izohlanmoqda. Ana shunday globallashuv jarayonida dunyodagi jamiki xalqlar hayotida tushunib bo'lmaydigan, ularning necha asrlar damida o'z tarixida rivojlangan milliy madaniyatning asl ko'rinishlarini, uning jozibasi va go'zalligini o'zgartirib

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuboradigan, xalqqa yot bo'lgan odat va ko'nikmalar paydo bo'lmoqda. Chunki an'anaviylik va zamonaviylik o'rtasidagi kurash jamiyat a'zolarini har xil tomonlarga yetaklab ketayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. O'z - o'zidan ko'rinib turibdiki, mustaqil O'zbekiston ham dunyoda yuz berayotgan ana shunday an'anaviylik va zamonaviylik o'rtasidagi ziddiyatlardan chetda tura olmaydi. Chunki hozirgi paytda hammaga ma'lumki, yer yuzi aholisi siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda bir -birlari bilan aloqadorlikda va o'zaro manfaatdorlikda rivojlanmoqda. Tabiiyki, bunda qo'shnichilik munosabatlari asosiy o'rin tutadi va o'z o'rnida buning ijobiy va salbiy jihatlari ko'zga tashlanadi. Shu o'rinda globallashuv jarayonining dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati, madaniyati va ma'naviyatiga o'tkazishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy ta'sirining ko'rinishlarini mashhur hind davlat arbobi M. Gandining quyidagi so'zlari orqali ifodalaymiz: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman"1 [https://bigasia.ru 2019. 20.06.]. Maxatma Gandining uzoq yillar oldin aytilgan yuqoridagi fikridan hozirgi dunyoda kechayotgan "globallashuv" jarayonning mohiyatini anglab olish mumkin. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, globallashuv jarayoni stixiyali tarzda yuzaga kelgan hodisalar oqibati emas. Bunday murakkab jarayon u yoki bu shaklda deyarli jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo'lib, faqat bugungi kunga kelib, ijtimoiy - siyosiy va texnologik taraqqiyot ta'siri natijasida uning mohiyati o'zgacha ko'rinishga ega bo'ldi. Mana shunday tahlikali davrlarda yoshlarning o'z yo'lini adashmasdan to'g'ri topib olishi uchun ularni yoshligidan ma'naviy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratmoq zarur, deb o'ylaymiz. Hammaga ma'lumki, ma'naviy tarbiya deganda, insonning har tomonlama komillikka erishuvi tushuniladi va vatanparvarlik g'oyasi bu tushunchaning o'zagini tashkil etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi paytda yuqorida tilga olinganidek, globallashuv davrida mana shunday jarayonlardan adashmay, og'ishmasdan to'g'ri yo'lni tanlash o'ta muhim jarayon hisoblanadi. Milliy madaniyat va ma'naviy qadriyatlar shaxsning hayot mazmunini, ma'naviy yaxlitlikni asrab qolishi, o'z-o'zini anglay bilishi va turmush tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida jamiyat va shaxs uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi zarur. Tadqiqotchi I.Ponomaryova bu xususda oliy ta'lim

1 M. TaHgH. https://bigasia.ru 2019. 20.06.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muassasalari talabalari o'rtasida olib borgan sotsiologik tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, tadqiqotda ishtirok etgan 87% talabalar OAV va internet orqali kirib kelayotgan g'arbona yurish - turish, an'ana va qadriyatlar tobora o'rnashib qolayotganligini, yoshlarning aksariyati xorijiy kanallarda berilayotgan turli xil kinofilmlarni tomosha qilishga ishqiboz ekanligini, ularda bunday ehtiyojlarning ortib borayotganini shu bilan birga, yoshlarimiz orasida milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga bo'lgan munosabat o'zgarayotganligini ko'rsatganligini ko'rsatib bergan2. Shuni aytish joizki, yoshlarimiz orasida yuz berayotgan bunday salbiy holatlar uchun globallashuv jarayoni "aybdor" ham "javobgar" ham emas. Aksincha, bu ko'proq sub'ektiv omillarga bog'liq bo'lib qolmoqda. Shu sababli ham mazkur jarayonning tomoshabinlari sifatida qarsak chalib o'tirmasdan, milliy mentalitetimizga yot bo'lgan madaniyatlarni targ'ib qilishni chegaralash zarur, deb o'ylaymiz.

Jamiyat oldidagi muhim ustuvor vazifalarni ichida albatta, yoshlarda vatanparvarlikni targ'ib qilish, sadoqatli avlodni voyaga yetkazish vazifasi ham alohiyat ahamiyat kasb etadi. Jamiyatimizning rivojlanganlik darajasi, hozirgi globallashuv davrida ushbu yo'nalishdagi turli g'oyaviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlarni ilmiy tahlil qilishda O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning asarlari, ko'plab ma'ruza va chiqishlaridagi mamlakatimizning yangi qiyofasini yaratish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda ma'naviy omillarga alohida ahamiyat qaratish, ular asosida tarbiyalangan ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularda xalqimizning ezgu intilishlariga sodiqlikni shakllantirish haqidagi fikr - mulohazalari nazariy - metodologik asos bo'lganini alohida qayd etishimiz lozim.

2022 yil 28 yanvarda Prezidentimizning Yangi O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha PF - 60 bilan tasdiqlangan 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi taraqqiyot strategiyasi" to'g'risidagi Farmoni va uning asosida qabul qilinayotgan bir qancha me'yoriy hujjatlar ma'naviy - ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soha rivojini yangi bosqichga ko'tarish to'g'risidagi qarori eng muhim va tayanch metodologik hujjatlardir. Ayni paytda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" (T.:O'zbekiston, 2016.), "Tanqidiy tahlil, kat'iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" (T.: O'zbekiston, 2017) kabi asarlari, jamiyatimiz taraqqiyotining ma'naviy-ma'rifiy

2 O.Wa^M^OBa. "^aMHHT Ba 6omKapyB" ^ypHa^H, 2010 hh^, 1 COH, 134 - 6eT.

183

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sohalariga oid boshqa qaror va farmonlari ham ushbu ishimizning metodologik asosi hisoblanadi.

Bugungi kunda vatanparvar ma'naviy barkamol yosh avlodni tarbiyalash, bugungi globallashuv davrining talablariga mos va tahdidlarga bardosh bera oladigan yoshlarni voyaga yetkazish bilan bog'liq masalalar tahliliga bag'ishlangan asar va tadqiqotlar mamlakatimizda ushbu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan olim va mutaxassislar faoliyatining tarkibiy qismiga aylangan deyish uchun barcha asoslar bor. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yoshlarga doir faoliyat bilan bog'liq masalalar tahliliga bag'ishlangan tadqiqotlar orasida ushbu tadqiq etayotgan mavzumizga eng yaqinlari sifatida Z. Qodirova, E. Bobomurodov, M. Yuldashev, S. Jo'raev, G. Tulenovalarning izlanishlari va ilmiy ishlarini alohida ta'kidlash lozim, deb o'ylaymiz. Mamlakatimizda asosiy kuch hisoblangan yoshlar qatlami, ularning hayoti va faoliyatiga doir ayrim masalalar N.Temirova, Sh. Ermatov, T. Qurbonov, R. Qurbonov, D. Raximova kabi tadqiqotchilarning nomzodlik dissertatsiyalarida o'z ifodasini topgan3.[3, 112.] Xullas, navqiron va har ishga qodir yoshlar va ularning jamiyatdagi o'rni, hayoti hamda faoliyati bilan bog'liq turli masalalar respublikamizning juda qo'plab salohiyatli olim va mutaxassislari tomonidan o'rganilmoqda, ularning xilma - xil jihatlari to'g'risida ilmiy - tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish bilan bog'liq falsafiy - ijtimoiy masalalar maxsus tadqiqot ob'ekti bo'lmagan. Bu esa, o'z navbatida mazkur yo'nalishda maxsus tadqiqot olib borish hamda tegishli nazariy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar tayyorlash zarurligidan dalolat beradi.

Ushbu yo'nalishda xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi shundan dalolat beradiki, turli mamlakatlarda vatanparvar, barkamol avlodni tarbiyalash, turli tajovuzkor tahdidlarga chidam bilan bardosh beradigan yoshlarga xos xususiyatlarni shakllantirishga doir tadqiqotlar bugungi G'arb dunyosining yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida, jumladan, AQShdagi V.Vilson xalqaro tadqiqot markazi (Woodrow Wilson International center for scholars, Washington), Yel universiteti, Garvard, Kolumbiya universitetlari, Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi (SOAS, Angliya), Gumbold universitetining Yevropa etnologiyasi instituti (Germaniya), Fransiyadagi Sarbonna universiteti, Institute of Central Asia (Fransiya), Parij Ijtimoiy fanlar Oliy maktabi (EHESS, Fransiya), Lomonosov nomidagi Moskva

3

Х.Э.Абдуносирова. Ешларда тахдидбардошликни шакллантириш: тадлил ва тал^ин диалектикаси. Республика илмий - амалий конференция материаллари. Навоий. 2021 йил. 112 - бет.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik, Falsafa hamda Sotsiologiya institutlari (Rossiya) va boshqa shu kabi ilmiy markazlarda olib borilmoqda. Nafaqat Osiyo va Sharq ilm-fani, balki butun jahonning yetakchi ilmiy markazlari va OTMlari qatoriga kiruvchi Institute of Academy for study of the modern international relations Europe and Asia (Xitoy), Tokio universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika madaniyati va tilini o'rganish tadqiqot instituti (Research Institute for Languages and Cultures of Asia and Africa at the Tokyo University of Foreign Studies), Asian Strategy and Leadership Institute (Malayziya) bilan birga, Janubiy Koreyadagi Osiyo madaniyatini tadqiq etish instituti (Asia Culture Research Institute, Hindistondagi J.Neru universiteti Markaziy Osiyoni tadqiq etish xalqaro munosabatlar markazi (Central Asian Studies, School of International Studies, Jawaharlal Nehru University) kabilarda olib borilayotgan izlanishlarda ham biz tahlil qilayotgan mavzuga doir qimmatli natijalarga erishilgan4. [4. 113]

Izlanishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, yoshlarning vatanparvarlik tuyg'usini oshishiga bugungi kunda ularning ma'naviy immunitetini shakllantirish tadbirlari alohida ahamiyat kasb etib, yuksak axloqiy madaniyatni talab etuvchi ijtimoiy -ma'naviy voqelik hisoblanadi. U yosh insonning shaxsi bilan bevosita bog'liq bo'lib, muayyan g'oyaviy tarbiya va axloqiy madaniyat uyg'unligini taqozo etadi. Tahdidbardoshlik xususiyatiga ega bo'lgan yosh avlod vakili, avvalo, ona yurtining, xalqining tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo'lida fidoiylik namunalarini ko'rsatishga qodir bo'lgan yoshlardan biridir. Qolaversa, Vatanga, xalqqa bo'lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg'usi asosida shakllanuvchi tahdidlarga bardoshli bo'lish muayyan milliy manfaatlar, umumiy maqsadlar asosida shakllanib, yoshlarning qalbidan chuqur o'rin oladi, faoliyatiga ta'sir qilib, ularni mas'uliyatli vazifalarni bajarishga safarbar etib turadi. Bundan tashqari, yoshlarning tahdidlarga bardoshliligi ayni paytda ularning o'z ishiga mas'uliyat bilan qarashi, vatanni ko'z qorachig'iday asrashi, ilm - fan cho'qqilari sari intilishi kabilar uchun muayyan tayanch omil bo'lishi ham mumkin, albatta. Bularning barchasi Avesto zamonlaridan boshlab, Sharq va G'arb ijtimoiy - falsafiy tafakkurida aks etgan purma'no fikrlar, mutaffakkirlarning asarlari Suqrot va Platon, Aristotel va Konfusiy, Al - Buxoriy va At - Termiziy, Al - Xorazmiy va Forobiy, Beruniy, Ibn - Sino, Abu Homid G'azzoliy va Aziziddin Nasafiy, Jaloliddin Rumiy va Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband va Nizomulmulk, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi atoqli allomalarning g'oya va ta'limotlarining bugungi yoshlar

4Х.Э.Абдуносирова. Ёшларда тахдидбардошликни шакллантириш: тадлил ва тал^ин диалектикаси. Республика илмий - амалий конференция материаллари. Навоий. 2021 йил. 113 - бет.

185

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyasiga o'ziga xos ta'siri borligidan dalolat beradi, albatta. Bugungi kunda nafaqat zamonaviy qarashlar, balki ana shunday ulug' mutafakkirlarning g'oya va qarashlarini chuqur o'rganish va ularning asarlaridagi fikr va qarashlarini keng targ'ib etish imkonini beruvchi izlanish va tadqiqotlarga ehtiyoj ortib borayotgani ham aslo bejiz emas. Bu esa, o'z navbatida, axborot almashinuvi jadallashgan, globallashuv jarayonlari tinimsiz yangilanib borayotgan bugungi davrda ana shu zamonga mos va tahdidlarga chidamli yoshlarni voyaga yetkazish ehtiyoji ijtimoiy zaruratga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Demak, globallashuv jarayonida yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etishga qaratilgan bir necha taklif va xulosalarni ilgari surish mumkin:

- jamiyatning barcha qatlamlari, xususan, yoshlar ongida taraqqiyotga xizmat qiluvchi an'anaviy va zamonaviy ijtimoiy - madaniy qadriyatlarni shakllantirish;

- yosh avlodni milliy o'zlikni anglash, tarixiy tafakkurni shakllantirish va milliy mustaqillik g'oyasi asosida tarbiyalash;

- ta'limda ilg'or texnologiyalarni amalda qo'llagan holda, jamiyatga kirib kelayotgan yangicha madaniyat va qadriyatlarni chuqur anglash, yoshlar ongida ularga qarshi tura oladigan kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- olimlarimiz tomonidan globallashuv jarayonining tendensiyalarini hisobga olgan holda, xalqimizning uzoq ming yillik milliy qadriyatlarni himoya qilish strategiyasini ishlab chiqish;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta'lim muassasalarida ms'nviy va ma'rifiy tadbirlarning sifatini oshirish.

Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonining vujudga kelish sabablari, mohiyati va xususiyatlarini o'rganish, uning natijalarini tahlil etib, to'g'ri baho bera olish hamda ulardan davlatimiz taraqqiyoti yo'lida foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish zamon bilan hamnafas qadam tashlayotgan har bir olim va fuqaroning asosiy vazifalaridan biriga aylanmog'i zarur.

REFERENCES

1. M. Gandi. https://bigasia.ru 2019. 20.06.

2. F.Jalilova. "Jamiyat va boshkaruv" jurnali, 2010 yil, 1 son.

3. X.E.Abdunosirova. Yoshlarda tahdidbardoshlikni shakllantirish: tahlil va talqin dialektikasi. Respublika ilmiy - amaliy konferensiya materiallari. Navoiy. 2021 yil.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.