Научная статья на тему 'TALABALARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING USTUVОR SHAKLLARI'

TALABALARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING USTUVОR SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
828
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
талаба ёшларни / harbiy-vatanparvarlik ruhida / ватанпарвар шахс / тарбия / маърифат / тараққиёт.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Sh. M. Mirzaxmedov

Ушбу мақолада талаба ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш ҳақида фикрлар илгари сурилган. Давлат келажаги бўлган ёшларни юксак ахлоқий фазилатларга эга, инсонпарвар, жисмонан бақувват, ватанни севадиган, ҳарбий билимга эга, миллий ғурур руҳида тарбиялаш бугунги куннинг энг долзарб масаласи эканлиги ҳамага маълум. Ушбу мақоладан тегишли соҳа вакиллари фойдаланишлари мумкин.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING USTUVОR SHAKLLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TALABALARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING USTUVOR SHAKLLARI

Sh. M. Mirzaxmedov

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti tyutori

ANNOTATSIYA

Ушбу маколада талаба ёшларни харбий ватанпарварлик рухида тарбиялаш хакида фикрлар илгари сурилган. Давлат келажаги булган ёшларни юксак ахлокий фазилатларга эга, инсонпарвар, жисмонан бакувват, ватанни севадиган, харбий билимга эга, миллий гурур рухида тарбиялаш бугунги куннинг энг долзарб масаласи эканлиги хамага маълум. Ушбу маколадан тегишли соха вакиллари фойдаланишлари мумкин.

Tayanch so'zlar: талаба ёшларни, harbiy-vatanparvarlik ruhida, ватанпарвар шахс, тарбия, маърифат, тарацциёт.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ш^ог shakllarini amalda qo'llash bo'yicha umumiy masalalarni ko'rib chiqamiz. «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kошеpsiyasi»da yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari: ishоntirish; mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish; rag'batlantirish; o'rnak ko'rsatish va shaxsiy namuna deb ko'rsatilgan. Shunga muvоfiq ravishda tegishli yo'l-yo'riqlar belgilab berilgan.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ш^ог shakllari to'g'risida kоnsepsiyaning 13-bandida shunday ko'rsatib o'tilgan: «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savоl-javоb kechalari, kitоbxоnlik, o'yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va bоshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rang-barangligini ta'minlaydi, pirоvaгd natijada jamiyatda sоglоm ijtimоiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda quyidagi shakllar ustuvоr ahamiyatga ega bo'ladi:». Ushbu shakllar va ularni tashkil qilishga dоir umumiy masalalar quyidagilardan ^rat:

1. Ma'ruza o'qish. Talaba yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida ma'ruza mashg'ulоtlari eng ahamiyatli usullardan hisоblanadi. Ma'ruza muayyan mavzu bo'yicha ma'lumоtlarni ilmiy-nazariy asоslarda o'rgatish mashg'ulоtlaridan Лога! Tegishli o'quv fanlarini o'qitish va bоshqa ta'lim-tarbiya masalalari bilan bоg'liq mavzular bo'yicha ma'ruzalar o'zining natijaviyligi bilan atohida o'rin tutadi. Ular o'quv jarayoni ma'ruzalari yoki оmmaviy ma'ruzalar turlariga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'linadi. O'quv jarayonida ma'ruzalar tegishli o'quv dasturlariga muvofiq, ommaviy ma'ruzalar esa ma'lum tadbirlar davomida tashkil etiladi. SHunga qarab ular uchun ajratiladigan vaqt miqdori ham turlicha bo'ladi.

Ma'ruzani tegishli soha mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ma'ruza so'ngida zarur savol-javoblar o'tkazish maqsadga muvofiq. Ma'ruzalar ularning tinglovchilari tarkibining, jumladan, yoshlarning bilim va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda olib boriladi.

Talaba yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog'liq tadbirlar uchun ma'ruzalarning namunaviy mavzulari:

«14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni» bayrami tadbirlari uchun namunaviy mavzular:

«Mamlakatimiz tinchligi va barqarorligining mustahkam qalqoni»;

«Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi»ning mazmuni va ahamiyati»;

«Vatanimiz himoyachilari - qahramonlar (Mustaqillik yillarida Vatanimiz himoyasi yo'lida mardlik va jasorat ko'rsatganlar)»;

«O'zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining mazmuni va ahamiyati»;

«O'zbekiston Qurolli Kuchlari faxriylarining xotiralari»;

«O'zbekiston Qurolli Kuchlari tarixidan sahifalar (muayyan tarixiy davr bo'yicha voqealar va qahramonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'rganish)»;

«Vatanimiz himoyasi uchun kurashganlar (SHiroq, To'maris, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangu- berdi va boshqalar)»;

«Vatanimiz ozodligi, mustaqillik uchun kurashganlar (jadidlar va boshqalar)»;

«Armiya - davlat tayanchi, tinchlik kafolati» va boshqalar.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari tadbirlari uchun yoshlarning harbiy-vatanparvarlik va ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi bilan bog'liq namunaviy mavzular:

«Alisher Navoiy vatanparvarlik tarbiyasi haqida»;

«Alisher Navoiyning ma'rifatparvarlik faoliyati»;

«Alisher Navoiy - o'zbek adabiyotining sohibqironi»;

«Alisher Navoiy ijodining jahon adabiyotidagi o'rni»;

«Zahiriddin Muhammad Bobur - yirik davlat arbobi, lashkarboshi, shoir, adib va qomusiy olim»;

«Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy mahorati»;

«Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va faoliyatining ahamiyati va boshqalar.

Amir Temurning tavallud kuni tadbirlari uchun namunaviy mavzular:

«Amir Temur - buyuk sarkarda va davlat arbobi»;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

«Amir Temurning harbiy mahorati»;

«Amir Temurning jahon harbiy san'ati rivojiga qo'shgan hissasi»;

«Amir Temur davlatining tuzilishi va boshqarish tizimi» va boshqalar.

«Xotira va qadrlash kuni» tadbirlari uchun namunaviy mavzular:

«Xotira - muqaddas, qadr - abadiy»;

«Inson qadri aziz, o'tganlar xotirasi - muqaddas»;

«Vatan himoyachilari xotirasi - abadiy» va bosh- qalar.

Qatag'on kurbonlarini yod etish tadbirlari uchun namunaviy mavzular:

«Vatanim, xalqim deganlar»;

«Ajdodlar mardona ruhi bizga yor»;

«Fidoyi insonlarning Vatan oldidagi xizmatlari hech qachon unutilmaydi» va boshqalar.

«O'zbekiston Mustaqilligi kuni» bayrami tadbirlari uchun namunaviy mavzular: «Mustaqillik yillarida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar to'g'risida»;

«Vatanimiz mustaqilligi yo'lidagi kurashlar tarixidan»;

«Mustaqillik davrida Vatanimiz himoyasi yo'lida qurbon bo'lganlar» va boshqalar. «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi kuni» bayrami tadbirlari uchun namunaviy mavzular:

«O'zbekiston Konstitusiyasi - milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizning huquqiy

«Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomil- lashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha eri shilgan natijalar to'g'risida»;

«Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha erishilgan natijalar to'g'risida» va boshqalar.

Harbiy qism va ta'lim muassasalari o'quvchi- talabalari bilan harbiylik kasbiga nisbatan hurmat, e'tiborni yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar uchun namunaviy mavzular:

«Mardlar qo'riqlaydi Vatanni»;

«Harbiy xizmatchi - sharafli kasb»;

«Ajdodlar jasorati - yoshlarga ibrat»;

«Vatan himoyasi - muqaddas burch»;

«Armiyada xizmat - sharaflidir»;

«Harbiy xizmat - mardlik, chiniqish, toblanish maktabi»;

«El ishonchi, yurt tayanchi - O'zbekiston yoshlari»;

«Ona yurtni mard o'g'lonlar qo'riqlaydi»;

asosi»;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

«O'zbek yigiti - mustaqillik posboni» va boshqalar.

2. Savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar. Ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga muvofiq ravishda har bir jamoadagi talaba yoshlarning bilim, ko'nikma, malakalarni puxta egallab borishlarini ta'minlash uchun zarur muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bilan bog'liq masalalar yuzasidan o'tkaziladi.

Bunday savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar tegishli ma'lumotlardan ishonchli manbalar asosida xabardor hamda zarur tayyorgarlikka ega bo'lgan, shu bilan birga, ishtirokchilarning ishonchi va hurmatini qozongan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Zarur hollarda bunday tadbirlarni yakka yoki tegishli kichik guruhlar bilan suhbatlar shaklida o'tkazish haqiqiy ahvolni yaxshiroq o'rganish imkonini beradi. Bu esa tegishli masalalarni hal etishning eng to'g'ri echimlarini topish va amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bunday davra suhbatlari, uchrashuv, suhbaglarni ta'lim muassasalari talabalari va o'quvchi yoshlar bilan harbiy xizmatchilarni hamda Qurolli Kuchlar faxriylarini jalb etgan holda o'tkazish uchun namunaviy mavzular:

«Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg'ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir»;

«Vatanni himoya qilish - sharafli, oliyjanob va mas'uliyatli burch»;

«Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi»;

«Tinchligingga jonim fido - muqaddas Vatan!»;

«O'zbekiston - yagona Vatanim, milliy armiyam - faxrim, tayanchim»;

«Milliy armiya - xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir»;

«Milliy armiyamiz - g'ururimiz, iftixorimiz»;

«Mening armiyam - mening faxrim»;

«Ofiser - mardlar kasbi»;

«Ajdodlar qahramonligi - yoshlarga ibrat»;

«Tinchlik uchun kurashmoq kerak» va boshqalar.

Joylarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ishtirokida «Inson qadri har narsadan ulug'», «Oilada vatanparvarlik tarbiyasi» kabi mavzularda o'tkaziladigan uchrashuv va davra suhbatlari ham ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

3.Kitobxonlik. Talaba yoshlarni tegishli yosh davri uchun mos bo'lgan kitoblarni to'g'ri tanlashga va ularni o'qish natijasida to'g'ri xulosalar chiqarishga o'rgatib borish zarur. Ma'lumki, bolalar adabiyoti badiiy asarlarining har biri ma'lum yoshdagilar uchun muljallangan bo'ladi. Voyaga etgan yoshdagilar uchun badiiy asarlarda jiddiy hayotiy masalalar muallifning qarashlari asosida aks ettiriladi. Ma'lum bir asar to'g'risida uni o'qigan turli yoshdagi kitobxonlarning o'zaro fikr almashishlari,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

tegishlicha bahs-munozaralari yoshlarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari o'sishiga yordam beradi.

4.O'yinlar. Yoshlar bilan o'yin mashg'ulotlarini tashkil qilishda quyidagilarni hisobga olish kerak. O'yinlar turlari ko'p bo'lib, ular bolalar o'yinlari, katta yoshdagilar o'yinlari, sport o'yinlari, harakatli o'yinlar, aqliy o'yinlar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Bolalar o'yinlari keng tarqalgan, turli xalqlarda turlicha va oddiy harakatli hamda aqliy o'yinlarni o'z ichiga oladi. Katta yoshdagilar o'yinlari ko'pincha kuchlilik, chaqqonlik, tezkorlik kabi harakatlarga asoslanib ishtirokchilarda shunday sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Sport o'yinlari tegishli sport turlarini hosil qiladi va sportchilar tayyorlash, ularning sport mahoratlarini oshirishga qaratiladi. Harakatli o'yinlar jismoniy chiniqish, chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, kuchlilik, sog'lomlik va boshqa sifatlarni shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Aqliy o'yinlar idrok qilish, tafakkur, tasavvur tezligi va aniqligi, mantiqiy fikrlash, qat'iyatlilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. SHularga muvofiq ravishda har bir o'yindan tegishli maqsadlar yo'lida to'g'ri va unumli foydalanishga erishish uchun muayyan talablarga, eng avvalo, xavfsizlik qoidalariga hamda tegishli o'yin qoidalariga rioya qilish shart.

5.Boy hayotiy tajribaga ega bo'lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaka va tanlovlarda golib bo'lgan shaxslar bilan uchrashuvlar. Bunday uchrashuvlarni tegishli yo'nalishdagi tadbirlar, bayramlar, yirik sanalar va shu kabilar bilan bog'liq ravishda utkazish an'anaga aylangan. Bu uchrashuvlarga oldindan puxta va atroflicha tayyorgarlik ko'rish, zarur qulay sharoitlarni hamda tadbir ishtirokchilarini tayyorlash, tadbirni olib borish rejasini, taklif etilgan mehmonlarni kutib olish, boshlab borish, minnatdorchilik bildirish, kuzatib ko'yish tartiblarini belgilash va to'liq amalga oshirish lozim.

«Namunali harbiylar oilasi» ko'rik-tanlovini, «Otam, onam va men - sportchi oilamiz» musobaqalarini o'tkazib borish ham ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

6.Ilmiy-nazariy va amaliy konfеrеnsiyalar, sеminar-trеninglar, muayyan mavzuga bag'ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari.

Ilmiy-nazariy konferensiyalar biror sohadagi dolzarb masala, muammo, uning echimlari hamda istiqboldagi yo'nalishlar va vazifalarning ilmiy-nazariy asoslariga doir mavjud yangi ma'lumotlarni mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida

tashkil qilinadi. Odatda, konferensiya mavzusi tegishli ish rejalariga kiritilgan bo'ladi. Konferensiyani o'tkazish uchun tegishli tartibda ishchi guruh tashkil qilinadi. U

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tomonidan ma'ruzachilar, ishtirokchilar belgilanadi, kun tartibi ishlab chiqiladi va ularga oldindan etkaziladi.

Konferensiyada tegishli rahbar xodimlar, olimlar, mutaxassislar, amaliyotchilar ishtirok etishi lozim. Ulardan kimdir asosiy ilmiy ma'ruza, boshqalar qo'shimcha ma'ruza va axborotlar bilan qatnashadi. Tegishlicha munozara, muzokaralar o'tkaziladi va yakuniy qarorlar qabul qilinadi.

Yoshlar harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'tkaziladigan ilmiy-nazariy konferensiyalar mazkur masala bilan bog'liq muammolar va ular echimining ilmiy-nazariy asoslarini belgilashga xizmat qiladi.

Bu tadbirlarni tegishli soha va mavzu bo'yicha rahbar xodimlar, olimlar, mutaxassislar, amaliyotchilar ilmiy-nazariy konferensiyalari hamda talabalar, ta'lim oluvchilar, o'quvchilar ilmiy-nazariy konferensiyalari (pedagoglar rahbarligida) shakllarida tashkil qilish mumkin.

Amaliy konferensiyalar biror dolzarb masala, muammoning amaliy jihatlarini o'rganish maqsadida tegishli rahbar xodimlar, olimlar, mutaxassislar, amaliyotchilar ishtirokida tashkil qilinadi. Odatda, konferensiya mavzusi tegishli ish rejalariga kiritilgan bo'ladi. Konferensiyani o'tkazish uchun ma'lum tartibda ishchi guruh tashkil qilinadi. U tomonidan ma'ruzachilar, ishtirokchilar belgilanadi, kun tartibi ishlab chiqiladi va ularga oldindan etkaziladi.

Konferensiyada kimdir asosiy axborot, boshqalar qo'shimcha axborotlar bilan ishtirok etadi. Tegishlicha muhokama, munozaoa, muzokaralar o'tkaziladi va yakuniy qarorlar qabul qilinadi.

Yoshlar harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'tkaziladigan amaliy konferensiyalar mazkur masala bilan bog'liq muammolar va ular echimining amaliy asoslarini belgilashga xizmat qiladi.

Bunday koferensiyalarni tegishli soha va mavzu bo'yicha rahbar xodimlar, olimlar, mutaxassislar, amaliyotchilar ishtirokidagi amaliy konferensiyalar hamda talabalar, ta'lim oluvchilar, o'quvchilarning amaliy konferensiyalari (pedagoglar rahbarligida) shakllarida tashkil qilish mumkin.

Seminar-treninglar muayyan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni hal qilish, amaliy vazifalarni bajarishning maqsadga muvofiq shakl, usullarini, shuningdek, yangi metodlarni o'rganish maqsadida tashkil qilinadi. U tegishli mutaxassis - seminar rahbari tomonidan olib boriladi. U seminar-trening mavzusi bo'yicha asosiy ilmiy-metodik va amaliy ma'lumotlarni beradi, boshqalar qo'shimcha ma'ruza va axborotlar bilan ishtirok etadilar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tegishlicha muhokama, munozara, muzokaralar o'tkaziladi va yakuniy qarorlar qabul qilinadi. Yoshlar harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo'yicha o'tkaziladigan seminar-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

treninglar uning mavzusi bilan bog'liq muammolar va ular echimining ilmiy-metodik va amaliy asoslarini belgilashga xizmat qiladi.

Muayyan mavzuga bag'ishlangan kechalar ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi tadbirlar sirasiga kiradi. Ular ma'naviy-ma'rifiy, adabiyot, san'at, musiqa, adabiy-musiqali, badiiy-havaskorlik konserti, yumor, dam olish, raqs kechasi va boshqa turlarga bo'linadi. Tegishli ta'lim-tarbiya maqsadlariga xizmat qiluvchi kechalar turi va mavzusi belgilanib tashkil qilinadi. Mavzuga bog'liq ravishda zarur hollarda mutaxassisni jalb etish va u bilan tadbir rejasini ishlab chiqish lozim. Bunday kechalar yoshlarda tegishli bilim va ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish va mustah- kamlab borishga xizmat qiladi.

Bahs-munozaralar ta'lim muassasasida ma'na-viy-ma'rifiy tarbiya masalalari, uqitilayotgan fanlar mazmunini chuqurroq o'rganish, ta'lim oluvchilarning qiziqishlari va shu kabi boshqa yo'nalishlardagi turli muammolarni muhokama qilish asosida ta'lim oluvchilarning bilim, kunikma va malakalarini mustahkamlash maqsadlarida tashkil etiladi.

Bahs-munozara samarali bo'lishi uchun uning aniq mavzusini oldindan belgilab olish lozim. Bahs-munozara mashg'uloti rahbari ishtirokchilarning bahs-munozara davomida mavzudan uzoqlashib ketmasliklari, muloqot madaniyati qoidalariga rioya etishlarini nazorat qiladi va umumiy rahbarlikni olib boradi. Shuningdek, u tomonidan bahs-munozara davomida chiqarilayotgan xulosalarning to'g'rilig'i kuzatib boriladi, zarur hollarda teg'ishli tuzatishlar puxta asoslangan holda kiritiladi.

Bahs-munozaralar ishtirokchilarning mustaqil fikrlash, o'z mulohazalarini to'g'ri, tushunarli bayon qilish, xulosalar chiqarish, ularning to'g'riligini isbotlash, boshqalarni ting'lash, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish va boshqa ko'nikmalarini mustahkamlaydi. Bunday bahs-munozaralar ta'lim oluvchilarning bo'sh vaqtlarini ta'lim muassasasidagi o'quv-tarbiya jarayoni bilan bog'liq ravishda mazmunli tashkil qilish imkonini beradi.

Viktorinalar qiziqarli mashg'ulotlar turkumiga kiradi. Ular ma'lum yo'nalishdagi masalalar bo'yicha ishtirokchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini sinash

hamda yangi bilimlarni shakllan- tirishga qaratilgan bo'ladi.

Viktorinalar asosan musobaqa-o'yinlar shaklida, bir vaqtda bir yoki bir nechta mavzular bo'yicha tashkil etiladi. Viktorinalar o'qitilayotgan fanlar mavzulari, ma'naviy-ma'rifiy masalalar, psixologik vaziyatlar, turli yunalishlardagi ijodkorlik va shu kabi boshqa yo'nalishlardagi har xil qiziqarli savollarga javoblar va misol-masalalarni echish bo'yicha musobaqalar, g'oliblarni rag'batlantirish kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Viktorina o'tkazish uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko'rish, barcha zarur asbob, buyum, materiallarni va boshqa vositalarni qo'yilgan maqsadga muvofiq tanlash va tayyorlash lozim. Viktorina mashg'ulotini o'tkazishda mashg'ulot rahbari va uning yordamchilari tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshiradilar va mashg'ulot jarayonida ishtirokchilarga tegishli tushuntirishlar berish, nazorat va rahbarlikni olib borish, goliblarni rag'batlantirish va boshqa ishlarni bajaradilar.

Davra suhbatlari yoshlarning muayyan guruhi bilan dolzarb deb hisoblangan masalalar bo'yicha o'tkaziladi. Bunday suhbatlar har turli mavzularda bo'lishi mumkin. Ular ma'naviyat va ma'rifat, vatanparvarlik, harbiy vatanparvarlik, o'quv-tarbiya jarayoni, ayrim o'quv fanlari bo'yicha o'zlashtirishni yanada yaxshilash va boshqa masalalarni o'z ichiga oladi.

Davra suhbatining mavzusi oldindan belgilanib, zarur tayyorgarlik ko'riladi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarning o'z fikrlarini erkin bildirishlarini va ularni tushunib tinglash, tegishlicha munosabat bildirish, to'g'ri, asosli xulosalarga kelishni ta'minlash kutilgan natijaga erishish uchun zarur shart hisoblanadi.

Davra suhbati rahbari ishtirokchilarning erkin fikr bildirishlarini, mavzudan uzoqlashmasliklarini, zarur bo'lganda ularga to'g'ri yo'nalishlar berishni, fikr-mulohazalar va xulosalarning to'g'riligini ta'minlab boradi.

7.To'plangan ilg'or tajribalarni o'rganish va ommalashtirish. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha ilg'or tajribalar, eng avvalo, tegishli ta'lim muassasalarida, shu bilan birga, davlat, nodavlat, jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlarda shakllanib boradi.

Bunday tajribalar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida yuqori natijalarga erishganlik va buning uchun qo'llangan ta'lim-tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakl va usullarini o'z ichiga oladi. Shunday natija bergan ish tajribalarini aniqlash, o'rganish, umumlashtirish, tavsiflash (yozma yoki boshqa shaklda bayon qilish) va tegishli muassasalar, tashkilotlar va mutaxassislar orasida ommalashtirish orqali mazkur yo'nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini keng ko'lamda oshirish imkoniyati paydo bo'ladi.

Buning uchun ilg'or tajribalarni aniqlash, o'rganish va to'plab borish bo'yicha mutaxassislarning faoliyatini tashkil qilish va aniqlangan ilg'or tajribalar to'g'risidagi to'liq ma'lumotlar bankini tegishli tartibda tashkil qilish va to'ldirib borishni yulga qo'yish lozim.

Ilg'or tajribalarni ommalashtirish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bular broshyura, jurnal yoki gazetada maqola, teleko'rsatuv, radioeshittirish, elektron axborot kabi shakllarda bo'lishi mumkin. Bunday materiallarni pedagogik va metodik jihatlardan puxta tayyorlashni ta'minlash kerak.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

8.Jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma'naviy-ruhiy muhitni o'rganish. Bu yo'nalishdagi ishlarni tashkil qilish uchun tegishli mas'ul rahbariyatlar tomonidan ijrochilar belgilanadi. Ular ushbu maqsadlarga xizmat qiluvchi tegishli metodikalarni qullab yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash buyicha olib borilayotgan ishlar tug'risida jamoatchilik fikrini va harbiy jamoalardagi ma'naviy-ruhiy muhitni o'rganishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradilar.

Bunda kuzatish, suhbat, savol-javob, anketa savollariga javoblar olish, test sinovi, natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, zarur tavsiyalar ishlab chiqish amalga oshiriladi.

9.Teleko'rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo'shiklari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, elektron o'yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish. Ushbu vositalarning har biri yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o'ziga xos o'ringa va imkoniyatlarga ega. Ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda turli yosh davrlariga tegishli harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda foydalaniladi.

Bu vositalar tegishli ta'lim muassasalarida, davlat, nodavlat, jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlarda: maktabgacha, maktab, kollej, lisey, oliy ta'lim, harbiy ta'lim muassasalari va shu kabilarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha turli tadbirlarni amalga oshirishda qo'llaniladi.

Odatda, bunday axborotlar bilan tanishgandan keyin ularning ma'no-mazmuni, g'oyasi, ahamiyati yuzasidan fikrlar almashish, kerak bo'lganda davra suhbati o'tkazish mumkin.

10.Urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish. Bunday uchrashuvlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ma'lum tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi bo'lgan faxriylarning xotiralari, jonli hikoyalari tinglovchilar uchun tarixiy reallik bilan tanishish imkonini beradi.

Boshqa mas'ul xodimlar va mashhur shaxslar bilan uchrashuvlarda ularning ma'lum masalalar bo'yicha fikr-mulohazalari, taassurot va hikoyalari tinglovchilarga

tegishli sohalar, ular bo'yicha erishilgan natijalar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, zamonamizning ilgor kishilari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish imkonini beradi.

Bunday tadbirlar yosh avlodning Vatanimizning turli sohalardagi taraqqiyoti hamda Qurolli Kuchlarimizning qudratidan faxrlanish tuyg'ularini yuksaltirishi bilan ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning jiddiy omili bo'lib xizmat qiladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ll.Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini o'tkazish va ekskursiyalar uyushtirish. Bu tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha ishlarning zaruriy qismini tashkil qiladi.

Bunda harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni tadbiri ishtirok etuvchi turli yoshdagi o'smirlar uchun qiziqarli va hayajonli bo'lishi bilan ularda harbiy xizmatga qiziqishni, harbiy xizmatchilarga hurmatni oshiradi.

Mardlik saboqlari tadbirlari davlatimiz mukofotlari bilan takdirlangan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv, davra suhbati, shuningdek, yoshlarni turli davrlardagi mashhur sarkardalarning harbiy mahorati, harbiy voqealar tafsiloti, ularda qahramonlik, mardlik, jasorat ko'rsatgan vatanparvarlar haqidagi ibratli ma'lumotlar bilan tanishtirishga bag'ishlangan mashg'ulotlar shaklida tashkil qilinadi. Bu tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining zarur qismini tashkil qiladi.

Ekskursiyalar uyushtirish har bir hududdagi mavjud imkoniyatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda harbiy qismga, harbiy ta'lim muassasasiga, turli muzeylar, ko'rgazmalar, korxonalarga, tarixiy yodgorliklarga, mustaqillik yillarida bunyod etilgan ziyoratgohlarga va boshqa ob'ektlarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

Bu ekskursiyalarda ta'lim oluvchilar harbiy qismdagi, harbiy ta'lim muassasasidagi kursantlar, askarlar hayoti va turmushi bilan yaqindan tanishtiriladi, muzey, ko'rgazmalardagi eksponatlar asosida bilimlarini oshiradilar, borgan korxonalari faoliyati va ziyoratgohlar haqida o'zlari borib ko'rgan, o'sha joylarda eshitgan ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Bular esa yoshlarning Vatanimiz hayoti, uning rivojlanishi yo'lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishlari orqali ularning vatanparvarlik tuyg'ulari yanada mustahkamlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi -Toshkent, O'zbekiston, 2017, -B. 18.

2. Mirziyoev Sh.M. Konstitusiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir // Xalq so'zi. 247 (6741)-soni. - 2017. 7 dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi // Xalq so'zi, 3-soni. - 2017 yil. 10 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kuni tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontsepsiya" Vatanparvar gazetasining № 9 (2760) - soni, 2018 yil 2 mart.

5. Mirziyoev Sh.M. Jismoniy va ma'naviy etuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir // www.prezident.uz.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF5106-sonli Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 27-soni.

7.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi "O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shma chora-tadbirlar to'g'risida 4375-sonli qaroli. 8."Internet" saytlari

1.www.talaba.uz

2.WWW.ZiyoNet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.