Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING AHAMIYATI'

MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Anvar Ergashev

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida “oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud” ligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MASOFAVIY TA'LIM SHAROITIDA TALABALARNI MA'NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING AHAMIYATI Anvar Ergashev

Samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014922 O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida1 "oliy ta'limda ma'naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy g'oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g'oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud" ligi ta'kidlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 2909-son Qarori, 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi PQ-3775-son Qarori, 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari" to'g'risida PQ-3907-son qarori, 2019 yil 3 apreldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi PQ4307-son Qarori, 2019 yil 19 martdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida "Yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sa'nat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini singdirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari"ga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha beshta muhim tashabbusi shuningdek, sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Ushbu vazifalarni yanada muvaffaqiyatli bajarilishi uchun bu borada o'z ijobiy natijasini bera oladigan yangi innovatsion chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqilib soha amaliyotiga joriy qilinishi zarur. Shunday tadbirlardan biri rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash uchun keng ko'lamda samarali qo'llanilayotgan o'qish jarayoni zamonaviy AKTlarga asoslangan masofaviy ta'lim shaklidir. Ta'lim tizimi tajribalari ko'rsatmokdaki, o'quv jarayonida internet tizimi va AKTni yangi bilimlarni egallash, saklash, uzatish hamda amaliy qarorlar qabul qilish vositasiga aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan yaxshilashning imkoniyatlari tobora kengayib bormokda. Internet tizimi va AKT imkoniyatlaridan masofaviy ta'limda foydalanish avvalo ta'lim sifati, ijtimoiyligi, ommabopligi hamda iqtisodiy jihatdan hammaga maqbul bo'lishligini ta'minlaydi. Bulardan tashqari masofaviy ta'limni an'anaviy o'qitish shakliga taqqoslaganda bir qator afzalliklari hamda ijobiy jihatlari mavjud.

1 https://lex.uz/docs/4545884

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Ta'kidlash kerakki, o'qitishning zamonaviy masofaviy ta'lim shaklini mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida samarali joriy etish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) — bu, keng ko'lamdagi tushuncha bo'lib, unga texnologik vositalar yordamida kommunikatsiyaga jalb etilgan tizimlar, jarayonlar va shaxslar kiradi. Masofali ta'lim — bu, zamonaviy AKT yordamida masofaviy o'qitish jarayoni qo'llanadigan, ta'lim darajasini (ta'lim senzini) tasdikdovchi, ta'lim olishning pedagogik tizimidir.

Masofaviy ta'lim — axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, masofadan turib, o'quv axborotlarining almapguvini ta'minlaydigan, o'quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko'nikmalarni egallash jarayonidir.

Masofaviy ta'lim — bu, muayyan sohada mutaxassislar tayyorlash tizimidagi barcha fanlarni kompleks tarzda masofaviy o'qitishga asoslangan, biroq, kompleks doirasida o'qish jarayoni uchun qat'iy belgilangan joy va vaqt mezoni shartli o'rnatilmagan ta'lim shaklidir. Bu ta'rif mohiyatini to'la va to'g'ri tushunish uchun, uni yuqorida qayd etilgan masofaviy o'qitishning ta'rifi bilan birga keltirish kerak, albatta.

Masofaviy o'qitish zamonaviy ta'limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta'lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o'qitish borasida boy tajriba to'plangan.

Masofaviy ta'lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premer-ministri G.Vilson tashabbusiga ko'ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o'qitish ancha oldinroq, ya'ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta'lim bo'yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta'lim bo'yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta'lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Ochiq universitetlardagi o'qish xarajatlari an'anaviy institutlarda o'qitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: Angliyada turg'un o'qishga 3000, masofaviy o'qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling to'lanadi. Binolarga xizmat ko'rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun xarajatlar, o'qituvchi, ma'muriyatlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta'lim oluvchilarga filiallar tarmog'i, telestudiya va kompyuter tarmog'i orqali maslahatlar beriladi. Angliyada o'quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o'z ichiga qamrab oladi, ularning ko'plari fanlararo bog'lanish xususiyatiga ega.

Masofaviy ta'lim AQShda o'tgan asrning 60-yillarning o'rtalaridan, Yevropada esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana boshlandi. O'qitishning bu shakli ta'lim oluvchilar va o'qituvchilarning bir-birlari hamda o'qitish vositalari bilan o'zaro ta'sirining maqsadga yo'naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo'lib, bunda ta'lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog'liq bo'lmaydi.

Ta'lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya'ni o'qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o'quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me'yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o'ziga xos pedagogik tizimda kechadi.

Masofaviy ta'lim turli geografik mintaqalarda joylashgan o'qituvchi va talabani bog'lovchi jarayon bo'lib, o'zaro aloqalar maxsus texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Uzaro aloqalarni amalga oshirishda turlicha usullar qo'llaniladi: pochta yoki telefaks orqali bosmaxona

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

materiallarini almashish, audiokonferensiya, videokonferensiya, kompyuter orqali virtual konferensiya kabilardir. O'quv yurtidan uzokda yashovchilar, qatnab o'qish uchun sharoiti bo'lmaganlar, malakasini oshirishni xoxlovchilar, nogironlar va yana boshqa turli sabablarga ko'ra, bevosita oliy o'quv yurtiga borib o'qish imkoniyatiga ega bo'lmaganlarning masofadan turib bilim va ta'lim olishga bo'lgan talablari ortib borishi tabiiydir.

Masofaviy ta'lim o'qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish, turg'un sharoitda o'qish imkoniyatiga ega bo'lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalarida o'qitish istagida bo'lgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi. Ayniqsa, ish bilan band bo'lgan katta yoshdagi kishilar, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha ta'lim olishni xoxlovchilar uchun masofaviy ta'lim juda kulay vositadir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo'llash, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara beradi. Shunig uchun bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunnig dolzarb vazifalaridan biridir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 2909-son Qarori.

2. 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi PQ-3775-son Qarori.

3. Abduqodirov A. A. va boshqalar. Axborot texnologiyalari. - T., 2002. Abduqodirov A. A., Pardaev A. X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. T.:Fan,2009.

4. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl)

5. Safarova R.G. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS)Volume: 02 Issue: 051 2023ISSN:2751-

Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time | Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (innosci.org)

6. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical

Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN

SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

9. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023. https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.