Научная статья на тему 'KREDIT TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JARAYONLARINI REJALASHTIRISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLI JIHATLARI'

KREDIT TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JARAYONLARINI REJALASHTIRISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
3156
349
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kredit / modul / kredit-modul tizimi / kredit-soat / Bolonya shartnomasi / Bolonya jarayoni / ECTS tizimi / kredit-modul tizimi imkoniyati / kredit-modul tizimi ahamiyati

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — M.Sapayev, F.M.Qodirov, S.M.Abdullayeva

Kredit-modul tizimi dunyoning ilg‘or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishi, ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xosxususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari haqidagi fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREDIT TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JARAYONLARINI REJALASHTIRISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLI JIHATLARI»

Metacognition in Literacy Learning: Theory, Assessment, Instruction, and Professional Development. Mahwah: Lawrence Erlbaum Associates. pp. 199-214.

[17]. Kelly, C. and Sandy, C. (2008) Brain-based learning and the active approach. The language teacher,32/7, pp. 26-28

[18]. Lasagabaster, (2011). English achievement and student motivation in CLIL and EFL settings. Innovation in Language Learning and Teaching,5/1, pp. 318

[19]. Lightbown, P. M., & Spada, N. (2006). How Languages Are Learned (3rd ed.). Oxford: Oxford University.

[20]. Marsh, D. (ed). 2002. CLIL/EMILE - The European Dimension: Actions, Trends and Foresight Potential. Public Services Contract DG EAC. European Commission

[21]. Mehisto, P., Marsh, D., & Frigols, J.M. (2008). Uncovering CLIL: Content and Language Intergrated Learning in Bilingual and Multilingual Education. Oxford: Macmillan Education. ISBN 978 - 0- 230-02719-0.

[22]. Sambell, K.and McDowell, L. (1997). The value of self and peer assessment to the developing lifelong learner. In Rust, C. (ed.) Improving Student Learning: Improving Students as Learners. Oxford: Oxford Centre for Staff and Learning Development.

[23]. Somervell, H. (1993) Issues in assessment, enterprise, and higher education: the case for self-, peer and collaborative assessment. Assessment and Evaluation in Higher Education,18, pp. 221-233.

[24]. Swain, M. (2000). The output hypothesis and beyond: Mediating acquisition through collaborative dialogue. In J.P. Lantolf (Ed.), Sociocultural theory and second language learning (pp. 97-114). Oxford: OUP.

[25]. Wolff, D. (2002). Modern languages across the curriculum. London:

Routledge Falmer. ISBN 0-415-25482-5.

***

KREDIT TIZIMI ASOSIDA TA'LIM JARAYONLARINI REJALASHTIRISHNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLI JIHATLARI

Sapayev M., Qodirov F.M., Abdullayeva S.M.

Annotatsiya: Kredit-modul tizimi dunyoning ilg'or mamlakatlari oliy ta'lim tizimida keng qo'llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan biri o'quv jarayonida asosiy e'tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi va uning O'zbekiston ta'lim tizimida joriy etilishi, ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta'lim tizimida kredit-modul tizimining o'ziga xosxususiyatlari, imkoniyatlari va

afzalliklari haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kredit, modul, kredit-modul tizimi, kredit-soat, Bolonya shartnomasi, Bolonya jarayoni, ECTS tizimi, kredit-modul tizimi imkoniyati, kredit-modul tizimi ahamiyati.

ADVANTAGES AND CHALLENGES OF EDUCATIONAL PROCESS PLANNING ON THE BASIS OF CREDIT SYSTEM

Sapayev M., Qodirov F.M., Abdullayeva S.M.

Abstract: The credit-module system is a widely used system in the higher education system of the developed countries of the world. One of the peculiarities of this education system is that the main focus in the learning process is on the independent work of students. This article describes the credit-module system and its introduction in the education system of Uzbekistan, its importance, the peculiarities, opportunities and advantages of the credit-module system in the education system of the world.

Keywords: credit, module, credit-module system, credit-hour, Bologna agreement, Bologna process, ECTS system, credit-module system opportunity, credit-module system importance.

Kirish

Hozirgi davrda mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan oliy ta'lim tizimida ham, mamlakatning kelajagi uchun mustahkam poydevor qurish va rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish uchun ko'plab islohotlar va ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajak avlodning bilimli va barkamol bo'lib yetishishi ta'minlash maqsadida mamlakat ta'lim tizimiga yangi ta'lim texnologiyalari, xorij tajribalari joriy etilmoqda. Jumladan, 1999 yil iyun oyida Italiyaning Bolonya shahrida dunyoning 29 ta mamlakati o'rtasida imzolangan, ayni paytda dunyoning 48 ta mamlakati ishtirokchisiga aylangan Bolonya deklaratsiyasiga O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi va ta'lim tizimiga kredit-modul tizimini joriy etish borasida ishlarning boshlab yuborilishi mamlakat oliy ta'lim tizimida zamonaviy o'zgarishlar davrini boshlab berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoniga ko'ra 2017-2021 yillarda oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimida O'zbekistonning Bolonya deklaratsiyasiga qo'shilishiga shart-sharoitlar yaratildi va oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etildi.

O'zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoniga qo'shilishining zarurati

zamon talabidan kelib chiqib, bir qancha ijtimoiy-siyosiy faktorlarga va ta'lim sohasida ro'y berayotgan ob'ektiv voqeliklar bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi suveren mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida o'z o'rnini mustahkamlab bormoqda, demak u hozirgi xalqaro taraqqiyot tendensiyalaridan chetda tura olmaydi. O'zbekiston Respublikasining Bolonya jarayoni ta'lim tizimiga qo'shilishi unga dunyoning ko'plab mamlakatlari bilan oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishni ta'minlaydi va mamlakatimiz ta'lim tizimining xalqaro miqyosidagi reytingini oshishiga olib keladi.

Bolonya jarayoni - bu Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta'limni uyg'unlashtirish jarayonidir. U tushunish oson bo'lgan va o'xshash oliy ta'lim darajalar tizimini yaratishni, ta'limda kredit-modul tizimiga o'tishni, ta'lim sifatini ta'minlashda erkin akademik harakatlanishni va Yevropadagi ta'lim hamkorligini o'z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda, bu Yevropa mamlakatlarining oliy ta'lim tizimlarini uyg'unlashtirish, har bir kishi uchun teng ravishda ta'limni ta'minlash, intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va mustahkamlash, ta'lim sifatini takomillashtirish jarayonidir [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Oliytta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da oliy ta'limtjarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o'quv rejalarida amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ulushini oshirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berishning taklif etilishi, maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, ta'lim yo'nalishlari va o'qitiladigan fanlarni qayta ko'rib chiqish, mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish, oliy ta'limda o'quv jarayoni kredit-modul tizimiga o'tkazish, qator oliy ta'lim muassasalarini o'zini o'zi moliyaviy ta'minlashga o'tkazish, ta'lim sohasini to'liq raqamlashtirish, davlat-hususiy sheriklik mexanizmlarini ta'lim sohasiga ham keng tatbiq etish masalalari shu kunning dolzarb masalalari ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Ushbu murojaatnomada birinchi o'ringa xalqning bilim darajasini oshirish masalasi qo'yilgan, bu esa millatning raqobatbardoshligini belgilovchi omil hisoblanadi. Shu sababli, tabiiyki, ushbu hujjatda zamonaviy talablar va jahon standartlariga javob beradigan milliy ta'lim tizimini yaratish muammosining elementlari ham o'z aksini topgan.

Muammoning qo'yilishi

"Kredit-modul tizimida o'qitishning qanday afzalligi va biz amalda foydalanib kelayotgan ta'lim tizimidan qanday farqi va ustunliklari bor?". Ushbu savollarga javob berish uchun dastlab kredit-modul tizimi haqida, kredit-modul tizimi va uning O'zbekiston ta'lim tizimida joriy etilishining ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta'lim tizimida kredit-modul tizimining o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasida izlanishlar olib borish muhim hisoblanadi.

O'zbekistonda kredit ta'lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda, Yevropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga olgan holda yuqori ta'lim sifatini va dunyo ta'lim jarayonlariga integratsiyalashish uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir [2]. ECTS kredit tizimi ko'p millatli Yevropa an'analarini inobatga olgan holda turli ta'lim tizimlarini yaqinlashtiradi.

Kredit-modul tizimida ahamiyat beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin [3]:

- talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;

- talabalar bilimini reyting asosida baholash;

- o'qitishning modulli texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;

- talabalarning o'z ustida mustaqil ishlashini ta'minlash uchun fanning metodik ta'minotini yanada takomillashtirish.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin:

- o'quv jarayonini modul asosida tashkil qilish;

- bitta fan va kurs kesimida kreditning qiymatini aniqlash;

- talabalar bilimini reyting asosida aniqlash va baholash;

- talabalarning o'z shaxsiy o'quv rejalarini individual tarzda shakllantirishga imkoniyat yaratish;

- ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishning ulushini oshirish;

- ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yiladigan talabdan kelib chiqib o'zgarishlarni amalga oshirish;

- talabalarning fanlar va professor-o'qituvchilarni tanlashi uchun imkoniyatlar yaratish.

Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jihatlari

Kredit-modul tizimiga o'tishda bir qator muammoli jihatlarga e'tiborimizni qaratishimiz va bu tizimning afzallik jihatlariga urg'u berish maqsadga muvofiqdir.

Ma'lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil ta'lim

yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta'lim tizimida auditoriya yuklamalariga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e'tibor qaratiladi.

Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 6 kreditlik fanni o'zlashtirgan bo'lsa, u 6 kredit hajmidagi ishni bajargan hisoblanadi, ya'ni u ushbu fanning ma'ruzalarida, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan hisoblanadi. Demak, bu fanni o'zlashtirgan talaba uni qanday bahoga o'zlashtirganidan qat'iy nazar u 6 kreditni qo'lga kiritadi.

Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni faqat "kredit" va "modul" atamalari orqali izohlash yetarli bo'lmaydi. Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qo'llanilgan. Kredit-modul tizimining mohiyatini boshqacha qo'yidagi usulda ochib berish maqsadga muvofiqdir. Ya'ni, asosiy tamoyillar, kredit-modul tizimining amaldagi ta'lim tizimidan farq qiluvchi jihatlari qo'yidagicha.

Avval ta'kidlab o'tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari qisman O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimiga tatbiq qilingan. Bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun yangi bo'lgan va amaldagi ta'lim tizimida mavjud bo'lmagan quyidagi muammoli jihati va afzalliklarini va uni amalga oshirish bo'yicha takliflarni keltirib o'tamiz:

1) Oliy ta'limning samaradorligi. Amaldagi ta'lim tizimida talabalar 1-kursdan boshlab yo'nalishlar va ular ichida tarmoqlar bo'yicha ajratilib ixtisoslik fanlarini o'qishni boshlashadi. Ya'ni, biz talabani hali abiturientlik paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib qo'yamiz. Kredit-modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.

Ilg'or xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga ajratish orqali, 1-2 kurslarda tayanch fanlarni, 3-4 kurslarda esa tanlov asosida ixtisoslik fanlarini o'qitish mumkin. Demak, endilikda kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli bo'ladi. Bu esa oliy ta'limning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi.

2) "Talaba-o'qituvchi" nisbati. Hozirgi kunda O'zbekiston oliy ta'lim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, o'quv rejalardagi takrorlanadigan fanlarni har xil mutaxassisliklar bo'yicha alohida o'qitish, auditoriya soatlari hajmini oshirish kabi holatlar mavjud. Bunday jarayonlar o'quv yuklamalarining keskin oshishiga sabab bo'ladi.

Biroq, biz bilamizki oliy o'quv yurtida bitta o'qituvchiga to'g'ri keladigan yuklama hajmi oliy o'quv yurti bo'yicha umumiy o'quv yuklamasi hajmini talabalar soni asosida hisoblangan o'qituvchilar soniga bo'lish orqali aniqlanadi. Ya'ni, o'qituvchilar shtati o'quv yuklamalari asosida belgilanmaydi, balki talaba-

o'qituvchi nisbati orqali belgilanadi. Oliy o'quv yurti bo'yicha umumiy o'qituvchilar soni aniqlangandan so'ng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi, bunda esa kafedra o'quv yuklamalari hajmiga asoslaniladi.

Kredit-modul tizimida talaba-o'qituvchi nisbati 16:1 va undan ham yuqori bo'lishi ko'zda tutiladi. Bunga auditoriya yuklamalarini kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, o'quv rejalarni unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish mumkin.

3) Talabaning mustaqil ish turlari. Amaldagi ta'lim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga ko'proq e'tibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy e'tibor qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur o'rganilmagan.

Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi "O'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi" va o'qituvchiga bog'liq bo'lmagan "Mustaqil ta'lim" muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishiga: keyslar, topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan to'garaklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun alohida o'quv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. Mustaqil ta'limga esa vodkastlar, o'rgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni misol qilib keltirish mumkin. O'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta'lim turlari ro'yxatini, glossariylarni, ularni qo'llash bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni zarur darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala - har bir fan bo'yicha o'ziga xos o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va mustaqil ta'lim turlarini ishlab chiqishdir. Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy ta'lim platformalarida shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu jarayonlarni ilg'or pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali jadallashtirish mumkin.

4) O'quv rejalarining mosligi. Hozirgi kunda O'zbekiston oliy ta'lim tizimida bir xil yo'nalishdagi o'quv rejalarning turdosh OTMlarda o'zaro farq qilishini kuzatish mumkin. Kredit-modul tizimi joriy qilinishi bilan esa o'quv rejalar Bolonya jarayoni ishtirokchi davlatlaridagi o'quv rejalarga to'liq mos bo'ladi va diplomlarning o'zaro tan olinishiga sharoit yaratiladi. Buning uchun birinchi nav-batda o'quv rejalarimizning xorijiy o'quv rejalarga mosligini tahlil qilishimiz zarur.

5) Ta 'lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta'lim mazmuni "ta'lim natijalari" asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, talabalarga o'qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ochig'i, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki o'quv rejalariga ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra har xil fanlar kirib qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin.

Birinchidan - bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlari bo'yicha kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi.

Ikkinchidan - o'quv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda yetakchi xorijiy oliy o'quv yurtlarining o'quv rejalari va sillabuslari mazmuniga mo'ljal olinadigan bo'lsa kamroq xatoga yo'l qo'yiladi va bu ishni mutaxassislik kafedralarining mas'ul o'qituvchilarining imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.

O'quv rejalarini shakllantirib bo'lganimizdan so'ng "tanlov fanlari katalogi"ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu orqali o'quv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar iste'molchilarining talablariga qay darajada mos kelishini bilib olish mumkin.

6) Registrator Ofisi. Amaldagi ta'lim tizimida talabalar kontingenti bilan dekanatlar, o'quv bo'limi, kadrlar bo'limi, qabul bo'limi kabi ko'plab bo'linmalar shug'ullanishadi. Talabalar kontingenti bilan shug'ullanadigan markazlashgan bo'linma esa mavjud emas.

Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan bo'linma - Registrator Ofisi shug'ullanadi. Uning vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish (Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq attestatsiyalarni tashkil qilish va o'tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o'tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, "Registrator" ma'lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o'tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo'yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo'ladi.

Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo'linma bo'lib, uni kredit-modul tizimiga to'liq o'tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo'limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.

7) Modulli o'qitish. Kredit-modul tizimining amaldagi ta'lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o'qitiladi. Ya'ni har bir modul (fan va uning bo'limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo'ladi.

8) Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda mustaqil bo'lishga ko'niktirish amaliyoti qo'llaniladi. Ya'ni, talabaga o'z

shaxsiy traektoriyasini tuzish va har semestrda boshqa akademik guruhda o'qish imkoni beriladi.

Shuningdek, talabalarni tabaqalab o'qitishga jiddiy e'tibor qaratiladi, bunda ilg'or talabalarni alohida o'qitish orqali ta'lim samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin.

9) Yozgi semestr va ekstern imtihonlar. Sust o'qiydigan talabalarning fanlarni qayta-qayta topshirishlariga chek qo'yiladi. Fanni birinchi qayta topshirishdan o'ta olmagan talabaga yozgi semestrda fanni qayta o'qishga imkon beriladi.

Ilg'or talabalarga esa semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.

10) Baholash tizimining shaffofligi. Amaldagi ta'lim tizimida haligacha "o'qituvchining o'zi o'qitib - o'zi baholash" amaliyotini kuzatish mumkin.

Kredit-modul tizimida esa o'qituvchi asosan o'qitish bilan shug'ullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Ya'ni, pedagoglar "lektor" va "tyutor" larga ajratiladi. Lektor - nazariy bilim beradi, tyutor - nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy ko'nikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ3775-sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning o'zlashtirish darajasi -professor-o'qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib belgilandi. Ya'ni, endilikda "o'qituvchining o'zi o'qitib-o'zi baholash" usuli kun tartibidan olib tashlandi.

Kredit - modul tizimini joriy etish bo'yicha takliflar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tad birlari to'g'risidigi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ta'lim tizimi kredit-modul tizimiga o'tkazilgan edi. 2021-2022 o'quv yilidan boshlab O'zbekistonning barcha oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirildi [4].

Universitet va uning filiallarida ta'limning kredit tizimini joriy etishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan edi:

- rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg'or tajribalari va tavsiyanomalardan foydalangan holda, xalqaro ta'lim standartlarini joriy qilish, Universitet va uning filiallarini malakali professor-o'qituvchilar bilan ta'minlash, sifatli o'quv dasturlari va o'quv materiallarini ishlab

chiqish orqali ta'lim sifatini oshirish;

- xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan talabalar, professor-o'qituvchilar, izlanuvchilarning almashinuv dasturlarini kengaytirish;

- zamonaviy ta'lim texnologiyalari va o'quv jarayonlarini tashkil etishning samarali shakllarini o'zlashtirish orqali pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga ko'maklashuvchi raqobat muhitini yaratish;

- talabaga ta'lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va bilimini baholashning oshkoraligini ta'minlash.

O'tgan davr mobaynida ushbu qarorni amalga oshirish va ta'lim tizimida kredit - modul tizimini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin shu bilan birga hozirgi kunda kredit tizimi o'z maqsadiga erishdi deb hisoblash qiyin. Bunga ob'ektiv va sub'ektiv sabablar mavjud bo'lib, ular kredit tizimining to'liq tadbiq etilishiga to'sqinlik qilmoqda.

Bizning fikrimizcha quyidagi ishlarga alohida e'tibor berilishi lozim.

1. Oliy ta'lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirish uchun kredit - modul tizimiga bevosita oid hamda oliy ta'lim o'quv jarayonining parametrlarini belgilovchi me'yoriy hujjatlarga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish. Kredit tizimini tashkil etishga zid bo'lgan tushunchalarni bartaraf etish va cheklovlarni bartaraf etish.

2. Har bir talabani butun ta'lim olish davri bo'yicha majburiy va tanlov zaruriy fanlari nomlari, har bir fan bo'yicha kreditlari ko'rsatilgan o'quv rejalari hamda fan sillabuslari va boshqa o'quv-uslubiy materiallarni o'z ichiga olgan o'quv metodik kompleks bilan ta'minlash.

3. Professor-o'qituvchi va talabani ularning o'qish shaklini (kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki) hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan universitetdagi kredit tizimi tuzilmasi va faoliyati bo'yicha to'liq yo'riqnoma bilan ta'minlash.

4. Mustaqil ta'limni (o'qish shaklini hisobga olgan holda) tashkil etish metodikasini va uslubiy ta'minotini ishlab chiqish.

5. Talabalarning professor-o'qituvchilarni va fanlarni tanlash huquqini amalga oshirish.

6. Talabalarning fanlar bo'yicha ruxsat etilgan soatlardan ortiq sababsiz dars soatlarini qoldirishlariga yo'l qo'ymasliklariga erishish va ularning tegishli fanlarni qayta o'qishlarini ta'minlash.

7. Kafedralar tarkibini va professor-o'qituvchilar yuklamalarini o'z vaqtida shakllantirish maqsadida talabalarning fanlarni tanlash jarayonini tegishli o'quv semestridan 2 oy oldin o'tkazish.

8. Talabalar bilan mustaqil ishlar samaradorligini va o'quv jarayoni sifatini keskin oshirish maqsadida professor-o'qituvchilar yuklamalarining o'quv mashg'ulotlari soatini kamaytirish. Bunda umumiy 1540 soatli yuklamadan o'quv mashg'ulotlariga (ma'ruza, kurs ishi, amaliy, laboratoriya va seminar mashg'ulotlari olib borish, bitiruv ishi va magisterlik dissertatsiyaga rahbarlik

xamda maslahat berish, amaliyotlarga rahbarlik va boshqalar) - 40%, o'qituvchi rahbarligida mustaqil ishlarni olib borishga - 30%, ilmiy va metodik ishlarga-30% ajratilishiga erishish.

Shubhasiz, ushbu takliflarning qisman bo'lsa ham amalga oshirilishi oliy ta'limda o'quv jarayoni sifatiga ta'sir etuvchi omillardan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

2. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O'quv qo'llanma.-Toshkent, TKTI, 2020. - 120 bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. O'rinov V. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O'quv qo'llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 24 iyuldagi 569-son Qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.