Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?'

OLIY TA’LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA? Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
116
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta’lim / ta’lim sifati / reyting tizimi / kredit-modul / Bolonya protsessi / hemis / fanlar resursi / fan topshirig‘i / ilmiy faoliyat / renessans. / higher education / quality of education / rating system / credit module / Bologna process / hemis / science resources / science assignment / scientific activity / renaissance.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mustafayev, Ulash Utayevich

Kadrlar sifatiga davlat e’tirozi, reyting tizimi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni, qog‘ozbozlik va byurokratiya, kredit-modul tizimi va Bolonya protsessi, hemis boshqaruv axborot tizimi, fanlar bazasi va resursi, ilmiy faoliyat va faollik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HIGHER EDUCATION: WHERE ARE THE ROOTS OF ILLITERACY?

State appeal to the quality of personnel, rating system, criteria for monitoring and evaluation of student knowledge, paperwork and bureaucracy, credit-module system and the Bologna process, hemis management information system, sciences base, scientific process and activity.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?

Ulash Utayevich Mustafayev falsafa fanlari nomzodi Teгmiz davlat univeгsiteti Falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi

ulashmustafoyev [email protected]

ANNOTATSIYA

Kadrlar sifatiga davlat e'tirozi, reyting tizimi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni, qog'ozbozlik va byurokratiya, kredit-modul tizimi va Bolonya protsessi, hemis boshqaruv axborot tizimi, fanlar bazasi va resursi, ilmiy faoliyat va faollik.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, ta'lim sifati, reyting tizimi, kredit-modul, Bolonya protsessi, hemis, fanlar resursi, fan topshirig'i, ilmiy faoliyat, renessans.

Государственное обращение к качеству персонала, рейтинговая система, критерии мониторинга и оценки знаний студентов, формализм и бюрократия, кредитно-модульная система и Болонский процесс, информационная система управления hemis, научная база и ресурсы, научная деятельность и активность.

Ключевые слова: высшее образование, качество образования, рейтинговая система, кредитный модуль, Болонский процесс, hemis, научный ресурс, научное задание, научная деятельность, ренессанс.

State appeal to the quality of personnel, rating system, criteria for monitoring and evaluation of student knowledge, paperwork and bureaucracy, credit-module system and the Bologna process, hemis management information system, sciences base, scientific process and activity.

Keywords: higher education, quality of education, rating system, credit module, Bologna process, hemis, science resources, science assignment, scientific activity, renaissance.

Hech kimga sir emas, so'ngi besh yilni tahlil qilsak - O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida juda ulkan ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi.Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika bazasi yildan yil yaxshilanib, tizimda faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar obro'-e'tiboriga davlatning munosabati tubdan o'zgardi. Davlat oliy ta'lim tizimining nufuzini oshirish uchun ibratli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Lekin, bugun oliy tizimida tayyorlanayotgan kadrlarning sifatiga davlatning e'tirozi ham o'rinlidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Sifat borasida o'zgarishlar hali sezilmayapti. Ta'lim sifatini yaxshilash, o'quv ishlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish masalasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, rektorlarning e'tiboridan chetda qolib ketmoqda'^deb bejizga ta'kidlamadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifati talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Bu jarayonning tarixiga bir nazar tashlaylik. 1998 yil oliy ta'lim tizimida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi joriy etilgan edi. Har bir fan bo'yicha talabaning semestr davomida o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda baholanib kelindi. Bu 100 ball joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarga taqsimlandi.Ushbu nizomga yillar mobaynida juda ko'p o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Eng afsuslanarli tomoni shundaki, oliy ta'lim professor-o'qituvchilari bu baholash tizimini stixiyali joriy qildi yoki shogirdlari orqali o'quv- me'yoriy hujjatlarni rasmiylashtirib qo'ydilar.Oliy o'quv yurtlarida o'nlab seminar-trening o'tkazilganda professor-o'qituvchilar faqat bizni arifmetik hisob kitob bilan chalg'itayapsizlar degan e'tirozlar aytildi. Ba'zi holatlarda ularning e'tirozlarida ham haqiqat bor edi.Ta'limda bilim adolatli va xolisona baholansa tinglovchida o'qishga nisbatan motivatsiya paydo bo'lishi va bu ta'lim sifatiga eng yaxshi ta'sir qiladigan omil bo'ladi. Reyting tizimiga noxolis yondoshganimiz va talabaning bilimini ko'r-ko'rona baholaganimiz uchun ham oliy ta'limda kadrlar sifati juda ham pastga tushib ketdi. Talabalarning o'qishga bo'lgan motivatsiyasining so'nishiga olib keldi.Ayirim, professor-o'qituvchilarning guruhdagi talabalar bilimini guruh sardorlari orqali baholashi esa bu jarayonni jarlikka uloqtirdi. 2018 yildan boshlab esa talabalar bilimini baholash mezonida "5"(a'lo), "4"(yaxshi), "3"(qoniqarli), "2"(qoniqarsiz) deb baholanadigan bo'ldi. Bu mezon o'quv jarayoniga qandaydir iliq ruh olib kirdi. Professor-o'qituvchilar avvalgi reyting nizomiga nisbatan bu mezonni darrov tushundilar va talabalar bilimini nazorat qilish va o'zlashtirish ko'rsatkichini baholashda birmuncha bo'lsada ijobiy natijalar bera boshladi. Eng murakkab tomoni shunday bo'ldiki, tizimda ikki xil baholash jarayoni amal qila boshladi va bu professor-o'qituvchilarga yana ham qiyinchiliklar tug'dirdi. Shu davrda qog'ozbozlik va byurokratiya e ng kulminasion nuqtaga chiqdi.Talabaga bilim berishdan ko'ra reyting nazorati jadvali va baholash mezonini ishlab chiqish va stixiyali baholash orqali hujjatlarni rasmiylashtirib qo'yish

1 Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2021 йил 16 июнь куни олий таълим тизимидаги устувор вазифаларга багишланган видеоселектор йигилишидаги маърузасидан.

314

dolzarb vazifa bo'lib qoldi.Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020-2021 o'quv yilidan boshlab ba'zi oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimi asosida kredit-modul tizimini joriy etish boshlandi. 2021-2022 o'quv yilidan boshlab barcha oliy o'quv yurtlari shu tizimga o'tishi nazarda tutilayotgan ekan. Shunday bo'lsada oliy ta'lim tizimida talabalar bilimini baholash mezonlari ikki shaklda amalga oshirilmoqda. Bu baribir professor-o'qituvchilar uchun noqo'lay holatlarni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, O'zbekiston oliy ta'lim ham xalqaro oliy ta'lim tizimini uyg'unlashtirgan Bolonya protsessiga asta sekinlik qo'shilmoqda. Bugun Yevropaning 48 davlati bu boshqaruv usulidan foydalanmoqda. Jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligidagi Rossiya, Belorusiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog'iston ham bu jarayonda teng huquqli a'zosi sifatida qatnashmoqda. O'zbekistonda ham "oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish nazarda tutilsin"2 deyilgan. Ma'lumki, o'n yillab reyting tizimi bo'yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar tufayli oliy ta'limda bitiruvchilarimiz savodsiz bo'lib chiqdi. Bu tizim uzoq muddat professor -o'qituvchiga ham talabaga ham o'z ustida ishlashga motivatsiya bermadi. Kreditmodul tizimining eng muhim afzalliklaridan biri bu professor-o'qituvchiga ham talabaga ham motivatsiya berishi bilan ajralib turadi. Faqat professor-o'qituvchidan ham talabadan ham kompyuter savodxonligi talab etiladi. Konsepsiyadagi "talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va xolisonaligini ta'minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish"3 degan talabi shuni taqoza qiladi. Respublikamizdagi 33 ta oliy ta'lim muassasalarining birinchi kurslarida bu o'quv yilida kredit-modul tizimi joriy qilindi. Buni samarali boshqarish uchun oliy ta'limda Hemis boshqaruv axborot tizimi joriy etildi. Hozir oliy o'quv yurtlaridagi talabalar bilimini baholashda eng katta muammolardan ayrimlariga to'xtalib o'tamiz. Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda kredit-modul tizimining afzalliklari haqida umumiy gap ko'p aytilmoqda va yozilmoqda. Lekin, aniq bir fan misolida 2 kreditni yoki 4 kreditni to'plash jarayoni bo'yicha metodik fikrlar aytilmayapti ham yozilmayapti ham. Balki, tayanch oliy o'quv yurtlari ma'sul kafedralari yoki vazirlik qoshidagi oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish Markazi xodimlari bu jarayonga e'tibor qaratadi.Ikkinchidan, o'quv ishlari prorektorlari o'zlari dars berayotgan

2 Узбекистан Республикаси Олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyFрисида Узбекистан Республикаси Президентининг фармони, 2019 йил 8 октябрь ПФ-5847-сон

3 Узбекистон Республикаси Олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyFрисида Узбекистон Республикаси Президентининг фармони, 2019 йил 8 октябрь ПФ-5847-сон

315

fanidan kredit-modul tizimini joriy etishi bo'yicha amaliy taqdimotlarini o'tkazib namuna bo'lishi kerak yoki bu tizimni amaliy biladigan xorijda ishlagan shaxslarni lavozimga tavsiya qilish shart. Uchinchidan, oliy o'quv yurtlari boshqaruv tizimida samara bermayotgan(ichki nazorat va monitoring, ta'lim sifati nazorat qilish va hokazo kabi) bo'limlarni qisqartirish hisobiga kredit-modul tizimini joriy etish va monitoringini yuritish uchun alohida bo'limga ehtiyoj sezilmoqda. Bo'limning vakolati va mavqeiga alohida e'tibor berish lozim bo'ladi. Chunki, kredit-modul tizimini joriy etish uchun professor-o'qituvchi va talabalarga malaka va ko'nikmasini shakllantirishga ular amaliy yordam berib borishi kerak. Aks holda,reyting tizimiga o'xshab ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. To'rtinchidan, kredit-modul va hemis boshqaruv tizimida ishlay oladigan yosh qobiliyatli kadrlarni o'quv ishlari bo'yicha dekan muovinliga tavsiya qilish kerak. Beshinchidan, professor-o'qituvchiga hemis boshqaruvidagi fanlar bazasiga fan rusursi, fan topshiriqlari va ilmiy faoliyat bo'limidagi uslubiy nashrlar, ilmiy nashrlar, intellektual mulklar va ilmiy faolliklarga qo'ygan ma'lumotlariga va o'quv ishlari bo'yicha dekan muovinlariga esa o'quv jarayoni bo'limidagi imtihonlar ro'yxati, mashg'ulotlar, nazoratlarni to'ldirish va rasmiylashtirishiga qarab har semestrga moddiy-ma'naviy rag'batlantirish joriy etilsa, avvalgi yillardagi kamchiliklar takrorlanmaydi. Yuqoridagi omillarga e'tibor berilsa,kredit-modul tizimini joriy etish birmuncha bo'lsa-da yaxshilanadi. 2020-2021 o'quv yilidagi kredit-modul tizimini joriy etishdagi xato-kamchiliklar birmuncha bo'lsa-da kamayadi.

XULOSA

Tarixdan ma'lumki,birovning bilimini baholash nihoyatda murakkab ish va eng qiyin kasb hamdir. Oliy ta'lim professor-o'qituvchilariga shunday qiyin kasb taqdir taqozasidir. Yangi O'zbekistonda uchinchi renessans poydevori barpo etilayotganda o'quv jarayonining eng nozik va dolzarb jihatiga e'tibor qaratish barcha o'quv jarayoni xodimlariga ma'suliyat yuklaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning "professor-o'qituvchilar va talabalar uchun qog'ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish"4 ustuvor vazifalardan biri ekanligini bejiz ta'kidlamadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 16 iyun kuni oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasi.

4 Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2021 йил 16 июнь куни олий таълим тизимидаги устувор вазифаларга багишланган видеоселектор йигилишидаги маърузасидан.

316

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2019 yil 8 oktabr PF-5847-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2019 yil 8 oktabr.

4. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 16 iyun kuni oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.