Научная статья на тему 'FIZIKA TA’LIM YO’NALISHIDA KREDIT-MODUL TIZIMIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI'

FIZIKA TA’LIM YO’NALISHIDA KREDIT-MODUL TIZIMIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
218
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kredit-modul tizimi / shaxsiy o’quv reja / fizika / akademik kredit / majburiy va tanlov fanlar. / credit-module system / individual curriculum / physics / academic credit / compulsory and elective subjects.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Iroda Erkinovna Ismoilova

Ushbu maqolada kredit-modul tizimining afzalliklari, fizika yo’nalishi talabalari uchun qulaylik tomonlari, ta’lim tizimini rivojlantirishda qanday o’rin egallashi haqida bayon qilinadi. Bundan tashqari, talabalar kredit modul tizimida nimalarga ko’proq e’tibor berishi,fizika yo’nalishi talabalarining shaxsiy o’quv reja tuzish hamda kredit modul tizimining metodik asoslari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL BASES OF USING CREDIT-MODULE SYSTEM IN THE FIELD OF PHYSICS EDUCATION

This article describes the convenience for students of credit-module direction, its role in the development of the education system. In addition, what students should pay more attention to in the credit module system, the development of individual curricula for physics students and the methodological basis of the credit module system are described.

Текст научной работы на тему «FIZIKA TA’LIM YO’NALISHIDA KREDIT-MODUL TIZIMIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI»

FIZIKA TA'LIM YO'NALISHIDA KREDIT-MODUL TIZIMIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI

Iroda Erkinovna Ismoilova

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kredit-modul tizimining afzalliklari, fizika yo'nalishi talabalari uchun qulaylik tomonlari, ta'lim tizimini rivojlantirishda qanday o'rin egallashi haqida bayon qilinadi. Bundan tashqari, talabalar kredit modul tizimida nimalarga ko 'proq e'tibor berishi,fizika yo'nalishi talabalarining shaxsiy o'quv reja tuzish hamda kredit modul tizimining metodik asoslari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kredit-modul tizimi, shaxsiy o'quv reja, fizika, akademik kredit, majburiy va tanlov fanlar.

METHODOLOGICAL BASES OF USING CREDIT-MODULE SYSTEM IN THE FIELD OF PHYSICS EDUCATION

ABSTRACT

This article describes the convenience for students of credit-module direction, its role in the development of the education system. In addition, what students should pay more attention to in the credit module system, the development of individual curricula for physics students and the methodological basis of the credit module system are described.

Keywords: credit-module system, individual curriculum, physics, academic credit, compulsory and elective subjects.

Hozirgi kunlarda O'zbekistonda ta'lim tizimi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bu esa ta'lim tizimida yangi tushuncha va atamalarning kirib kelishiga sabab bo'lmoqda. Shunday tushunchalarda biri kredit-modul tzimidir. Kredit modul tizimini joriy qilish yangi atamalarni kiritish zaruriyati vujudga keltirdi. So'nggi yillarda barcha sohalarda qo'llanib kelinayotgan kredit-modul tizimi fizika sohasida keng qo'llanilmoqda, hamda bu tizimida fizika fanini metodik va ilmiy jihatdan yanada rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Umuman olganda kredit ta'lim tizimida o'quv ishlari hajmi o'qitiladigan fanlar hajmi aniqlanadi va kreditlarda o'lchanadi.

Kredit - o'quv mashg'ulotlarining o'lchov birligi bo'lib, o'n besh haftalik darsda 30 soatga teng bo'lishi mumkin. Kredit-modul o'qitish tizimi har bir o'quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o'quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini muntazam ravishda baholab

boruvchi o'quv dasturini o'zlashtirish jarayonini tashkil etadigan tizim hisoblanadi. Bu tizimda talabalar uchun majburiy va tanlov fanlarning hajmi talabaning o 'z yo'nalishiga mos bo'lgan fanlarni ko'proq tanlash imkoniga ega bo'ladi.

Akademik kredit - oliy ta'lim muassasalarining ma'lum bir bosqichida ushbu ta'lim darajasini qo'lga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda to'plab boriladigan kreditlar to'plami. Bu birlik talaba ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini bajarganligi va muayyan o'qish natijalarini muvaffaqiyatli tarzda egallaganligini anglatadi.

Akademik modul - yaxlit, muayyan o'quv natijalariga erishishga qaratilgan, o'zining baholash mezonlariga ega bo'lgan tizimli, izchil o'qish va o'rganish harakatlari jamlanmasi. U odatda bir semestr davom etadi, lekin ayrim hollarda bir necha soatdan iborat bo'lishi ham mumkin.

Ushbu maqolada, fizika ta'lim tizmini rivojlantirishda kredit modul tiziminig metodik asoslari yoritib berilgan. Bizga yaxshi ma'lumki, fizika fani davlatlarning rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan fanlarda biri hisoblanadi. Oliy o'quv yurtlarida fizika fanini yanada rivojlantirish maqsadida kredit-moduul tizimidan keng qollanilib kelinmoqda. Bunga misol qilib, hozirgi kunda mustaqil ta'lim va laboratoriya ishlarining dars soatini ko'payishi hisobiga talabalarni yanada fizikaga qiziqishining oshganligi hamda so'nggi yillarda fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlaridan bilib olishimiz mumkin. Bu tizimda fizika ta'lim yo'nalishining bakalavriatda fanlar soni kamroq va yirik hajmli qilib olingan. O'quv rejadagi majburiy va tanlov fanlari ulushini belgilshda mutaxasisning tayyorgarlik darajasiga bo'lgan talablar, fan sohasida kafedraning erishgan natijalari, fanlarning o'zaro aloqadorligi hamda ularning xalqaro tajribalardan kelib chiqishi hisobga olinadi.

Fizika fanlari sohasidagi barcha amaliyot, laboratoriya va diplom ishlari, qo'shimcha fanlar dasturi doirasida amalga oshiriladi va umumiy kreditlar hisobiga kiritiladi. Bundan ko'rish mumkinki, talabaning semestr davomidagi o'quv yuklanmasi auditoriya va mustaqil ta'lim yuklanmalarining yig'indisi 30 kreditni tashkil qilishi lozim. Kredit-modul tizimi joriy o'quv yili uchun professor-o'qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta'lim trayektoriyasini tuzishi va shu asosida semestrdagi o'quv jarayonini tashkil qilishini talab qiladi. Demak bundan kelib chiqadiki, har qanday o'quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o'quv rejasi yotadi. Talabalarning shaxsiy o'quv rejasida mehnat bozorining ehtiyojlari, isg beruvchilarning talablari va talabaning o'z qiziqishi aks ettirilishi kerak. Shu bilar birga ular bakalavriatni bitirgandan so 'ng mehnat bozorida erkin raqobat qila olishi yoki kelgusida ta'limni davom ettira olishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, kasbiy va ixtisoslik malakalarinin shakllantirishiga qaratilgan bo'lishi lozim. Shunga ko'ra o'liy talim muassasalarida talabalarning o'zining mutaxasisligi bo'yicha shaxsiy o'quv reja tuzishda talabalarga

davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan me'yorlarni to'liq egallashga imkon beradigan fanlar tavsiya qilinadi.

Misol sifatida, fizika ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabani oladigan bo'lsak, talaba o'quv jarayonlari boshlanishidan oldin o'zining ilmiy rahbarining maslahati bilan o'quv rejasinin tuzishi kerak bo'ladi. Bunda o'quv rejani tuzish uchun namunaviy o'quv rejasi asos bo'ladi, shu namunaviy o'quv rejasidagi malaka talablarida ko'rsatilgan majburiy va tanlov fanlari talabaning o'quv rejasiga kiritiladi. Bundan tashqari, talaba fizika mutaxasisligi yo'nalishlaridan qaysi biriga talab ko'pligi hamda o'sha mutaxasislikda o'qitiladigan fanlarga o'zining qiziqishi bor yo'qligiga qarab ham yo'nalish tanlab olishi mumkin. Fizika ta'lim yo'nalishidagi talabalar davlat ta'lim standartlariga mos shaxsiy o'quv reja tuzishi uchun axborot texnologiyalari, matematika, kimyo kabi fizika fani bilan chambarchas bog'liq bo'lgan fanlarni ham kiritishi lozim bo'ladi.

Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, talaba shaxsiy o'quv reja orqali o'zining semester davomidagi trayektoriyasini belgilab oladi. Bunda talab tanlayotgan faniga chambarchas bog'liq bo'gan yoki qaysidir fanning uzviy davomi bo'lgan fanlarni tanlasa, shu fandan oldin uning poydevori bo'lgan fan haqida ham to'liq ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Masalan, fzika mutaxasisiligi talabasi "Optika" yo'nalishini tanlamoqchi bo'lsa, bu talaba elektr bo'limini to'liq o'zlashtirgan bo'lishi lozim.

Bulardan tashqari, fizika ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talaba shu sohada ishlayotgan o'qituvchilarni o'ziga rahbar sifatida tanlash huquqiga ham ega. Bunda talabalarga o'qituvchining fizika fani bo'yicha erishgan yutuqlari, ilmiy darajasi hamda o'qituvchi tomonidan fizika fanining qaysidir sohasi bo'yicha chiqargan o'quv meyoriy hujjatlari taqdim etilishi zarur bo'ladi.

Kredit - modul tizimiga o'tish fizika sohasidagi talabalarga qanday imtiyozlar beradi:

Birinchidan, akademik mobillik - talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos oliygohga o'qishni qiyinchiliksiz ko'chirib o'tishlari mumkin bo'ladi. Faqat, talaba to'plagan krediti ko'chirib o'tish kreditiga yetsa bo'lgani.

Ikkinchidan, talabalarga o'qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o'qituvchi va talaba o'rtasida akademik muloqot ta'minlanadi.

Uchinchidan, talabalar o'z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Albatta, bu o'rinda majburiy o'rganilishi lozim bo'lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. Bu fizika yo'nalishi talabalari uchun zo'r imkoniyat, chunki fizika yo'nalishi o'z mutaxasisligini chuqurroq o'rganish uchun vaqt va dars soatlari ko'proq bo'ladi.

To'rtinchidan, talabalarga ta'lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo'yiladigan baholarning oshkoraligini ta'minlash yo'lga qo'yiladi. Bu esa, o'z - o'zidan ta'lim tizimidagi shaffoflikni ta'minlaydi.

Bundan tashqari, kredit modul tizimi oily ta'lim muassasalariga akdemik mustaqillik degan tushunchani keltirib chiqardi. Akademik mustaqillik deganda oliy ta'lim muassasalari endilikda o'z o'quv dasturlari va o'quv rejalarini mehnat talablari, ish beruvchilarning ehtiyojiga hamda talablarning qiziqishidan kelib chiqqan holda ishlab chiqishga to'g'ri keladi. Bu degani esa har bir oliy ta'lim muassasasi o'z o'quv rejalarini o'zlari ishlab chiqishi kerak. Akademik mustaqillikka o'tmay turib, kreditmodul tizimining afzalliklarini yaxshi tushunib yetib bo'lmaydi. Lekin bu oliy ta'lim muassasalari darslarni xoxlagancha qo'yishi mumkin degani emas, balki Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlarida belgilab berilganidek, ma'ruza masg'lotlari odatda ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo'lgan professor-o'qituvchilar tomonidan o'kazilishi kerak.

Bizga yaxshi ma'lumkin 2021-yil 24-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta'lim tizimini tub ijobiy o'zgarishlarga olib keladiga oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi ikkita tarixiy qaror imzolanishi kredit-modul tizimini oily ta'lim muassasalariga tezroq joriy etilishiga turtki bo'ldi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yutimizdagi oliy ta'lim muassasalarida kreditmodul tizimiga o'tish bu faqat yillik semestrlar bo'yicha talabalarga kreditni taqsimlab berish emasligi tushunib anglashimiz lozim. Kredit-modul tizimi oliy ta'lim muassasalarida o'quv dasturlaridan boshlab to o'quv masg'ulotlarining qanday tashkil qilinishi, baholash tizimidagi shaffoflikni ta'minlash bo'yicha yangi yondashuvlarni ta'lab qiladi. Agar kredit -modul tizimi to'g'ri va to'liq joriy etilsa, bu mamalakatimizda oliy ta'lim tizimini yanada yuksaltirishga va zamon talablariga to'liq javob bera oladigan yetuk kadrlar ishlab chiqarishga turtki bo'ladi.

Hozirgi kunda ta'sis etilayotgan kredit-modul tizimi bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan barcha o'quv fanlarni ushbu tizimga o'tkazishga imkoniyat beradi. Bu jarayon nafaqat talabalarda balki pedagok o'qituvchilarda ham hamjihtalik, tashabbuskorlik, qiyinchiliklarni yengib o'tish, jamoa bo'lib ishlash kabi ko'nikmalarni hosil qiladi. Kredit-modul tizimida ta'lim jarayonlarini tashkil etish oliy ta'lim muassasalarida o'quv faoliyati shaffodligini ta'minlashdan tashqari, ta'limning tanlanuvchanligi, shaxsiy ta'lim trayektoriyasini tanlash erkinligi, talabalarning o'zlashtirishi va yutuqlarini muntazam ravishda nazorat qilish borish imkonini va talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishiningv orttiradi. Talaba va o'qituvchilarning doimiy ravishda o'qib izlanishda bo'lishlari va o'z ustlarida ishlash, o'z-o'zini takomillashtirishga undaydi.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha holatlar shuni xulosa qilish mumkinki, fizika yo'nalishlariga kredit-modul tizimining kirib kelishi nafaqat bu fanning rivojlanishiga balki talabalarning mustaqil ishlash, o'zini erkin tuta olish hamda ta'lim tizimidan hech

shubhalanmay shaffoflik asosida o'qishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, kreditmodul tizimi zamon talablariga javob bera oladigan, fizika yo'nalishining turli sohalarida katta yutuqlarga erishadigan yetuk kadrlar yetishib chiqishiga katta imkoniyat yaratib beradi.

Kredit-modul tizimi talabalar va magistrlar kompetentligini baholash ko'rsatkichlari va baholash vositalari fondini shakllantirishga, kelgusida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga (tajriba) tayyorlash samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Har bir o'quv sohasi bo'yicha bu tizim nazorat - baholash vositalari to'plamlari va nazorat - baholash materiallarini o'z ichiga oladi. Bu materiallar bilim, ko'nikma va orttirilgan kompetensiyalar darajasini baholash imkonini beradi. Har bir baholash materiali muayyan kompetensiyalar va ularning tarkibiy qismlari o'zlashtirilganligini tekshirish mumkinligini ta'minlashi shart.

Amaliyot shuni namoyon qilmoqdaki, talabalarning kredit-modul tizimida o'qitilayotganligi, shu bilan bir qatorda, darslarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llanilishi [1-11] ta'lim sifatiga samarali ta'sir ko'rsatmoqda. O'z navbatida talaba va magistrlar tomonidan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishilib, ularning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga moyilliklari ortib bormoqda. Jumladan, talabalar va magistrlar tomonidan ilmiy maqolalar [12-14] chop etilgan. Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, kredit-modul tizimida o'qitish talabalardan o'z ustida ko'p ishlashni talab qiladi, bu esa o'z navbatida ularning o'z iste'dodini namoyon etishiga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda barcha aniq fanlarning amaliy tatbiqlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarorning qabul qilinishi esa ushbu yo'nalishda ishlarning faollashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Shu munosabat bilan professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan fizik jarayonlarning matematik modellarini tuzish va o'rganishga e'tibor qaratilgan. Modellar diskret va uzluksiz vaqtli kvadratik stoxastik operatorlar, dinamik sistemalar hamda chiziqli va chiziqsiz differensial tenglamalar orqali ifodalanadi [15-30]. Ushbu maqolalarda fizik jarayonlarning matematik modellari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.

REFERENCES

1. Расулов Х.Р., Собиров С.Ж. Модуль кдтнашган баъзи тенглама, тенгсизлик ва тенгламалар системаларини ечиш йуллари // Science and Education, scientific journal, 2:9 (2021), р.7-20.

2. Расулов Х.Р., Собиров С.Ж. Айрим рационал тенгламаларни ечишда интерфаол усулларни кулланилиши хдкида // Science and Education, scientific journal, 2:10 (2021), р. 586-595.

3. Расулов Х.Р., Собиров С.Ж. Айрим иррационал тенгламаларни ечишда интерфаол усулларни кулланилиши // Science and Education, scientific journal, 2:10 (2021), р.596-607.

4. Расулов Х.Р., Рашидов А.Ш. Организация практического занятия на основе инновационных технологий на уроках математики // Наука, техника и образование, 72:8 (2020) с.29-32.

5. Boboeva M.N., Rasulov T.H. (2020). The method of using problematic equation in teaching theory of matrix to students. Academy. 55:4, pp. 68-71.

6. Rasulov T.H., Rashidov A.Sh. (2020). The usage of foreign experience in effective organization of teaching activities in Mathematics. International Journal of Scientific & Technology Research. 9:4, pp. 3068-3071.

7. Mardanova F.Ya., Rasulov T.H. (2020). Advantages and disadvantages of the method of working in small group in teaching higher mathematics. Academy. 55:4, pp. 65-68.

8. Rasulov T.H., Rasulova Z.D. (2019). Organizing educational activities based on interactive methods on mathematics subject. Journal of Global Research in Mathematical Archives, 6:10, pp. 43-45.

9. Расулов Т.Х. (2020). Инновационные технологии изучения темы линейные интегральные уравнения. Наука, техника и образование. 73:9, С. 74-76.

10. Расулов Т.Х,., Расулов Х.Р. (2021). Узгариши чегараланган функциялар булимини укитишга доир методик тавсиялар. Scientific progress. 2:1, 559-567 бетлар.

11. Расулов Т.Х., Бахронов Б.И. (2015). О спектре тензорной суммы моделей Фридрихса. Молодой учёный. Том 89, № 9, С. 17-20.

12. Расулов Х.Р., Собиров С.Ж. Задача типа задач Геллерстедта для одного уравнения смешанного типа с двумя линиями вырождения // Scientific progress, 2:1 (2021), р.42-48.

13. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. О некоторых вольтерровских квадратичных стохастических операторах двуполой популяции с непрерывным временем // Наука, техника и образование, 72:2-2 (2021) с.23-26.

14. Расулов Х.Р., Камариддинова Ш.Р. Об одной динамической системе с непрерывным временем // «The XXI Century Skills for Professional Activity» International Scientific-Practical Conference, Tashkent, mart 2021 y., p.115-116.

15. Салохитдинов М.С., Расулов Х.Р. (1996). Задача Коши для одного квазилинейного вырождающегося уравнения гиперболического типа // ДАН Республики Узбекистан, №4, с.3-7.

16. Расулов Х.Р. Об одной краевой задаче для уравнения гиперболического типа // «Комплексный анализ, математическая Физика и нелинейные уравнения» Международная научная конференция Сборник тезисов Башкортостан РФ (оз. Банное, 18 - 22 марта 2019 г.), с.65-66.

17. Rasulov X.R. (2020). Boundary value problem for a quasilinear elliptic equation with two perpendicular line of degeneration // Uzbek Mathematical Journal, №3, pp.117-125.

18. Расулов Х.Р. (1996). Задача Дирихле для квазилинейного уравнения эллиптического типа с двумя линиями вырождения // ДАН Республики Узбекистан, №12, с.12-16.

19. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Яшиева Ф.Ю. Икки жинсли популяция ва унинг математик модели хакида // Science and Education, scientific journal, 2:10 (2021), р.81-96.

20. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. Об одном квадратично стохастическом операторе с непрерывным временем // «The XXI Century Skills for Professional Activity» International Scientific-Practical Conference, Tashkent, mart 2021 y., p.145-146.

21. Расулов Х.Р., Яшиева Ф.Ю. Икки жинсли популяциянинг динамикаси хакида // Scientific progress, 2:1 (2021), р.665-672.

22. Расулов Х.Р., Камариддинова Ш.Р. Об анализе некоторых невольтерровских динамических систем с непрерывным временем // Наука, техника и образование, 72:2-2 (2021) с.27-30.

23. Rasulov X.R. (2018). On a continuous time F - quadratic dynamical system // Uzbek Mathematical Journal, №4, pp.126-131.

24. Rasulov X.R., Qamariddinova Sh.R. Ayrim dinamik sistemalarning tahlili haqida // Scientific progress, 2:1 (2021), р.448-454.

25. Rasulov Kh.R. KD problem for a quasilinear equation of an elliptic type with two lines of degeneration // Journal of Global Research in Mathematical Archives. 6:10 (2019), р.35-38.

26. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Роль математики в биологических науках // Проблемы педагогики, № 53:2 (2021), с. 7-10.

27. Расулов Х.Р., Раупова М.Х. Математические модели и законы в биологии // Scientific progress, 2:2 (2021), р.870-879.

28. Расулов Х.Р. О некоторых символах математического анализа // Science and Education, scientific journal, 2:11 (2021), p.66-77.

29. Расулов Х.Р. О понятие асимптотического разложения и ее некоторые применения // Science and Education, scientific journal, 2:11 (2021), pp.77-88.

30. Xaydar R. Rasulov. On the solvability of a boundary value problem for a quasilinear equation of mixed type with two degeneration lines // Journal of Physics: Conference Series 2070 012002 (2021), pp. 1-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.