Научная статья на тему 'Kredit – modul tizimi va uning amaliyotga joriy etish tamoyillari (oliy ta’lim muassasalarida matematika o’qitishda)'

Kredit – modul tizimi va uning amaliyotga joriy etish tamoyillari (oliy ta’lim muassasalarida matematika o’qitishda) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8212
795
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Kredit – modul tizimi / modul / modulli o’qitish texnologiyasi / kredit / kredit o’qitish texnologiyasi / matematika sohalarini o’qitishda kredit – modul tizimi. / Кредитно – модульная система / модульная технология обучения / кредит / кредитная технология обучения / кредитно – модульная система обучения математике

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hasanova M. U., Jumanova M. G.

Ushbu maqolada kredit modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, matematika fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kreditmodul sistemasining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КРЕДИТНО – МОДУЛЬНАЯ СИСТЕМА И ПРИНЦИПЫ ЕЕ ПРИМЕРЕРИЯ НА ПРАКТИКЕ (ПРИ ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКИ В ВУЗЕ)

В данной статье анализируются теории применения кредит-модульной системы в высших учебных заведениях Узбекистана преподавания математики и их значение, в которых раскрываются содержание и сущность кредитно-модульной системы, приоритеты и вузы республики для этой системы. Предстоящая работа а также рекомендации и мнения автора по этому вопросу представлены на научной основе.

Текст научной работы на тему «Kredit – modul tizimi va uning amaliyotga joriy etish tamoyillari (oliy ta’lim muassasalarida matematika o’qitishda)»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

KREDIT - MODUL TIZIMI VA UNING AMALIYOTGA JORIY ETISH TAMOYILLARI (OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA

O’QITISHDA)

Hasanova M.U., Jumanova M.G’.

Jizzax davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada kredit - modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, matematika fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kredit - modul sistemasining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko’rsatilgan.

Kalit so’zlar: Kredit - modul tizimi, modul, modulli o’qitish texnologiyasi, kredit, kredit o ’qitish texnologiyasi, matematika sohalarini o’qitishda kredit - modul tizimi.

КРЕДИТНО - МОДУЛЬНАЯ СИСТЕМА И ПРИНЦИПЫ ЕЕ ПРИМЕРЕРИЯ НА ПРАКТИКЕ (ПРИ ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКИ В

ВУЗЕ)

Хасанова М.У., Джуманова М.Г.

Джизакский государственный педагогический институт

Аннотация: В данной статье анализируются теории применения кредит-модулъной системы в высших учебных заведениях Узбекистана преподавания математики и их значение, в которых раскрываются содержание и сущность кредитно-модульной системы, приоритеты и вузы республики для этой системы. Предстоящая работа а также рекомендации и мнения автора по этому вопросу представлены на научной основе.

Ключевые слова: Кредитно - модульная система, модульная технология обучения, кредит, кредитная технология обучения, кредитно - модульная система обучения математике.

CREDIT - MODULE SYSTEM AND PRINCIPLES OF ITS IMPLEMENTATION IN PRACTICE (IN TEACHING MATHEMATICS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS)

Khasanova M.U., Djumanova M.G.

264

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Jizzakh state pedagogical institute

Abstract: This article analyzes the theories of application of the credit - module system in higher education institutions of Uzbekistan the teaching of mathematics and their importance, in which the content and essence of the credit - module system, priorities and universities of the Republic the work to be done and the author’s recommendations and opinions in this regard are oresented on a scientific basis.

Keywords: Credit - module system, modular learning technology, credit, credit training technology, credit - module system in teaching mathematics.

Taklif etilayogan bu maqola, rivojlangan davlatlar eksperimentlari asosida O’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit - modul tizimini joriy etish va aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish masalalarini yoritishga qaratilgan. Birinchi navbatda, biz muhokama qilinadigan tushunchalarni ochib berishimiz lozim. Zero, o’rta asrlarda yashab o’tgan ingiliz faylasufi Frensis Bekon shunday degan edi: kuchli nizolarni bartaraf etishning asosiy kaliti, muammodagi har bir terminologiyani mantiqan to’g’ri tahlil etishdir. Ularni qolganlarga to’laligicha tushuntirib bera olish esa, muammoni oldindan hal etadi [1].

Kredit - modul tizimi - mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o’zlashtirish, o’quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo’lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida umumiy yo’lga qo’yilgan, vaqt sinovlarida o’zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir - birini o’zaro to’ldiruvchi ikkita - modul va kredit o’qitish texnologiyalarini birlashishidan hosil bo’lgan.

Modul - alohida o’quv fani (yoki uning qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkazilinadi.

Modulli o’qitish - tartibli o’qitish demakdir. Bunda o’quv materiali bitta o’quv mashg’uloti hajmida, o’quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo’limi darajasida, ba’zan esa o’quv fanining yirik tarkibiy qismida, ya’ni, bloklar tarzida ham o’qitish mumkin, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i Ixtiyor Jo’rayev. - Modullar, birinchi navbatda, ta’lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog’lanishni ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat

г<м

265

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

beradi, tekshiradi. Talaba esa, yo’naltirilgan obyekti tomon mustaqil ta’lim olishga qaratilinadi [2].

Akademik kredit tizimi esa, talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beradigan standartlashtirilgan baholash tizimidir. Kredit - talaba tomonidan tegishli o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar) dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Akademik kredit tizimining o’ziga xos tomonlaridan yana biri, xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendentsiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturlarini mutanosibligidir. Talabalarda xorijiy davlatlar universitet ta’lim darajasiga erkin kirish imkoniyatlari vujudga keladi, bakalavr va magistratura bitiruvchilarini barcha davlatda ishga joylashish huquqlari paydo bo’ladi.

O ’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit - modul tizimini joriy etish nima uchun kerak?

Bu savolimizga O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizimimizning ko’zga ko’rinadigan kamchiliklarini ko’rsatish orqali javob topamiz.

- O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizim hozirgi tezkor axborot asri talablarini bajara olmasligi;

- O’zbekiston OTM larida talabalar asosan, tinglovchi bo’lib qolayotganligi, natijada amaliyotning sustligidan yetishib chiqqan kadrlarning sohalarda yaxshi natijalar bera olmayotganligi;

- Baholash tizimidagi bo’shliqlarning ko’pligi, va buning natijasida baholash jarayonlarida korruptsiyaning ildiz otishi;

- Talabaning novatorligi sustligi. Ya’ni, bu tizimda talabaga vazifa beriladi, talaba esa uni bajaradi va shu orqali baho oladi. Talabaning ijodiy, mustaqil ishlarga kam urg’u beriladi;

- Eng muhimi, bu tizimning jahonning rivojlangan ta’lim tizimlariga mos emasligi. Bu esa, ular bilan raqobatga tayyor emasligimizga asosiy sabab bo’lmoqda.

Bunday sharoitda biz, O’zbekiston OTM faoliyatini kuchli isloh etish, ularni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kiritish, erkin va ijodiy ta’lim berish mukammal sturukturalarini ishlab chiqish, jahon standartlariga to’laligicha mos keluvchi sifatli ta’limni amalga oshirish uchun dunyo tajribasiga asoslangan - kredit - modul tizimini tanladi.

Xo’sh, bu borada O ’zbekiston ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirildi?

Masalan, 2013 - yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016-2017 - o’quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida

г<м

266

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2019-yil 8-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmonida oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalarini kredit - modul tizimiga o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma - bosqich mazkur tizimiga o’tkazish masalalari vazifa qilib qo’yildi. Bunga ko’ra, 2018 - 2019 -yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kredit - modul tizimiga o’tildi. Shuningdek, ayni paytda kredit-modul tizimi joriy etilgan OTMlar soni 2 tadan 85 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Nodavlat, davlat - xususiy sheriklik asosidagi OTM lar soni esa, 35 taga yetkazilinadi. Bundan tashqari, nazariyani amaliy ko’nikmalarga almashtirish bo’yicha ham farmonda alohida ta’kidlangan. Hozir bizda ta’limning 40 foizigacha mustaqil ta’lim uchun ajratilgan bo’lsa, konsepsiyaga ko’ra, bu ko’rsatkich 2030-yilgacha 60 foizgacha yetkazilinadi [3].

Endi, maqolamizning asosiy mazmun - mohiyatini ochib beruvchi savolni qo’ymoqchiman.

Aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish nima uchun kerak?

Hammamizga ma’lumki, matematika sohalarini o’rgatuvchi fanlar kuchli fikr va tafakkurni talab etadi. Bu fanlarni o’qitish esa, boshqa soha fanlarini o’qitishga nisbatan murakkabroq jarayon. Bu fanlarni o’qitish va o’rganish uchun OTM larida kredit - modul tizimini tadbiq etish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, matematikani amaliyotga qo’llash uchun zamin yaratadi. O’zbekistondagi matematika sohasini o’rgatuvchi Oliy ta’lim muassasalarini jahon miqiyosdagi nufuzli matematka universitetlari bilan hamkorliklarni yo’lga qo’yishga imkon yaratadi.

Kredit - modul tizimiga o’tish matematika sohasidagi talabalarga qanday imtiyozlar beradi:

Birinchidan, akademik mobillik - talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh, jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat, talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani.

Ikkinchidan, talabalarga o’qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi.

Uchinchidan, talabalar o’z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. Matematika sohasidagi talabalar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi.

г<м

267

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

To ’rtinchidan, talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi.

Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi, xolos. Qayta o’qish - bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o’tilgan ma’ruza, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Oliy ma’lumot olinganligi to’g’risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig’ilgandan so’nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (labaratoriya) ishlarini professor - o’qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi - professor ishtirok etmaydi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabalardan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi [4].

O ’zbekistondagi OTM larini kredit - modul tizimiga o’tkazish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).

• Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora - tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish.

• Va bu asosda, ta’lim jadalligini ta’minlash maqsadida chet el OTM lari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.

• Kredit-modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri - fanlarni asosli ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish.

Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa, kredit - modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi.

• Talabarga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va labaratoriya topshiriqlari uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash.

Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online, ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni saytga yuklamagan talabalar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin.

268

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

• Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish.

Bu, talabalarimiz bilim saviyasini dunyo standartlariga javob bera olishini ta’minlaydi.

• Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar (MATlab, MATHcad, geogebra...) dan foydalanish ko’nikmalarini o’rgatish va ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart - sharoitlarini yaratish.

Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob - kitoblarni tezlikda bajarish va matematik tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi.

• Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha OTM larni ta’minlash.

Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, OTM larini professional va yetuk malakali ustozlar bilan ta’minash lozim.

Shu bilan birga ta’lim kredit - modul tizimi o’quv jarayonini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchi - professorlar tarkibini moddiy rag’batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari, talabalarni o’quv qo’llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik, amaldagi me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish mamlakatimizning hamma sohalarining rivoji yo’lidagi katta burilishni yasaydi. Zotan, oliy ta’limdan yetishib chiqqan bilimli, kreativ kadrlar yurtimiz kelajagi poydevoridir.

Maqola oxirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod Alisherovni so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit - modul tizimi nimaligini haligacha tushunib yetganlari yo’q. xattoki, tizimni xushlamayotganlar ham yo’q emas. sababi negaligini mendan ko’ra yaxshiroq tushunib turibsiz... Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh, aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda. Talabalardan so’ralayotgan yagona narsa bu - chuqur bilim egallash! Endi boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!”

269

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5349-son Farmoni.

2. Каримбеков С. Узбекистан в XXI веке: обучение с исползованием системы кредитов. Перспективы развития высшего оброзования №3.Ташкент 2015. 115-с.

3. Tojiyev M. Mamadaliyev K. Xurramov A. Rivojlangan xorijiy mamalakatlar oliy ta’lim tizimi rivojlanishida kredit sisitemasining o’rniva ahamiyati. Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari: to’plam №3. Toshkent 2015. 52-b.

270

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.