Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA “4 K” KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA “4 K” KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
102
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
moddiy-texnik ta’minot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Roxat Safarova

Bugungi kunda ta’lim iqtisodiy, rivojlanish, ijtimoiy, madaniy barqarorlik, ma’naviy intellektual yuksalish, fuqarolik jamiyati hamda yoshlarda pozitiv dunyoqarashning rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida oliy pedagogik ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsadlar belgilab qo‘yildi. Chunonchi, “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash” nazarda tutilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA “4 K” KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA "4 K" KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK

IMKONIYATLARI Roxat Safarova

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'ZPFITI bo'lim boshlig'i, p.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.10004851

Bugungi kunda ta'lim iqtisodiy, rivojlanish, ijtimoiy, madaniy barqarorlik, ma'naviy intellektual yuksalish, fuqarolik jamiyati hamda yoshlarda pozitiv dunyoqarashning rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida oliy pedagogik ta'lim oldiga qo'yilgan maqsadlar belgilab qo'yildi. Chunonchi, "Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, Oliy ta'lim muassasalari tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash" nazarda tutilgan.

Bu o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarni bilimga asoslagan mikrosotsiumda munosib faoliyat ko'rstishga tayyorlash imkonini beradi. Yuqori malakali o'qituvchilarni tayyorlashda oliy pedagogik ta'lim muassasalari muhim o'rin egallaydi. Oliy pedagogik ta'lim muassasalari talabalari va professor-o'qituvchilari turli ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib pedagogik amaliyot orqali o'zlashtirgan kasbiy bilimlari va kompetensiyalarini sinovdan o'tkazadilar. Professor-o'qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalovchi asosiy sub'ekt sifatida o'quv tarbiya jarayoniga innovatsion mexanizmlar va modellarni tatbiq etadilar, aksariyat, hollarda esa ularni ishlab chiqishga muvaffaq bo'ladilar. Professor-o'qituvchilar va talabalar birgalikda oliy pedagogik ta'lim sifatini takomillashtirishga xizmat qiladigan innovatsiyalar ustida izlanishlarni amalga oshrishlari taqozo etilmoqda. Ular ta'lim-tarbiyaga oid yangi bilimlarni izlab topadilar, boyitadilar, shu asosda innovatsion xarakterdagi ta'lim amaliyotini vujudga keltiradilar. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni uchun innovatsion pedagogik amaliyotga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi yanada dolzarblashmoqda. Oliy pedagogik ta'lim taraqqiyotiga bir qator omillar sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bunday omillar sirasiga birinchi navbatda madaniy hamda iqtisodiy omillarni ko'rsatish mumkin. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda jamiyat ehtiyojlarga asoslangan ijtimoiy buyurtmani hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda pedagogik ta'lim jarayonida har bir shaxsning betakrorligi, o'ziga xos iqtidorga egaligini talab etilmoqda. Bunday sifatga ega yuo'lgan bo'lajak o'qituvchilar jamiyat va uning a'zolari taraqqiyoti uchun ma'uliyatni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'ladilar. Bu shuni anglatadiki, pedagogik ta'limni yaxlit tarzda qadriyatli yondashuvlarga tayangan holda amalga oshirilishi shunday sifatlarga ega bo'lgan pedagoglarni tayyorlash imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida kasbiy rivojlanishini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning innovatsion xarakterdagi dasturlarni ishlab chiqish ehtiyoji tobora kuchaymoqda. Ushbu dasturlar o'zida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning makro hamda mikro mazmunini mujassamlashtirishi lozim. Bunda asosiy e'tibor bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetensiyalarini mobillashtirish, ular tarkibiga XXI asr ko'nikmalarini tizimli tarzda singdirishga qaratiladi. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlashdan asosiy maqsad ularning kasbiy tafakkuri va kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Bugungi kunda o'qituvchining kasbiy kompetensiyalari tushunchasi doirasiga kasbiy muammolar va kasbiy vazifalarni echish imkonini beradigan integral bilimlar, XXI asr ko'nikmalari kasbiy mahorat - akmeni namoyon etadigan malakalar va amaliy tajribalarni o'zida mujassamlashtirgan pedagogik xodisa tushuniladi. Shu bilan bir qatorda kasbiy kompetensiya bilimlar, kasbiy tajribalar, qadriyatlar va motivlardan zarur vaziyatlarda foydalanishni ham anglatadi. Mazkur kontekstda layoqatlar ko'nikma sifatida namoyon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

bo'ladi va anglanadi. Bu bo'lajak o'qituvchining muayyan kasbiy vazifani bajara olish va bajarish layoqatini ko'rsatadi.

Layoqatlar - individual psixologik xususiyatlarga ega bo'lib, shaxsning sifatlari va o'ziga xosligini ko'rsatadi. Bu esa pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlaydi. Mutaxassisning komtenetliligi, uning amaliy faoliyatida yaqqol namoyon bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligi esa pedagogik vazifalarni yecha olish darajasida namoyon bo'la oladi. Buning uchun o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni namoyon bo'ilishini ta'minlaydigan pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish talab etiladi. Kasbiy kompetentlik bo'lajak o'qituvchiing o'zlashtirigan qadriyatlari bilan uyg'un tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy kompetensiyalar bo'lajak o'qituvchi o'z kasbiy rivojlanishidan manfaatdor bo'lganda, unda kasbiy rivojlanish motivlari shakllandangina ifodalanadi. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda kasbiy rivojlanish jarayonlarida o'qituvchilik faoliyati uchun zarurati bo'lgan bilimlar va faoliyat usullarini o'zlashtirish zaruriyati kuchaymoqda. Kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lgan bo'lajak o'qituvchilar kelajakda o'z faoliyatini muntazam takomillashtirish, kasbiy mahorat cho'qqisi - akmeni egallashga intiladi. U istiqboldagi o'zgarishlarni ko'rish, mustaqil bilim olish imkoniyatlarini izlashga muvaffaq bo'ladi. Kasbiy kompetensiyalar mavjud pedagogik jarayonda shakllantirilib istiqbolda qo'llashga yo'naltiriladi. Kasbiy kompetensiyalar o'z tarkibiga tayanch, asosiy hamda maxsus kompetensiyalarni o'zida mujassamlashtiradi.

Tayanch kompetensiyalar har qanday faoliyat uchun zarur bo'lib, talabalarning jadal rivojlanayotgan ijtimoiy madaniy muhitga osongina moslashishlari va samarali faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlaydi. Tayanch kompetensiyalar insonning rivojlanishida alohida ahamiyaga ega. Ular birinchi navbatda, axborotlar, kommunikatsiya, fuqarolik jamiyatida shaxsning faol harakatlanishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy huquqiy bilimlarga tayangan holda pedagogik topshiriqlarni bajarishlari jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi.

Asosiy kompetensiyalar o'qituvchilik kasbining o'ziga xos xususiyatlarni aniqlshaga ko'maklashadi. Kasbiy pedagogik faoliyat uchun asosiy kompetensiyalar jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ta'lim muassalari oldiga qo'yilgan ijtimoiy buyurtmani bajarish uchun zarur bo'lgan pedagogik faoliyat tajribasini amalga oshirish imkonini beradi.

Maxsus kompetensiyalar esa muayyan o'quv predmeti yoki undan tashqaridagi pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni o'z ichiga oladi. Maxsus kompetensiyalar muayyan o'quv predmetini o'qitish doirasida o'qituvchining tayanch hamda asosiy kompetensiyalarini faolllashtirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, kasbiy pedagogik faoliyatning muayyan sohasi bilan bog'liq holda amalga oshadi. Kasbiy kompetensiyaning har uchala turi ayni bir vaqtda o'zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Bu esa o'z navbatida pedagogik faoliyatning individual uslubini shakllanitirib integral xarakterdagi o'qituvchi shaxsining kasbiy kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga asos bo'ladi.

Tayanch, asosiy va maxsus kompetensiyalar o'zaro uyg'unlashib turli murakkablikdagi pedagogik vazifalarning samarali echimini ta'minlaydi. Uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalash bilan bog'liq holda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda quyidagi asosiy vazifalarning echimini ta'minlash zarurati vujudga keldi. Ushbu vazifalarning echimi bo'lajak o'qituvchilarning asosiy kompetensiyalarini tizimli tarzda rivojlantirish qulay sharoit yaratadi:

1. O'quvchini madaniyatshunoslikka asoslangan ta'lim jarayonida to'laqonli ravishda ko'ra olish va uning intellektual ma'naviy, axloqiy taraqqiyotini tasavvur eta olish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

2. Madaniyatshunoslikka asoslangan ta'lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, tashkil etish, bunda o'quv jarayonining muayyan bosqichlarini hisobga olgan holda harakatlarni yo'naltirish.

3. Ta'lim jarayonining barcha sub'ektlari bilan o'zaro hamkorlikka kirishish mexanizmlarini o'zlashtirish.

4. Pedagogik maqsadlardan kelib chiqqan holda madaniyatshunoslikka asoslangan ta'lim muhitida pedagogik faoliyat ko'rsatish texnologiyalarini egallash.

5. O'z o'zini kasbiy jihatdan rivojlantirish jarayonini loyihalash va bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Kasbiy pedagogik vazifalarni tasniflash, ularning echimini izlash, bunda o'zida mavjud bo'lgan kreativ faoliyat tajribasidan unumli foydalanish o'qituvchilarda quyidagi kasbiy vazifalarni echish imkonini beradi:

• O'quv jarayonini madaniyatshunoslik yondashashuviga tayangan holda modernizatsiyalash

• o'quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rivojlantiruvchi o'quv jarayonini tashkil etish;

• o'quvchilarning ijtimoiy shaxsiy jihatdan ahamiyatli bo'lgan muammolarga echim izlashga o'rgatish, bunda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat usullari va topshiriqlarni tabaqalashtirish;

• faoliyatning yangi turlarini o'zlashtirishga o'quvchilarni undash, ularda kreativ faoliyat motivlarini hosil qilish;

• har bir o'quvchining betakrorligi o'z o'zini rivojlantirish imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni qo'llab quvvatlashga oid nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni o'zlashtirish talab qilinmoqda.

Madaniyatshunoslikka asoslangan oliy pedagogik ta'lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuvga tayangan holda loyihalash uchun didaktik birliklarni kasbiy vazifalardan kelib chiqqan holda tanlashni talab qilinmoqda. Kasbiy vazifalar majmui pedagogik ta'lim mazmunining asosiy negizini tashkil qiladi. Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari esa uning mazmunini tizimlashtirish mantiqini tashkil etadi. Oliy pedagogik ta'lim mazmunini tanlashning etakchi prinsipi sifatida ijtimoiy madaniyatshunoslik hamda amaliy yo'nalganlik prinsiplarini ko'rsatish mumkin. Bunda kasbiy pedagogik ta'lim jarayonida vujudga kelgan vaziyatlar va ijtimoiy buyurtmani hisobga olish, O'zbeksiton davlati va jamiyati oliy pedagogik ta'lim oldiga qo'yayotgan vazifalarni bajarishga ustuvorlik berish, ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar, bunda o'qituvchining kasbiy faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan qonun-qoidalar, shuningdek mezomuhit, ya'ni ta'lim jarayoni bilan tashqi muhitning o'zaro aloqadorligi, o'zbek xalqining madaniy-tarixiy an'analari, respublika hududlaridagi demografik o'ziga xoslikning aniq hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy ilm-fanning o'ziga xosligi, pedagogik hamda psixologik bilimlarning uyg'unlashuvi, insoniyat oldida turgan global madaniy hamda ijtimoiy muammolar ustida fikrlash imkonini beradigan yondashuvlar, texnologiyalar, jamiyat hayoti hamda ta'lim tizimidagi mavjud muammolarni qiyosiy o'rganish, ular orasidagi munosabatlar va aloqadorliklarni aniqlash, nazariy pedagogik bilimlar internalizatsiyasini amalga oshirish, chunonchi tashqi ya'ni ijtimoiy madaniy modellarni o'zlashtirish natijasida ularni ichki, pedagogik jarayon boshqaruvchisi (regulyatorlari)ga aylanishini ta'minlaydi. Umumiy o'rta ta'lim tizimi bo'lajak o'qituvchilarga ish beruvchi asosiy institut sifatida pedagogik xodimlarning kasbiy tajribasiga ta'sir ko'rsatib, mazkur tajribaning muntazam tarzda yangilanishi va boyitilishini talab qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Bugungi kunda O'zbekistondagi umumiy o'rta ta'lim tizimining umumiy tavsifi uni yangilash bilan bog'liq vazifalar, mavjud ziddiyat va muammolar, rivojlanish istiqbollari va taqdim etilgan modellar hamda yo'nalishlar, amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan tajriba-sinov faoliyati, o'quv jarayonidagi an'anaviy hamda innovatsion texnologiyalarning o'zaro munosabatiga oid nazariy bilimlar amaliy tajribalar, oliy pedagogik ta'lim mazmunidan o'ziga xos tarzda o'rin olishi, o'quv modullari mazmuniga singdirilishi lozim. O'quvchini madaniy, ma'naviy, intellektual rivojlantirish maqsadida qo'llaniladigan pedagogik chora-tadbirlar, o'zaro qarama-qarshi ijtimoiy vaziyatlarning rivojlanishi, milliy madaniy modellar va qadriyatlarni o'zlashtirishning o'ziga xos jihatlari, o'quvchilarni ijtimoiylashtirish mexanizmlari va ijtimoiy-madaniy muhitga moslashtirishga oid nazariy yondashuvlar, ulg'ayish bosqichlari va yosh bilan bog'liq bosimlar va to'siqlar, inqirozlarni bartaraf etish yo'llariga oid nazariy bilimlar bilan bo'lajak o'qituvchilarni qurollantirish, ta'limni mikro hamda makro mazmuniga mos tarzda nazarda tutilishi kerak.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorlashni yuqorida ko'rsatib o'tilgan prinsiplari etakchilik xarakteriga ega bo'lishi bilan bir qatorda oliy pedagogik ta'lim mazmunini tanlashda tayanish zarur bo'lgan ko'plab prinsiplar hamda yondashuvlar mavjud.

Pedagogik ta'lim mazmunini tanlashda pedagogik prinsiplar majmui bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning sifati va samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. U o'z tarkibiga, birinchi navbatda, ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish, talabalarning imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z o'zini tarbiyalash va o'z o'zini rivojlantirish, o'quv materiallarining dialogik xarakterga ega bo'lishi, talabalarni turli nuqtai nazarlarni qiyoslashga yo'naltirish, o'zlarining kasbiy pozitsiyalari va konsepsiyalarga ega bo'lishlariga erishish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, insonshunoslikning nazariy asoslarini chuqur anglash insonparavarlashtirish va integratsiya prinsiplariga amal qilgan holda pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik, falsafiy pedagogik, kasbiy yuksalish ya'ni akmeologiya, aksiologiyaga oid yondashuvlarni o'z faoyalitiga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Uchinchidan, oliy pedagogik ta'lim mazmunini fundamental bilimlar negizida tanlash, o'quv metariallarini muvofiqlashtirish, ya'ni konsentrizm prinsipiga tayanish, ilm-fanga oid innovatsion tushunchalarni o'quv materiallari mazmuniga singdirish, ularni o'zlashtirishning pedagogik vazifalarni echish uchun zarurligini anglab etish dolzarblashtiriladi. To'rtinchidan, o'quv materiallarni tanlashda tarixiy-madaniy yondashuv prinsipiga tayanish, tadqiq etilayotgan jarayonlarning tarixiy-madaniy nuqtai nazardan ob'ektiv tarzda amalga oshirilishini ta'minlash, retrospektiv hamda perespektiv yondashuvlarning uyg'unlashuviga erishish, ushbu yo'nalishlar ta'lim mazmunini prognozlashga asolanganligini ta'minlashga erishish, fan-texnika rivojlanishining mavjud holatini hisobga olgan holda o'quv jarayoni maqsadlarini belgilash shular jumlasidandir. Beshinchidan, muntazam to'ldiruvchanlik prinsipi, ushbu prinsip ta'lim mazmunini ochiqligidan kelib chiqqan holda uni yangi bilimlar, yondashuvlar bilan muntazam boyitilishini anglatadi. Bunda integrativ xarakterdagi bilimlar, pedagogik nazariyalar hamda amaliy xarakterdagi tushunchalarni ta'lim mazmuni va o'quv modullariga bosqichma-bosqich singdirib borishga asoslaniladi.

Ma'lumki o'quv fanining mazmuni o'quv dasturida oydinlashadi. Unda o'quv fani doirasida o'rganiladigan mavzular modullar bo'yicha mantiqiy izchillikda taqdim etiladi. O'quv mavzularni mantiqiy izchillikda o'rganish natijasida bo'lajak o'qiuvchilarning kasbiy kompetensiyalari tizimli tarzda rivojlanadi. Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetentlikning bu tarzda rivojlanishi o'quv dasturining modulli-konsentirizm prinsipi asosida tuzilshini anglatadi.

O'quv fanining dastlabki bloki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan kompetensiyalarni bo'lajak o'qituvchilarga tizimli tarzda taqdim etishni anglatadi. Ikkinchi blok esa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

talabalarni kasbiy vazifalarni bajarishga yo'naltirish, kasbiy faoliyat usullarini egallashlari uchun qulay vaziyatlarni yaratish, tayanch kompetensiyalar asosida asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishni nazarda tutish imkonini beradi. Uchinchi blokdagi o'quv fanlari talabalarda tayanch kompetensiyalar negizida maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Bunday o'quv dasturlari tayanch xususiy xarakterga ega bo'lgan dasturlar hisoblanadi. Uning asosini bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonini imkon qadar individuallashtirishga qaratilgan.

Kompetensiyaviy yondashuv o'quv dasturlarining yangicha tarkibiy tuzilishida namoyon bo'lishi uchun ham qulay imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlar bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning istiqbolli yo'nalishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mazkur yo'nalishlar sirasiga: o'quv mavzularni kompetensiyaviy yondashuvga asoslagan holda tanlanishi ta'minlangan dasturlar, bunday dasturlarda kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanish usullari taqdim etiladi, buning uchun zarur bo'lgan axborotlar tanlanadi, ushbu axborotlar aniq o'quv topshiriqlarni echish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi.

Agar o'quv dasturida kasbiy vazifalar muayyan izchillikda o'z ifodasini topgan bo'lsa, uning tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar aks etadi: a) talabalarni pedagogik faoliyat mazmuniga kontekstli asosda jalb etish; b) talabalarning hukm chiqarish, nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan muloqot vaziyatlarini vujudga keltirish imkonini beradi.

Yangi xarakterdagi o'quv dasturining tuzilishi bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish prinsipiga tayanishi lozim. Bunda bo'lajak o'qituvchilar bilimlarni kompleks tarzda anglashdan, ularni kasbiy faoliyatga oid topshiriqlarni bajarish jarayonida qo'llashga o'tish, o'z pedagogik bilimlari haqidagi tushunchalarini erkin bayon etish va topshiriqlarni bajarish, o'z kasbiy qiziqishlari doirasida innovatsion topshiriqlarni bajarish usullarini qo'llashga o'tishlari nazarda tutiladi.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar yangi avlod darsliklarida o'z echimini topishi lozim. Shuning uchun mazkur dasturlarda ta'lim mazmunining istiqbolli yo'nalishlarini aniq belgilab olish talab etiladi. Ushbu dasturlar bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning istiqbolli yo'nalishlarini o'zida ifodalashi bilan bir qatorda pedagogik jarayonga qo'yiladigan talablarni ham o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Jumladan, 1) o'quv fanlari mazmunini predmetli o'qitishdan integrativ yondashuv asosda tayanch bilimlarni taqdim etishga o'tkazish; 2) o'quv fani mazmunini anglash, uni nutqda va kasbiy faoliyatida ifodalash. Chunki bilimlarni ma'lumotlar majmui sifatida o'zlashtirish va bu jarayonda aniq metodlardan foydalanish zaruriyati kuchaymoqda.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida qo'llaniladigan asosiy strategiyalar sifatida loyihalash strategiyasini ko'rsatish mumkin. Ushbu strategiya amaliyotga yo'naltirilgan modulli o'qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shuningdek, keyslar, qarorlar qabul qilishga yo'naltirilgan vaziyatlar, ijtimoiy hamkorlik asosida o'qitish orqali amalga oshiriladi. Kompetensiyaviy yondashuv oliy pedagogik ta'lim tashkilotlari professor-o'qituvchilarining yangi nuqtai nazarga ega bo'lishlarini taqozo qiladi. Talabalarning o'quv faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonida professor-o'qituvchilardan quyidagilar talaba qilinadi:

Pedagog-maslahatchi. Taklif qilinayotgan modelning o'ziga xos jihati shundaki, professor o'qituvchilar o'quv materiallarini an'anaviy bayon qilish usulidan voz kechib talabalarga maslahat beruvchi vazifasini bajaradilar. Ular tomonidan beriladigan maslahatlar muayyan topshiriqlarni bajarishga yo'naltiriladi. Talabalar esa professor-o'qituvchilar tomonidan beriladigan maslahatlar asosida topshiriqlarni bajarish, bilimlarni mustaqil egallash usullarini o'zlashtirishga muvaffaq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

bo'ladilar. Ushbu modelni qo'llashdan asosiy maqsad bo'lajak o'qituvchilarni bilimlarni mustaqil o'qib o'rganishga yo'naltirishdan iborat.

Pedagog-moderator mavqeida professor-o'qituvchilar talabalarning layoqatlarini namoyon etishlari uchun qulay sharoit yaratadilar. Modellashtirish negizida maxsus texnologiyalardan foydalanish mahorati namoyon bo'ladi. Ushbu texnologiyalar bo'lajak o'qituvchilar uchun erkin muloqot jarayonlarini tashkil etishga xizmat qiladi. Professor- o'qituvchilar esa mazkur vaziyatlarda talabalarning o'zaro fikr almashinishlari uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirib, ularni ichki imkoniyatlari, iqtidorlarini ro'yobga chiqarishga muvaffaq bo'ladilar.

Modellashtirish talabalarning ichki imkoniyatlarini namoyon etishlari, yashirin iqtidorlarini ochish va amalda qo'llaniladigan ko'nikmalarini qo'llashlari uchun sharoit yaratishga yo'naltirilgan. Pedagog- moderator tomonidan quyidagi asosiy metodlar qo'llaniladi: talabalarni pedagogik faoliyatga undash ularning imkoniyatlarini faollashtirish, ularda mavjud bo'lgan muammolar va xohish istaklarini aniqlash, bahs-munozalarni tashkil etish, do'stona hamkorlik muhitini yaratish. Shu bilan bir qatorda pedagog-moderator talabalar orasida shaxslararo munosabatalarni tashkil etish va barqarorlashtish vazifasini ham bajaradi.

Pedagog-tyutor talabalarning kundalik faoliyati, madaniy-ma'naviy rivojlanish jarayonida ularga hamrohlik qiladi. U talabalar guruhiga mo'ljallangan topshiriqlarni ishlab chiqadi, muammolarni guruh bo'lib muhokama qilishga bo'lajak o'qituvchilarni yo'naltiradi. Pedagog-tyuterning faoliyati bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-madaniy tajribasini boyitishga qaratilganligi bilan alohida pedagogik ahamiyatga ega. Professor-o'qituvchilar talabalarning bilish faoliyatlari, shaxsiy qiziqishlari, rejalari, ehtiyojlarini o'rganadilar, tahlil qiladilar, rivojlantiradilar. Shu maqsadda alohida topshiriqlar va mashqlar to'plamini ishlab chiqadilar. Ushbu jarayonda zamonaviy kommunikativ metodlarga tayanadilar, bo'lajak o'qituvchilarni alohida-alohida va guruhli faoliyat jarayonida qo'llab quvvatlaydilar, ularning yutuqlarini hisobga olish va o'qib o'rganish motivatsiyasini hosil qilish imkoniyatlarini izlab topadilar, loyiha faoliyatining yo'nalishlarini ishlab chiqadilar. Talabalarning tyuterlar bilan muloqoti o'ziga xos tarzda amalga oshadi. Ular: kundalik seminarlar, o'zaro yordam guruhlari, raqamli texnologiyalar vositasida tashkil etiladigan konferensiyalar, davra suhbatlari shular jumlasidandir. Shunga ko'ra oliy pedagogik ta'lim tashkilotlarida ishlaydigan professor-o'qituvchilarning ko'pqirrali faoliyati quyidagilarni o'z ichiga oladi: talabalarni pedagogik faoliyat mazmuniga olib kirish, ularga hamroxlik qilish, qo'llab quvvatlash kabilar. Bu jarayonda ular har bir talabaga yordam ko'rsatish, uning imkoniyatlari doirasini anglash, o'qituvchilik kasbiga xos bo'lgan madaniyatni egallashlariga ko'maklashish, o'z hayot yo'llarini tanlashlari uchun zarur maslahatlar berishdan iborat.

Bo'lajak o'qituvchilarning kompetentlik darajalarini baholashning asosiy instrumentariysi evristik, kognitiv va pargmatik topshiriqlar bo'lib, muammoli vaziyatlar sifatida shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar kasbiy faoliyat sub'ekti sifatida unga xos bo'lgan ishchanlik, tashabbuskorlik sifatlarini egallashlari lozim. Bu sifatlar ular tomonidan bajariladigan faoliyat orqali namoyon bo'ladi. Mazkur jarayonda ular turli operatsiyalarni amalga oshiradilar, kasbiy harakatlarni bajaradilar. Ushbu harakatlar ularnnng atrofdagilar va o'quvchilarga nisbatan bo'lgan munosabatlarini ifodalaydi. Natijada baholovchi hukmlar, mantiqiy xulosalar, dalillar bilan boyitilgan qarorlar, tanlov vaziyatlarini amalga oshirish, hamkorlik va dialog vaziyatlariga kirishish ko'nikmalari shakllanadi. Ushbu ko'nikmalar 21 asr ko'nikmalari bilan boyitilgan holda bo'lajak o'qituvchining 4K kompetensiyasi tarkibiga kiradi. 21 asr ko'nikmalari jahon iqtisodiy forumida taklif qilingan bo'lib, 3 turga bo'linadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

1. Asosiy savodxonlik tushunchalari: til va raqamli transformatsiyalar, tabiiy fanlar, AKT savodxonligi, moliyaviy savodxonlik, fuqarolik va madaniy faoliyat ko'nikmalari.

2. Asosiy savodxonlik: tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, kommunikatsiya, hamkorlik.

3. Asosiy savodxonlik turlari: qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, moslashuvchanlik, betakrorlik, ijtimoiy-madaniy xabardorlik.

4K kompetensiyalarining konseptual asoslari va ularning ta'limning zamonaviy strategiyalaridagi o'rni muhim bo'lib, u pedagogning shaxsiy sifatlarida aks etadi. Istiqbolli ko'nikma malakalar: kognitiv va metokognitv ko'nikmalar, tadqiqotchilik, mustaqil fikrlash ijodkorlik, o'zini o'zi rivojlantirish, o'rganish. Ijtimoiy emotsional ko'nikmalar: empatiya, o'zini o'zi boshqarish, hamkorlik, mas'uliyatli qarorlar qabul qilish, amaliy, jismoniy rivojlanish, turli materiallar bilan ishlash, jismoniy kuch, epchillik kabilarni qamrab oladi.

21 asr ko'nikmalarining to'rt usutunga ajaratilganligi bilan xarakterli bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishini ta'minlaydi. Ular: muloqot, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, ijodkorlik.

4K kompetensiyalari o'quv modullari tarkibida shakllantiriladi. Buning uchun talabalarga yangi mazmundagi o'quv materiallari hamda muammoli, evristik, kognitiv, pragmatik topshiriqlar o'quv jarayonning barcha bosqichlarida tizimli tarzda taqdim etilishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabr "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi PF-158-sonli farmoni.

2. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. - Toshkent, 2015. - 120 bet.

3. Засыпкин В.П. Рeгионалная система пeдагогичeского образования: сотсиалньге имтеративы и инновационные модeли // Образована и наука. №Becrra Уралского отдeлeния РАО. - 2007. - №5(9). - С.11-17

4. Фадeл Ч., Бялик М., Триллинг Б. Чeтырeхмeрноe образована: Компeтeнсии, ^обходимью для устеха / Чарлз Фадeл, Майя Бялик, Бeрни Триллинг: ^р. с англ. -М.: Издатeлская группа «Точка», 2018. - 240 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.