Научная статья на тему 'PEDAGOGIK PRAGMATIKANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDAGI IMKONIYATLARI'

PEDAGOGIK PRAGMATIKANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDAGI IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
221
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Elza Shamuratova

Bugungi kunda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda pragmatik yondashuvdan foydalanish zaruriyati kuchaymoqda. Pragmatik pedagogika o‘zida pedagogik jarayonlarni isloh qilish vazifasini mujassamlashtiradi. Pedagogikaning ushbu yo‘nalishi doirasida ta’lim-tarbiyaga oid falsafiy yondashuvlar o‘z ifodasini topadi. Shu bilan bir qatorda pedagogik instrumentariylar, didaktik konstuksiyalar, eksprementlar nazariyasi, didaktik jarayonlar taraqqiyoti, ta’lim-tarbiyaning amaliy yo‘nalishlari rivojlantirishga oid nazariyalar, talabaning faol harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘qitish metolikalari pragmatik pedagogikaning ob’ekti hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK PRAGMATIKANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDAGI IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

PEDAGOGIK PRAGMATIKANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDAGI IMKONIYATLARI

Elza Shamuratova

Qoraqalpoq davlat universiteti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.10014703

Bugungi kunda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda pragmatik yondashuvdan foydalanish zaruriyati kuchaymoqda. Pragmatik pedagogika o'zida pedagogik jarayonlarni isloh qilish vazifasini mujassamlashtiradi. Pedagogikaning ushbu yo'nalishi doirasida ta'lim-tarbiyaga oid falsafiy yondashuvlar o'z ifodasini topadi. Shu bilan bir qatorda pedagogik instrumentariylar, didaktik konstuksiyalar, eksprementlar nazariyasi, didaktik jarayonlar taraqqiyoti, ta'lim-tarbiyaning amaliy yo'nalishlari rivojlantirishga oid nazariyalar, talabaning faol harakatlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan o'qitish metolikalari pragmatik pedagogikaning ob'ekti hisoblanadi.

Pragmatizm pedagogikasiga oid nazariy yondashuvlar AQShda vujudga kelgan. Uning asoschisi esa Jon Dyu hisoblanadi. Pedagogik pragmatizm konsepsiyasiga oid ta'limotning asosini:

1. Ta'lim oluvchilar, ularning rivojlanishi va tarbiyaviy jarayonlar tashkil etadi.

2. Ta'lim oluvchilarda shaxsiy tajribani to'planishi ular shaxsiyatining shakllanishiga asos bo'lib, bunda instumental yondashuv zarur hisoblanadi. Mazkur yondashuv ta'lim oluvchilarning to'g'ridan to'g'ri vujudga kelgan qiziqishlari va tajribalariga tayangan holda ish ko'rishni taqozo etadi.

3. O'qitish ta'lim sub'ektining faoliyatiga tayangan holda amalga oshiriladi. Ushbu o'rinda ta'lim oluvchilarning o'yin hamda mehnat faoliyati hisobga olinadi. Bo'lajak o'qituvchilar esa o'quvchilarning bunday faoliyatini tashkil etish kompetentsiyasini egallashlari lozim. Chunki o'quvchining har bir harakati uning bilish faoliyatini rivojantirish instrumentariysi sifatida namoyon bo'lishi kerak. Shuningdek mazkur instrumentariy o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini aniqlab, tabiiy imkoniyatlari va iqtidorlarini ro'yobga chiqishga xizmat qilishi lozim. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki bugungi kunda huddi shunday instrumentariyni qo'llash komptensiyasiga yetarlicha ega emaslar.

4. Bo'lajak o'qituvchilar o'quv jarayoninin o'quvchilarda tafakkur qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltira olish kompetensiyasini egalashlari talab etilmoqda. Bu jarayonda o'quvchilarda hayotiy vazifalarni yechish ko'nikmalarini shakllantirish, kreativ ko'nikmalarni egallash, harakat usullarini qo'llash haqidagi bilimlarini boyitish, mustaqil bilim olish va o'z o'zini takomillashtirish usullarini o'rgatish kompetensiyasini talabalarda tizimli tarzda shakllantirishni nazarda tutish taqozo qilinmoqda.

5. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida qo'uvchilarga ta'lim-tarbiya beruvchi muhit shakllantiriladi. Bu jarayonda asosiy vazifalardan biri murakkab hayotiy hodisalarni bartaraf etish nazarda tutiladi. Ular sirasiga ularni o'quvchilarga qulay shakllarda taqdim etish, insoniyat tajribasidagi muhim jihatlarni o'rganish uchun tanlash va o'quvchilarga yetkazish, ijtimoiy farqlarni tenglashtirishga erishish, o'quvchilar orasida yagona fikrni shakllantirish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar kiradi.

Vilyam Kilpatrik pedagogik pragmatika doriasida loyiha metodini ishlab chiqdi. Loyiha metodi yordamida ta'lim maqsadli tarzda amalga oshiriladi. O'quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida ta'lim oluvchilar aniq didaktik topshiriqlarni rejasini tuzadilar, o'quvchilarning qiziqishlari va mavjud tajribasini hisobga olish ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Pragmatik pedagogika g'oyasiga ko'ra ta'lim oluvchilarning rivojlanishiga ko'maklashadigan barcha g'oyalar samali foydali hisoblanadi. Mazkur g'oyalar birinchi navbatda talabalarnitng pedagogik faoiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pragmatik pedagogik g'oyasiga ko'ra jamiyat hayotini tubdan o'zgartirish uchun ta'lim-tarbiya tizimini tubdan qo'zgartirish lozim. Ta'lim jarayoni shaxsni intelektual jihatdan rivojlantirishga yo'naltirilishi kerak. Chunki jamiyat hayotining rivojlanishi uchun intelektual jihatdan yetuk mutaxassislar zarur. Ular taraqqiyotga turtki berib, tendensiyalarni jadallashtiradi va ijtimoiy tajriba ko'lamini kengaytiradi. Mazkur tendensiyalar ta'lim oluvchilar faoliyatini jadallashtirish ularda kreativ fikrlashga yo'naltirishga asos bo'lishi kerak. Bilimlarni tizimli o'zlashtirish natijasida bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy faollik, muvaffaqiyat qozonishga intilish, o'quvchilar bilan hamkorlikka kirishish tajribasining tarkib toptirishi mkhti ahmiyaga ega. Shunga ko'ra bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan bilimlar ulirni ijtimoiy pedagogik faoliyat va hayotga xizmat qiishga tayyorlashga xizmat qilishi lozim. Ta'lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri yoshlarga bilim berish va ularni tarbiyalash orqali ijtioy hayotga tayyorlashdan iborarit. Ta'lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishda xalqning ijtimoiy tajribasi va tarixiy madaniy meros muhim o'rin tutadi. Chunki madaniymeros ta'lim oluvchilarning aqliy rivojlanishi uchun stimul vazifvasini o'taydi. Madaniy meros o'quvchi hamda talaba yoshlarning ijtimoiy tajribasini kengaytirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim-tarbiya jarayoni xalqning ijtimoiy tajribasi bilan bir qatorda o'quvchi hamda talaba yoshlarnning tabiiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Chunki u ijtioiy tajribani uzluksi kengaytirish va boyitishning asosiy vazifasi bo'la oladi. O'quvchilarga ta'limtarbiya berishda markaziy o'rinni o'qituvchi egallaydi. Shuning uchun ham pedagogik jarayon markazida o'qituvchi bilan o'quvchi turadi ularning hamkorligi va birgalikdagi faliyati pedagogik jarayonning pragmatik kasb etishiga ko'maklashadi.

Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik jarayonni tashkil etishda o'quvchining qiziqishlaridan kelib chiqish tajribasiga ega bo'lishlari muhim hisoblanadi. Pedagogik jarayon o'quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda tshkil etilgandagina uni hayot bilan bog'lash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilar har bir darsni maktab hayoti bilan bog'lash tajribasiga ega bo'lishlari talab etiladi. Chunki makta hayotida o'quvchilarning rang barang faoliyati o'z aksini topgan bo'ladi. Ularga taqdim etiladigan topshiriqlar ham xuddi shu faoliyat bilan bog'liq holda pragmatik xarakter kasb etishiga e'tibor qaratish tavsiya etiladi. Pragmatik topshiriqlarni bo'lajak o'qituvchilar turli shakllarda tuzish tajribasiga ega bo'lishlari taqozo qilinmoqda. O'quvchilarning faoliyati ko'pqirrali bo'lib, ularning intellektual taraqqiyotiga xizmat qilish zarurligini pragmatik topshiriqlarni tuzish jarayonida bo'lajak o'qituvchilar aniq xisobga ola bilishlari talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilar darslarni muayyan bir topshiriq atrofida tashkil etish kompetensiyasini egallashlari muhim ahamiyatga ega. Bunday mashg'ulotlarda o'quvchilar birinchi navbatda pragmatik topshiriqlarni topshirish rejasini tuzish bilan shug'ullanadilar. Topshiriqlarning xarakteridan kelib chiqqan holda uni bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'playdilar va ular ustida ishlash ko'nikmalarini egallaydilar. Bo'lajak o'qituvchilar pragmatik topshiriqlarni o'quvchilarga taqdim etish tajribasini egallash jarayonida ularning qiziqishlari bilan bir qatorda yosh xususiyatlari bilan bir qatorda hisobga olish, yosh psixologiyasiga oid bilimlarni qo'llash tajribasini ham ega bo'lishlari lozim.

O'quvchilarga taqdim etiladigan har bir pragmatik topshiriq ularning hayotiy faoliyatini rivojlantirish, amaliy ko'nikmalarini takomillashtirishni nazrad tutishi lozim. Bo'lajak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

o'qituvchilar o'quv jarayonida o'quvchilarga maslahatchi, yo'naltiruvchi funksiyalarini egallashlari lozim.

Maktab o'quv dasturlari va darsliklarda topshriqlar uzoq muddat qat'iylashib qolmasligi kerak. Ular ijtimoiy voqelikni hisobga olga holda muntazam yangilangandagina pragmatik xarakter kasb eta oladi. O'quvchilarni qiziqishlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini tashkil etish kompetensiyasiga ega bo'lish bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy taraqqiyoti uchun zarur hisoblanadi. O'quvchilarga bilimlarni tizimli tarzda taqdim etish natijasida ularni kichik kichik tadqiqotlarni mustaqil amalga oshirishga yo'naltirish muhim ahamiyatga molik.

Loyiha metodi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv jaranini tashkil etishning universal metodi sifatida namoyon bo'lishiga erishish o'qituvchining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki loyiha metodi sinf dars tizimini bir qadar cheklab, o'quvchilarni mustaqil izlanish, bilimlarni mustaqil izlab topishga undaydi.

Pragmatik pedagogikaning asosiy g'oyalaridan biri o'quvchilarning shaxsiy tajribalarni o'zlashtirishlari uchun qslay sharoit yaratish, ularning bilimlarni o'zlashtirish jarayonini boshqarish mahorati, ya'ni akmeni egallashlari uchun qulay sharoit yaratish. Pedagogik pragmatika uchun o'quvchi yoki talabalarning shaxsiy g'oyalarni ilgari surishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ularning ichki olamida o'ziga xos qo'zg'ashlar, intilishlar, ehtiyojlar vujudga kelishi lozim. Buning uchun o'qituvchilar yoki professor o'qituvchilar ularni muntazam nazorat qilmasliklari, balki mustaqil o'qib o'rganishlari uchun sharoit yaratishlari talab etiladi. O'quvchi yoki talabalar tashqi olamni mustaqil ravishda o'ranganida ularda o'z o'zini rivojlantirish hamda mustaqil o'qib o'rganish uchun xohish istak vujudga keladi. Atrof muhitni o'rganish asosida ta'lim oluvchilarda o'ranishga asoslangan bilish faoliyati vujudga kelib mustaqil o'qib o'rganish va izlanish imkoniyatlari kengayadi. Buning natijasida ularda atrofdagilarni o'rganish, o'z maqsadlarini shakllantirish va uni amalga oshirish yo'llarini izlash ko'nikmasi rivojlanadi.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishlari uchun qimmatli va ahamiyatli bo'lgan pedagogik qadriyatlar kafolangan natijaga erishish imkonini beradi. O'quv tarbiya jarayoni nazariy ma'lumotlarni tig'izlashtiriligan holda taqdim etishdan iborat bo'liyu qolmay, muayyan amaliy faoliyatni bajarishga yo'naltiriladi. Natijada ta'lim oluvchilar faqat borliqni tanish, idrok etish bilan cheklanib qolmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirish tajribasini ham o'zlashtiradilar. Bunday yondashuv yordamida ta'lim oluvchilar ijtimoiy hayotga samarali moslashib mikrosotsiumda munosib o'rin egallash imkoniyatiga ega bo'aldilar.

REFERENCES

1. Safarova R.G. Mechanisms of applying the cultural science approach to the didactic process based on the integration of pedagogical subjects. International scientific journal volume 2 issue 9 september 2023 uif-2022: 8.2

2. Смирнова Е.О. Педагогические системы и программы дошколного воспитания. М.: Владос, 2006. 119 с.

3. Психология самосознания: хрестоматия. Самара, 2000. 672 с.

4. Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan o'tkazilgan ""Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" shiyori ostida xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv materiallarini uzluksiz ta'lim tizimiga keng

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

joriy etishni optimallashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.