Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
582
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / faoliyat / ijtimoiy kompitentlik / integrativ texnologiyalar / competence / activity / social competence / integrated technology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sharifzoda, Sardorbek O. ‘razboy Tabib O‘g‘li, Xudoyberganov, Doniyor Yangiboy O‘g‘li, Safayeva, Diyora Hamid Qizi

Ushbu maqolada o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE USE OF AN INTEGRATED APPROACH IN THE FORMATION OF BASE COMPETENCES IN GENERAL SECONDARY EDUCATION STUDENTS

This article describes the pedagogical conditions for using an integrated approach in the formation of basic competencies in students.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UMUMIY O'RTA TA'LIM O'QUVCHILARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-

SHAROITLARI

Sharifzoda Sardorbek O 'razboy tabib o'g'li

UrDU , "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o 'qituvchisi

Xudoyberganov Doniyor Yangiboy o'g'li UrDU , "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o 'qituvchisi Safayeva Diyora Hamid qizi

UrDU , "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o 'qituvchisi

Ushbu maqolada o'quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, faoliyat, ijtimoiy kompitentlik, integrativ texnologiyalar

В данной статье описаны педагогические условия использования комплексного подхода в формировании базовых компетенций у учениках.

Ключевые слова: компетентность, активность, социальная компетентность, интегративные технологии

This article describes the pedagogical conditions for using an integrated approach in the formation of basic competencies in students.

Keywords: competence, activity, social competence, integrated technology

Bugungi kundagi taraqqiyot jamiyat va shaxsning umumiy madaniyatini rivojlantirishda yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Bu ta'lim mazmuniga kompetensiyaviy yondashuvni tadbiq etishning ijtimoiy ahamiyatida yaqqol namoyon bo'ladi. Ta'lim shaxs va jamiyat ehtiyojlariga mos tarzda yangilanishi lozim. Ta'lim jarayonida yosh avlodning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini rivojlantirish ustivor ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim jarayonida har bir o'quvchining bilim, ko'nikma, malakalari, dunyoqarashi, xulq-atvori shakllanib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiladi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ta'lim jarayonida shaxs rivojlanadi. Shaxs o'z navbatida jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi. Ta'lim tizimi oldiga muayyan shaxsiy sifatlar va kompetensiyalarga ega bo'lgan barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo'yilmoqda. Bunday shaxs o'z -o'zini rivojlantiruvchi, jamiyat a'zolari bilan samarali muloqot o'rnata oladigan, umummadaniy faoliyat tajribasini egallagan, mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, faol fuqaro sifatida shakllanishi lozim.

ADABIYOT VA METODLAR

Yosh avlodda o'zaro hamkorlikka kirishish, madaniy qadriyatlarni e'zozlash, tolerantlik sifatlari shakllanishi talab qilinmoqda. Ta'lim jarayonida o'quvchilar birinchi navbatda xalqning ko'p asrlikijtimoy tajribasini o'zlashtiradilar. Shuning uchun ham mazkur jarayon o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ular o'zlashtirgan ijtimoiy tajribalarini istiqboldagi faoliyatlarida qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Umuminsoniy qadriyatlar negizida o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijod qilish, ma'naviy-axloqiy xatti harakatlarni bajarish ko'nikmasi shakllanadi. Falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya yo'nalishidagi tadqiqotlarda ta'lim jarayoni o'quvchilarga xalqning ijtimoiy tajribasini singdiruvchi jarayon sifatida baholangan. Ta'lim o'zining xarakteriga ko'ra aniq maqsadga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonda o'quvchilar tarbiyalanadilar, rivojlanadilar, hayot uchun zarur bilimlar va kompetensiyalarni egallaydilar. Mazkur bilimlar va kompetensiyalar o'quvchilarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashishlarini ta'minlaydi.

Shaxsni ijtimoiylashtirish masalasi bugungi kunda nafaqat pedagoglar, balki faylasuflar, sotsiologlar, psixologlarning ham e'tiborini o'ziga tortmoqda. Ko'plab yondashuvlar va ta'limotlarni tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatmoqdak i, shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta'minlash uchun unda birinchi navbatda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish talab etilmoqda. Tayanch kompetensiyalar shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta'minlab, uning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlaydi. Shaxsning tayanch kompetensiyalarni o'zlashtirish asosida muvaffaqiyatli shakllanishi uning jamiyat madaniy ma'rifiy hayotida faol ishtirok etishiga yo'l ochadi. Jamiyatning o'zi shaxsni ijtimoiylashtiruvchi asosiy sub'ekt hisoblanadi. U har bir shaxsni o'z qiyofasiga moslashtirish imkoniyatiga ega. Shu bilan bir qatorda jamiyat shaxsning ijtimoiylashuviga ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarni jamiyatga integratsiyalash amalga oshadi. Shunga ko'ra, shaxs jamiyatda faoliyat ko'rsatishi uchun tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim. Har bir shaxs muloqot jarayonida o'zi uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zlashtiradi. Tayanch kompetensiyalar o'quvchilaming motivlar tizimi va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tayanch kompetensiyalar yordamida o'quvchilar o'zlari mansub bo'lgan jamiyatdagi odob me'yorlari, madaniyatga oid bilimlar va qadriyatlar, ma'naviy-axloqiy bilimlarni o'zlashtiradilar. Ular o'zlari uchun ahamiyatli bo'lgan insonlar ya'ni o'qituvchilari, ota-onalari, tengdoshlari bilan muloqot jarayonida muayyan qadriyatlar va madaniy-ma'rifiy yondashuvlarni egallaydilar. [2]

Ijtimoiylashish bir tomondan qaraganda murakkab jarayon emas, u shaxsning faoliyat sohasi, uning xarakteri, o'ziga xosligini aks ettiradi. Shaxsning faoliyati va o'ziga xosligi uning ijtimoiy funksiyalari, tayanch kompetensiyalarini ifodalaydi. Tayanch kompetensiyalarga ega bo'lgan shaxs jamiyat hayotida faol ishtirok etadi, uning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shaxsning jamiyat hayotida faol ishtirok eta olishi unda shakllangan kompetensiyalarga bevosita bog'liq. Tayanch kompetensiyalar yordamida inson madaniy va moddiy boyliklarning mohiyatini anglaydi, uni o'zlashtiradi, shaxslararo muloqotga kirishadi, o'zining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etadi, fan-texnika yutuqlarini o'zlashtiradi va ulardan o'z o'rnida foydalanadi.

Taniqli mutaxassislar B.G.Ananev, A.N.Leontevlarning ta'kidlashicha, inson ruxiy rivojlanishi jarayonida kishilik jamiyatida o'ziga qadar yaratilgan madaniyat va ma'rifatga oid barcha boyliklarni o'zlashtiradi, mavjud tajribalarni egallaydi. Ijtimoiylashgan shaxs atrofdagilarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan barcha vositalar va omillarni bartaraf etish imkoniyatiga ega. Bunday shaxs o'z-o'zini rivojlantiradi, o'z faoliyatini amalga oshiradi, ijodiy quvvatlarini ro'yobga chiqara oladi.

Tayanch kompetensiyalarni shakllantirish natijasida ijtimoiylashgan shaxs atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko'rsata oladi, o'z faoliyatining ijtimoiy mohiyatini anglaydi va jamiyat madaniy-ma'naviy hayotini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Ijtimoiylashish insonning shaxslararo munosabatlar, madaniyat olamiga kirishishini anglatadi. Bunda unga tayanch kompetensiyalar ko'maklashadi. Tayanch kompetensiyalar o'quvchilarga faoliyatning turli bosqichlarida o'quv jarayonida ijtimoiy madaniy me'yorlar, hayot uchun zarur bilimlarni integratsiyalashtirgan holda o'zlashtirish natijasida hosil bo'ladi. Tayanch kompetensiyalarshaxslararo va shaxsning ichki munosabatlari, nuqtai nazarlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu o'z navbatida, tayanch kompetensiyalarning shaxsning o'z-o'zini rivojlantirishi, kommunikativ munosabatlarga kirishishi, umummadaniy tajribalarni o'zlashtirishiga ko'maklashadi. Tayanch kompetensiyalar o'quv jarayonining natijasi va

201

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'quvchilarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta'minlovchi pedagogik vosita sifatida namoyon bo'ladi. O'quvchilarda tayanch kompetensiyalar qanchalik samarali shakllangan bo'lsa, ularning ijtimoiylashuvi shu qadar jadal kechadi. Tayanch kompetensiyalar yordamida o'quvchilar turli-tuman ijtimoy vaziyatlarga osongina moslashadilar. O'quvchilarda tayanch kompetensiyalar qanchalik samarali shakllangan bo'lsa, ular murakkab sharoitlarga shunchalik oson moslashadilar va ijtimoiy faollik ko'rsatadilar.

Tayanch kompetensiyalarni o'zlashtirgan o'quvchilar turli hayotiy vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish, o'z xatti-harakatlarini muvofiq tarzda baholash, mavjud vaziyatni ijobiy jihatdan o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Integrativ yondashuv asosida tayanch kompetensiyalar shakllantirilganda o'quvchilarning turli yo'nalishdagi amaliy ko'nikmalari bir-birini to'ldiradi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlarida barcha o'quv fanlarini o'qitish jarayonida o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish vazifasi qo'yilgan. Chunki, o'quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish va fanga oid kompetensiyalarni samarali o'zlashtirishlariga ko'maklashish uchun tayanch kompetensiyalar asos sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham o'quvchilarga taqdim etiladigan tayanch kompetensiyalarning integrativ yondashuv asosida shakllantirish jarayoni pedagogik jihatdan qulay bo'lishi lozim. Mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biri o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tayanch kompetensiyalar pedagogik xodisa sifatida o'quvchilarda ayni bir vaqtda birgina o'quv fani tarkibida shakllantirilmaydi. Uni shakllantirish uchun integrativ yondashuvga tayanish talab etiladi. Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda nafaqat pedagoglar balki o'quvchilarning ham bilimlarni egallash va uni amaliy faoliyatlarida qo'llash bilan bog'liq davomli harakatlari, balki ichki hamda tashqi to'siqlarni bartaraf etishga yo'naltirilgan faoliyatlari muhim ahamiyatga ega.

Tayanch kompetensiyalarning shakllanishi o'quvchining o'zi egallagan bilimlarni qo'llashi, shaxsiy tajribasiga aylantirishi bilan bog'liq faoliyatidir. O'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni muvaffaqiyatli shakllantirish uchun muayyan strategiyalar yordamida bilimlarni tizimli, uzluksiz, izchil va integratsiyalashtirgan holda taqdim etish kerak. Bunda o'quvchilarning o'zlari o'zlashtirgan bilimlarini tizimli, integratsiyalashtirgan holda amaliy faoliyatlariga tadbiq etishlari lozim. [4]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'quvchilarda turli kompetensiyalaming shakllanishi pedagogik shart-sharoitlarni taqozo etadi:

1) ta'lim jarayonida o'quvchilarda o'z-o'zini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallashlari va ularni amaliy faoliyatlarida qo'llashlari uchun qulay sharoit yaratish;

2) o'quvchilarning tayanch kompetensiyalarni integratsiyalashgan bilimlar yordamida egallashlari uchun qulay vaziyatlarni tashkil etish, ularning amaliy faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash.

O'quvchilarda tayanch kompetensiyalarniintegrativ bilimlar yordamida shakllantirishda mashqlar, topshiriqlar muhim ahamiyatga ega. Pedagogik jarayonda o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarniintegrativ yondashuv asosida shakllantirishda muayyan qoidalarga amal qilish lozim:

o'quvchilarga integrativ bilimlarni taqdim etish, mazkur bilimlarni amaliy faoliyatlarida qo'llash usullari bilan o'quvchilarni qurollantirish;

tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning tashqi omillariga e'tibor qaratish; o'quv jarayonida shaxsiy tajribalarni faollashtirish, jumladan, kichik tadqiqotlar o'tkazish, loyihalar ustida ishlash, amaliy ko'nikmalarni faollashtirish, muloqot uslublaridan faol foydalanish, mustaqil bilim olish va o'z-o'zini rivojlantirish ko'lamini kengaytirish;

o'quvchilarning o'z-o'zlarini rivojlantirishlari o'z faoliyatlarini muntazam tahlil qilish, anglash, rivojlanishning mustaqil traektoriyasini tanlash, o'zi va o'zgalarning xatti-harakatlari, xis-tuyg'ularini tushunish, muloqotga ehtiyoj sezish, muloqot qoidalariga amal qilish kabilar.

Bular ta'lim jarayonida integrativ yondashuvga tayanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda ichki pedagogik omillar muhim ahamiyatga ega. O'quvchi tafakkurining maxsuldorligi unda tayanch kompetensiyalarning shakllanishini jadallashtirishda namoyon bo'ladi. Bu o'quvchi shaxsiy faoliyatining yo'nalishlari, intilishlari, motivlari, qoidalari, qadriyatli yo'nalishlari, individualpsixologik sifatlari, ijodiy faoliyatining o'ziga xosligida ko'rinadi. Ob'ektiv voqelikka nisbatan munosabat bildirish uchun ta'lim jarayoni sub'ektlarida yetarli darajada tahliliy faoliyat tajribasi shakllanishi lozim. Bu jarayonda quyidagi fikriy operatsiyalar muhim o'rin egallaydi: fikrlash, qayta fikrlash, qayta shakllantirish, aniq faoliyat usullarini biridan ikkinchisiga ko'chira olish. O'quvchilardagi konstruktiv, ijodiy xatti-harakatlar, muammoli vaziyatlarda refleksiyadan intellektual hamda shaxsiy darajaga o'tishini ta'minlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, kompetentlilik shaxsning amaliy faoliyatida namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayonida kompetentlilikning namoyon bo'lmasligiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllanganligi topshiriqlarni bajarish jarayonida yaqqol ko'rinadi.

Buning uchun o'quv topshiriqlari ustida ishlash vaziyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday vaziyatlarda o'quvchilarda shakllangan kompetensiyalarfollashadi. Kompetensiyalar o'quvchilarda shakllangan qadriyatlar bilan uyg'un tarzda namoyon bo'ladi. Buning uchun ularda muayyan faoliyat turiga nisbatan qiziqish, uni o'zlashtirish ehtiyoji va intilish shakllangan bo'lishi lozim.

Amaliy faoliyat muayyan o'quv jarayoni yoki layoqatning mahsuli hisoblanadi. Ta'lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalashda o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanishi lozim. Integrativ yondashuv asosida ta'lim mazmunini tanlashda o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish o'quv materiallarining mantiqiy asosini tashkil etishi kerak. Vaziyatli topshiriqlar o'quvchilarni amaliy ko'nikmalarni egallashga yo'naltiradi. Har bir topshiriq o'quvchilarda muayyan ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutiladi. Shu maqsadda vaziyatli topshiriqlar majmuini belgilash talab qilinadi. Motivli vaziyatli topshiriqlar o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni egallash mayllarini hosil qiladi. Topshiriqlarni echish jarayonida o'quvchilarda muayyan kompetensiyalarni egallashga nisbatan moyillik vujudga keladi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim jarayoni samaradorligini baholashda yangi mezonlarga asoslanish talab qilinadi: bu o'rinda o'quvchilarning o'qituvchilar tomonidan berilgan savollarga qaytargan javoblari baholanmaydi, balki nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida amalga oshirilgan izlanishlar va texnologik faoliyat davomida yaratilgan maxsulot baholanadi. O'quvchilarning individual yoki guruhli faoliyat jarayonida taqdim etilgan maxsulotni o'zlari mustaqil yaratganliklari alohida ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Педагогика: энциклопедия. II жилд / тузувчилар: жамоа.//Тошкент: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти. 2015. - 376 б.

2. Sharifzoda S. Integrative methods of formation of basic competencies in students. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3)ISSN 26514451 | e-ISSN 2651-446X (2021)

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3. Сафарова Р. ва б. Укувчиларда узаро дустона муносабатларга асосланиб хдмкорликда фаолият курсатиш куникмаларини шакллантириш жараёнини ташкил этиш тамойиллари ва параметрлари. - Т.: Фан ва технология нашриёти, 2013. - 142 б.

4. Sharifzoda S. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies in students as a socio-didactic necessity // Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125 vol 7, issue 12, 2020 3115.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.