Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA'LIMNING
ASOSIY JIHATLARI
Samaridin Barakayevich Qorayev
Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti
Nodir Ilxomovich Tirkashev
mustaqil tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Maqolada kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan ta'limning bir qator jihatlari ko'rib o'tilgan. Xususan kasbiy, amaliy kompetentlik turlari va ularning rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: kompetentlik, baholash, ma'lumot, o'qituvchi, o'quvchilar, munosabat, shaxsiy, amaliy, ijtimoiy, tashabbuskor.
BASIC EDUCATION ASPECTS BASED ON A COMPETENT APPROACH
ASBTRACT
The article discusses a number of aspects of education based on competency-based approaches. In particular, the types of professional, practical competencies and their stages of development were discussed.
Keywords: competence, assessment, information, teacher, students, attitude, personal, practical, social, entrepreneurial.
KIRISH
Jahonda o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish, ta'lim mazmunini fan yutuqlari bilan uyg'unlashtirish metodikasini takomillashtirish, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini baholashning xalqaro dasturlari (PISA, TIMSS) hamda o'quvchi kompetensiyalarining shakllanganligini tashxislash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Respublikamizda xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o'rta ta'limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlari hamda fan o'quv dasturlari ishlab chiqildi, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me'yoriy asoslari yaratildi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishida umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish vazifalari belgilib berilgan. Bu ta'lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta'minlash, ularni o'zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi[1].
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarni o'zlashtirilgan axborotlarni o'quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo'llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi.
Maktab ta'limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta'lim resurslarini takomillashtirish, o'quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqotini ta'minlash, mustaqil ta'limini amalga oshirish va o'z-o'zini baholash, zaruriy ma'lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Shu nuqtai nazardan ta'lim sifati ko'rsatkichlaridan biri kompetentlilik hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko'nikmalar yig'indisi bo'libgina qolmay, o'quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada qo'llay olishi bilan tavsiflanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'qitishning asosiy mohiyati kasbga yo'naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirish sanaladi. O'quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim[2].
O'quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
O'quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o'quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablari zimmasiga ta'lim-tarbiya jarayoni orqali o'quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan[5].
Zamonaviy yondashuvlar o'qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zaro integratsiyalash orqali o'quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta'lim, umumta'lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo'g'inlaridagi o'zgarishlarga ta'siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta'lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo'naltirilgan, ijtimoiy va ma'lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O'qituvchilarning kompetentligini oshirishning o'quv-metodik ta'minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg'ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo'naltirilgan fanlarni o'qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog'liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg'ulotlar asosida o'qitish ta'limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda[6].
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida - uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o'qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o'rganishga e'tiborni qaratish, davlat ta'lim standartlarida ko'zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan[2].
Bu esa ushbu fanlar misolida o'qitish metodikasini takomillashtirishga yo'naltirilgan ta'lim mazmuni va o'quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o'quvchilarning kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
Kompetensiya muammosining ta'lim sohasiga kirib kelishi va uning rivojlanish tarixini shartli ravishda to'rtta bosqichga bo'lish mumkin (1-rasm).
r
• Компетенцнн
TepMHHHHHHr KHpHTH^HmH Ba
Ky^aHH^a Öom^amu.
Компетенцннвнн eHgamyBHH KacÖHH Ba yMyMTarnHM ^araapu CTaHgapraapn Ma3MyHura KupuTHm ÖH^aH 6oraHR.
1-rasm. Kompetensiyaning rivojlanish bosqichlari.
2006 yilda yevropa parlamenti va Kengashi tomonidan uzluksiz ta'lim uchun 8 ta tayanch kompetensiyalar tavsiya qilingan: o'z ona tilida muloqot qila olish; chet tilida muloqot qila olish; matematik kompetentlilik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy kompetensiyalar; raqamli kompetentlik; o'qishni o'rganish; ijtimoiy va fuqarolik kompetensiyasi; tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg'usi; madaniyatdan xabardor bo'lish va uni ifodalay olish.
Evropa tajribasiga tayangan holda O'zbekiston ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi, shakllantiriladigan ta'lim kompetensiyalarini tanlash va ularni ta'lim tizimiga singdirish orqali respublikamizda ta'lim tizimi samaradorligini oshirish mumkin.
Kompetentlik haqida gap ketganda «bilim darajasi» sifatida «u yoki bu ob'yektning mohiyatan realligini tafakkur qila olish» masalasining nazariy jihatlarini o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Shaxsning kompetentligi qanday aniilanadi? A.V.Xutorskiyning ishlarida kompetensiya va kompetentlik ta'riflari, xususan «...ma'lum bir sohada faoliyat ko'rsatishga imkon beradigan zaruriy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan shaxs -kompetentli shaxs», degan fikri mos tushadi[3]. V.V.Serikovning ishlarida kompetentlikka «o'qimishli, bilimli, ko'nikmali bo'lish usuli shaxsiy o'zligini namoyon qilishga imkon beradigan tushunchalar jamlanmasidir» deb izoh beriladi[4].
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
Kompetensiya so'ziga turlicha ta'riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan, «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»da kompetensiya so'zi quyidagicha izohlanadi: kompetensiya (lot. competo - erishyapman, munosibman, loyiqman) - muayyan davlat organi (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.
"Kompetensiya" atamasi keng ma'noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo'llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Lotincha" campetere"-muvofiq bo'lmoq so'zidan kelib chiqqan.
"Tashabbuskorlik" kompetensiyasi. Aniqlash: harakatni boshlab berish va shaxsiy ijobiy jihatlari bilan voqeaga samarali ta'sir ko'rsata olish. Doimo izlanishda bo'lish, yangi vazifalarni, qo'shimcha ishlarni o'z zimmasiga olish. Odatda har bir lavozim uchun 5-10 ta asosiy kasbiy kompetensiya belgilanadi. Ular bayon etiladi. Bunday holatda o'qituvchi tomonidan test savollari shakllantirilsa maqsad muvofiq bo'ladi. Berilayotgan test savollarining har biri ma'lum kompetensiyaga moslashtiriladi. Test o'quvchining ushbu kompetensiyalarni qanchalik egallanganliklarini ko'rsatadi. Uning natijalariga ko'ra, o'quvchining kompetensiyani egallash darajalari aniqlanadi.
Keng ma'noda kompetensiya masalaning, shuningdek, muayyan bilim sohasining mohiyatini muvafaqqiyatli hal eishda amaliy tajribaga asoslanib, bilim va ko'nikmalarni qo'llay olish qobiliyatidir. Ta'limda kompetentlik bilan yondashuv o'quvchilarni turli ko'nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga yo'naltiradi.
Kompetensiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim mahsuli bo'lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniklab ham, baxolab ham bo'lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo'lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo'llash natijasida namoyon bo'ladi.
Amaliy kompetentlik - bilim mahsuli bo'lib, amaliyotda qo'llay bilish qobiliyati. SHuningdek, kompetensiya, bilimdan farqli, amaliy faoliyatsiz namoyan bo'lmaydi va uni baholay olish mumkin emas.
Kasbiy kompetentlik - kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko'nikmalarni amaliy tajribada samarali qo'llay olish qobiliyatidir.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
XULOSA
Hozirgi zamon maktab o'qituvchisining kasbiy bilimdonligi va kobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi: ijtimoiy, uslubiy va ixtisoslik bilimdonligi hamda bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq, tashkilotchilik, obro' orttira olish, to'g'ri muomala qila olish, kelajakni ko'ra bilish va diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari.
O'qituvchi o'zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etishi mumkin. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostguylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, kamtarligi, ma'naviyati va madaniyati, ma'rifatliligi o'quvchilari, bo'lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi.
REFERENCES
1. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).
2. Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. "Education, Science and Innovation," 2 (2), 45-50.
3. Кораев, С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алокани таъминлашнинг узига хос хусусиятлари. "Таълим, фан ва ннновация", 2(2), 45- 50.
4. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
5. Кораев, с. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1281-1286.
6. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.
7. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).
8. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебнопроизводственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
9. Кораев, с. б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).
10. Tilakova, M., & Qoraev, S. (2020). Recommendations for students 'creative ability development. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.
11. Abdujalilova, S. A., & Qorayev, S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The Formation Of Students' Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.
12. Тилакова, М., & Кораев, С. (2020). Укувчилар креативлик кобилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.
13. Кораев, С. Б. (2016). Фанларни укитишда табакалаштирилган таълим технологиясини жорий этиш масалалари. Таълим технологиялари, 2, 45-50
14. Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4), 149-153.
15. Qorayev, S. B., & Allayorova, S. B. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2), 443-448.
16. Кораев, С. Б. (2018). Умумий урта таълим муассасаларида укув-ишлаб чикариш мажмуаларини ташкил этишнинг долзарблиги. Таълим, фан ва инновация , 4, 28-31.
17. Мухамедов, Г. И., & Кораев, С. Б. (2019). Укув-ишлаб чикариш мажмуа машгулотларини олиб боришда педагогмухандисларнинг касбий функцияларини ошириш тамойиллари. Мугаллим хэм Yзликсиз билимлендириу, 2, 71-74.
18. Кораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укувчиларни касб-хунарга тайёрлаш жараёнини такомиллаштириш йуллари. Узлуксиз таълим, 1, 88-92.
19. Кораев, C. Б. (2021). Профессионал таълимда касбий амалий машгулотлар мазмуни ва уни такомиллаштириш йуллари. Academic research in educational sciences, 2(4), 1573-1581.
20. Курбонова, М., & Кораев, С. (2020). Бошлангич таълимда укувчиларнинг укув-билиш компетенцияларини шакллантириш. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 795-801.
21. Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillarI. Academic research in educational sciences 2(CSPI conference 1), 1492-1496.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1071-1078
22. Janbayeva, M. S. & Qorayev, S. B. (2021). Modern principles of organization of extracurricular activities in primary schools. Экономика и социум, 5-2, 837-843.
23. Адбужалилова, Ш. А. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 813-823.
24. Abdujalilova, S., Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 813-823.