Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVChILARNI TAYYoRLASh VA RIVOJLANTIRIShDA KASBIY BILIMLARNING O‘RNI'

BO‘LAJAK O‘QITUVChILARNI TAYYoRLASh VA RIVOJLANTIRIShDA KASBIY BILIMLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
90
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiyaviy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meruert Pazilova

Hozirgi kunda ham oliy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy hamda nazariy bilimlarini rivojlantirishning muayyan shakl va metodlari hamda ushbu maqsadga yo‘naltirilgan ta’limning mazmunini aniqlashga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Talabalarga ta’lim berish jarayoni ularni kasbiy faoliyat tajribasi va fundamental bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Bularning barchasi talabaning o‘quv-bilish faoliyatlari va o‘quv jarayoni natijalari orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida uning mazmuni bilan bog‘liq holda talabaning turli jihatlari: intellektual, ma’naviy, kasbiy layoqatlari rivojlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVChILARNI TAYYoRLASh VA RIVOJLANTIRIShDA KASBIY BILIMLARNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVChILARNI TAYYoRLASh VA RIVOJLANTIRIShDA KASBIY

BILIMLARNING O'RNI Meruert Pazilova

Nukus davlat pedagogika instituti, Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.10011440

Hozirgi kunda ham oliy ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy hamda nazariy bilimlarini rivojlantirishning muayyan shakl va metodlari hamda ushbu maqsadga yo'naltirilgan ta'limning mazmunini aniqlashga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Talabalarga ta'lim berish jarayoni ularni kasbiy faoliyat tajribasi va fundamental bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Bularning barchasi talabaning o'quv-bilish faoliyatlari va o'quv jarayoni natijalari orqali namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayonida uning mazmuni bilan bog'liq holda talabaning turli jihatlari: intellektual, ma'naviy, kasbiy layoqatlari rivojlanadi. Natijada bo'lajak o'qituvchi kasbiy faoliyat sub'ekti sifatida shakllanadi. Ta'lim jarayonida bevosita bo'lajak o'qituvchining kasbiy dunyoqarashi rivojlanadi. Uning intellektual, kasbiy sifatlari tarkib topadi.

Kasbiy talablar zamonaviy ta'limga qo'yilgan ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash va rivojlantirishda kasbiy bilimlar asosiy o'rinni egallashi lozim. O'quv jarayonida talabalarning kasbiy bilimlari tarixiy ijtimoiy tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning uyg'unlashuvi asosida rivojlantiriladi. Talabalarni kasbiy bilimlarni egallashga yo'naltirish ularning o'quv-bilish faoliyatini rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Mazkur bilimlarni talabalar bir vaqtning o'zida egallashlari mumkin.

Qiziqishlar bo'lajak o'qituvchilarda faollik, bilimlarni egallashga bo'lgan intilish va chanqoqlikning tarkib topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qiziqishlarning qondirilishi bilimlarni egallash, uni faol qo'llash natijasida yangi qiziqishlarning vujudga kelishiga asos yaratadi. Yangi qiziqishlarning vujudga kelishi esa o'quv-bilish faoliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Bilish qiziqishlari faoliyat natijasida shakllanadi va rivojlanadi. Bilishning asosiy yo'naltiruvchisi hayratlanishdir. Xayratlanish natijasida inson muayyan xodisani bilishga intiladi, uni o'rgana boshlaydi. O'quv materialiga nisbatan bilish qiziqishlari har doim ham yaqqol namoyon bo'lavermaydi. Xodisalarning jozibadorligi esa shaxsning bilish faoliyatlarini rivojlantiradi. Talabalarni mashg'ulotlarda rang-barang ish turlari yordamida ijodiy faoliyatga jalb etish mumkin. Talabalar bilish faoliyatlarining rivojlanganligini suhbatlar, savol-javoblar, testlar yordamida aniqlash mumkin.

Talabalar o'z javoblarini tahlil qilish asosida bilish faoliyatlari natijalarini baholashga muvaffaq bo'ladilar. O'quv jarayoni o'zaro ikki turdagi harakatlarni mujassamlashtiradi. Birinchi - talabalarning faoliyati va o'rganish jarayonlarini ifodalovchi harakatlar. Tayyorgarlik jarayonlari esa ta'limiy faoliyat natijasida mujassamlashadi. O'rganish faoliyati bilish harakatlarini ifodalaydi. Shaxsiy tajriba orqali amaliy faoliyatda namoyon bo'ladi.

Talabalarning o'quv-bilish faoliyatlari o'rganish asosida faollashadi va amaliy harakatlar orqali namoyon bo'ladi. Faoliyat talaba shaxsining bilish harakatlarini ongli tarzda boshqarib, bilim, ko'nikma, malakalarni egallashga asos yaratadi. O'rganish esa shaxsning o'ziga xos faoliyati hisoblanadi. Mutafakkir ajdodlarimiz inson faoliyatining mazkur turini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratganlar. Inson o'z harakatlarini muayyan maqsad yo'lida ongli tarzda boshqarganida uning bilish faoliyati rivojlanadi.

O'rganish bilish jarayonlari: xotira, tasavvur, idrok, aqlning moslashuvchanligi hamda irodaviy sifatlar: diqqatni boshqarish, xis-tuyg'ularni nazorat qilish kabilarga muayyan talablar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

qo'yadi. O'quv jarayonida nafaqat bilish faoliyati, balki ehtiyojlar, motivlar, his-tuyg'ular, iroda faollashadi. Inson faoliyati har doim maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, rejalashtirilgan natijaga bo'ysundirilib, unga erishilishini ta'minlaydi. Maqsad faoliyatni yo'naltiradi va uning rivojlanish yo'lidagi kamchiliklarga tuzatishlar kiritadi.

Faoliyat - bu munosabatlar majmui emas, balki, maqsadlarni uyg'unlashtiruvchi, motivlarni yo'naltiruvchi harakatlar majmuidir. Motivlar esa faoliyatni amalga oshirish vositasi bo'lib, inson faoliyatining mazmun mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Natijada faoliyat maxsuldor xarakterga ega bo'ladi. U insonning tashqi va ichki xarakatlari, bilimlari, ko'nikmalari, motivlari, ehtiyojlarida o'z ifodasini topadi. Qaysi faoliyat yetakchi o'rin egallashiga qarab, insonning bilish harakatlari rivojlanadi. Jumladan, pedagogik faoliyati, muloqot faoliyati kabi.

Taniqli rus olimi V.V.Davidov o'z tadqiqotlarida bilish faoliyatining o'ziga xos konsepsiyasini taqdim etgan. O'quv materialini o'zlashtirish jarayonida shaxs nafaqat bilimlar va ko'nikmalarni o'zlashtiradi, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida u o'z faoliyatini amalga oshirishga layoqatli ekanligini namoyon etadi [2.;37].

Tadqiqotchilikdan farqli tarzda o'quv faoliyatida bo'lajak o'qituvchilar xis-tuyg'ularini emas, balki intellektual bilish imkoniyatlarini namoyon etadilar. Shu tariqa o'quv faoliyati jarayonida talabalar xususiylikdan umumiylikka, mavhumlikdan aniqlikka qarab harakatlanadilar. Mazkur harakat jarayonida ularning o'quv-bilish imkoniyatlari kengayadi, intellektual taraqqiyotlari ta'minlanadi.

O'quv-bilish faoliyatini rivojlantirish natijasida talabalarda nazariy ong va nazariy tafakkur shakllanadi. Aynan nazariy tafakkur yordamida bo'lajak o'qituvchilarda imperik tafakkur shakllanadi. Bu esa butun o'quv-bilish faoliyati davomida bilish imkoniyatlarini kengayishiga asos yaratadi.

O'rganish faoliyati talabaning o'z-o'zini o'zgartirishi, rivojlantirishini ta'minlab, muayyan bilim, ko'nikma, malakalarni egallagan mutaxassis sifatida faoliyat ko'rsatishiga olib keladi. O'quv faoliyatining predmeti sifatida talabalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga ko'maklashadigan o'quv materiallari, ijtimoiy-madaniy tajriba va pedagogik ta'limotlar namoyon bo'ladi. O'quv faoliyatlari o'zida bir qator maxsus faoliyatlar va turli darajadagi bilish operatsiyalarini mujassamlashtiradi. Bunday faoliyatlar sirasiga dastlab o'quv materiali mazmunini aniqlash faoliyatlari, o'quv materialiga ishlov berish harakatlarini kiritish mumkin. Ushbu faoliyatlar bilan bir qatorda nazorat faoliyatlari ham amalga oshiriladi. Mazkur faoliyatning xarakteri va tarkibi o'quv materiallarini tanlash va ularga ishlov berish faoliyatlaridan kelib chiqadi.

Talabalar kasbiy bilim, ko'nikma, malakalarni samarali o'zlashtirishlari uchun ularda o'quv faoliyatiga tayyorlik, mustaqil o'qib o'rganish, o'z-o'zlarini nazorat qilish va baholash, bilish faoliyatining o'ziga xos jihatlarini o'zlashtirish, mustaqil tayyorlanish uchun o'z vaqtlarini taqsimlay olish kabi sifatlar shakllangan bo'lishi kerak. Talabalarni o'quv faoliyatiga muvafaqiyatli moslashtirish uzoq davom etadigan pedagogik jarayondir. Ushbu jarayonda ular o'quv faoliyatining barcha shakllariga jadal tarzda kirishadilar. Ularda ta'limning barcha shakllariga moslashish va idrok etish jarayoni tezlashadi. Natijada ularda keng ko'lamli kasbiy madaniy talablar va ehtiyojlar shakllanadi. Kasbiy rivojlanish jarayonida talabaning o'quv-bilish faoliyatlari rivojlanadi, kasbiy faoliyat tajribasini egallash jarayoni tezlashadi. Ularda muayyan kasbiy kompetensiyalar hosil bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Ixtisoslashish natijasida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy hukmlar, qiziqishlar chuqurlashadi. Natijada ularning intellektual sohalari rivojlanib, o'quv-bilish faoliyatlari rivojlanadi. Talabalar uchun xarakterli bo'lgan jihatlardan biri kasbiy shakllanishning samarali yo'llari va usullarini izlashdan iborat. O'quv-bilish faoliyatlari yetarlicha faollashgan mutaxassislar o'zlarining kasbiy traektoriyalarini tanlashga qiynalmaydilar. Shu bilan bir qatorda ularda kasbiy rivojlanish uchun zarur bo'lgan bilimlarni mustaqil egallash ehtiyoji kuchli bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilar madaniy hodisalar va kasbiy rivojlanish usullari va shakllarini baholash ko'nikmasiga ham ega bo'ladilar. Ayniqsa, pedagogik amaliyot jarayonida ularning o'quv-bilish faoliyatlari rivojlaadi. Kasbiy shakllanish jarayonida talabalar o'z ustlarida ishlaydilar, faol izlanadilar va pedagogik bilimlarni o'z amaliy faoliyatlarida qo'llashga harakat qiladilar. Mustaqil harakatlanish natijasida ularda o'quv-bilish faolligi vujudga keladi. O'z kasbiy bilimlari va ko'nikmalarini tahlil qilib, ushbu yo'nalishdagi bo'shliqlarni aniqlagan holda mustaqil bilim olishga intiladilar. Shunga ko'ra ta'lim va bilish jarayonida talabalar faoliyatining 3ta asosiy turini ajratib ko'rsatish mumkin.

Faoliyatning birinchi turi OTMlardagi ta'lim jarayoniga talabaning keng ko'lamda yondashishini ifodalaydi. Talabaning qiziqishlari keng ko'lamdagi bilimlar sohasida markazlashadi. Uning ijtimoiy faolligi OTM faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo'ladi. O'quv faoliyatlari esa dastur doirasidan tashqariga chiqib, faollashadi. Natijada bo'lajak o'qituvchilar keng ko'lamli ixtisoslashuvga ega bo'lib, o'z sohalariga oid bilimlarni chuqur o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladilar.

Ikkinchi turdagi talabalar faoliyati tor doiradagi aniq ixtisoslashishda namoyon bo'ladi. Ushbu o'rinda ham talabaning o'quv-bilish faoliyatlari dastur doirasidan tashqariga chiqadi. Ushbu o'rinda bo'lajak o'qituvchi o'quv-bilish faoliyatining dasturdan tashqariga chiqishi mustaqil bilim olish imkoniyatlarining kengayganligida ifodalanadi. Ushbu o'rinda talabalarning ma'naviy ehtiyojlari kasbiy ehtiyojlar va qiziqishlar bilan uyg'unlashadi.

Talabalar o'quv-bilish faoliyatining uchinchi turi dastur doirasida amalga oshirilib, u ijodiy va faollik xarakteriga ega. Bunday talabalar alohida iqtidor egalari bo'lib, ularning o'quv-bilish faoliyatlari muntazam faollashadi, kasbiy bilimlarni o'zlashtirish, mustaqil bilim olish ehtiyojlari rivojlanib boradi. Ular kreativ fikrlash tarziga ega bo'ladilar. Mutafakkir ajdodlarimiz bunday talabalar bilan alohida yondashuv asosida ish olib borganlar va ularning iqtidorlarini har doim qo'llab-quvvatlaganlar.

Biz tajriba-sinov ishlari davomida talabalarning o'quv-bilish faoliyatini tahlil qilishga intildik. Tahlillar natijasida ular faoliyatining 3ta tipologiyasi farqlanishi aniqlanib, ularning har biri o'z xulq-atvor modeliga egaligi ayon bo'ldi. Ma'lumki, talabalik davri intellektual rivojlanishning o'ziga xos bosqichi hisoblanadi. Bu davrda kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar bilan bir qatorda umummadaniy bilimlar ham o'zlashtiriladi. Ajdodlarimiz merosi va zamonaviy kasbiy pedagogik jarayonlarni tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish sohasidagi ko'p asrlik tarixiy tajribalar va innovatsion yondashuvlarni uyg'unlashtirgan holda bo'lajak mutaxassislarning o'quv-bilish faoliyatini samarali rivojlantirishning nazariy asoslari va pedagogik tizimini vujudga keltirish mumkin. Mazkur integratsiya birinchi navbatda mutafakkir ajdodlarimiz tajribasidagi ilg'or qarashlar, pedagogik ta'limotlar bilan zamonaviy yondashuvlarning uyg'unlashuvi asosida yaxlit pedagogik nazariyaning vujudga kelishini ta'minlaydi. Bunday yondashuv yuqori malakali pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga asos yaratadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, talabalarning o'quv-bilish faoliyatini tahlil qilish va integrativ, refleksiv yondashuvlardan foydalangan holda rivojlantirish nafaqat bo'lajak mutaxassislarning intellektual taraqqiyotini ta'minlash, balki ularni kasbiy rivojlantirish hamda oliy pedagogik ta'lim tizimini takomillashtirish uchun ham alohida ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 avgust 2018 yildagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-son Farmoni.https://lex.uz

2. Davidov V.V. Problembi razvivayuщego obucheniya. M.: Pedagogika, 1986

3. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl)

4. Safarova R.G. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS)Volume: 02 Issue: 051 2023ISSN:2751- Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time | Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (innosci.org)

5. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.