Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK'

BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
476
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pedagogik deontalogiya / kompetentlik / fan / metodologik yondashuvlar / bo’shlang’ich sinf o’qituvchisi / odob-ahloq / pedagogok / kasbiy etika / xulq-atvor / deontalogiya / kompetentlik / konsepsiya / ta’lim / ta’limot. / pedagogical deontology / competency / science / methodological approaches / vacancy class teacher / etiquette / pedagogy / professional ethics / manners / deontology / competency / conception / education / doctrine.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maqsuda Maxsudovna Murodova

Maskur maqolada bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbiga tayyorlashning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlik tushunchalarining mazmuni nazariy jihatdan yoritilib, fanining nazariy metodologik asoslari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kompetensiya nuqtai nazardan yondashuvlar, sohada tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar va ularning pedagog g'oyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga e’tibor qaratilib, pedagogik deontalogiya va kompetentlik fanining ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish, metodologik yondashuvlarni izohlashga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL DEONTALOGY AND COMPETENCE IN THE ACTIVITIES OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

The article covers the moral and professional aspects of preparing for the profession of a future elementary teacher, the content of pedagogical deontalogy and the concepts of competency theoretically, and provides information on the theoretical methodological basis of science. Also, approaches from the point of view of competence, scientists conducting research in the field and analysis of their pedagogical ideas from the theoretical and practical point of view, tried to study the scientific and theoretical bases of pedagogical deontology and the science of competence, to interpret methodological approaches.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK»

BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK

Maqsuda Maxsudovna Murodova

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maskur maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiga tayyorlashning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlik tushunchalarining mazmuni nazariy jihatdan yoritilib, fanining nazariy metodologik asoslari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kompetensiya nuqtai nazardan yondashuvlar, sohada tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar va ularning pedagog g'oyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga e'tibor qaratilib, pedagogik deontalogiya va kompetentlik fanining ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish, metodologik yondashuvlarni izohlashga harakat qilingan.

Tayanch atamalar: pedagogik deontalogiya, kompetentlik, fan, metodologik yondashuvlar, bo'shlang'ich sinf o'qituvchisi, odob-ahloq, pedagogok, kasbiy etika, xulq-atvor, deontalogiya, kompetentlik, konsepsiya, ta'lim, ta'limot.

PEDAGOGICAL DEONTALOGY AND COMPETENCE IN THE ACTIVITIES OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

ABSTRACT

The article covers the moral and professional aspects of preparing for the profession of a future elementary teacher, the content of pedagogical deontalogy and the concepts of competency theoretically, and provides information on the theoretical methodological basis of science. Also, approaches from the point of view of competence, scientists conducting research in the field and analysis of their pedagogical ideas from the theoretical and practical point of view, tried to study the scientific and theoretical bases of pedagogical deontology and the science of competence, to interpret methodological approaches.

Keywords: pedagogical deontology, competency, science, methodological approaches, vacancy class teacher, etiquette, pedagogy, professional ethics, manners, deontology, competency, conception, education, doctrine.

KIRISH.

Pedagogik deontalogiya va kompetentlik tushunchasi XXI asrda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va ma'naviy-ma'rifiy sohada islohotlar jadal amalga oshirilishi, ta'lim tizimining bosqichma - bosqich rivojlanishi, o'qituvchi faoliyatida

pedagogik madaniyati va kasga loyiqligi davr talabiga aylanishi natajasida vujudga keldi. Shunday vaziyatda mamlakatimiz ta'lim tizimining asosiy maqsadi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan barkamol fuqarolarni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyatda kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali yoshlarni mehnatga, shaxsiy hayotga, ijtimoiy munosabatlar va muloqotga tayyorlash bugunning muhim pedagogik hodisasi hisoblanadi.

Shunday ma'suliyatli vazifani amalga oshirishda pedagogik deontalogiya va kompetentlik fani muhim o'rin tutadi. Zero, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy fazilatlari, pedagogik mahorat va pedagogik madaniyat, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish pedagogik jarayonda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qila olishni ta'minlovchi metodologik yondashuvlar, amaliy ko'nikmalar va hissiy sifatlar, o'z-o'zini axloqiy tarbiyalash, kasbiy mahoratni rovojlantirish har qachongidan ham dolzarb.

Mamlakatimiz kelajagi bo'lmish yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g'urur, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni singdirish vazifasini o'qituvchi-muallimlar amalga oshirishar ekan, pedagogik deontalogiya va kasbiy kompetentlik fani o'rganish talab etiladi.

Biz mazkur maqolada yuqoridagi dolzarb vazifalardan kelib chiqib, o'z fikrimizni bayon qilishga qaror qildik.

Asosiy qism:

Bugungi kunda pedagogik deontalogiya va kompetentlik fanining nazariy metodologik asoslarini ilmiy yoritish ta'lim tizimida muhim vazifa darajasiga ko'tarildi. Dastavval deontalogiya, pedagogik deontalogiya va kasbiy kompetentlik tushunchalarini ilmiy-nazariy jihatdan yoritish lozim.

Ushbu atamalardan asosiysi bo'lmiz "deontalogiya"ni ingliz huquqshunosi J.Bentham o'zining "Deontologiya" yoki "Axloqshunoslik to'g'risida" asarida axloq nazariyasini axloq haqidagi xususiyatlarni izohlash uchun ishlatgan. Keyinchalik, kasbiy burchni axloqiy tomonidan berilgan majburiyat sifatida ko'rib, insoniy burch muammolarini tavsiflash bilan cheklandi. C.D.Brod tomonidan 1930 yilda nashr etilgan "Axloq nazariyasining beshta turi" kitobida atamaning mohiyati zamon talablariga mos tarzda bayon etilgan1.

Deontologiya, yoki deontologik etika (qadimgi yunoncha "deontos" va logos iboralardan kelib chiqqan bo'lib, axloq va axloq muammolari to'g'risidagi ta'limot, axloqning bir shakli. Deontalogiya pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo'lib, pedagogik madaniyat, pedagogik axloq-odob degan ma'nolarni anglatadi. Ba'zi

1 Beauchamp, Tom L. 1991 Philosophical Ethics: An Introduction to Moral Philosophy, 2nd Ed. New York: McGraw Hill: 171.

manbalarda burch axloqi (yoki majburiyat) yoki xulq-atvor qoidalariga asoslangan axloqiy tizim deb qayd etilgan.

So'nggi paytlarda "deontologiya" atamasi ta'lim tizimi xodimlari orasida iste'moldagi so'zga aylandiki, yunon tilidan olingan ushbu atama zamirada kasb, axloq-odob turadi. So'zning lug'aviy ma'nosiga to'xtaladigan bo'lsak, uni "burch haqidagi ta'limot", boshqacha aytganda - "huquq to'g'risidagi ta'limot" yoki "huquq haqidagi

л

fan" deb tarjima qilishdi. Shuni aniq aytish mumkinki, har qanday soxa xodimlarining, shu jumladan, pedagoglarning kasbiy burch yoki majburiyat tushunchasi deb atash mumkin. Deontologiyaning tamoyillari aynan shu maqsadga qaratilganligi ayni haqiqat.

Pedagogik deontalogiya va kompetentlik haqida to'xtalar ekanmiz, quyidagi fikr juda o'rinli. "Har doim sabrli, diqqatli va xushmuomala, aqlning temir mantig'iga bo'ysungan holda, kamtar bo'ling, Kasallarga shifo berishga harakat qiling, o'zingiz

"5

uchun hech qanday qurbonlik va foyda talab qilmang".

Ta'lim tizimi xodimlari faoliyatini axloqiy va huquqiy tartibga solish masalalari bo'yicha adabiyotlarning ko'pchiligida bu masalalar o'z dolzarbligini yo'qotmaganligini va so'nggi yillarda ularga tobora ko'proq e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi, garchi pedagog etika - "pedagogning ruhi", ta'lim beruvchining donoligi"- ta'lim rivojlangan davrda paydo bo'lgan va unga parallel ravishda va ta'lim tarbiyani takomillashtirish bilan rivojlangan.

Yuqorida qayd etilganlarni pedagogika tiliga ko'chirib qayd etadigan bo'lsak, u kasb etikasi yoxud pedagogik axloq degan mazmunni beradi. Pedagogik deontalogiya va kompetentlik haqida sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Byeruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiylar XIV-XVI asrlarda Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Voiz Koshifiy, Z.M. Bobur kabi mutafakkirlarning asarlarida umuminsoniy, milliy axloqqa doir g'oyalar sifatida o'z ifodasini topgan bo'lib, ularda asosan ta'lim beruvchilarning kasb axloqiga alohida urg'u berilgan. Shuningdek, keyingi asr pedagogikasida kasbiy pedagogik axloqqa, pedagogik madaniyatga alohida e'tibor qaratilib, turli g'oyalar maydonga keldi. XX-asrda kasbiy xulq-atvor yoxud pedagogik axloq, pedagogik madaniyat ya'ni, pedagogik deontalogiya masalalariga bag'ishlangan rus olimasi V.N.Chernokozovaning "Etika uchiteliya" va I.Ya Pisarenkoning "Pedagogichiskaya etika" nomli asarlar maydonga keldi.

Har bir davrda barcha kasblarning axloqiy xususiyatlarga alohida e'tibor qaratishgan. Chunki axloq, axloqiy fazilatlar, pedagogik odob, pedagogik madaniyat ijtimoiy ong shakllarini tashkil qilib, inson hayotining barcha sohalarida uning xulqi, hatti-harakatlarni tartibga solib, boshqarib turuvchi vosita hisoblangan. Shu nuqtai nazardan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarni ham axloqiy-estetik jihatdan

2 [dic.academic.ru/dic.nsf/enc_pЫlosophy/2171/ДЕОНTOЛОГИЯ Деонтология] // Философский энциклопедический словарь. / Гл. редакция: Л. Ф. Ильичёв,

3 Г.В. Морозова, Г.И. Тсарегородтсева, 1983).

tarbiyalashni davr taqozo etgan. Yurtimizda mazkur masalaga XX-asrning 70-yillarida e'tibor qaratilgan. Jumladan, professor M.Ochilov "O'qituvchining axloqiy shakllanishi" mavzusida monografiya yozib, hatto 1978-yilda doktorlik dessertasiyasini himoya qildi. Ushbu muallifning 1997-yilda N.Ochilova bilan hamkorlikda chop etilgan "O'qituvchi odobi", 2001-yilda "O'qituvchi" nashriyotidan nashr etilgan " Muallim - qalb me'mori" nomli kitobi o'qituvchilik kasbining axloqiy jihatlariga bag'ishlangan.

XX asrda jahonning turli mamlakatlarida tibbiyot deontalogiyasiga e'tibor qaratilib, deontalogiya tushunchasiga tibbiy stomotologiya nuqtai nazaridan yondashildi. Tibbiyot xodimlari kundalik faoliyatda aholi sog'lig'ini yaxshilash, bemorlarni azob-uqubatlaridan, manfaatdorlikdan xalos etish ishlarini amalga oshirdilar. Biroq, ba'zi shifokorlar bemorni o'z daromadlarining bevosita yoki bilvosita manbai deb bilardilar. Bunday holat stomatolog shifokor va bemorlar o'rtasida nostandart axloq va axloqiy munosabatlar paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.

Shunday qilib, tibbiy deontologiya tibbiyot xodimlarining kasbiy vazifalarini bajarishda axloqiy me'yorlar va xatti-harakatlarni ifodalovchi tibbiy madaniyatni yaratishga erishdilar.

Hozirgi davrda pedagogik faoliyatda va tibbiyotda kasbiy deontalogiya munosabat o'zgarib, pedagog va talaba, shifokor va bemor o'rtasida o'zaro insoniy munosabatlar kasbiy madaniyat, faoliyatning asosiy maqsadi bo'lishi kerakligi ta'kidlanmoqda. Deontalogiya tushunchasi zamonaviy pedagogika kompentlik atamasi bilan yonma-yon yuradigan tushunchadir. Shu o'rinda kompetentlik tushunchasini to'xtaladigan bo'lsak, atamaning quyidagi ma'nolari mavjud.

"Kompetentlik" (ingl. "competence" so'zidan olingan bo'lib, "qobiliyat" ma'nosini anglatadi. Kompetentlik bo'lajak kasb egasi tomonidan egallanadigan va o'z faoliyatida qo'llaniladigan nazariy bilimlardan unumli foydalanish demakdir. Ya'ni yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahoratni iqtidorli namoyon eta olish tushunchasi bilan izohlanadi. Kompetentlik tizimida kasbiy kompetentlik asosiy metodologik hodisa bo'lib, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinish demakdir. Kompetensiyalar faoliyatning samarali bajarilishini ta'minlaydigan harakatlarning umumlashtirilgan usullari. Bu insonning o'z malakasini amalda qo'llash qobiliyatidir.

Zamonaviy pedagogikada mutaxassislarni tayyorlash uchun turli xil yondashuvlar ma'lum. Ular orasida taniqlilari fanlararo yondashuv, ma'lumotli yondashuv, tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv sanalib, yaqin orada paydo bo'lgan yangi vaziyatli yondashuvi, axborot, konseptual, ergonomik yondashuvlar ham mavjud.

Pedagogikada kompetensiyaga asoslangan yondashuv tushunchasi 20-asrning 80-yillarida, "Perspektivlar" deb nomlangan jurnalda ilk bor tilga olingan. V.D Landshyerning mazkur mavzuda "Minimal vakolat" konsepsiyasi nomli maqolasi yozib,

yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. Dastlab yondashuv haqida emas, balki faqat "kompetensiya", "kasbiy kompetensiya" tushunchalari, shuningdek ta'limning maqsadi va natijasi sifatida shaxsning kasbiy kompetensiyasi haqidagi fikrlar maydonga keldi. U yerda kompetensiya atamasi "mavzuni chuqur bilish" deb tushunilgan. Keyinchalik kompetensiya atamasiga keng ma'no izoh berilib, uning ko'lami va mazmunini yoritishga harakat qilindi.

Kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik deontalogiyada yondashuvlar ma'lum toifalarga ajratilib, kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik deontalogiyagi yondashuvlar sifatida "faoliyat" va "faoliyat" toifalariga asoslandi.

Ularning shakllanishi va rivojlanishi haqida pedagog-olimlarning turli fikrlari mavjud:

Chunonchi, rus pedagoglaridan O.Ye Lebedev kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik deontalogiyadagi yondashuvlar - bu ta'lim maqsadlarini aniqlash, ta'lim mazmunini tanlash, ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim natijalarini baholash tamoyillari to'plami, deb ta'riflaydi. Pus pedagoglaridan yana biri A.M. Mityayeva esa ko'p darajali ta'limni loyihalashtirishning uslubiy prinsipi sifatida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirishda ta'lim tizimi keyingi bosqichga o'tishi haqida ma'lumot beradi. D.S.Ermakonin kompetensiyaga asoslangan yondashuvni ta'limning maqsadi va natijalarining sifat normalari, modellashtirish usuli sifatida belgilaydi, ta'lim natijasini ajralmas shaklda bitiruvchining ma'lum bir faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi belgilarining tizimi sifatida aks ettiradi.

Oliy ta'lim o'quv jarayonida kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik deontalogiyadagi yondashuvlardan yana biri ma'lumotli yondashuvdir. Bo'lajak o'qituvchilarining barchasi ham kompetensiya nuqtai nazaridan yondashuvlarni to'liq bilmaydi. Shuning uchun kelajak mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ma'lumotli yondashuvga ehtiyoj sezilib, bo'lajak pedagog-o'qituvchilari tomonidan kompetensiyaga asoslangan yondashuv konsepsiyasini o'zlashtirish masalasi, ayniqsa, ularning ma'lumotli yondashuvga asoslangan oliy ta'limning uslubiy strategiyasini bilishlari dolzarbdir. An'anaviy mashg'ulotdan ma'lumotli yondashuvga asoslangan treningga o'tishda eng katta qiyinchilik - bu o'qituvchilar tomonidan boshqarishning yangi turi - vaziyatni tizimli boshqarish, shaxsning o'z pozitsiyasi va o'quv vaziyatidagi rolini o'zgartirishni hamda ma'lumotlar bazasini o'z ichiga olgan jarayonni o'rganishdir.

Umuman, ma'lumot haqida to'xtaladigan bo'lsak, pedagogikada shaxsning o'qish-o'rganish natijasida o'zlashtirgan bilim ko'nikmalari hajmi, yo'nalishi va darajasiga ma'lumot deyiladi. Ta'lim-tarbiya hamda mustaqil o'rganish jarayonida ma'lumot olinadi, ongli faoliyati jarayonida rivojlanantirib boriladi. Ongli faoliyat jarayoni ta'limning ham obye'kti, ham subyekti bo'lmish insonning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab, oilada, so'ngra uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlarida amalga oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlarida ma'lum bir ta'lim standartlari hamda

o'quv dasturlarida belgilangan hajm va yo'nalishdagi ma'lumot o'zlashtirib boriladi. Ma'lumotni o'zlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli ta'lim va tarbiya mashg'ulotlaridan iborat. Bunda ma'lumot oluvchi o'quvchi, talaba, shogird, jarayonga rahbarlik qiluvchilar o'qituvchi, murabbiy, ustoz deb nomlanadi. Ma'lumot olish manbalari darslik, qo'llanma, qo'shimcha adabiyotlar, atrof-muhitda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar, ma'lumot olish vositasi o'quv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. Ma'lumot oila, bog'cha, maktab, akademik lisey yoki kasb-hunar maktabi, oliy o'quv yurti, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim shakllari — aspirantura, doktorantura hamda qayta tayyorlash va malaka oshirishda o'zlashtiriladi. Shaxsning o'rgangan ma'lumotlari kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik deontalogiyada ham yondashuvlarga asos bo'lib xizmat qiladi.

Zamonaviy axborot jamiyatida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish ta'limning yetarli natijasidir. Inson tez o'zgaruvchan axborot oqimlarida harakat qilishi, yangi texnologiyalarni o'zlashtirishi, o'z-o'zini o'rganishi, yetishmayotgan bilimlarni qidirishi va ulardan foydalanishi kerak. O'tkazilgan xalqaro qiyosiy tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, talabalar reproduktiv xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda chet ellik tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq, predmet bilimlari va ko'nikmalarini o'zlashtirganligini aks ettiradi, ammo bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha vazifalarni bajarishda ularning natijalari pastroq, hayotiy vaziyatlar, ularning mazmuni g'ayrioddiy, nostandart shaklda taqdim etilgan bo'lib, unda ularni tahlil qilish yoki sharhlash, xulosani shakllantirish yoki ba'zi o'zgarishlarning natijalarini nomlash zarur. Shunday qilib, ma'lumotli yondashuvga asoslangan pedagogik deontalogiya, ta'lim sohasida o'zgarishlarga ehtiyoji bor bo'lib, bugungi kunda ta'lim sohasida nafaqat bilimdon, balki o'z bilimlarini amalda qo'llay oladigan magistrlarni tayyorlash uchun ta'limni modernizasiya qilishga mo'ljallangan yangi avlod standartlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

O'zbekistonda ta'limni davom etayotgan modernizasiyasi, oliy ta'lim bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlardan iborat bo'lgan yangi ta'lim sifatiga erishishni nazarda tutadi, talabalarning oldingi avlodlari hal qilmagan muammolarni hal qilishlari, ya'ni bugungi boshlang'ich sinf o'qituvchilariga katta ma'suliyat yuklaydi. Ulardan muammolarni hal qilish qobiliyatini o'zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, bir nechta tarkibiy qismlardan iborat: faoliyat motivatsiyalari, axborot manbalarini topish va tahlil qilish qobiliyati, faoliyatning ayrim turlari uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikmalar, muammoning mohiyatini tushunish va uni hal qilish usullarini tanlash uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni o'rganish zarurligini talab qiladi.

Kompetentlilik va kompetensiya so'zlari bir-biri bilan bog'liq va biri ikkinchisini to'ldiradigan tushunchalardir. Shunga ekan, kompetensiya tizimi amaliy va nazariy tayyorgarlik jihatidan o'zida bir qator kompetentlik va kompetensiyalarni jamlagan. Zero, yetarli darajada kompetensiyasi taraqqiy etmagan va rivojlanmagan mutaxassislar

o'z vazifalarini mukammal bajara olmaydi. Kompetentli deb, muayyan bir sohaga oid ma'lumotga ega bo'lgan va shu sohaga xos kompetensiyalarni egallagan kasb egasiga aytiladi.

"Kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalari tizimdagi amaliy va nazariy tayyorgarlik jihatdan tafovutlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

• kompetensiya - davlat standartlarida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, har bir kasb egasining muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun muhim bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligidir.

• kompetentlilik - kasb egasi tomonidan egallangan mutaxasisligiga doir bilim, ko'nikma, malakalar, shaxsiy va kasbiy sifatlari bo'lib, muayyan sohada orttirilgan tajribasidir.

Ta'limiy kompetensiyalar shunisi bilan farqlanadiki, ular talabani faoliyatini kelajakda to'laqonli hayot kechirishi (faoliyat ko'rsatishi) uchun rivojlantiradi. Ma'lum yoshgacha, davrgacha inson biror bir kompetensiyani namoyon eta olmaydi, ammo bu insonda kompetensiyani rivojlantirmaslik kerak degani emas. Bunday holatda ta'limiy kompetensiyalar haqida, ya'ni o'zaro bog'liq tushunchalar, bilim, ko'nikma, malakalar, borliqda mavjud voqeliklarga munosabat nuqtai nazaridan axloq, xulq-atvor, tajribada ifodalangan, ham shaxsiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ilmiy-nazariy tayyorgarlik to'g'risida gap boradi.

Kompetentlilik har bir insonning xulq-atvorida, axloq-odobida nazariy va amaliy jihatdan namoyon bo'ladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy kompetentlik o'z faoliyatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida namoyon bo'ladi. Bunda kompetentlik namoyon bo'ladigan muhitni ko'rish talab etiladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, kompetentlilik tabiati shundayki, u insoniy qadriyatlar bilan, ya'ni muayyan turdagi faoliyatga nisbatan chuqur shaxsiy qiziquvchanlik va axloq-odobda, pedagogik burchni bajarishida namoyon bo'ladi. Amaliyotda shaxsiy qadriyat darajasida ahamiyatga ega bo'lgan pedagogik odobning mazmuni aniq natija (mahsulot) yoki xulq-atvor shakli ko'rinishida bo'lishi mumkin. XXI asrda mutaxassis kompetentligi integrativ va analitik qobiliyatlar rivojlanganligiga asoslangan bo'lib, ijtimoiy taraqqiyot jarayonida pedagogik axloq odob kasb karerasida to'la aniqlanmaganligini nazarda tutadi hamda o'z kasbiy kompetentliligini nazariy va amaliy jihatdan uzluksiz, doimiy oshirib borishni talab etadi.

Xulosa va tavsiyalar.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz ta'lim tizimini jahon standartlari darajasida ko'tarishda munosib o'rniga ega bilimli, qobiliyatli va iste'dodli bo'lajak o'qituvchilarmizda, pedagogik deontalogiya va kompetentlikni rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, ta'lim olish shakli, metod, vositalarini tanlay olish, ta'limning insonparvarlik, demokratik, shaffoflik, oshkoralik, tenglik, prinsiplarga amal qilish, ta'lim va tarbiya jaroyiniga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish,

jamiyat kelajagi bo'lgan yosh avlod tarbiyasida xato va kamchiliklarga boshqalar tomonidan kamsitishlarga yo'l qoymaslik, ijtimoiy jihatdan himoya qilish bugungi kun jamiyat oldida turgan sharafli vazifa ekanligini unitmagan holda, o'qituvchi-pedagoglar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, yetuk intelektual salohiyatli kadr bo'lish kabi tavsiyalarga amal qilishlari darkor.

REFERENCES

I. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son qonuni. - https://lex.uz

3. Ochilov M. Muallim - qalb me'mori. - T.: "O'qituvchi", 2001. 34-35 betlar

4. Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.

6. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar ta'lim samaradorligining muhim omili. -T.: "Yoshlar tashkiloti", 2020. 52-bet.

7. Олимов Ш. Ш., Сайфуллаева Н. З. Основные принципы развития духовно-нравственного мировоззрения у студентов //Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования. - 2015. - №. 5 (10).

8. Олимов Ш. Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

9. АБДУЛЛАЕВ К. Ф. Мыслители востока о педагогической профессии //Культура мира и ненасилия подрастающего поколения: ракурсы интерпретации и педагогические условия развития. - 2020. - С. 117-120.

10. Гулбоев А. Т. Педагогик ташхис воситасида укитувчилар малакасини узлуксиз ошириш.. Педагогика. фан. ном. - 2010.

II. OOybek Rustamovich Ortiqov O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI // Scientific progress. 2021. №5.

12. Oybek Rustamovich Ortiqov GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI // Scientific progress. 2021. №5.

13. Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. -2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1224-1227.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.