Научная статья на тему 'O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI'

O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2390
226
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
o’qituvchi / odob-ahloq / pedagogok / kasbiy etika / xulq-atvor / deontalogiya / kompetentlik / konsepsiya / ta’lim / pedagogika nazariyasi / ta’limot. / teacher / ethics / pedagogy / professional ethics / behavior / deontology / competence / concept / education / pedagogical theory / teaching.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oybek Rustamovich Ortiqov

Mazur maqolada hozirgi davr pedagogika nazariyasi talablaridan kelib chiqib bo‘lajak o‘qituvchilik kasbiga tayyorlanishning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlikning xususiyatlari, mazmuni, mohiyati nazariy jihatdan yoritilgan. Ayniqsa, pedagogika nazariyasida deontalogiya tushunchasi kasbiy xulq-atvor bilan bo’g’liq tusuncha ekanligi hozirgi davr talablari asosida asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL DEONTALOGY AND COMPETENCE IN TEACHER ACTIVITY

This article theoretically describes the ethical and professional aspects of preparation for the future teaching profession, the features, content and essence of pedagogical deontology and competence, based on the requirements of modern pedagogical theory. In particular, in pedagogical theory, the concept of deontology is a concept related to professional behavior, based on modern requirements.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI»

O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI

Oybek Rustamovich Ortiqov

Buxoro davlat universiteti "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi ortiqovoybek1984@gmail.com

ANNOTASIYA

Mazur maqolada hozirgi davr pedagogika nazariyasi talablaridan kelib chiqib bo'lajak o'qituvchilik kasbiga tayyorlanishning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlikning xususiyatlari, mazmuni, mohiyati nazariy jihatdan yoritilgan. Ayniqsa, pedagogika nazariyasida deontalogiya tushunchasi kasbiy xulq-atvor bilan bo'g'liq tusuncha ekanligi hozirgi davr talablari asosida asoslangan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, odob-ahloq, pedagogok, kasbiy etika, xulq-atvor, deontalogiya, kompetentlik, konsepsiya, ta'lim, pedagogika nazariyasi, ta'limot.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL DEONTALOGY AND COMPETENCE IN TEACHER ACTIVITY

ABSTRACT

This article theoretically describes the ethical and professional aspects of preparation for the future teaching profession, the features, content and essence of pedagogical deontology and competence, based on the requirements of modern pedagogical theory. In particular, in pedagogical theory, the concept of deontology is a concept related to professional behavior, based on modern requirements.

Keywords: teacher, ethics, pedagogy, professional ethics, behavior, deontology, competence, concept, education, pedagogical theory, teaching.

KIRISH.

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jamiyatda o'ziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo'lining tanlab olinishi, shuningdek, 08.10.2019 yildagi PF-5847 "O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonda belgilanlan vazifalar asosida jahon talablariga muvofiq keluvchi, uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Ta'lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Bu yo'nalishda amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga

ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifalari belgilangan.

Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to'la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o'zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo'yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish bugunning dolzarb muammo hisoblanadi.

Mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligiga qo'yilayotgan talablar bu borada quyidagi ziddiyatlarning mavjudligini ko'rsatmoqda:

- kasbiy faoliyatning turli yo'nalishlarida talabalarning faol ta'lim olish shakllariga bo'lgan ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning to'la qondirilmayotganligi, shuningdek, pedagogik maslahat hamda psixologik yordam bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar mazkur yo'nalishdagi o'quv-tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish uchun yetarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega emasliklari;

- soha mutaxassislarini kasbiy shakllantirishda talabalar tomonidan ta'lim tamoyillari, mazmuni, metodi va zamonaviy vositalarini mustaqil tanlashlari uchun zarur shart-sharoit yaratilmaganligi hamda bilim va ko'nikmalarning shakllantirilmaganligi;

- oliy ta'lim tizimida bakalavr o'qituvchilarni tayyorlash o'quv rejalari fanlarni bloklararo, blokning ichida va predmet doirasida integratsiyalash kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlari yetarlicha emasligi;

O'qituvchi kasbiy va shaxsiy faoliyatidagi to'siqlar, turli xil konfiliktlarni yetarlicha bartataf etishda albatta, pedagogik deontalogiya va komptentlik juda muhimdir.

"Deontologiya" so'zi deontos - "shart", "burch", logos - "ta'limot", degan ma'noni anglatib, ingliz faylasufi Dj.Bentam mazkur tushunchani ilmiy jihatdan

1 9

asoslagan . Uning "Deontology of science of morally" asarida deontologiya ya'ni, inson axloqi, etikasi haqidagi ilmiy fikrlar bayon qilingan. Keyinchalik Dj.Bentam tomonidan tavsiya qilingan "deontologiya" fanidagi g'oyalar nemis faylasufi I.Kant tomonidan rivojlantirildi, u deontologiyani "etika bu burch, majburiyat etikasidir" deb ta'rifladi.

Dastlab deontologiya so'zi tor ma'noda insonning Ollohga ishonchi, keyinchalik esa keng ma'noda ishlatilib, insonning majburiyatlarini ifodalovchi tushuncha sifatida

1 Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983,p. 121.

2 Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983,p. 124.

izohlangan. Bugungi kunda "Deontologiya" inson tomonidan talab darajasida xulq normalarini va qoidalarini o'rgatuvchi fandir. Deontologiya so'zi kasbiy etikada keng qo'llanilib har bir kasb doirasida kasbning odob, xulq, qonunchilik, sud, pedagog, quruvchi, hamda davlat boshqaruvi tizimida burch, odob-axloq normalarini ifodalaydi.

Pedagogik odobni, burchni egallashda, guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Bunday muhitda o'zaro fikr almashish shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirayotgan qarashlar bilan taqqoslash ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish mavjud bilimlarni yanada boyitishga imkoniyat yaratadi.

Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda odob, axloq, burch va majburiyatlarni yuqori darajada his etish va unga amal qilish haqida sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Yan Amos Komenskiy, zamonaviy pedagog olimlarimiz Malla Ochilov, Xolboy Ibragimov, Dilnoz Ro'ziyeva, Begzod Xodjayev, Oynisa Musurmonova va boshqalar o'qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o'qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo'lgan sifatlar xususidagi fikrlarini bayon qilganlar.

"Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan shaxs ta'lim-tarbiya samaradorligini va inson kamolotini

"5

ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi" , - deb ta'kidlaydi O.Musurmonova o'zining pedagogik mulohazalarida. Yuqoridagi fikrlarga tayanib deontologiya fani qoidalariga asoslanib o'qituvchilarimizga quyidagi maslahatni tavsiya qilamiz: a) o'qituvchilik kasbining asosiy burchi va uning mazmuniga e'tibor berish; b) qo'yilgan talablarning bajarilishida pedagogik xulq-atvor muhim ekanligini inobatga olish. Har bir vazifani bajarilishi o'qituvchining axloqiy qoidalari va me'yorlariga mos kelishi.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida inson turmushining barcha sohalarida kishining xulqi, xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, boshqarib turuvchi qoidalar, tamoyillar, yo'l-yo'riqlar, mezonlar, normalar hamda pand-nasihatlar majmuidan iboratdir. Kishilik jamiyatlaridan barchamizga ma'lumki, insonlarga yaxshilik qilish, to'g'riso'z bo'lish, botirlik, kamtarlik, halollik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlar doimo e'zozlangan. Inson mehnat faoliyatini ma'lum bir soha bilan shug'ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy talablar asosida faoliyat olib boradi. O'qituvchilik kasbi faxrli, obro'li el-yurt nazariga tushgan kasblardan biridir. Xalqimiz o'qituvchilar mehnatini doimo hurmat qiladi, ardoqlaydi. Chunki o'qituvchilarning ko'pchiligi o'z burchini, majburiyatini chuqur his etadi va fidoyilik bilan xalqimizning kelajagi bo'lgan yoshlar tarbiyasida faol qatnashmoqdalar.

"O'qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikri, axloqiy fazilati va e'tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e'tiqod va sifatlar o'qituvchining dars

3 O.Musurmonova. Umumiy pedagogika. Toshkent. "O'zkitob savdo nashriyoti", 2020, 61-bet. zarur.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o'quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala munosabatlarida kundalik turmushda o'zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta'sir o'tkazishda ko'zga tashlanadi. O'qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilat tushunchalariga mos keladi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g'urur, burch, qadr-qimmat, mas'uliyat, vijdon, halollik, rostgo'ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy sifatlar o'qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan tahlil qilinadi. Professor M.Ochilov o'qituvchi burchi to'g'risida ham o'z fikrini quyidagicha ifodalaydi: "O'qituvchi yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish sohasidagi o'z burchini zo'rlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o'z hayotining ma'nosi, ishonch va vijdon da'vati deb hisoblaydi. Fuqarolik burchini his etmoq butun xalq va O'zbekiston davlatining buyuk kelajagi to'g'risida g'amxo'rlik qilishini taqozo etadi"4.

Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotning tub mohiyati, mazkur jarayonlar istiqbolining rivojlanishi bevosita ta'lim-tarbiya va unda faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik xulq-atvori, kompetentiligi, professeonal etikasi bilan bog'liq holda takomillashishini davr isbotlab turibdi. Yangi O'zbekistonni qurish jarayoni taraqqiyot va ijtimoiy hayotning ko'rsatishicha shu jarayonni muvaffaqiyatli amalga tadbiq etishga mas'ul bo'lgan jamiyat a'zolari, eng avvalo o'z kasbining ustasi bo'lgan o'qituvchi-kadrlar va ulaing kasbiy kompetenligi, pedagogik etikasi bilan bog'liq ekanligini taraqqiyot dolzarb vazifa qilib qo'ydi. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, maqsadida olib borilayotgan ishlar mazmunidagi moddiy va ma'naviy qiyinchiliklar, ijtimoiy tahdidlarga qarshi kurash, avvalo, zamona mutaxassisi sog'lom fikr, yangicha tafakkur va ilmiy bilimlarga ega bo'lgan o'qituvchi-tarbiyachi lozimligi taqozo etmoqda. Yuqorida qayd etilgan muammolarning maqsadli hal bo'lishi, shu jarayon ishtirokchisi bo'lgan o'qituvchi-tarbiyachilar, ularning xulq-atvori, kasbiy mahorati va bilim saviyasi bilan belgilanadi.

Chunonchi, bu borada O'zbekiston Respublika Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi", - zero, "Xabaringiz bor, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so'zlagan nutqimda men boshqa ko'pgina muhim masalalar qatorida "Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiya"ni qabul qilishga oid O'zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e'tiborini qaratdi.

Bo'lajak o'qituvchilarda qachon kim yuksak daraja pedagogik deontalogiya va kompetentlik shakllansa, o'z navbatda, ular bo'lajak yurt kelajagini, unib-o'sib

4 Ochilov M."Muallim - qalb me'mori" - T.: "O'qituvchi", 2001. 38-bet

kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo'lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta'lim olishini ta'minlash ustuvor vazifa aylanadi"5.

1-rasm. O'qituvchi faoliyatiga qo'liygan pedagogik deontalogiya va

kompetentlik.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Qayd etilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kun o'qituvchi-tarbiyachisi o'z ixtisosligi bo'yicha yuksak insoniy fazilat, kasbiy xulq-atvor, pedagogik mahorat va pedagogik etika egasi bo'lmog'i darkor. Shu bois oliy pedagogik ta'lim maktablarida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yo'nalishlari bo'yicha ma'lumot berish bilan birga, ularga kasbiy xulq-atvor, pedagogik deontalogiyasi va kompetentlikni, o'qituvchi-tarbiyachilik etikasi bo'yicha ma'lumotlar berish zaruriyati davr talabiga aylanmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son qonuni. - https://lex.uz/docs/5013007

5O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali m arosimdagi nutqi.30.09.2020 yil

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. - https://lex.uz/docs/3107036

3. Ochilov M. Muallim - qalb me'mori. - T.: "O'qituvchi", 2001. 34-35 betlar

4. Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.

5. Alex More. Teaching and learning. Pedagogy. Curriculum and culture. 2004, 146 page

6. Elkonin B.D. "Ponyatie kompetentnosti pozitsiya razvivayushego obucheniya" Moskva. 2002.

7. Ojegov S.I. Slovar russkogo yazika. - Moskva: "Russkiy yazik", 1999. 248 str.

8. Xodjayev B. Umumiy pedagogika. - T.: "Sano-standart", 2017 y. 433 bet

9. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar ta'lim samaradorligining muhim omili. -T.: "Yoshlar tashkiloti", 2020. 52 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.