Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PLATFORMALARDAN FOYDALANISH'

PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PLATFORMALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1166
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / xalqaro standartlar / klassifikator / masofaviy ta’lim / elektron platformalar / ilmiy salohiyat / education / international standards / classifier / distance learning / electronic platforms / scientific potential.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziyayev, Imomali Nigmatullayevich

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi holati, masofaviy ta’limni tashkil etishda mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE PLATFORMS FOR TRAINING SPECIAL SUBJECTS IN THE SYSTEM OF PROFESSIONAL EDUCATION

This article describes the state of the vocational education system in the Republic of Uzbekistan, the existing problems in the organization of distance learning, their elimination and the training of competitive personnel.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PLATFORMALARDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

UDK:377.5

PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA MAXSUS FANLARNI O'QITISHDA INNOVATSION PLATFORMALARDAN FOYDALANISH

Ziyayev Imomali Nigmatullayevich

Toshkent politexnika texnikumi, direktor o'rinbosari, Toshkent, O'zbekiston

[email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi professional ta'lim tizimi holati, masofaviy ta 'limni tashkil etishda mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, xalqaro standartlar, klassifikator, masofaviy ta'lim, elektron platformalar, ilmiy salohiyat.

ИННОВАЦИОННЫЕ ПЛАТФОРМЫ ДЛЯ ОБУЧЕНИЯ СПЕЦИАЛЬНЫМ ПРЕДМЕТАМ В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

АННОТАЦИЯ

На данном статье описываются состояние системы профессионального образования Республики Узбекистан, существующие проблемы и недостатки в организации дистанционного обучения, их устранении и подготовке конкурентоспособных кадров.

Ключевые слова: образование, международные стандарты, классификатор, дистанционное обучение, электронные платформы, научный потенциал.

INNOVATIVE PLATFORMS FOR TRAINING SPECIAL SUBJECTS IN THE SYSTEM OF PROFESSIONAL EDUCATION

ABSTRACT

This article describes the state of the vocational education system in the Republic of Uzbekistan, the existing problems in the organization of distance learning, their elimination and the training of competitive personnel.

Keywords: education, international standards, classifier, distance learning, electronic platforms, scientific potential.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal taraqqiyotini ta'minlashda kelajak uchun keng qamrovli, oqilona asoslangan ustuvor vazifalar va yo'nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning reja va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimizda shakllantirilayotgan, ko'pgina jabhalarda chuqurlashib borayotgan yangicha bozor munosabatlari uzluksiz ta'lim tizimiga, shu jumladan, iqtidorli, tashabbuskor yuqori malakali kadrlar soni va salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan Professional ta'lim muassasalari faoliyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davrida fuqarolar daromadlari, turmush darajasi va respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, natijada yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida aholi bandligini ta'minlash uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda mehnat resurslari intellektual salohiyatini oshirish vazifalari ham bugunning dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalari qatoridan o'rin egallaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi sharoitlarida har qanday tashkilot, korxona va muassasaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi xodimlarning keng dunyoqarashi va mas'uliyatliligi, eng muhimi, rahbar va jamoadagi yuqori malakali kadrlarning bilimi, ko'nikmasi, iqtidori, ma'naviyati, boshqaruv qobiliyati, ilmiy salohiyati va boshqa xususiyatlariga bevosita bog'liqdir. Professional ta'lim muassasalarida raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ulardan yurtimiz osoyishtaligi va obodligi, xalqimiz farovonligi yo'lida maqsadli foydalanish qat'iy raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir. Chunki yuqorida keltirilgan global masalalarning ijobiy hal etilishida mamlakatimizning ulkan ilmiy, ijodiy, intellektual va mehnat salohiyatining tarkibiy qismi bo'lgan, mustaqillik yillaridan hozirga qadar professional ta'lim muassasalarini bitirib, mehnat bozorida bozor iqtisodiyoti talablariga amal qilib, tashkilotlarda samarali faoliyat ko'rsatib kelayotgan yuqori malakali kadrlarning o'rni ahamiyatlidir. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan professional ta'lim tizimini yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Respublikadagi kasb-hunar kollejlari faoliyati tugatilib, xalqaro andozalarga mos bo'lgan, ya'ne YUNESKO

Scientific Journal Impact Factor

halqaro tasniflagichi(keyingi o'rinlarda Xalqaro tasniflagich yoki MSKO)ning 3,4,5 darajalariga mos keluvchi professional ta'lim tizimi joriy etildi. Bunda, xalqaro tasniflagichining 3 darajasiga mos keluvchi kasb-hunar maktablari, 4 darajasiga mos keluvchi idoraviy kollejlar hamda 5 darajasiga mos keluvchi oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan texnikumlarni ko'rishimiz mumkin. Hududlarda yangi professional ta'lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo'limlarning ochilishi, professional ta'lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo'nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Hozirgi zamon sharoitida professional ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni belgilangan o'quv me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan bo'lib, fanlar bo'yicha o'quv dasturlari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlari asosida integratsiyalashtirilgan holda hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Xalqaro andozalarga mos keluvchi professional ta'lim tizimida qanday muammo va kamchiliklar mavjud? degan savollar tug'ilishi tabiiy. Bu savollarga javob berishda muammo va yechimlarni quyidagicha izohlashimiz mumkin.

Birinchidan, yaqin yillar ichida butun dunyoda inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi yuqumli kasalliklar jumladan, koronavirus infeksiyasi kabi viruslar aholi o'rtasida gigiena qoidalariga rioya etish, ijtimoiy masofani saqlash kabi profilaktik chora-tadbirlar ta'lim muassasalarida ham o'quv jarayonini an'anaviy shaklidan masofaviy ta'limga o'tishga ehtiyoj tug'ildi. Oliy ta'lim tizimida aksariyat oliy ta'lim muassasalarida MOODLE dasturiy ta'lim platformasi asosida masofaviy ta'lim tashkil etildi. Biroq ayni shu vaqtda professional ta'lim tizimida ham o'quv jarayonini masofaviy tarzda amalga oshirishda "Aqlli ta'lim" platformalari mavjud emasligi sababli ijtimoiy tarmoqlar va turli xil mesendjerlar orqali o'quv mashg'ulotlari olib borildi. Bu esa o'z navbatida ta'lim sifatini pasayishi, nazorat tizimidagi muammolar, o'quv mashg'ulotlarga bilim oluvchilarning o'z vaqtida qatnashmasligi, hududlardagi internet tarmog'idagi muammolar, mashg'ulot materiallari bit-xajmi turlicha bo'lgani sababli ulardan foydalanishdagi qiyinchiliklar hamda pedagog xodimlar va bilim oluvchilarda ortiqcha internet trafiklari sarflanishi oqibatida xarajatlarning ko'payishiga va buning natijasida ayrim bilim oluvchilar dars mashg'ulotiga qatnashmasligi kabi ta'lim uzluksizligiga salbiy ta'sir etuvchi muammolar kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Misol o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, 2020 yilda birgina Sirg'ali politexnika kasb-hunar kollejida pandemiya sababli tashkil etilgan "onlayn dars" samaradorligi bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomada bilim

Scientific Journal Impact Factor

oluvchilar hamda ulaming ota-onalarining faqatgina 17 foizi ijobiy fikr bildirgan, 83 foiz so'rovnoma ishtirokchilari bilim sifati pasaygani haqida fikr yuritishgan. Vaholanki, ushbu ta'lim muassasasi ko'p yillar davomida bilim berish sifati hamda reytingi bo'yicha Toshkent shahri va Respublika miqyosida yetakchi o'rinlarni egallab kelgan.

Ikkinchidan, yangi tashkil etilgan professional ta'lim tizimida oldingi kasb-hunar ta'limi tizimidan farqli kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari mavjud bo'lib, pandemiya sharoiti bo'lmagan taqdirda ham sirtqi ta'lim shaklida bilim oluvchilarning o'quv yuklamasi boshqa ta'lim shakllaridan ancha farq qilishi ta'lim sifatining pasayishi, bilim oluvchilarning nisbatan kam bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi kuzatiladi. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda sirtqi ta'lim shakli bilim oluvchilari ham masofaviy tarzda "ixtiyoriy dars jadvali" asosida bilim olishlari maqsadga muvofiqdir.

Uchinchidan, «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021/2022 o'quv yilidan boshlab professional ta'lim tizimida "hayot davomida ta'lim" prinsipi asosida "dual" ta'lim tizimi joriy etilishi ko'rsatilgan bo'lib, bilim oluvchilar xafta davomida kamida 2 kun ta'lim muassasasida bilim olib qolgan ish kunlari o'zlarining kasb va mutaxasisliklari mos ravishda korxonalarda yoki ishlab chiqarish tarmoqlarida o'zlarining amaliy ko'nikmalarini mustahkamlashi mumkin bo'lib, korxona va tashkilotlar bilim oluvchilarga ish xaqi to'lashi nazarda tutilgan. Bu esa o'z navbatida yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo'ladi. Biroq, xafta davomida 2 kunlik nazariy yoki amaliy mashg'ulotlarda egallanadigan bilim va ko'nikmalar yoshlarning egallanishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan mininmum talablarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois, "dual" ta'lim tizimi bo'yicha bilim olayotgan yoshlar 2 kunlik an'anaviy ta'lim 4 kunlik masofaviy ta'lim tizimi asosida "aralash" bilim olishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, bilim olish chegarasiz bo'lib, yosh avlodning qisqa davr ichida samarali bilim olishi va o'z navbatida ishlab chiqarish tarmoqlari bilan uzviylikni ta'minlashi mamlakat taraqqiyoti uchun ijobiy ta'sir ko'rsatishi shubhasizdir.

Bugungi kunda professional ta'lim tizimi faoliyatini samarali yo'lga qo'yishda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020/2021 o'quv yili uchun

Scientific Journal Impact Factor

Respublika kollej va texnikumlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish hamda ro'yxatdan o'tkazishda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining idoraviy kollejlar uchun kollej.edu.uz hamda texnikumlar uchun texnikum.edu.uz onlayn elektron platformasi ishga tushirildi. 2021 yilda esa professional ta'lim muassasalari bilim oluvchilari hamda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda professional ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ishsiz fuqarolarni bepul kasb o'qitish qisqa muddatli o'quv kurslari tinglovchilarini yagona ro'yxatga olish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida prof-talim.edu.uz elektron platformalari yo'lga qo'yildi.

Yuqorida ko'rsatilgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda xar bir ta'lim muassasasida "Aqlli ta'lim" elektron paltformalarini yaratish maqsadga muvofiq bo'lib, yaratilgan innovasion o'qitish elektron platformalariga ta'lim muassasasida har bir ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mavjud o'quv jarayoni elektron platformada aks etishi lozim. Bunda platforma foydalanuvchilarini uch guruhga bo'lish mumkin:

Bilim oluvchi(o'quvchi, talaba, tinglovchi)lar - bilim oluvchilar toifasiga kiruvchi foydalanuvchilar berilgan login va maxfiy kodlar orqali tizimga kirib, dars jadvali asosida berilgan mavzu bo'yicha ma'ruza matni, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot topshirig'i, vizual materiallardan foydalanishlari mumkin bo'ladi hamda bajarilgan nazorat ishlari, mustaqil ta'lim hamda boshqa vazifalarni elektron shaklda o' qituvchiga yuboradi.(1 -rasm)

Pedagog xodim(o'qituvchi, ishlab chiqarish ta'limi ustasi, yo'riqchi va boshqalar)lar - pedagog xodimlar uchun alohida login va maxfiy kod beriladi hamda pedagog xodim toifasiga kiruvchi foydalanuvchilar tizimda o'quv mashg'ulotini to'liq tashkillashtiradi hamda olib boradi. O'quv mashg'ulotini tashkillashtirishda dars mavzusi bo'yicha barcha materiallarni tizimga joylaydi, bilim oluvchilarning mashg'ulotga qatnashishlarini nazorat qiladi, bajarilgan topshiriqlarni tekshiradi hamda baholaydi, o'quv mashg'uloti vaqtida jonli videokonferensiyalarni tashkillashtiradi.

Ma'muriy xodim(administrator) - butun o'quv jarayonini nazorat qiladi, jumladan, pedagog xodimlar va bilim oluvchilar faoliyatini to'liq nazorat qiladi, o'zlashtirish hamda o'quv mashg'uloti borishi monitoringini yuritadi. Pedagog xodimlar va bilim oluvchilarga tizimga kirishlari uchun login va maxfiy kodlar beradi.

Scientific Journal Impact Factor

Professional ta'lim tizimi uchun "Aqlli ta'lim" elektron platformalarini yaratishda barcha professional ta'lim muassasalari uchun yagona platforma joriy qilish qiyin kechadi, chunki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ta'lim muassasalarida tegishli kasb va mutaxasisliklar bo'yicha o'quv rejasi asosida o'quv dasturlari ishlab chiqarish birlashmalari, biriktirilgan oliy ta'lim muassasasi hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida hamkor tashkilotlar bilan

kelishilgan holda tuzilishi hamda tasdiqlanishi ko'rsatib o'tilgan. Bu esa o'z

259

Scientific Journal Impact Factor

navbatida ta'lim muassasalaridagi tasdiqlangan o'quv dasturlaridagi mavzular o'zaro mos kelmasligi mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari ta'lim dasturlaridagi xar bir mavzu bo'yicha elektron platformaga joylanadigan materiallar xajmi ko'pligi, millionlab foydalanuvchilarining bir vaqtda tizimdan foydalanishlarini inobatga olsak ushbu elektron platformasini yaratishda yuqori sifatli zamonaviy moddiy texnik baza talab etiladi. Platforma yuqori operativ xotirali hamda ko'p sig'imli serverga ulanishiga ehtiyoj tug'iladi. Bu kabi muammolarga yechim sifatida tizim yuklamasini qismlarga bo'lishni ko'rsatishimiz mumkin. Bunda har bir ta'lim muassasasi uchun alohida elektron platformasi yaratilishi hamda alohida server o'rnatilishi maqsadga muvofiq bo'lib, muammolarga yechim bo'la oladi.

Bugungi kunda Respublikamizda axborot texnologiyalari yo'nalishida kadrlar tayyorlash tizimida bir qancha ishlar amalga oshirilayotgan bo'lib, bunga misol tarzida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir necha hududlarda filiallari, "Bir million dasturchi" kabi yirik loyihalar tashkil etilganligini ko'rsatishimiz mumkin. Shu barobarda, professional ta'lim muassasalarida innovasion elektron platformalarni yaratish hamda ulardan foydalanish, doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadida har bir muassasa ma'muriy xodimlarini innovasion elektron platformalar yaratish bo'yicha Davlat byudjeti hisobidan maxsus o'qitish hamda domiy ravishda malakasini oshirish tizimini joriy qilinishi pedagog xodimlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga hamda tizimda yosh avlodni o'qitishda yangicha yondashuvga erishishga zamin yaratadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi zamon globallashuv sharoitida axborot texnologiyalari vositasida kadrlar tayyorlash muhim o'rin tutadi. Zero, kundalik hayotimizda, iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda va hayot faoliyatimizning barcha sohalarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishimiz muqarardir.

REFERENCES

1. Qo'ysinov O.A. "Kasbiy pedagogika" fanidan elektron darslik. O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi guvohnomasi №DGU 03392. Toshkent-2015

2. Qo'ysinov O.A. "Barkamol shaxsni shakllantirish, sog'lom turmush madaniyatiga ega yoshlarni tarbiyalashda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish" "Mustaqil

XULOSA

yil.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston innovasion taraqqiyot yo'lida" Respublika konferensiya materiallari. -Toshkent-2017 yil.

3. Kuysinov O. "Improving the methodologies of raising the effectiveness of continuous education on the basis of ensuring content consistency" «Actual problems of modern science, education and training» Electronic Journal. July, 2021-7/1. ISSN 2181-9750

4. Ibraymov A. Masofaviy o'qitish tizimini tashkil etish va o'quv kurslari mazmunini ishlab chiqishning o'ziga xos xususiyatlari. O'zMU xabarlari. - Toshkent, 2016 yil.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.