BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING MA'NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH ZAMONAVIY TA'LIMNING ASOSIY MEZONI
O'tkirbek Tojiddinovich Mamajonov
Andijon davlat universiteti, Pedagogika fakulteti o'quv ishlar bo'yicha dekan
o'rinbosari
Ushbu maqolada ma'naviyat, qadriyat tushunchalari, Bugungi kunda ta'lim-tarbiya ishlari jamiyat manfaatlarini ko'zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozimligi, bunda yosh avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalarni mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish hamda ta'lim sifatini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviy kompetentligini rivojlantirishning o'ziga xos ahamiyati va zarurati haqida so'z boradi.
Tayanch tushunchalar: zamonaviy ta'limi,ma'naviy tarbiya, sifatli ta'lim, o'qituvchi ma'naviyati, bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lish, ma'naviy qadriyatlar, davlat siyosati.
Ta'lim modernizatsiyasi zamonaviy nazariya va amaliyot asosida tarbiyaning yangi modellarini yaratish jarayonidir. Zamonaviy ta'lim qadriyat jihatidan yaxlit voqelik bo'lib, bu inson shaxsiga samarali ta'sir ko'rsatish natijalarida aks etadi. U madaniyatlarning uzatuvchisi bo'lib qolmay, uni shakllantirish mexanizmi sifatida ham o'z aksini jamiyat taraqqiyotida namoyon etadi.
Qadriyatlar bu umumiy maqsadlar va ularga erishish vositalari bo'lib, bilimlar integratsiyasini ta'minlovchi fundamental me'yorlar vazifasini bajaradi, bu esa, individga hayotda muhim ahamiyat kasb etadigan holatlarda o'zini tutishning maqbul shaklini tanlashga yordam beradi. Qadriyatlar - ta'lim oluvchi ichki salohiyatining individual rivojlanishi hamda yangi sifatlar va qobiliyatlarning shakllanishi ko'rsatkichidir (inson faoliyatining ma'lum bir sohasida, xususan - kasbiy faoliyatda).
So'nggi yillarda ta'lim tizimi, shu jumladan, oliy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim
ANNOTATSIYA
to'g'risida"gi Qonunida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining
June 3
asosiy prinsiplari sifatida ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi, ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati1kabilar belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ- 3151-son "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning kasbiy kompetentligi bilan insoniy fazilatlarini uyg'unlashtirish, professor-o'qituvchilarning tarbiyaviy mas'uliyatini oshirish, ta'lim va tarbiya uyg'unligini amalda ta'minlash uchun fanlarning har bir mavzusidagi tarbiyaviy maqsaddan unumli foydalanilishini ta'minlash"1kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta'lim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish; davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyati oliy ta'lim muassasalari tomonidan televideniye va ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi e'tiboriga yetkazilishini ta'minlash1kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Ayniqsa, "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da talabalarning ma'naviy kompetentligini rivojlantirish bilan bevosita bog'liq qator muhim yo'nalishlar belgilab berildi:
-davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta'lim-tarbiya usullaridan foydalanish;
-yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarziga rio ya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy
June 3
qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlamikamoltoptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
-talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yo'lida birlashtirish maqsadida ta'lim-tarbiyaning ta'sirchan usullari, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e'tiborga olish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
"Maktab - ma'naviyat va ma'rifat o'chog'i" konsepsiyasi doirasida oliy ta'lim muassasalarining umumta'lim maktablari bilan o'quvchi-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, kasbga yo'naltirish va mustaqil hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik modeli asosida hamkorligini rivojlantirish5 kabilar.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14-avgustdagi PQ-3907-son "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma'naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish"1bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish masalalari alohida e'tirof etilganligida ko'ramiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori7 hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko'maklashish" muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.
Ma'lumki, ma'naviyat tushunchasi mazmun va mohiyat jihatidan murakkab hamda serqirra bo'lib, u inson qalbidagi ilohiy bir nur kabi bo'lib, uni ta'riflash juda murakkabdir.
Bugungi kunda ta'lim-tarbiya ishlari jamiyat manfaatlarini ko'zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda
amalga oshirilishi lozim. Zero, tarbiya o'z mohiyatiga ko'ra yosh
June 3
avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalarni mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish jarayoni bo'lib, tarbiyaning o'zi tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash sifatida amalga oshiriladi va jamiyat tomonidan o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'lum yo'nalishda tarbiyalashga ko'maklashadigan tizim sifatida tashkil etilishida o'z ifodasini topadi. Bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviy kompetentligini rivojlantirish dolzarb muammo sifatida o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lib, bu ta'lim siyosatini sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. (23.09.2020). // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli Qarori. www.lex.uz
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 3775-son Qarori. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018 y., 07/18/3775/1313-son.
4. Узбекистан Республикаси Президентининг 2018йил 14августдаги ПК-3907-сон"Ёшларни маънавий-ахлокдй ва жисмоний баркамол этиб тарбиялаш, уларга таълим-тарбия бериш тизимини сифат жихдтиданянги боскичга кутариш чора-тадбирлари тугрисида"ги Карори. // Конун хужжатлари маълумотлари миллийбазаси,15.08.2018й.,07/18/3907/1706-сон;14.12.2019й.,06/19/5894/4161 -сон.
June 3