Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI ORQALI BO`LAJAK PEDAGOGLARDA TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI ORQALI BO`LAJAK PEDAGOGLARDA TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5738
448
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ахлоқ / бурч / масъулият / қадрият / madaniyat / etnografiya / vatanga sadoqat / tadbirkorlik / irodalilik / mafkuraviy immunitet / mehr-oqibatlilik / mas’uliyatlilik / tolerantlik / huquqiy madaniyat / innovatsion fikrlash / mehnatsevarlik / нравственность / долг / ответственность / ценность / культура / этнография / лояльность к родине / предприимчивость / воля / идеологический иммунитет / доброта / ответственность / толерантность / правовая культура / новаторское мышление / трудолюбие.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Norboeva Sarvinoz Mengalievna

Ushbu maqolada muallif tomonidan Sharq mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyotga qo`shgan hissasi, ma`naviyat, madaniyat va taʼlim-tarbiya sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi isteʼdodli avlodlar toʼlqinining paydo boʼlishi haqida ma`lumotlarni o`rganish bugungi kunda ma’naviyat tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir mutaxassisning vazifasi ekanligi ajdodlarimiz asrlar mobaynida yaratgan ma’ naviy merosni o`sib kelayotgan avlod, butun xalqimiz poydevori ekanligi alohida ajratib ko’rsatilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ БАЗОВЫХ ДУХОВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ

В данной статье автор приводит сведения о вкладе открытий мыслителей Востока в современную науку и развитие, о несравненном подъеме в областях духовности, культуры и образования, создании научных школ, появлении волны новых талантливых поколений, подчеркивается, что учеба является долгом каждого специалиста, занимающегося сегодня духовным воспитанием, и что духовное наследие, созданное нашими предками на протяжении веков, является фундаментом подрастающего поколения и всего нашего народа.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI ORQALI BO`LAJAK PEDAGOGLARDA TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH»

Norboeva Sarvinoz Mengalievna,

Termez davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ish" kafedrasi 2-kurs doktoranti. (DSc) 13.00.01 -Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI ORQALI BO'LAJAK PEDAGOGLARDA TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

UO'K: 3.37.378-378.2 DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_12_4

NORBOEVA S.M. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI ORQALI BOLAJAK PEDAGOGLARDA TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada muallif tomonidan Sharq mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyotga qo'shgan hissasi, ma'naviyat, madaniyat va ta'lim-tarbiya sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste'dodli avlodlar to'lqinining paydo bo'lishi haqida ma'lumotlarni o'rganish bugungi kunda ma'naviyat tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir mutaxassisning vazifasi ekanligi ajdodlarimiz asrlar mobaynida yaratgan ma' naviy merosni o'sib kelayotgan avlod, butun xalqimiz poydevori ekanligi alohida ajratib ko'rsatilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: ахлок, бурч, масъулият, кадрият, madaniyat, etnografiya, vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik.

НОРБОЕВА С.М. РАЗВИТИЕ БАЗОВЫХ ДУХОВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ

В данной статье автор приводит сведения о вкладе открытий мыслителей Востока в современную науку и развитие, о несравненном подъеме в областях духовности, культуры и образования, создании научных школ, появлении волны новых талантливых поколений, подчеркивается, что учеба является долгом каждого специалиста, занимающегося сегодня духовным воспитанием, и что духовное наследие, созданное нашими предками на протяжении веков, является фундаментом подрастающего поколения и всего нашего народа.

Ключевые слова и понятия: нравственность, долг, ответственность, ценность, культура, этнография, лояльность к родине, предприимчивость, воля, идеологический иммунитет, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, новаторское мышление, трудолюбие.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

NORBOEVA S.M. DEVELOPMENT OF BASIC SPIRITUAL COMPETENCES IN FUTURE EDUCATORS THROUGH THE PEDAGOGICAL APPROACHES OF EASTERN THINKERS

In this article, the author provides information about the contribution of the discoveries of Eastern thinkers to modern science and development, the incomparable rise in the fields of spirituality, culture and education, the creation of scientific schools, and the emergence of a wave of new talented generations. It is highlighted that learning is the duty of every specialist engaged in spiritual education today, and that the spiritual heritage created by our ancestors over the centuries is the foundation of the growing generation and our entire nation.

Key words and concepts: morality, duty, responsibility, value, culture, ethnography, loyalty to the country, entrepreneurship, will, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, hard work.

Kirish.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohadagi islohotlar ta'lim tizimida ham yangilanishlar bo'lishini taqozo etmoqda. Ta'lim sohasini isloh qilishga oid dav-lat siyosati ta'lim tizimi rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini riv-ojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsi-yasida tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axlo-qiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modern-izatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga aso-slangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmo-qlarini rivojlantirish maqsadida ilmiy izlanishlarni olib borishga imkoniyatlar yaratildi. Olib borilgan tadqiqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentin-ing 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasala-rida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"1gi PQ-3775-sonli qarori, 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosq-

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son Qarori. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018y., 07/18/3775/1313.

ichga ko'tarish chora tadbirlari to'g'risida"2gi PQ-3907-son qarori, 2020 yil 23-sentabrda O'zbekiston Respublikasning "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-637-son, 2020 yil 23-sentabr)3 ta'limni tubdan isloh qilishda amaliy dastur bo'ldi. Ta'lim soha-sidagi mazkur hujjat Respublikada ta'limni rivojlantirish ustuvor soha ekanligi e'tirof etish bilan birga xalq ta'limi sohasining barcha yo'nalishlarida modernizatsiyalash ishlariga katta yo'l ochib berdi. Ta'lim islohotlaridan asosiy maqsad - xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma'naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Agar jamiyat hay-otining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlar-imizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat"4.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907-son Qarori. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y.,

07/18/3907/1706-son; 14.12.2019 y., 06/19/5894/4161-son.

3 O'zbekiston Respublikasning "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-637-son, 2020 yil 23-sentabr) Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 -y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19-yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektordagi nutqi. - https:// president.uz/oz/lists/view/4089

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaf-faqiyati, jamiyatning axloqiy va ma'naviy takomili ko'p jihatdan yoshlarning ma'naviy tarbiyasiga bog'liq.

Mavzuning dolzarbligi. Sharqu G'arbni o'zaro bog'lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutas-hgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o'rta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar etishib chiqqan. Ularning matema-tika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tib-biyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko'plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaha-rlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning ma'naviy mulki hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: «tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlod-larga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"1.

Sharqning ulug' allomalari va mutafakkirlarin-ing kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqi-yot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qan-day o'zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoni-yat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o'z-o'zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an'analar, tegishli shart-sha-roit, tafakkur maktabi, madaniy-ma'naviy muhit mavjud bo'lmog'i kerak.

Xush ma'naviy-axloqiy tarbiyaning rivojlanishi avvalo nimaga bog'liq? O'rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, ma'naviyat, madaniyat va ta'lim-tarbiya, sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste'dodli avlodlar to'lqinining paydo bo'lishi va voyaga etishi —iqtisodiyot, qishloq va shahar xo'jaligining ancha jadal o'sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo'llar qurilishi, yangi karvon yo'llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta'minlanishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan.

Ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi-gan xalqimizning ma'naviy qadriyatlari azaldan umuminsoniy g'ovalar bilan uyg'unlashib ketgan. Bugungi kunda ma'naviyat tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi har bir mutaxassisning

1 Mirziyoyev Sh. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19-oktyabr.

vazifasi ajdodlarimiz asrlar mobaynida yarat-gan ma' naviy merosni o'sib kelayotgan avlod, butun xalqimiz mulkiga aylantirishdan iborat, toki bu meros xalqimizning farovonligi, yuksak ma'naviyati davlatimiz qudratini oshirishga xiz-mat qilsin.

Mazkur maqolaning maqsadi. Sharq mutaffakirlarining pedagogik qarashlaridan foy-dalanib, bo'lajak pedagoglarning ma'naviy-axlo-qiy fazilat (kompetensiyalari)larini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Ilmiy adabiyotlar tahlili. Vatanga sado-qat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immu-nitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerant-lik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tushunchalar xalqda qadim-dan ma'naviy-axloqiy fazilatlar sifatida faylasu-flar, mutafakkirlar, pedagoglar e'tiborini jalb etib kelgan.

Jumladan, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino-larning pedagogik qarashlarida ma'naviy axloqiy fazilatlarni rivojlantirish masalasi ilgari surilgan.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Sharq mutafak-kirlarining pedagogik qarashlarini o'rganish va tahlil qilish orqali bo'lajak pedagoglar ma'naviy kompetensiyasi, shaxs integrativ xususiyati, ma'naviy bilimdonlik va ma'naviy qadriyatlar tizimida o'z o'rnini aniqlash imkonini beradi. Shunda kelib chiqqan holda, hayotiy vaziyatlarn-ing keng doirasida ma'naviy yetukligini namo-yon qilish qobiliyati batafsil bayon etilgan.

Tadqiqotning ob'yekti. Bo'lajak pedago-glarda tayanch ma'naviy kompetensiyani rivo-jlantirishda sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridan foydalanish.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. Mazkur tadqiqotda pedagogikaning ilmiy va o'quv-uslu-biy adabiyotlarini tahlil qilish, pedagogik kuza-tish va suhbat metodlaridan foydalanildi.

Abu Abdulloh Xorazmiy «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Yer sathini o'lchash», «Quyosh soatlari to'g'risida», «Yahudiylar tarixi va ularning bayra-mlarini belgilash» kabi asarlari orqali bilish naz-ariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchilardan bo'lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U birinchi marta insonlar o'rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Hindlarning o'nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

butun dunyoga yoyildi.Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi1.

Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma'nolari to'g'risida»2, kabi asarlarida alloman-ing ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan. Uning pedagogik qarashlarida quyidagilarni ko'rish mumkin. Biz bilamizki, Forobiy birin-chi bo'lib ta'lim va tarbiyaga ta'rif bergan. U insonda go'zal fazilatlar ikki yo'l - ta'lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta'lim naz-ariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug'ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarni birlashtiradi, ta'lim so'z va o'rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi bir-lashsa, yetuklik namoyon bo'ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko'nikmalarni qay dara-jada o'rganganligiga qarab paydo bo'ladi, deb ko'rsatadi. Ta'lim-tarbiya ikki yo'l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so'zlar va majbur etish. Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so'zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo'lsin, xiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo'lsin, diyo-natli bo'lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. Inson yaxshi tarbiya ko'rmagan va tur-mushda yaxshi tajriba orttirmagan bo'lsa, u ko'p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo'rin bo'lib ko'ringan narsalar zaruriy bo'lib chiqadi deb o'z asarlarida har bir shaxsda ma'naviy axloqiy fazilatlarni rivo-jlantirish har bir davr uchun eng dolzarb masala ekanligini ta'kidlaydilar.

"Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilim-donlik, donolik va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning ehg muhimi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bo'lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq

1 Al-Xorazmiy Muhammad ibn Muso. Tanlangan asarlar, "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqa kitob". -Toshkent, 78 bet.

2 K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 81-bet.

tushunchasiga aql bilan uzviy bog'liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi"3.

Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o'rta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o'zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan.

"Forobiy inson baxt - saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi. U fozil sha-harni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 - sog' - salomat bo'lib, o'z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmasligi; 2 - tabiati nozik, farosatli; 3 - xotirasi mustahkam, 4 - zehni o'tkir, 5 - o'z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 - bilim-ma'rifatga havasli, 7 - taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ocho-fat emas, aksincha, o'zini tiya oladiga bo'lishi (qimor yoki boshqa o'yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan, 9 - o'z qadrini biluvchi va oriyatli bo'lishi, 10 - mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 - adolatpar-var, 12 - qat'iyatli, sabotli, jur'atli, jasur bo'lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko'rishni istaydi.

Forobiy o'zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo'ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobili-yatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko'nikmalariga e'tibor berishlik zarur deydi. U o'zning "Baxt saodatga erishuv yo'llar haqida risola" asarida "Dav-latning vazifasi insonlarni baxt - saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritadi". Forobiy dav-latni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; yani jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo'lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata oli-shi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi, boshqalarga g'amxo'r bo'lishi lozim deydi"4.

3 K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 82-bet.

4 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent, Abdulla qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlar-dan qolgan yodgorliklar», «Saydana» asarlar-ida insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma'naviy qiyofasidagi bar-cha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo'ladi. Beruniy ta'limotiga ko'ra inson kamolotida uch narsa muhim rol o'ynaydi: 1. Irsi-yat. 2. Muhit. 3. Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilim-larni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o'quvchiga bilim berishda:

• o'quvchini zeriktirmaslik;

• bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;

• uzviylik, izchillik;

• yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etish va hokazoga e'tibor berish kerakligini uqtiradi.

U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsiz-likda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta'kidlaydi. Beruniyning fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.

Abu Rayhon Beruniy ham axloqiy tarbiyaga quyidagicha ta'rif beradi. Axloqliylik yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurash natijasida namoyon bo'ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq atvorini belgi-laydigan mezon sifatida qo'llaniladi.

U yaxshi xislatlarga to'g'rilik, odillik, o'zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadam-lik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbar-likda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.

Yomon illatlarga esa hasadgo'ylik, bax-illik, nosog'lim raqobat, o'z manfaatini ko'zlash,mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.

Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma'nosida ishlatib, "Yodgorliklarda" "Faxrlanish- haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe'llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shu sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa, hukm uning zarariga bo'ladi"1.

1 Abu Rayxon Beruniy.Tanl. asarlar. 1 t. - Toshkent, 1968, 151-bet.

Demak, Beruniy insonning ma'naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo'ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida "qizil ip" bo'lib o'tganidek, shu an'anaga muvofiq Beruni-yda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamol-likning muhim tomonlaridir.

Beruniy saxovat (O'zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), muruv-vat (odamlarga xayrixoh bo'lish, halollik va haqgo'ylik, o'z mehnati bilan kun ko'rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko'rsatuvchi xislat-lar deb biladi.

Insonning axloqiy kamolga etishi muammosi butun ta'lim-tarbiya tizimida markaziy masala bo'lib kelgan.

Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to'sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg'onchilik, muno-fiqlik, manmanlik takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo'yish va ta'magirlik, g'azab va johillik inson uchun eng ashaddiy deb qaraydi.

Zero, uning o'zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma'naviy meros qoldirdi.

Abu Ali ibn Sino «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haq-ida risola», «Al-qonun», «Ishq haqida risola», «Xay ibn-Yaqzon», «Donishnoma»2 va boshqa asarlarida ma'naviy axloqiy fazilatlarni rivo-jlantirishni yoshlikdan amalga oshirib borishni uqtirib o'tadilar. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o'ch olish, adovat, bo'hton, iroda-sizlik kabilardir. U bilim olishda bolalarni jamoa bo'lib maktabda o'qitish zarurligini ko'rsatadi va ta'limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:

1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib ko'ymaslik;

2) ta'limda yengildan qiyinga ori shorkali bilim berish;

3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

4) o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;

2 K.Hoshimov, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov "Pedagogika tarixi" O'quv qo'llanma - Toshkent. "O'qituvchi" 1996, 89 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

6) o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish.

Ibn Sino yuksak axloqiy sifatlarni shakllan-ishida ilmli do'st ham munim rol uynaydi deb biladi. Olim do'stlikni shunday ta'riflaydi:

• har qanday qiyinchiliklarga qaramay o'z do'stini xavf-xatarda yolg'iz qoldirmaydigan do'stlik;

• manfaatlari o'xshash va g'oyaviy yaqin do'stlik;

• o'z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do'stlik. Ibn Sino birin-chi va ikkinchi xil do'stlikni haqiqiy do'stlik deb e tirof etadi1.

Mutafakkirlarning buyuk xizmatlaridan biri shundaki ular insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug'laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ'ib qiladi.

Yuqorida mutafakkirlarning pedagogik asar-larini o'rganish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil riso-lalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalangan, ilm-fan sohasida tarbiyani targ'ib qiluvchi fanlari orqali ham tadqiq etish, o'rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.

Taklif va xulosa sifatida quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz:

- barcha ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlar va talabalarning yoshiga mos ravishda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga va o'z-ozini anglashga yordam beradigan mutafakkirlarimizning asarlarini darslik, o'quv qo'llanmalarda mujassamlashtirish uchun peda-gogik-psixologik dasturlarni yaratish;

- oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-axlo-qiy tarbiyani bugungi kun talablariga ko'tarish, talaba-yoshlar dunyoqarashiga ta'sir qiluvchi mutafakkirlarimizning asarlarini o'qib o'rganish va uni tahlil qilishga imkoniyat yaratuvchi turli madaniy, ma'rifiy, siyosiy, ijtimoiy tadbirlarni ko'proq tashkil etish.

- bo'lajak pedagoglarda ma'naviy-axloqiy bilimlarni chuqurlashtirish va o'z mutaxassislig-ini mukammal egallashga xizmat qiladigan tar-ixiy manbalardan muntazam foydalanish;

- talaba-yoshlar bilan turli sohaning etakchi, namunali, ya'ni zamonamiz qahra-monlari bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar o'tkazish, davra suhbatlarini o'tkazishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish;

- talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish va ularda milliy o'z-o'zini anglashni shakllantirishda muborak qadamjolarni ziyorat qilish, tarixiy maskanlarga sayohat uyushtirish, xalq og'zaki ijodi hamda ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy va madaniy meroslari bilan yaqindan tanishtirib borish g'oyat muhim.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2G1B yil S iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-377S-son qarori. || Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018y., G7|1 B|377S|1313.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2G1B yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-39G7-son qarori. || Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, ^B^B y., 07|18|3907|1706-son; 14.12.2G19 y., G6|19|SB94|4161-son.

3. O'zbekiston Respublikasning "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (O'RQ-637-son, 2G2G yil 23-sentabr) Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.G9.2G2G-y., 03|20|637|1313-

1 Irisov A. Abu Ali ibn Sino. Hayoti va ijodiy merosi. - Toshkent, "Fan", 1980, 175 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079 - son.

5. Mirziyoyev Sh. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19-oktyabr.

6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent, Abdulla qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

7. Abu Rayxon Beruniy.Tanl. asarlar. 1 t. - Toshkent, 1968, 151-bet.

8. Al-Xorazmiy Muhammad ibn Muso. Tanlangan asarlar, "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqa kitob". - Toshkent, 78 bet.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Irisov A. Abu Ali ibn Sino. Hayoti va ijodiy merosi. - Toshkent, "Fan", 1980, 175 b.

10. K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 81-bet.

11. K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 82-bet.

12. K.Hoshimov, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov "Pedagogika tarixi" O'quv qo'llanma - Toshkent. "O'qituvchi" 1996, 89 b.

3AMOHABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OBPA3OBAHME 2022, 12 (121)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.