Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4433
254
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / ta’lim / odob-axloq / barkamol inson / insonparvarlik / ma’naviy fazilatlar / milliy qadriyat / milliy tafakkur. / upbringing / education / morality / harmonious human being / humanity / spiritual qualities / national values / national thinking.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O’sarova, Gulrux Axmatovna

Mazkur maqolada Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish, pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF EASTERN THINKERS IN THE EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

In this article, the knowledge of approaches and ideas of education in the creative work of Eastern thinkers, ideas, methods of education in the minds of the younger generation, their proper use in life, important features of the pedagogical skills of teachers in the process of pedagogical education. revealed that one.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

O'sarova Gulrux Axmatovna

Navoiy viloyat Navoiy shahar Alisher Navoiy nomidagi IDUM uTarbiya va huquq fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta 'lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to'g'ri foydalanish, pedagogik ta'lim jarayonida o'qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, ta'lim, odob-axloq, barkamol inson, insonparvarlik, ma 'naviy fazilatlar, milliy qadriyat, milliy tafakkur.

АННОТАЦИЯ

В данной статье знание подходов и идей воспитания в творчестве восточных мыслителей, идеи, методы воспитания в сознании подрастающего поколения, их правильное использование в жизни, важные особенности педагогического мастерства педагогов в процессе педагогического образования.

Ключевые слова: воспитание, образование, нравственность, гармоничная личность, человечность, духовные качества, национальные ценности, национальное мышление.

ABSTRACT

In this article, the knowledge of approaches and ideas of education in the creative work of Eastern thinkers, ideas, methods of education in the minds of the younger generation, their proper use in life, important features of the pedagogical skills of teachers in the process ofpedagogical education. revealed that one.

Keywords: upbringing, education, morality, harmonious human being, humanity, spiritual qualities, national values, national thinking.

KIRISH

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalar ekanlar: "Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy

an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz".

15

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o'z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'laydilar va shunday fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga yetkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi esa buyuk bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mashoyixlarning aytishlaricha: "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdur". Shuningdek, taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" deya ta'kidlagan edi.

Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo'lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o'rgata borish, kattalar mehnatini e'zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o'rgatish oilaning diqqat markazida bo'lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta'lim bilan birga hunar o'rgatishga bog'lab davom ettirish lozimligini alohida ta'kidlagan. Ulug' mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo'lib o'tishini sinchkovlik bilan o'rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholaganlll . O'z-o'zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.

Mahmud Qoshg'ariy "Devoni lug'atit turk" asarida —Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so'zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o'rganib, amalga oshirl, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e'zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradilll . Sohibqiron Amir Temur o'z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo'lib ajralib chiqqan hunarmandchilik - to'qimachilik, yog'och va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tosh o'ymakorligi, gilam to'qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo'lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo'l ko'yilmagan. Ajdodlarimiz o'z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta'limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta'limiga ta'lim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o'ylab mehnat turini tanlash to'g'risidagi pand va nasihatlarini ko'rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta'lim oluvchilarning individual, o'ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta'kidlab, —Insonlar tabiatan teng bo'lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan, deydi.

Farobiy o'rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat haqidagi bir butun ta'limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida hamma tomonidan qabul qilingan. Farobiy o'z asarlarida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan:

1. Ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari.

2. Ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko'rinishlari.

3. Shahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari.

4. Jamiyatda insonning o'rni va majburiyati, ta'lim-tarbiya masalalari.

5. Davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy baxt-saodatga erishishning yo'llari va vositalari.

Ijtimoiy hayot haqidagi fanlar jumlasiga Farobiy shahar-davlat yoki siyosiy fanni (al-madaniyya), huquqshunoslik (fiqh) va musulmon ilohiyotini (kalom) kiritdi. Axloq va ta'lim-tarbiya haqidagi fan (pedagogika) siyosiy fanlarning bir qismini tashkil etib, umumiy baxt-saodatga erishish yo'llarini ko'rsatib berishi lozim. Axloq fani (etika) - bu jamiyat a'zolarining hatti-harakatlari haqidagi bilim bo'lsa, siyosiy fan - umuman barcha jamiyat a'zolarining fe'l-atvori va hatti-harakatlarini boshqarish haqidagi bilimdir. Farobiy fikricha, davlatni boshqarish ikki xil bo'ladi: davlat aholisini haqiqiy yoki xayoliy baxt-saodatga etaklab olib boruvchi. Boshqarish san'ati idora qilishning nazariyasini ham, amaliyotini ham nazarda tutadi. Ularni birga qo'shib olib borish, ayrim olingan har bir muayyan holatda, davlatni to'g'ri boshqarish imkoniyatini beradi.

Farobiy asarida Fozil shaharni saodatga olib boradigan jamoat to'g'risida o'z maqsadlarini aytib o'tadi. Fozil shahar butun bir ahlini saodatga yetaklaydigan baxt

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

talab qiladigan shahardir. Adshgan shahar esa uning ahli vaqtinchalik zoye ketadigan narsalarni talab qiladi.

Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida hamda odamlarning o'z ehtiyojlarini qondirishga bo'lgan intilishlari tufayli kelib chiqadi. U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun zarurdir1. Jamiyat turli xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o'ziga xos fe'l-atvorlari va xislatlarini Farobiy u yoki bu xalq yashayotgan jo'g'rofiy sharoit xususiyatlari bilan bog'liq ravishda tushuntiradi. Farobiy shahar-davlatlarni fozil yoki orzudagi va johilga bo'ladi. Orzudagisi - bu shunday shaharki, u aholisining o'zaro hamkorligi asosida mavjuddir. Shahar-davlatning ichki va tashqi vazifalari bor.

Kamolotning yuqori cho'qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona tanlash imkoniyati bor. Bu yerda yakkahokimlik yo'q bo'lib, haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday shaharlarning aholisi o'z boshlig'ini saylaydi, ammo uni har qachon hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. Bunday shaharlarning boshliqlari o'z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar2. Boshliq - bu o'ziga xos muallim bo'lib, o'z o'quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish yo'llarini o'zlashtirishga o'rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo'ladigan boshqaruvni tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir a'zosi ushbu xususiyatlardan birortasini mujassamlashtirmog'i lozim bo'ladi.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko'rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo'naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo'lini mustaqil tanlashiga alohida e'tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo'llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o'rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.

Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo'shganidan dalolat beradi. Umumta'lim maktablarida kasbga yo'naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.

1 Forobiy.Fozil shahar aholisi qarashlari haqida risola // V kn.: С.Н.Григорян. Из истории Средней и Ирана VII-XII веков. -М., 1960. 136-б.

2 Qarang:Forobiy Majmut at-rasil al-hukuma.O'z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida arab tilida saqlanayotgan 2385raqamli ostidagi qo'lyozma 2a sahifasi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko'p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig'', Kaykovusning "Qobusnoma'' asari, Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq'', Sa'diyning "Guliston'', Jomiyning "Bahoriston'', Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub'', Davoniyning "Axloqi Jaloliy'' kabi asarlarida sog'lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo'llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. Shunday asarlardan biri Kaykovusning "Qobusnoma" asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri 49 xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo'llanma bo'lib kelayotgan "Qobusnoma" asari hozirgi o'zgarishlar davrida insonni ma'naviy kamolotga yetkazishda muhim o'rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida G'arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o'z o'g'li Gilonshohga bag'ishlab Nasihatnomasini yaratdi va uni bobosi podshoh Shamsul maoniy Qobus sharafiga "Qobusnoma" deb ataydi. Bu asar juda ko'p sharq va g'arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda "Qobusnoma'' asari birinchi marta buyuk o'zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan.

Ushbu asar muqaddima va qirq to'rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G'ilonshoh shajarasi xususida yozib, —Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug'dur deydi. Kaykovus Qobusnoma asarida ilmni uchga bo'ladi: biror kasb-hunarga bog'liq ilm, ilm bilan bog'liq bo'lgan kasbhunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo'liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo'lish, bekorchilikdan o'zini tiyish, doimo shodxurram va harakatchan bo'lish, kitob o'qishga berilish, ilm yo'lida qayg'u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so'zlab, ko'p tinglash haqida gapiriladi.

O'rta asr Sharqining buyuk allomasi Abu Nasr Forobiy o'zining qator asarlarida ilm va ta'limning mukaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya, mehnat va kasb-hunar o'rganish to'g'risidagi falsafiy, ilmiy g'oyalarni ilgari surdi. Masalan: uning "Risola fit tanbih asbob as-saodat" (Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola), "Fozil odamlar shahri" va boshqa asarlarida o'zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi.

Sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo'lib kelgan. Barkamol inson deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Barkamol so'zining lug'aviy ma'nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko'st yetuk, har jihatdan to'kis, mukammal deganidir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar kechayotgan hozirgi kunlarda o'quvchi yoshlarning milliy ma'naviy merosimiz asosida ma'naviy rivojlantirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki, yoshlarning ma'naviy tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta'limoti hamda Ma'mun akademiyasi olimlari merosidan foydalanish yanada samarali bo'lishiga olib keldi. Haqiqatdan ham bu ma'naviy merosimiz turli pedagogik muammolarni hal etishda, eng muhimi, ma'naviy barkamol insonni rivojlantirish va bu bilan pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ulkan imkoniyatlarga egadir.

Tarbiya darslari orqali o'quvchi yoshlar qanday yashash, o'qish va ishlash kerakligiga namuna, o'rnak bo'la oladigan allomalarning ilg'or fikr va g'oyalari bilan tanishtirish imkoniyatlari ochib beriladi; ular ongi mutafakkirlar turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda qanday faoliyat ko'rsatganligi haqidagi bilimlar bilan boyitiladi; talabalarning ma'naviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengaytiriladi. O'quvchilarda o'zining buyuk yurtdoshlari, dunyo ilm-fani, jumladan tarbiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan olimlar bilan faxrlanish tuyg'usi paydo bo'ldi; Vatanga muhabbat, uning tarixi, an'analariga qiziqishi ortadi; xalqimizning buyuk allomalari merosini mustaqil ravishda yanada chuqurroq o'rganishga ishonch hosil qilinadi.

Sharq mutafakkirlari ijodini o'rganish yordamida yoshlarda milliy g'oyani shakllantirishning maqbul tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy yetish;

- hayotni anglashga qiziqish hissini o'stirish, atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish;

- Vatanga, xalqiga sadoqatli bo'lish tuyg'usini shakllantirish;

- Sharq mutafakkirlarining didaktik asarlari yordamida o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulotlar uyushtirish;

- O'quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan tashviqottarg'ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish;

- Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o'quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini ta'minlash hamda o'quvchi shaxsini kamol toptirish.

REFERENCES

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. T.: "Hilol-nashr" 2013 y.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Haydarov A. Inson kamoloti va milliy-ma'naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y.

3. Xajiyeva. M.Xoja Ahmad Yassaviyning ma'naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.: 2004 y.

4. Shoxadjyaev M. Burxoniddin Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari. Avtoreferat. T.: 2006 y.

5. Hamdamova M. Ma'naviyat asoslari. T.: "Fan va texnologiya" 2008 y.

6. Dolimov S., Dolimov U. Kaykovus unsurulmaoniy qobusnoma T.: "Istiqlol" 1994 y.

7. San'at - yoshlar nigohida. Magistrantlarning ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. T.: 2019 y.

8. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O'qituvchi. 1992 y.

9. Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savodga o'rgatish. T.: 1960 y. 38-bet

10. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008 y.

11. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasi. T.: 2016 y.

12. Jalilov Z.B. Sharq mutafakkirlari merosini o'rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2017 yil, 5-son

13. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

14. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

15. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

16. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

17. Baxtiyorovich, S. J. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.