Научная статья на тему 'OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA JORIY OʻQUV DASTURLAR VA MATERIALLAR TAHLILI'

OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA JORIY OʻQUV DASTURLAR VA MATERIALLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
86
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oʻquv-tarbiya jarayoni / amaliy-hayotiy koʻnikmalar / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / zamonaviy usullar / yangicha oʻquv dasturlar va materiallar. / educational process / practical life skills / national and universal values / modern methods / new educational programs and materials.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirova Feruza Mamurovna

Oliy harbiy taʼlimning ustuvor vazifalaridan biri, bu taʼlim oluvchi yoshlar boʻlgʻusi Vatan himoyachilari shurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, unda kelajak hayotida jamiyatda oʻz munosib oʻrnini topishi uchun amaliy-hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish bilan ularning harbiy xayotga moslashuviga, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarga faol kirishishiga zamin hozirlashdir. Mazkur maqola kursantlarni maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda yangicha oʻquv dasturlar va materiallar tahlili haqida boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF EXISTING EDUCATIONAL PROGRAMS AND MATERIALS FOR THE EDUCATION OF CADETS ON THE BASIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN HIGHER MILITARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS

One of the priority tasks of higher military education is the formation of national and universal values among the studying youth the future defenders of the Motherland, preparing the ground for their adaptation to military life and active participation in socio-economic life, along with the formation of practical life skills in order that in the future they could find their rightful place in society. This article analyzes new educational programs and materials for educating cadets on the basis of spiritual and moral values.

Текст научной работы на тему «OLIY HARBIY TAʼLIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MAʼNAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA JORIY OʻQUV DASTURLAR VA MATERIALLAR TAHLILI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 №4

OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA KURSANTLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA JORIY O'QUV DASTURLAR VA

MATERIALLAR TAHLILI Qodirova Feruza Mamurovna

O'zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti Xorijiy tillarni o'rganish kafedrasi katta o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.6845398 Annotatsiya. Oliy harbiy ta'limning ustuvor vazifalaridan biri, bu ta'lim oluvchi yoshlar -bo'lg'usi Vatan himoyachilari shurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, unda kelajak hayotida jamiyatda o'z munosib o'rnini topishi uchun amaliy-hayotiy ko 'nikmalarni shakllantirish bilan ularning harbiy xayotga moslashuviga, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarga faol kirishishiga zamin hozirlashdir. Mazkur maqola kursantlarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda yangicha o'quv dasturlar va materiallar tahlili haqida bo'ladi.

Kalit so'zlar: o'quv-tarbiya jarayoni, amaliy-hayotiy ko'nikmalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy usullar, yangicha o'quv dasturlar va materiallar. АНАЛИЗ ДЕЙСТВУЮЩИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОГРАММ И МАТЕРИАЛОВ ПО ВОСПИТАНИЮ КУРСАНТОВ НА ОСНОВЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ВЫСШИХ ВОЕННЫХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ Аннотация. Одной из приоритетных задач высшего военного образования является формирование у обучающейся молодежи - будущих защитников Родины национальных и общечеловеческих ценностей, подготовка почвы для их адаптации к воинской жизни и активного участия в социально-экономической жизни на ряду с формированием практических жизненных навыков для того, чтобы в будущем они могли найти свое достойное место в обществе. В данной статье проводится анализ новых образовательных программ и материалов для воспитания курсантов на основе духовно-нравственных ценностей.

Ключевые слова: образовательный процесс, практические жизненные навыки, национальные и общечеловеческие ценности, современные методики, новые образовательные программы и материалы. ANALYSIS OF EXISTING EDUCATIONAL PROGRAMS AND MATERIALS FOR THE EDUCATION OF CADETS ON THE BASIS OF SPIRITUAL AND MORAL VALUES IN HIGHER MILITARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS Abstract. One of the priority tasks of higher military education is the formation of national and universal values among the studying youth - the future defenders of the Motherland, preparing the groundfor their adaptation to military life and active participation in socio-economic life, along with the formation of practical life skills in order that in the future they could find their rightful place in society. This article analyzes new educational programs and materials for educating cadets on the basis of spiritual and moral values.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keywords: educational process, practical life skills, national and universal values, modern methods, new educational programs and materials.

KIRISH

Hozirgi kunda oliy harbiy bilim yurtlarida o'quv-tarbiya jarayonini nafaqat fanlar bo'yicha bilim berish, balki egallagan bilim va malakalarini amaliyotga tatbiq etish, ulardan kelgusi xizmat davrida hayotda foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirish ham asosiy vazifalardan biridir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan yoshlar va harbiy xizmatchilarni ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi izchil isloh qilinmoqda. O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha fuqarolarni, shu jumladan, oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarini ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg'ularini singdirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qarori bilan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi";

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan, burchiga sadoqatli, yuqori professional harbiy xizmatchilarni tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son Qarori bilan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasi";

Shuningdek, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekeabrdagi 1059-son qarori bilan "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi" qabul qilindi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3898-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan, burchiga sadoqatli, yuqori professional harbiy xizmatchilarni tayyorlash maqsadida:

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 №4

1. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi;

2. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»;

3. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish sxemasi;

4. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish sxemasi;

5. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Oliy ta'lim tizimi o'quv dasturlari, ma'naviy-ma'rifiy rejalari asosida o'quvchi-talabalarning yoshiga mos tayanch ma'naviy-axloqiy fazilatlar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik rivojlantiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti misolida tahlillar olib borilganda, bugungi kunda "Gumanitar va ijtimoy fanlar" kafedrasi tomonidan kursantlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga yo'naltirilgan o'quv dasturlari holati quyidagicha:

Таълим йуналиши номи (2020 йилда кабул килинганлар учун) "Узбекистон тарихи" "Узбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фукаролик жамияти" "Диншун ослик"

Махсус вазифаларни бажариш кушинларининг тактик кумондонлиги 54 соат 54 соат 72 соат

Хизмат фаолиятини психологик таъминлаш 54 соат 54 соат 72 соат

Миллий хавфсизликни хукукий таъминлаш 54 соат 54 соат 72 соат

Ишлаб чикаришни ташкил этиш 54 соат 54 соат 36 соат

Анкиловчи ва курикловчи электрон тизимларни ташкил этиш ва фойдаланиш буйича кумондонлик мухдндислиги 54 соат 54 соат 36 соат

Bu borada Prezidentimiz "Milliy ma'naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining ahamiyati katta. Afsuski

hozirgi vaqtda bu fanlar rivoji, ular mansub ilmiy-amaliy va ta'lim-tarbiyaviy tizimni yangilash va optimallashtirish jarayoni zamondan ortda qolmoqda"- deya alohida urg'u berib, ta'kidlab o'tganlar.

MUHOKAMA

Alohida fanlar bo'yicha gapiradigan bo'lsak, "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanini o'rganishning asosiy vazifasi - O'zbekistonning mustaqillikka erishish arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, jamoat tartibi saqlash, tarixning eng yangi davrida jamoat xavfsizligini ta'minlash va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini kursantlarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g'ururni mustahkamlashdan iborat deb belgilangan.

"Dinshunoslik. Islom huquqi" fanini o'qitishdan maqsad - talabalarda din, uning ma'naviy hayotimizdagi o'rni haqida xolis, to'g'ri dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg'unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O'zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to'g'ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

"O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati" fanini o'qitishdan maqsad -kursant (talaba)larga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O'zbekistonning rivojlantirish strategiyasining g'oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o'rgatish va ularda strategik tafakkurni shakllantirish hamda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining mazmun-mohiyati, fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o'zaro munosabati, jamoat xavfsizligini ta'minlash, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas'uliyatini shakllantirishdan iborat.

Tahlillardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kursantlarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tahsil olishini rivojlantirish maqsadida mavjud barcha mutaxassisliklarda har bir mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib pedagogika va psixologiya fanlarini o'quv rejalariga kiritishni taklif qilamiz.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, oliy harbiy ta'lim muassasalarida kursantlarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashdagi oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bu erkin, har tomonlama rivojlangan, o'z huquqlarini yaxshi biladigan, o'z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan, tevarak-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil nuqtai nazarga ega bo'lgan va shu bilan birga, o'z shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg'un uyg'unlashtirgan shaxslarni tarbiyalashdir.

XULOSA

REFERENCES

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021 y., 09/21/320/0482-son; 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son

2. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022 y., 06/22/52/0029-son

3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020 y., 09/20/391/0777-son

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori bilan qabul qilingan "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi", 56-bandi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020 y., 09/20/391/0777-son

5. Mirziyoyev SH. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. B.270.

6. Qodirova Feruza Mamurovna. (2022). OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARI KURSATLARINI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA BERISH METODIKASINI TAKMORLASH. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH, 2(2), 160-163. https://doi.org/10.5281/zenodo.6105905

7. Qodirova Feruza Mamurovna. (2022 yil, 23 aprel). O'ZBEKISTONDA TA'LIM TIZIMI HAQIDAGI OAV. TA'LIMDAGI INNOVATSION ISHLAB CHIQISHLAR VA TADQIQOTLAR, Kanada. https://doi.org/10.5281/zenodo.6473815

8. Qodirova, F. M. (2022). OLIY HARBBIY TA'LIM MUASSASALARI KURANTLARINI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA KONSEPSIYASI VA UNING XUSUSIYATLARI. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar, 3(4), 1159-1163. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-4-1159-1163

9. Ma'murovna, Q. F. (2022). OLIY HARBBIY TA'LIM TA'LIM KURSATLARINI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYA BERISH METODIKASINI TAKMORLASH. Eurasian Journal of Academic Research, 2(2), 160-163.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.